12.07.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2244
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 22.07.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RIELTORLIK XIZMATLARINING MILLIY STANDARTI (1-SON RXMS) “RIELTORLIK XIZMATLARI SIFATINI NAZORAT QILISHNING ICHKI QOIDALARIGA QOʻYILADIGAN UMUMIY TALABLAR”NI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 12-iyulda 2244-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 51-son, 480-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ–335-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 17-son, 140-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 189-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish Davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (1-son RXMS) “Rieltorlik xizmatlari sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais v.b. A. ABDUXAKIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 13-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/19-18/03-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining 2011-yil 13-iyundagi 01/19-18/03-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlari milliy standarti (1-son RXMS) “Rieltorlik xizmatlari sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (1-son RXMS) Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 480-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 26-apreldagi PQ–335-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 17-son, 140-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 189-modda) qaroriga muvofiq rieltorlik xizmatlari sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Rieltorlik tashkilotining ichki qoidalari (keyingi oʻrinlarda ichki qoidalar deb yuritiladi) deyilganda rieltorlik tashkiloti tomonidan rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda samaradorlikni va uning rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini taʼminlash maqsadida tasdiqlangan va rieltorlik xizmatlarini amalga oshirishga doir talablarni belgilovchi hujjatlar tushuniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 1-son RXMSning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki qoidalarni ishlab chiqishda rieltorlik tashkilotlarga qoʻyiladigan majburiy talablarni belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlar va rieltorlik tashkilotlarning boshqa xodimlari tomonidan ichki qoidalar talablariga rioya qilinishi ustidan ichki nazoratni amalga oshirishni tavsiflash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ichki qoidalarni ishlab chiqish va amalda qoʻllash barcha rieltorlik tashkilotlari uchun rieltorlik faoliyatini amalga oshirishning majburiy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ichki qoidalarni qoʻllash rieltorlik tashkilotlariga rieltorlar va rieltorlik tashkilotlari boshqa xodimlarning ishi ustidan qoʻshimcha tarzda nazorat qilishni taʼminlashga va bu bilan rieltorlik tashkiloti tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini oshirishga imkon yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki qoidalar rieltorlar va rieltorlik tashkilotlari boshqa xodimlarining mazkur rieltorlik tashkiloti doirasidagi faoliyatini tartibga soladi hamda ular va rieltorlik tashkilotining rahbariyati oʻrtasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan kelishmovchiliklarni hal etishning asosini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki qoidalar rieltorlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq kelishi va oʻzaro bogʻliq boʻlishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Ichki qoidalarga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Har bir rieltorlik tashkiloti rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini inobatga olgan holda oʻz ichki qoidalarini ishlab chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ichki qoidalar rieltorlarga va rieltorlik tashkilotlarining boshqa xodimlariga amaliyotda rieltorlik faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini bajarish hamda rieltorlik xizmatlarining sifatini oshirish boʻyicha oʻz xatti-harakatlarining aniq tartibini belgilashga qaratilgan tavsiyalardan iborat boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ichki qoidalar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha umumiy qoidalardan iborat qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rieltorlik xizmatlarining amalga oshirilayotgan turlarini koʻrsatish tartibini belgilovchi qoidalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻrsatilayotgan rieltorlik xizmatlari sifatining ichki nazoratini amalga oshirishni belgilovchi qoidalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ichki qoidalarda rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish jarayonini tartibga solishga qaratilgan boshqa qoidalar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ichki qoidalar rietorlik tashkiloti rahbarining imzosi va mazkur tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Ichki qoidalarni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ichki qoidalarning bayon etilishi qisqacha va aniq boʻlishi, turli xilda talqin etish imkoniyatiga yoʻl qoʻymaydigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ichki qoidalar hajmi va mazmuniga qarab oʻz nomiga ega boʻlgan alohida boʻlimlarga boʻlinadi. Boʻlimlar rim raqamlari bilan raqamlangan, barcha boʻlimlarning bandlari izchil ketma-ketlikda arab raqamlari bilan ifodalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ichki qoidalarning har bir bandi toʻliq bir koʻrsatmadan iborat boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blanklarning namunalari ilovalarda joylashtirilishi, matnda esa tegishli havolalar koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standartlarida ayrim holatlar ichki qoidalar sifatida qoʻshimcha tarzda tasdiqlanishi lozimligi haqida bevosita koʻrsatmalar berilgan taqdirda, rieltorlik tashkiloti mazkur koʻrsatmaning birinchi navbatda bajarilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ichki qoidalar talablari bajarilishining nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ichki qoidalarga rioya etilishi ustidan lozim darajada nazoratni taʼminlash uchun ularning qoʻllanishi zarurligi rieltor va rieltorlik tashkiloti oʻrtasidagi mehnat munosabatlarida nazarda tutilgan rieltorning funksional majburiyatlariga kirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ichki qoidalarning talablari bajarilishining nazorati rieltorlik faoliyatini amalga oshirishning rahbaridan boshlab rieltorlik tashkilotining rieltorgacha boʻlgan barcha darajalarida tashkil qilingan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Rieltorlik tashkilotlarining xodimlariga ichki qoidalarning mazmunini oshkor etmaslik va ulardan mazkur rieltorlik tashkiloti faoliyatining tashqarisida foydalanmaslik majburiyati tatbiq etiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 297-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2244-1/2870-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 04.11.2025-y., 10/25/2244-2/1007-son)