O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
buyrug‘i
TELEVIDENIYE VA RADIO ESHITTIRISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 25-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2248]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Televideniye va radio eshittirish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-iyun,
35-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 30-iyundagi 35-B-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Televideniye va radio eshittirish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar televideniye va radio eshittirish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar televideniye va radio eshittirish tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, uchastkalarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularga yo‘l-yo‘riq berilishi va bilimlari sinovdan o‘tkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, yuk ko‘tarish mexanizmlari, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi tarmoq ro‘yxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan mehnatni muhofaza qilishga oid standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bo‘lgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
yakka tartibdagi himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Xodimlar Kino, radio va televideniye xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 2069, 2010-yil 20-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 3-4-son, 25-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
28. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
29. Xodimlar ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
30. Bosim ostida ishlovchi uskunalarda va xavfi yuqori bo‘lgan ishlarda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilot ma’muriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning ko‘rikka kelishini ta’minlashi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Majburiy tibbiy ko‘riklar korxonalarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa korxona joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkaziladi. Majburiy tibbiy ko‘riklar davolash-sog‘lomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
38. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyena talablari
39. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
40. Ishlab chiqarish xonalarida ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og‘irlik darajasiga ko‘ra, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi kerak.
9-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
41. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
42. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
43. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak.
44. Ish joylarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21°S, o‘rtacha og‘ir ishda 17°S va og‘ir ishda 16°S dan past bo‘lmasligi lozim.
45. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
46. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
10-§. Suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qo‘yiladigan talablar
(10-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
47. Suv bilan ta’minlash va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” talabiga mos kelishi kerak.
(47-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
48. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
49. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Tashkilot hududidagi hojatxonalar isitish va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
51. Tashkilotda oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi yo‘q bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda korxonada yer qatlamini ifloslantirmaslikka va ishlab chiqarish oqova suvlariga dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralariga ruxsat etiladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 28-noyabrdagi 21-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3719, 06.12.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)
11-§. Elektr qurilmalariga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
52. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
53. Elektr tok o‘tkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va o‘lchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslar (marmar, tekstolit, getinaks va boshqalar)da montaj qilinishi lozim.
54. Yoritish, quvvatli uskunalar, elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi sharoitlarga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos bo‘lishi shart.
55. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda bo‘lishi shart.
56. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi lozim.
57. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qo‘llanuvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang o‘tkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
58. Ko‘chirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qalpoqlari va metall to‘r bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa ko‘chirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan kabel va elektr o‘tkazgichlar qo‘llanishi lozim.
59. Evakuatsiya yo‘laklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari bo‘lishi lozim.
60. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, o‘lchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib turilishi lozim.
61. Kabellar va elektr o‘tkazgichlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, himoyalovchi yerga ulagichlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi ko‘rikdan o‘tkazilishi va asboblar bilan o‘lchash orqali tekshirilib turilishi lozim.
62. Elektr qurilmalari va agregatlarini nolga va yerga ulash simlarining butunligi tashkilot bosh energetigi boshchiligidagi komissiya tomonidan kamida olti oyda bir marta tekshirilishi lozim. Tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
63. Kam quvvatli elektr lampalari va asboblarini kattaroq quvvatlilariga almashtirish tarmoq uchun yo‘l qo‘yiluvchi yuklanishni hisobga olgan holda elektr xo‘jaligi uchun javobgar xodimning ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
64. Bitta elektr shtepseliga bir nechta iste’molchilarni ulash taqiqlanadi.
65. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun mashinalarning g‘iloflari, uning asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan bo‘lishi lozim. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall to‘rlar bilan o‘ralgan va to‘r yer bilan ulangan bo‘lishi lozim.
66. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar o‘rnatilgan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yashin urishidan himoyalangan bo‘lishi lozim. Yashin qaytargichlar har yili bahorda tekshirilib turilishi va nosozliklari bartaraf etilishi lozim.
12-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
67. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
(67-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
68. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
69. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak. Yorug‘ tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
70. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
71. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
72. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
73. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori bo‘lmagan ko‘chma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ni ichki sirtini yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
13-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
74. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos bo‘lishi kerak.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
75. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
76. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalarining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
77. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
78. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
79. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
80. Yo‘lovchilar uchun yo‘lak va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m yon tomonlarida devorcha va to‘siqlarga ega bo‘lishi lozim.
81. Chiqindilarni yig‘ish uchun atrofi o‘ralgan maxsus joy ajratilishi va konteynerlar bilan ta’minlanishi, konteynerlar chiqindilardan bo‘shatilganidan so‘ng xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
82. Hovlidagi hojatxonalarni ozoda saqlash, muntazam ravishda dezinfeksiya qilish, sutkaning qorong‘i vaqtida esa yoritilishi kerak.
14-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
83. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi kerak.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
Oldingi tahrirga qarang.
84. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi lozim.
(84-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
85. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalarning (harorati, nisbiy namligi, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar) mikroiqlimi GOST 12.1.005-88 talablariga javob berishi kerak.
86. Pol to‘shamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalanadigan bo‘lishi kerak.
87. Binoga transport vositalarining kirish joylari va darvozalar signal asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
88. Darvoza tavaqalari yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
89. Transport vositalari binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari eni miqdoridan oshiq bo‘lishi kerak.
