Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI QONUNChILIK PALATASI KENGAShINING QARORINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashlarining 2010-yil 30-dekabrdagi 237–II/150–II-sonli qoʻshma qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalarini va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga taqdim etilgan qonunlarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish Qoidalari tasdiqlanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi :
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining “Qonun loyihalarini yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish boʻyicha uslubiy tavsiyalar toʻgʻrisida”gi 2005-yil 27-iyundagi 73-I-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil № 6, 222-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri D. TOShMUXAMEDOVA
Toshkent sh.,
2010-yil 30-dekabr,
№ 237 / I-II.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 1-son, 13-modda)