Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2022 07.07.1995 yildagi PF-1203-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAVOIY DAVLAT KONChILIK INSTITUTINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-martdagi PF-94-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston kon-metallurgiya majmuining ustuvor rivojlanishini taʼminlash va foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sanoati uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Navoiy viloyati hokimligi, “Qizilqumnodirmetalloltin” davlat konserni, “Navoiyazot” ishlab chiqarish birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Navoiy texnika kolleji negizida Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar institut faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— konchilik ishlari, kon-metallurgiya, kimyo-texnologiya, energetika va mashinasozlik sohalari boʻyicha mutaxassislar — konstruktorlar, texnologlar, taʼmirlov va shu sohalarning ishlatuvchilarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jahon fundamental va amaliy tadqiqotlari yutuqlarini oʻrganish asosida foydali qazilmalarni qazib olish hamda qayta ishlash sohasida oʻz ilmiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida yangi ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni respublikaning muayyan geologik hamda iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda amaliyotga joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jahon fani va texnologiyalarining eng yangi yutuqlari negizida foydali qazilmalarni qazib olish va qayta ishlash sohasida mutaxassislar malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— respublika konchilik tarmogʻini rivojlantirishni ilmiy tahlil va prognoz qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— chet ellardagi yirik oʻquv yurtlari, MDH mamlakatlaridagi yetakchi konchilik va kon-metallurgiya oliy oʻquv yurtlari hamda ilmiy markazlari bilan keng kooperatsiyani amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Navoiy shahridagi 2-hunar-texnika bilim yurti negizida Navoiy davlat konchilik instituti huzurida kollej tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 15 kun muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish yuzasidan tashkiliy chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi tegishli qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 7-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1203-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 7-8-son, 158-modda)