90. Darvozalarning balandligi transport vositasining balandligidan kamida 0,2 m dan oshiq bo‘lishi kerak.
91. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan bo‘lishi kerak.
92. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda ikki martadan (bahor va kuzda) kam bo‘lmagan holda tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim. Texnik ko‘rik xulosalari, ularda topilgan nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlar va muddati ko‘rsatilgan dalolatnomalar orqali rasmiylashtirilishi kerak.
93. Xodimlar uchun xavf tug‘diruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Xavfli hududlarda ishlab chiqarish jarayonlari halokat bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turilishi lozim, shuningdek xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar xavfsiz joyga ko‘chirilishi kerak.
15-§. Shovqin va tebranishga qo‘yiladigan talablar
94. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yo‘l qo‘yilgan darajasining sanitariya me’yorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya me’yorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
95. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan me’yorlardan yuqori bo‘lgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qo‘llanishi lozim:
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni to‘suvchi qobiqlar o‘rnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush so‘ndirgichlar qo‘llash;
shovqinli uskunalarni (shamollatgich, kompressor va boshqalar) to‘silgan xonalardan tashqarida joylashtirish;
tebranishni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, ventilyatorlar va shunga o‘xshashlar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga o‘rnatilishi kerak.
96. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji bo‘lmasa, shaxsiy eshitish a’zolarini himoya qilish vositalari, quloqchindan foydalanish kerak.
16-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
97. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
III. Teleko‘rsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozish jarayoniga bo‘lgan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
98. Teleko‘rsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozish jarayonida qatnashuvchi xodimlar texnika xavfsizligi qoidalari, yong‘in xavfsizligi, mehnat muhofazasi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
99. Teleko‘rsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozish jarayonida qatnashadigan xodimlarning guruh rahbariga quyidagilar yuklatiladi:
teleko‘rsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozish jarayonida qatnashadigan xodimlarga sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini ta’minlash;
studiya yoki studiyadan tashqarida teleko‘rsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozishda texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, mehnat muhofazasi va ishlab chiqarish sanitariya qoidalarining aniq bajarilishini nazorat qilish;
100. Havoza, stanok, taxta supa, sahna bezagi va pavilyonlardagi moslamalarni tayyorlash, sahna qurishda qurilish me’yorlari va texnika xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
101. Murakkab sahna bezaklarini studiya va studiyadan tashqarida tayyorlash, sahna qurish va uni qabul qilishda dekoratsiya ishlab chiqarish guruh rahbari va texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandisini jalb etish lozim.
102. Teleoperatorlarga quyidagi vaziyatlarda teleko‘rsatuvlar, kinofilmlarni tasvirga olish taqiqlanadi:
o‘ta xavfli tasvirlarni tasvirga olish uchun texnika xavfsizligi xizmati bilan kelishilmaganda;
qurilish havozalari, sahna bezaklari, taxta supalar, o‘tish joylari va boshqa moslamalarning montaji, ularga yoritish uskunalarini o‘rnatish ishlari to‘la nihoyasiga yetkazilmaganda;
103. Guruh rahbari teleko‘rsatuvlar, kinofilmlarni tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni yozishda studiya va studiyadan tashqariga chiqishdan oldin quyidagilarni bajarishi shart:
hamma ishtirokchilarni teleko‘rsatuvlar, kinofilmlarni tasvirga olish va radio eshittirishlarni yozish tartibi va shartlari bilan tanishtirish;
ish jarayoni davomida xodimlarni texnika xavfsizligi yo‘riqnomasi bilan tanishtirish va jurnalga qayd etish;
teleko‘rsatuvlar, kinofilmlarni tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni yozish guruhi xodimlariga yilning mavsumiga qarab zaruriy maxsus kiyimlar bilan ta’minlash;
aptechka bilan ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
104. Teleko‘rsatuvlar, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olish hamda radio eshittirishlarni tayyorlash va yozishda Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.
(104-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 19-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3692, 13.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son)
2-§. Yong‘in va portlashga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
105. Ishlab chiqishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash taqiqlanadi.
106. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
107. Texnologik jarayonni ishlab chiqish, unga apparaturani kiritish, nazorat va boshqaruvni amalga oshirishda, shuningdek avariyaga qarshi himoya vositalarining tanlovida yong‘in va portlash xavfsizligi ta’minlanishi lozim.
108. Texnologik jarayonlar joylashtirilgan binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 20-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir aniq holat uchun alohida aniqlanadi.
109. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof-muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, shamollatish tizimi chiqindilari va shu kabilar) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan shart-sharoitlar ta’minlanishi lozim.
110. Shamollatish tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim.
111. Kuch va yoritish tizimi tarmoqlarining elektr asbob-uskunalari hududlar tasnifi hamda binolar va xonalarning toifasiga binoan talab qilinadigan me’yorlarga javob berishi lozim.
112. Tez alanga oluvchi, yonuvchi va portlovchi moddalarni ishlab chiqarish uchastkalarida saqlash va ishlatish, yong‘inga qarshi nazorat idoralari bilan kelishilgan holda, bir smenada ishlatish uchun kerak bo‘lgan miqdordan oshmaslik sharti bilan amalga oshiriladi.
113. Tez alanga oluvchi, yonuvchi va portlovchi moddalarni saqlash hamda ishlatish joylarida chekish, ochiq olovdan foydalanish va ochiq qizitish manbaalari bo‘lgan isitgich moslamalaridan foydalanish taqiqlanishi haqida aniq yozuvlar (belgilar) bo‘lishi kerak.
