O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ELEKTRON KUTUBXONA TO‘G‘RISIDAGI NAMUNAVIY NIZOMNI HAMDA AXBOROT-KUTUBXONA VA AXBOROT-RESURS MARKAZLARIDA VA KUTUBXONALARDA TO‘LIQ MATNLI ELEKTRON AXBOROT-KUTUBXONA RESURSLARI FONDINI YARATISH REJA-JADVALINI TASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 23-fevraldagi PQ-1487-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Elektron kutubxona to‘g‘risidagi namunaviy nizom 1-ilovaga muvofiq;
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda kutubxonalarda to‘liq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston Milliy kutubxonasi:
bir oy muddatda ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy nizom asosida idoraviy mansub axborot-kutubxona muassasalarining kutubxona fondlari tarkibi va maqsadidan kelib chiqqan holda ular tarkibida faoliyat ko‘rsatuvchi elektron kutubxona to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda kutubxonalarda ushbu qaror bilan tasdiqlangan to‘liq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish reja-jadvalining o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 5-iyul,
198-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-iyuldagi 198-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Elektron kutubxona to‘g‘risida
NAMUNAVIY NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom axborot-kutubxona muassasalari elektron kutubxonasining vazifasi va tashkiliy asosini belgilaydi.
2. Elektron kutubxona axborot-kutubxona muassasasi tarkibida faoliyat ko‘rsatadi.
3. Elektron kutubxona elektron shaklda taqdim etilgan, ko‘p foydalaniladigan tarzda taqsimlangan turli axborot-kutubxona resurslarini to‘plash, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiradi.
4. Elektron kutubxonadan foydalanish qoidalari axborot-kutubxona muassasasi rahbari tomonidan belgilanadi.
II. Elektron kutubxonaning vazifalari va funksiyalari
5. Elektron kutubxonaning asosiy vazifalari:
kitobxonlarga taqdim etish qiyin bo‘lgan yoki cheklangan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
faqat elektron shaklda mavjud bo‘lgan axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishni ta’minlash;
katta hajmli axborot bilan ishlashda foydalanuvchilarga shart-sharoitlar yaratish;
xizmat ko‘rsatishning sifati va tezkorligini oshirish, foydalanuvchilarga elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini taqdim etish hisobiga axborot-kutubxona muassasalari xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish;
kutubxona texnologiyalarini modernizatsiya qilish;
elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini jahon axborot makoniga integratsiyalash;
elektron axborot-kutubxona resurslarini uzoq muddat saqlash.
6. Elektron kutubxonaning asosiy funksiyalari:
ma’lumotlar bazasini yaratish uchun ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash;
to‘liq matnli hujjatlarni ko‘chirishning kengaytirilgan imkoniyatlari bilan birgalikda izlashning kuchli tizimini yaratish;
axborot-kutubxona resursini elektron shaklda raqamlash;
axborot-kutubxona resurslarining elektron shakli holatini axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridagi o‘zgarishlarga moslashtirishni ta’minlash;
boshqa axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxonalari tarmog‘iga ulanishini ta’minlash;
xodimlar va foydalanuvchilarni elektron kutubxonalardan foydalanish qoidalariga o‘qitish.
III. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondini shakllantirish
7. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondi quyidagilar hisobiga to‘ldiriladi:
xarid qilish (kitob savdosi tashkilotlari, nashriyotlar va elektron nashrlar va hujjatlarni yetkazib beruvchi tashkilotlar, shu jumladan tijorat tashkilotlari orqali hamda axborot resurslariga ega bo‘lgan xususiy shaxslardan);
obuna bo‘lish (davriy nashrlarni tarqatadigan tashkilotlar orqali);
ayirboshlash (xalqaro va kutubxonalararo kitob ayirboshlash yo‘li bilan);
bepul olish, shu jumladan nashrlar va boshqa axborot-kutubxona resurslarini hadya sifatida qabul qilish (o‘zining elektron axborot-kutubxona resurslari, ta’lim muassasalarining fakultetlari, kafedralari va boshqa bo‘linmalari materiallari).
8. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona fondi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
axborot-kutubxona muassasasi fondlarida mavjud bo‘lgan barcha axborot-kutubxona resurslari to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lgan elektron katalog;
elektron nashrlar va hujjatlarni yetkazib beruvchi turli tashkilotlardan olingan elektron nashrlar va hujjatlar;
axborot-kutubxona ma’lumotlar bazasi;
darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari;
davriy nashrlar;
bosma nashrlarning elektron versiyalari, shu jumladan axborot-kutubxona muassasasi nashrlarining elektron versiyalari;
axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga o‘tkazish jarayonida axborot-kutubxona muassasasi tomonidan tashkil etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-ta’lim, madaniy-tarixiy va o‘quv xususiyatiga ega bo‘lgan elektron axborot-kutubxona resurslari.
IV. Elektron axborot-kutubxona resurslarini tayyorlash va qayta ishlashga qo‘yiladigan umumiy talablar
9. Elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona faoliyati sohasida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tavsiya etilgan formatlarga muvofiq tayyorlanishi va arxivlashtirilishi kerak.
