OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
ULGURJI SAVDO KORXONALARI TOMONIDAN YAGONA SOLIQ TOʻLOVINI BOʻNAK TOʻLOVLARINI HISOBGA OLGAN HOLDA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2065-1]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 11-yanvardagi 4, 2018-83 va 315-V-5-sonli “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2065-5, 21.01.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 232-modda) 7-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy bank Boshqaruvining 2010-yil 7-yanvardagi 2, 2010-1, 39/4-sonli qarori (roʻyxat raqami 2065, 2010-yil 14-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 1-2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan “Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-iyun,
38-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-iyun,
2011-22-son
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-iyun,
19/1-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 29-iyundagi 38, 2011-22, 19/1-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ulgurji savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini boʻnak toʻlovlarini hisobga olgan holda toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
ulgurji dorixona tashkilotlari, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy bazalariga;
ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, bank hisobvaraqalariga kelib tushadigan pul mablagʻlarining taqsimlanishiga boshqacha tartib belgilangan korxonalarga”.
2. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Barcha mablagʻlar ushbu Nizom tatbiq qilinadigan korxonalarga faqat ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan bank hisobvaraqlari orqali kelib tushadi, quyidagi mablagʻlar bundan mustasno:
ilgari toʻlangan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning qaytishi koʻrinishida davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan kelib tushgan mablagʻlar;
chakana savdodan inkassatsiya qilingan tushum;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tushayotgan maqsadli mablagʻlar;
ilgari joylashtirilgan depozitlarning qaytishi;
bir yuridik shaxsning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga, ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga yoki bitta ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻidan boshqa ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaragʻiga kelib tushadigan mablagʻlar;
ilgari konvertatsiya uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlarning konvertatsiya qilinmagan qismining qaytishi;
ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida kelib tushgan mablagʻlar;
foizlar va dividendlar;
grantlar;
xato oʻtkazilgan mablagʻlarning qaytgan qismi.
Mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan bank hisobvaraqalariga pul mablagʻlari operatsion kun tugaganidan keyin kelib tushgan taqdirda, pul mablagʻlarining taqsimlanishi keyingi operatsion kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Bunda, Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 615, 1999-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 1-son) faqat ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hisobvaraqlardan asosiy va ikkilamchi talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga oʻtkaziladigan mablagʻlarga tatbiq etiladi”.
3. 16-bandda “Maktab taʼlimi jamgʻarmasi” degan soʻzlar “Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
“171. Qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi:
davlat soliq xizmati organlari — tijorat banklariga xabarnomani toʻgʻri va oʻz vaqtida yuborilishi uchun;
tijorat banklari — yagona soliq toʻlovi boʻyicha boʻnak toʻlovlarining toʻgʻri va oʻz vaqtida oʻtkazilishi uchun”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 30-son, 321-modda)