114. Tez alanga oluvchi, yonuvchi va portlovchi moddalar saqlanadigan joylarda ishlab chiqarish sharoitlariga mos keladigan yong‘inga qarshi vositalar bir to‘plamda bo‘lishi kerak (o‘t o‘chirgich, o‘t o‘chirish vositasi, asbestli mato va boshqalar).
115. Tez alanga oluvchi, yonuvchi va portlovchi moddalarni xonadan tashqarida saqlash uchun ular qo‘yiladigan joy quyoshning issiqlik ta’sirini istisno qiladigan peshayvon bilan berkitiladi.
116. Yoqilg‘ini to‘kish va quyish jarayonida qo‘llaniladigan asbob-anjomlar zarbalar vaqtida uchqun chiqarmaydigan metalldan yasalgan bo‘lishi kerak.
3-§. Studiyada teleko‘rsatuv va kinofilmlarni tasvirga olishda xavfsizlik talablari
117. Teleko‘rsatuv, kinofilmlarni tasvirga olish studiyalari shovqinsiz, havoni shamollatish uskunalari bilan jihozlanishi va unda me’yoriy metereologik sharoitni tashkil etish shart.
118. Studiyadagi chiqish eshiklari “Chiqish” yoki “Zaxira chiqish” degan yozuvli yoritqich bilan ta’minlanishi shart.
119. Studiyalarni akustik qoplamalar bilan jihozlashda yonmaydigan yoki qiyin yonuvchi, ovoz yutuvchi material va qurilmalardan foydalanish kerak.
120. Akustik qoplamalar mahkamlanadigan karkaslar yonmaydigan materiallardan ishlangan bo‘lishi shart.
121. Studiyalarda chekish, ochiq olov (mash’ala, shag‘am va boshqalar), yoyli projektorlardan foydalanish, o‘q otish, shuningdek mushakbozlik va olovli effektlarni amalga oshirish qat’iyan taqiqlanadi.
122. Tasvirga olish jarayonlarida olovli effektlardan istisno sifatida faqat yong‘in xavfsizlik xizmati tomonidan berilgan yozma ravishdagi ruxsatnoma va ularning vakillari ishtirokida maxsus moslamalar yordamida, to‘liq yong‘in xavfsizligini kafolatlab amalga oshirilishi kerak.
123. Ssenariyga ko‘ra aktyorlarning sigareta chekishi kerak bo‘lgan sahnalar, tashkilotning smena boshlig‘i bilan kelishilgan holda tasvirga olinishi lozim.
124. Studiyalar navbatchi yoritish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
125. Studiya kamida ikkita havo chiqaruvchi qurilmaga ega bo‘lib, sovuq havo kirishi yoki havo haroratini ikki tomonlama (yelvizak) bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
126. Studiya pollari gorizontal, tekis, silliq, o‘tish eshiklari esa bo‘sag‘asiz bo‘lishi kerak.
127. Yong‘in o‘chirish jihozlari, aloqa vositalari va elektr shitlariga o‘tish yo‘laklarini xalaqit beruvchi narsalar bilan to‘sib qo‘yish qat’iyan taqiqlanadi.
128. Dekoratsiyalar qurish va o‘rnatishda yo‘laklar to‘silib qolmasligi kerak. Dekoratsiyalar va studiya devorlari o‘rtasidagi yo‘laklar kengligi 1,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
129. Yoritish uskunalarini ko‘tarish va tushirishda dekoratsiyalarga tegib ketmasligi uchun ular oralig‘i kamida 1 m masofada bo‘lishi zarur.
130. Yoritish uskunalarini o‘rnatish uchun osma havoza, supa va boshqa moslamalar chidamli materiallardan ishlanishi va yiqilib ketish ehtimolini bartaraf etuvchi moslamalarga ega bo‘lishi kerak.
131. Yoritish uskunalari va boshqa elektr qurilmalarini elektr tokini taqsimlash qutilariga ulash bilan bog‘liq ishlarni bajarish mas’ul shaxslar tomonidan amalga oshirilishi kerak.
132. Yuqorida osilib turadigan yoritish uskunalari (teleskopik moslamalar), sahna foni va dekoratsiyalarning alohida qismlari osiladigan shtanketniklarni yilda bir marotaba mustahkamligi va yuklamaga muvofiqligi tekshirilishi lozim.
133. Har kuni ish boshlanishidan oldin ko‘chma yoritish uskunalarining himoya korpusi holati tekshirilishi va uning himoya qatlamiga shikast yetganligi aniqlanganda zudlik bilan almashtirilishi zarur.
134. Teleko‘rsatuvlarni tasvirga olishda ishlatiladigan elektr qurilmalaridan foydalanishda (motor, shamollatish, elektrosirena, ovoz pasaytiruvchi transformatorli elektr qo‘ng‘iroq va boshqalar) ularning xavfsizlik qoidalariga muvofiqligi tekshirilishi shart.
135. Yoritish uskunalari mahkamlanadigan va ularni harakatlantirish uchun mo‘ljallangan teleskopik moslamalar studiyalarning shiftlari ostiga, devorlariga, pollariga va maxsus ko‘priklariga joylashtirilishi mumkin.
