Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MUASSASALARI TIBBIYOT VA FARMATSEVTIKA XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh TARTIBI VA ShARTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2011 — 2015-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sil kasalligi bilan kasallanishni kamaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 5-martdagi 62-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 276-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-iyul,
206-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyuldagi 206-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. I boʻlim nomiga “stavkasiga” soʻzidan keyin “(lavozim maoshiga)” soʻzlari qoʻshilsin.
2. II, IV, VI va VII boʻlimlar nomidagi “sxemali lavozim (oylik) maoshlari (stavkalari)ni” soʻzlari “tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. III boʻlimda:
a) boʻlim nomidagi “sxemali lavozim (oylik) maoshlari (stavkalari)ni” soʻzlari “tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3.1-bandda:
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Nogironlar va urush faxriylari uchun gospitallar”;
toʻrtinchi xatboshidagi “sil kasalliklari muassasasi shtatida turadigan dorixonalarning yordamchi xodimi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
v) 3.2 va 3.3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
g) 3.4-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“3.4. Sanatoriy maktab-internatlari, chaqaloqlar uylari va bolalar bogʻchalari, bolalar yaslilari, yasli-bogʻchalardagi, umumiy tipdagi chaqaloqlar uylaridagi guruhlar. Sil kasaliga, sil kasali intoksikatsiyasiga, sil kasalining yengil va yoʻqoladigan shakllariga chalingan bolalar uchun muassasalar va guruhlar bunga kirmaydi”;
d) 3.22-bandning birinchi xatboshidagi “va sil kasalligiga chalingan bemorlar” soʻzlari chiqarib tashlansin.
4. V boʻlim nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“V boʻlim. Ushbu Roʻyxatning I va III boʻlimlarida nazarda tutilgan ikki va undan koʻp asoslar boʻyicha tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni 40 foizga oshirish huquqini beradigan sharoitlar mavjudligi munosabati bilan ularda ishlash tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalarni oshirish huquqini beradigan muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlar”.
5. Quyidagi mazmundagi IX boʻlim qoʻshilsin:
“IX boʻlim. Ularda ishlash tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) 50 foiz miqdorida ustama olish huquqini beradigan, sogʻliq uchun oʻta xavfli va mehnat sharoitlari oʻta ogʻir boʻlgan muassasalar, boʻlinmalar va lavozimlar.
9.1. Sil kasalliklari (sil kasalligiga qarshi) shifoxonalari, dispanserlari, sanatoriylari, sanatoriy-profilaktoriylari, bolalar bogʻcha va yaslilari, chaqaloqlar uylari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar lavozimlari, provizorlar (farmatsevtlar), shu jumladan koʻrsatib oʻtilgan muassasalar (tarkibiy boʻlinmalar) dorixonalari mudirlari; mutaxassislar va xizmatchilar, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot va farmatsevtika xodimi lavozimlari; mutaxassislar va xizmatchilar, kutubxona va klub xodimlari, evakuatorlar.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimi, sil kasalligiga qarshi muassasa shtatida turadigan dorixonalarning yordamchi xodimi lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
9.2. Sil kasalliklari (sil kasalligiga qarshi) muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar lavozimlari; mutaxassislar va xizmatchilar (shu jumladan direktor, bosh muhandis va boshqalar).
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari; mutaxassislar va xizmatchilar (shu jumladan sexlarning boshliqlari, masterlar va boshqalar).
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
9.3. Davolash-profilaktika muassasalarining silga chalingan bemorlar uchun boʻlimlari, palatalari, izolyatorlari, sil kasalliklari kabinetlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar va oʻrta tibbiyot xodimi lavozimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari; boʻlim ichida ishlashda bemorlarga xizmat koʻrsatuvchi barcha kasblardagi xodimlar.
9.4. Sanatoriy maktab-internatlari, chaqaloqlar uylari va sil kasaliga, sil kasali intoksikatsiyasiga, sil kasalining yengil va yoʻqoladigan shakllariga chalingan bolalar uchun bolalar bogʻchalari, bolalar yaslilari, yasli-bogʻchalaridagi, umumiy tipdagi chaqaloqlar uylaridagi guruhlar.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, oʻrta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
9.5. Sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari.
Nomlaridan qatʼi nazar, vrachlar, shu jumladan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari lavozimlari.
Nomlaridan qatʼi nazar, oʻrta tibbiyot xodimi, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, kiyim-bosh omborchilari.
Izoh. Sil kasalligiga qarshi muassasalar shtatida turuvchi, ushbu Roʻyxatning I va III boʻlimlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustama olish huquqiga ega boʻlgan xodimlarga zararli mehnat sharoitlari uchun ularning tarif stavkasiga (lavozim maoshiga) ustamalar umuman 50 foiz miqdorida belgilanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 29-son, 302-modda)