136. Elektr tokini taqsimlash shitlarida tahdid to‘g‘risida ogohlantirish yozuvlari bo‘lishi kerak.
137. Yoritish va boshqa uskunalarni elektr tokiga ulash uchun xizmat qiladigan barcha ko‘chma sim va kabellar shikastlanishdan istisno bo‘lishi kerak.
138. Ko‘chma elektr qurilmalari va yoritish uskunalarini ulash uchun yumshoq egiluvchan rezina qobiqli simlar ishlatilishi kerak.
139. Ko‘chma yoritish uskunalari va elektr qurilmalari shtepsel rozetkalariga faqat ulardan foydalanish vaqtida ulanishi va ularning oldiga borish oson bo‘lishi kerak.
140. Teleko‘rsatuvlarni tasvirga olish vaqtida ishtirokchilar studiyada mavjud kamera krani o‘qining harakatlanish radiusida bo‘lishi taqiqlanadi.
141. Teleko‘rsatuvlarni tasvirga olish vaqtida dekoratsiya konstruksiyalariga o‘zgartirishlar kiritish sahnalashtiruvchi rejissor bilan kelishilmasdan amalga oshirilishi taqiqlanadi.
142. Teleko‘rsatuvlarni tasvirga olishda teleko‘rsatuvga aloqador bo‘lmagan shaxslarning studiyada hozir bo‘lishlari taqiqlanadi.
143. Studiya balkonlarida turli ortiqcha predmet, asbob, kabel va boshqa buyumlarni saqlash taqiqlanadi.
4-§. Studiyadan tashqarida teleko‘rsatuv va kinofilmlarni tasvirga olishda xavfsizlik talablari
144. Studiyadan tashqarida tasvirga olish uchun joy tanlashni teleko‘rsatuvni tayyorlayotgan xodim, texnik xodim bilan kelishib amalga oshiradi.
145. Studiyadan tashqarida tasvirga olish guruhining barcha anjom va mulklari ko‘tarish, ko‘chirish, yuklash va tushirish uchun qulay bo‘lgan vositalarga (idishlarga) joylanishi kerak.
146. Studiyadan tashqarida tasvirga olish guruhining rahbari ishtirokchilarni texnika xavfsizligi va mehnat muhofazasi qoidalari bilan tanishtirishi va jurnalga qayd etishi lozim.
147. Tasvirga olish jarayoni quyosh nuri ostida ko‘p vaqt bo‘lishni talab qilsa ko‘chma shiypon va tentli soyabon bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
148. Shtativli kameralarni chegaralangan sathlarga o‘rnatishda (avtobus tomlari, maydonchalar va boshqalar) himoya belbog‘laridan foydalanish kerak.
149. Qoyali tog‘lar, tor so‘qmoqlar, jar yoqalarida tasvirga olishda guruh ishtirokchilari alpinistlar anjomlari bilan ta’minlangan (arqon, belbog‘ va boshqalar) hamda ulardan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
150. Sovuq haroratda studiyadan tashqarida tasvirga olish ishtirokchilarining isinishi uchun joy tashkil etilishi kerak.
151. Studiyadan tashqarida tasvirga olishda ko‘chma elektrostansiyadan foydalanish uchun elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malakaga ega xodim bo‘lishi shart.
152. Shamol hosil qiluvchi uskunalardan foydalanishda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
shamol hosil qiluvchi uskunani ishga tushirishda uning oldidagi maydonni sinchkovlik bilan tekshirib chiqish hamda u yerdagi tosh, kesak va boshqa buyumlarni olib tashlash;
shamol hosil qiluvchi uskuna vintini metall to‘siq bilan ta’minlash;
vint atrofidagi himoya metall to‘siqdan tashqari 4 m masofada hamma tomonini ogohlantiruvchi arqon bilan o‘rash;
tungi paytlari tasvirga olishda ustunlarga arqonli to‘siqlardan tashqari qizil chiroqli signalizatsiya o‘rnatish.
153. Shamol hosil qiluvchi uskunada aviamotor bilan ishlash huquqini beruvchi guvohnomaga ega, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan xodim xizmat ko‘rsatishi kerak.
154. Teleoperatorlar texnika xavfsizligi bo‘yicha maxsus yo‘riqnomalardan foydalanishi lozim.
5-§. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalarida xavfsizlik talablari
155. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalari quruq, yorug‘, balandligi 3 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Ayrim holatlarda moslashtirilgan xonalar balandligi normadan pastroq bo‘lishi mumkin, lekin 2,5 m dan past bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
156. Tasvir-montaj va ovoz yozish stollari elektr tarmog‘iga avtomat yordamida ulanishi lozim.
157. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalarida begona shaxslarning bo‘lishi taqiqlanadi.
158. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalarida chekish, gugurt va boshqa yong‘in chiqaruvchi narsalarni saqlash qat’iy taqiqlanadi.
159. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalarida uglekislotali o‘t o‘chirish vositasi bo‘lishi kerak.
160. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalari avtomatik yong‘indan xabar beruvchi signalizatsiyalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
161. Tasvir-montaj va ovoz yozish apparatxonalariga kirishda, shuningdek barcha xonalarda chekish va olov yoqishni taqiqlovchi yozuvlar osib qo‘yilgan bo‘lishi shart.
IV. Teleko‘rsatuv, kinofilmlarni tayyorlash va tasvirga olishda studiyalarni bezash xizmatiga qo‘yilgan xavfsizlik talablari
1-§. Liboschilar guruhining ish jarayonida xavfsizlik talablari
162. Kiyim saqlash xonalari havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish, havo tozalash, isitish va boshqalar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
163. Kiyim saqlash omborxonalarining namligi 40 — 50 % bo‘lib, havo harorati 10°S dan 15°S gacha saqlanib turishi lozim.
164. Doimiy foydalanib kelinayotgan barcha kiyim-kechak va boshqa narsalar dezinfeksiyalanib turilishi kerak.
165. Havoda naftalin bug‘lari bor yoki yo‘qligini aniqlash uchun kiyim saqlash omborlarida har yil bir marotaba havo muhiti tahlil qilinishi lozim.
166. Kiyim saqlash omborlarida saqlanayotgan kiyimlarni tozalash, ularning kir bo‘lganiga qarab, yilning har choragida kamida bir marta mexanizatsiyalashtirilgan usulda yuvilishi zarur.
167. Teleko‘rsatuvlar uchun kiyiladigan kiyimlar umumiy kiyim saqlash omboridan tashqarida alohida xonalarda saqlanishi kerak.
168. Ishlatilgan kiyimni qabul qiluvchi xona asosiy kiyimlar saqlanadigan ombordan alohida bo‘lishi kerak.
169. Ichki kiyimlar ishlatilgandan so‘ng yuvilishi va dazmollanishi kerak.
170. Vaqtincha ishlatish uchun mo‘ljallangan barcha kiyimlar dezinfeksiyadan o‘tkazilishi shart.
171. Ichki kiyimlar maxsus, usti mahkam yopiladigan qutilarda saqlanishi kerak. Boshqa kiyimlar esa maxsus, havosi yaxshi tozalanadigan xonalarning shkaflarida yoki changdan himoyalanadigan pardalari bor kiyim ilgichlarda saqlanishi lozim.
172. Safarda kiyimlar va boshqa jihozlarni tashish, ko‘tarib yurish, joylashtirish va tushirishga qulay bo‘lgan bandli qutilar bo‘lishi kerak.
173. Kiyim saqlash xonalarida ikki tomonlamali narvon bo‘lishi kerak.
174. Katta yoshdagi aktyorlar, ayollar va bolalar uchun kiyinadigan alohida xonalar bo‘lishi kerak.
175. Kiyimlar kiyiladigan xonalar issiq va sovuq suv hamda yetarli miqdorda sochiq, sovun bilan ta’minlangan bo‘lishi shart.
2-§. Pardoz qilish xonalariga qo‘yilgan xavfsizlik talablari
176. Pardoz qilish xonalarida ish o‘rinlari tabiiy va umumiy yoritilishidan tashqari mahalliy yoritish hamda lyuminessent chiroqlari bilan ham jihozlanishi zarur.
177. Pardoz qilish xonalarida havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish, havo tozalash, isitish va boshqalar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
178. Pardoz qilish xonalari yetarli darajada sovuq va issiq suv, sovun, sochiq hamda dezinfeksiyalaydigan vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi shart.
179. Pastijyor ishlari alohida xonada bajarilishi kerak.
180. Pardoz qilish ashyolari faqat ishlab chiqargan tashkilot qadog‘ida saqlanishi kerak.
181. Tabiiy sochdan tayyorlangan parik va boshqa pastijyor mahsulotlarning dezinfeksiyadan o‘tkazilganligi va mexanik tarzda kirdan tozalanganligi haqida dalolatnoma mavjud bo‘lgandagina foydalanishga ruxsat beriladi.
182. Pastijyor mahsulotlari har gal foydalangandan keyin tovar ko‘rinishini buzmaydigan vositalar bilan dezinfeksiya qilib turish kerak.
183. Takroriy ishlatiladigan pastijyor mahsulotlari alohida qutilar yoki polietilen qoplarda saqlanadi.
184. Parik 15-martadan ko‘p ishlatilganida ichki tomoni (montyura) kirlangach kimyoviy tozalash yoki kir yuvish kukunida yuvilishi zarur.
185. Grimmni artish, yuzni tozalash uchun har bir aktyorga salfetkalar, vazelin (yoki krem), odekolon, atir sovun va ip gazlama sochiqcha berilishi kerak.
186. Ish boshlanishidan oldin va ishdan keyin plastik detallarni spirt bilan dezinfeksiyalash kerak.
187. Pardozchi aktyorlar bilan ishlashdan oldin qo‘llarini tozalab yuvishi va asboblarini dezinfeksiya qilishi kerak.
188. Pardoz qilish ishlari maxsus kiyimda (xalatda) bajariladi.
189. Pardoz qilish xonalari ozoda tutilishi hamda ish kuni davomida kamida ikki marta tozalanishi kerak.
190. Sochlar va boshqa chiqindilar pardoz qilish xonalaridan olib chiqib ketilishi kerak.
191. Pastijyorlik mahsulotlarini tayyorlashda ish o‘rni mahalliy yorug‘lik chiroqlari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
192. Pardoz mahsulotlaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:
pardoz bo‘yoqlari va boshqa yuzga suruvchi materiallarni tasodifiy xom ashyodan tayyorlash;
ko‘p sonli aktyorlarga pardoz qilishda bitta qutidagi materialdan foydalanish;
kuyib qolishning oldini olish uchun aktyorlar yuz terisi toza spirt bilan artilishi;
pastijyorlik buyumlarini tozalash uchun benzin ishlatish;
aktyorlarni pardoz qilishda tasodifiy pardoz mahsulotlaridan foydalanish;
ish jarayonida dezinfeksiyalanmagan, kir, mexanik tarzda tozalanmagan begona aralashmalar, soch va junlardan foydalanish.
3-§. Butafor va dekoratsiyalardan foydalanishda xavfsizlik talablari
193. Butafor va dekoratsiyalardan foydalanishda havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
194. Ishlash jarayonida chang, zararli bug‘lar va gazlar ajralib chiqadigan ish o‘rinlari mahalliy havo tortgichlar bilan jihozlanishi zarur.
195. Butafor va dekoratsiyalardan foydalanishda issiq, sovuq suv, sovun va sochiqlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
196. Konstruktiv fakturali tayyor mahsulotlarning usti tekis bo‘lishi kerak.
197. Yelim va moyli bo‘yoqlar solingan bo‘yoq purkagich bilan ishlaganda hamda chang holidagi narsalar (gips, bronza, aluminiy, grafit, sun’iy qor) ustlarini ishqalab tekislashda himoyalovchi ko‘zoynak va respiratorlardan foydalaniladi.
198. Sun’iy qor, shisha, taxta bilan ishlaganda rezinali qo‘lqop hamda himoyalovchi ko‘zoynaklarda ishlash kerak.
199. Postamentga o‘rnatiladigan obyektlar mustahkam o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
200. Yelim va mastikalarni eritish hamda materiallarni maydalash ishlari havoni tortib oluvchi shkaf ishlayotganda bajarilishi lozim.
201. Butafor va naqqoshlik mahsulotlari shamollatish uskunalari bilan jihozlangan maxsus kameralar yoki shkaflarda quritilishi kerak.
4-§. Mebel va boshqa jihozlardan foydalanishda xavfsizlik talablari
202. Mebel va boshqa jihozlardan foydalanishda havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish, havo tozalash, isitish va boshqalar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
203. Jihozlar saqlanadigan xonalarning poli tekis va shikastlanmagan bo‘lishi kerak.
204. Eshik o‘rinlarining kengligi 1,5 m balandligi esa 2,5 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Eshik o‘rinlariga bo‘sag‘alar o‘rnatish taqiqlanadi.
205. Omborxonalarining ichki va tashqi eshiklari poldan yuqori yoki past bo‘lsa, eshiklar oldi nishab (pastga tushadigan joy) bo‘lishi va uning kengligi eshik kengligidan kam bo‘lmasligi kerak.
206. Mebel va boshqa jihozlar saqlanadigan xona balandligi 3,5 m dan oshmagan tokchalar yoki ikki qavatli tokchalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Tokchalar chuqurligi 70 sm dan oshmasligi, tokchalar orasidagi yo‘l 1 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
207. Javonlar va tokchalarga turli predmet hamda narsalar qo‘yish uchun ikki tomonli narvon ishlatiladi. Mebel va boshqa jihozlarni ko‘tarish va tushirish oldidan, narvonning sozligi vaqti-vaqti bilan tekshirib turilishi lozim.
208. Og‘ir jihozlarni o‘rta va pastki tokchalarga joylashtirish lozim, jihozlarning baland va qo‘pol qismlarini, uning tushib ketmasligi uchun qiyalatib joylashtirish kerak.
209. Keng hajmli, og‘ir dekoratsiyalarni studiyalarga olib kirish-qaytarish mexanizmli maxsus vositalar bilan amalga oshirilishi shart.
210. Jihozlar toza holda saqlanishi kerak.
211. Jihozlarni chang va kirdan tozalashda namlangan latta yoki chang yutgichdan foydalaniladi.
212. Chekish trubkalari, mundshtuklar, puflab chalinadigan asboblar maxsus javonlar, qutilar va g‘iloflarda saqlanishi kerak. Ular foydalanilganidan so‘ng 5 % xloromin bilan dezinfeksiyadan o‘tkazilishi yoki qaynatilishi kerak.
213. Yumshoq mebellar vaqti-vaqti bilan changdan tozalanib, dezinfeksiya qilinib turilishi kerak.
214. Tasvirga olish paytida ishlatiladigan ko‘rpa-yostiqlar toza, jildlari dazmollangan bo‘lishi lozim.
215. Bir shaxs foydalangan ko‘rpa-yostiq dezinfeksiya qilinmay va jildi yuvilmasdan boshqa odamga berilishi mumkin emas. Har gal ishlatilganda almashtirilib turish uchun ko‘rpa jild bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.
216. Tasvirga olish vaqtida ko‘rpani jildi bilan ishlatish imkoniyati bo‘lmasa, ko‘rpa har gal ishlatilgandan so‘ng qoqilishi yoki silkitilishi kerak. O‘n marta ishlatilgandan so‘ng bug‘ kameraga solgan holda dezinfeksiyadan o‘tkazilishi lozim.
217. Ko‘rpa-yostiqlar maxsus shkaflarda saqlanishi kerak.
218. Ovqatlanish uchun mo‘ljallangan va tasvirga olish paytida ishlatiladigan idish-tovoqlar ishlatishdan oldin qaynoq suv bilan yuvilishi lozim. Idish-tovoqlar maxsus javonlarda saqlanishi kerak.
5-§. Sahna qurishda xavfsizlik talablari
219. Sahna qurishda ishlatiladigan dekorativ bezaklar yong‘in xavfsizligi talablariga javob berishi kerak.
220. Sahna qurishda quyidagi xavfsizlik talablariga amal qilinishi lozim:
dekoratsiyalarning yog‘och va boshqa konstruksiyalardan yasalgan barcha elementlari olovga bardoshli suyuqlik shimdirilgan bo‘lishi;
ustun, daraxt, stolba va shunga o‘xshash shakli yog‘och predmetlar konstruksiyalarga uzunasi bo‘ylab asosiy o‘zak o‘rnatiladi, uning ustidan ulash uchun metall tross yoki ilmoqli arqon o‘tkazilishi va mahkamlanishi;
tross va arqonlar mustahkamligi oldin sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.
221. Balandlik 3 m dan yuqori bo‘lgan havozalarni qurish va buzishda ishlayotgan barcha xodimlar dekoratsiyalarni osib qo‘yish uchun mo‘ljallangan panjaralar yoki ehtiyot belbog‘laridan foydalanishlari kerak.
222. Balandlikdagi ishlarni bajarishda xodimlardan biri muntazam ravishda havozalarda ishlayotganlarni kuzatib, yiqilib tushishdan saqlovchi arqon uzunligini to‘g‘rilab turishi lozim.
223. Ehtiyot belbog‘lari va maxsus arqonlar har olti oyda kamida bir marta sinovdan o‘tkazib turilishi kerak.
224. Havozalarni tiklash va montaj ishlari boshlanmasdan oldin montaj qilish uchun kerak bo‘lgan barcha elementlar tekshirilishi va yaroqsizlari almashtirilishi lozim.
225. Shitlardan yasalgan to‘shama (pastil) to‘sinlar ustida bir-biriga zich holatda joylashtirilishi va uchta to‘sin ustiga yotqizilgan bo‘lishi kerak.
226. Shtangali ko‘targichlar, elektr ko‘tarma mexanizmlarni boshqaruvchi xodimlar texnika xavfsizligi bo‘yicha yuqori kasbiy malaka guruhiga ega bo‘lishlari kerak.
227. Foydalanishga topshirilgan dekoratsiya va moslamalarga me’yordan ortiq yuk qo‘yish texnolog yoki konstruktorlar guruhi bilan kelishmagan holda ularning konstruksiyasini o‘zgartirish taqiqlanadi.
228. Balandlikdagi murakkab dekoratsiyalarda suratga olish texnika xavfsizligi muhandisi va dekoratsiyalar uchun javobgar shaxsning ruxsati bilan bajarilishi lozim.
229. Dekoratsiyaga har xil detal yoki yoritish uskunalarini osish uchun panjaralar va balkon to‘siqlaridan foydalanish taqiqlanadi.
230. Sahna qurishda foydalaniladigan ikki tomonlama narvon inventar raqamiga ega bo‘lishi va 100 kg dan 180 kg gacha og‘irlikni ko‘tarishi hisobga olinib yilda bir marta sinovdan o‘tkazilishi kerak.
231. Balandligi 1,1 m va undan baland bo‘lgan stanoklar, balkonlar, ko‘prikchalar, o‘tish yo‘llarida balandligi 1 m dan past bo‘lmagan panjaralar o‘rnatilishi lozim.
232. Studiyada nitro bo‘yoqlar bilan bo‘yash ishlarini olib borish taqiqlanadi. Iloji bo‘lmagan paytlarda esa texnika xavfsizligi bo‘yicha muhandis va yong‘in nazorati tomonidan berilgan ruxsatnoma asosida dekoratsiyaning uncha katta bo‘lmagan ustki tomonlarini bo‘yashga ijozat beriladi.
233. Buzilgan dekoratsiyalarni taxlashda ular tushib ketmasligi yoki qirrali tomonlari bilan biror narsaga shikast yetkazmasligi hamda ularda mix va skobalar qolmasligi kerak, shuningdek polda ham mixlarni qoldirish taqiqlanadi.
6-§. Filmlarni saqlashda xavfsizlik talablari
234. Film nusxalari saqlanadigan omborxonalar alohida binoda joylashgan bo‘lishi kerak.
235. Xavfsiz plyonka (triatsetat) va nitrotasmaga olingan film nusxalarini olovga chidamliligi 2,5 m dan kam bo‘lmagan to‘siqlar (devorlar) bilan bo‘lingan, alohida-alohida xonalarda bir-biridan ajratilgan holda saqlash kerak.
236. Nitrotasmaga olingan 35 mm — to‘lametrajli film nusxalari yuqori sig‘imdagi kabinalarda (boks) saqlanadi.
237. Film nusxalari stellajlarda saqlanishi kerak. Stellajlar temirdan yasalib, tokchalari yog‘och yoki yoppasiga yog‘ochdan bo‘lishi mumkin.
238. Film nusxalarining barcha qismlari temir qutilarda bo‘lishi va dastalangan holda stellajlarga gorizontal qilib joylashtirilib, miqdori 15 ta qutidan ko‘p bo‘lmasligi kerak.
239. Nitrotasmaga olingan film nusxalarining qismlari joylangan qutilar, xavfsiz plyonka (triatsetat) film nusxalarining qismlari joylangan xuddi shunday qutilardan yaqqol ajratish uchun chizilgan qizil chizma bilan belgilanishi kerak.
240. Filmlarni omborxonalarning yo‘laklari va pollarida saqlash qat’iyan taqiqlanadi.
241. Filmlar saqlanadigan omborxonalar bino tashqarisida turib o‘chiriladigan elektr qurilmalariga ega bo‘lishi va ular yonmaydigan devorlarga o‘rnatilishi hamda plombalash uchun moslamalar ko‘zda tutilishi kerak.
242. Filmlar saqlanadigan omborxonalarda havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish, havo tozalash, isitish va boshqalar) bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Omborxonalar doimo ozoda saqlanishi va yaxshi shamollatib turilishi, film nusxalari turgan qutilar esa muntazam artib turilishi kerak.
243. Filmlar saqlanadigan omborxonalar qo‘l yuvadigan vositalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
V. Ta’mirlash ishlarini bajarishdagi xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
244. Har bir tashkilotda belgilangan tartibda uskunalarni rejaviy ta’mirlash va profilaktika qilish jadvali ishlab chiqilgan bo‘lishi shart.
245. Televideouskuna va apparatlarni tozalash faqat unda ishlovchi xodimlar tomonidan bajariladi. Tozalash ishlari changyutgich, cho‘tka yordamida amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan moslamalarsiz tozalash man etiladi.
246. Televideouskuna va apparatlar kuchlanish ostida bo‘lsa tozalash man etiladi.
247. Xodimlar tomonidan televideouskuna va apparatlarni parvarishlash uchun kerakli miqdorda artuvchi mato hamda spirt beriladi.
248. Televideouskuna va apparatlarni ta’mirlash va ishga tushirishni maxsus o‘qitilgan va texnika xavfsizligi bo‘yicha yo‘riqnomadan o‘tgan xodimlar amalga oshiradi.
249. Televideouskuna va apparatlar ishlayotgan vaqtda ularni ta’mirlash taqiqlanadi.
250. Ta’mirlashdan so‘ng televideouskuna va apparatlar maxsus komissiya tomonidan ishga qabul qilinishi shart.
2-§. Televideouskuna va apparatlarni ta’mirlash, sozlash ustaxonalari hamda payvandlash ishlari
251. Sozlash ustaxonalaridagi ish stollari plastik bilan qoplangan va yon tomondagi yuzalari silliq bo‘lishi kerak. Ushbu maqsadlar uchun stol ustiga qo‘yiladigan oynalardan foydalanish taqiqlanadi.
252. Sozlash ustaxonalaridagi ish stollarida kuchlanish ostida bo‘ladigan ochiq ulab-uzgichlar, klemmalar va boshqa elektr montaj elementlarini joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
253. Sozlovchilarning ish joylarini yoritish uchun stol ustidagi yoritqichlar shaffof bo‘lmagan suriladigan reflektorlarga ega bo‘lishi kerak. Ish joylarini yoritish uchun metall korpusli hamda suriladigan kronshteynli yoritqichlar qo‘llanishi mumkin.
254. Sozlash ustaxonalarining derazalari framugalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
255. Televideouskunalarni va apparatlarning qismlarini spirt bilan tozalash maxsus stollarda amalga oshirilishi lozim.
256. Qotishmasi tarkibida qo‘rg‘oshin bo‘lgan buyumlarni payvandlash ishlari olib boriladigan xonalar devorlari, deraza romlari, isitish asboblari och rangdagi moy bo‘yoqlar bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Shuningdek, pollar ham silliq, yoriqlarsiz bo‘lishi kerak.
257. Stollar yoki uskunalarning ishchi yuzalari, shuningdek asboblar saqlanadigan qutilarning yuzalari silliq, oson yuviladigan material bilan qoplanishi kerak.
258. Stollarning ishchi yuzalari, shuningdek asboblar saqlanadigan qutilarning ichki yuzalari smena tugaganidan so‘ng tozalanishi kerak.
259. Payvandlash ishlarini bajaruvchi xodimlar maxsus kiyim kiygan bo‘lishlari kerak.
260. Ovqatlanish xonalari, oshxonalar, bufetlarga ish kiyimida kirish taqiqlanadi.
261. Ta’mirlash xizmati uskunalarni standartlar tizimiga, pasportlariga, texnik yo‘riqnomalariga va ishlab chiqaruvchi zavodning boshqa hujjatlari talablariga mosligini ta’minlashi lozim.
262. Televideouskunalar va apparatlarni zarur texnik holatda tutib turish uchun tashkilotda rejaviy ta’mirlash qat’iy bajarilishi va ta’mirlash ishlarining sifatini yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rilishi lozim.
263. Xodimlar ta’mirlash ishlarini bajarish vaqtida xavfsizlik texnikasi yo‘l-yo‘rig‘idan o‘tkazilishi lozim.
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
264. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
265. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(265-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII. Yakuniy qoida
266. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XO‘JAYEV
2011-yil 30-iyun
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NORBOYEVA
2011-yil 30-iyun
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
2011-yil 30-iyun
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2011-yil 30-iyun
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
2011-yil 30-iyun
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
2011-yil 30-iyun
“O‘zstandart” agentligi A. ABDUVALIYEV
2011-yil 30-iyun
O‘zbekiston milliy Teleradiokompaniyasi raisi A. XADJAYEV
2011-yil 30-iyun
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 30-son, 319-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 14.10.2025-y., 10/25/3692/0929-son; 10.12.2025-y., 10/25/3719/1145-son)