10. Elektron axborot-kutubxona resurslari istalgan elektron manbalarda qabul qilinadi. Internet (Intranet) tarmog‘ida elektron axborot-kutubxona resursi joylashganligini ko‘rsatuvchi havolani (tarmoqli manzil) keltirishga yo‘l qo‘yiladi.
11. Elektron axborot-kutubxona resurslari manbalari va resurslarning o‘zi kompyuter viruslaridan xoli bo‘lishi kerak.
12. Elektron axborot-kutubxona resurslarini elektron kutubxonaga uzatish ilova qilinadigan hujjat asosida axborot-kutubxona muassasasining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
13. Elektron axborot resurslari va elektron kutubxonaga qabul qilingan materiallar axborot, kutubxona va nashriyot ishi bo‘yicha standartlar tizimiga (AKNIST) hamda O’z DSt 1214:2009 va 1215:2009 davlat standartlariga muvofiq qayta ishlanadi.
14. Ma’lumotlarni qayta ishlash texnologiyasiga doir masalalar axborot-kutubxona muassasasining ichki tartibga solish hujjatlari bilan tartibga solinadi.
V. Elektron axborot-kutubxona resurslarini joylashtirish va saqlash
15. Elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona muassasalarining serverlarida joylashtiriladi.
16. Elektron axborot-kutubxona resurslarini saqlash quyidagicha amalga oshiriladi:
axborot manbalaridagi lokal elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona fondida saqlanadi;
axborot manbalarining har xil turlarida olingan elektron axborot-kutubxona resurslari axborot-kutubxona muassasasining serverlarida joylashtiriladi va saqlanadi;
lokal va tarmoq axborot-kutubxona resurslari sifatida foydalaniladigan elektron axborot-kutubxona resurslari serverlarda joylashtiriladi va saqlanadi. Axborot-kutubxona resurslari ma’lumotlarining majburiy nusxasi axborot-kutubxona fondida axborot manbalarida saqlanadi;
o‘chirilgan elektron axborot-kutubxona resurslari huquq egasi bo‘lgan tashkilotlarning serverlariga joylashtiriladi.
17. Elektron axborot-kutubxona resurslarini saqlash, zararli dasturiy ta’minlashdan va ruxsat berilmagan nusxa ko‘chirishdan himoya qilish tarmoqning umumiy xavfsizlik mexanizmlari bilan ta’minlanadi.
VI. Elektron kutubxona faoliyatini tashkil etish
18. Elektron kutubxona ishiga rahbarlik qilish axborot-kutubxona muassasasi rahbari tomonidan amalga oshiriladi.
19. Axborot-kutubxona muassasasi rahbari:
elektron kutubxona ishini muvofiqlashtiradi;
elektron kutubxona ishini tashkil etadi, rejalashtiradi va nazorat qiladi, boshqa axborot-kutubxona muassasalarining elektron kutubxonalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi;
elektron kutubxona ishi uchun mas’ul bo‘lgan xodimlarning malakasini va kasbiy saviyasini oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
20. Elektron kutubxona ishini axborot bilan, huquqiy va moddiy-texnik ta’minlash axborot-kutubxona muassasasining tarkibiy bo‘linmalari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
VII. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni taqdim etish
21. Elektron kutubxonaning axborot-kutubxona resurslarini yaratish, ulardan foydalanish va ularni taqdim etish “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-iyuldagi 198-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlarida hamda kutubxonalarda to‘liq matnli elektron axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish
REJA-JADVALI
Oldingi tahrirga qarang.
| T/r | Tadbirlar nomi | Amalga oshirish shakli | Bajarish muddati | Moliyalashtirish manbalari, mln so‘m* | Mas’ul bajaruvchilar |
|
I. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish | |||||
| 1. | Yig‘ma elektron katalog respublika markazi, yig‘ma elektron katalog sektorlari va axborot-kutubxona resurslarini raqamlash sektorlari (elektron shaklga o‘tkazish) faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash: Elektron katalog to‘g‘risida nizom; Yig‘ma elektron katalog to‘g‘risida nizom. |
Nizom | 2011-yil IV chorak | — | Maxsus vakolatli davlat organi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 2. | Axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga o‘tkazish va ularni axborot-kutubxona muassasalariga yetkazish uchun ularni tanlash bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish. | Yo‘riqnoma | 2011-yil III chorak | — | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona |
| 3. | Axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga bosqichma-bosqich o‘tkazishni aniqlash maqsadida axborot-kutubxona muassasalari fondlari to‘g‘risidagi axborotlarni to‘plash va tizimlashtirish. | Axborot-kutubxona resurslari ro‘yxati | 2011-yil III chorak | — | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 4. | Yig‘ma elektron katalogni shakllantirish uchun tajriba axborot-kutubxona muassasalari tarmog‘ini yaratish. | Kompleks tadbirlar | 2011 — 2015-yillar |
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining o‘z mablag‘lari va homiylik mablag‘lari |
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona |
| 5. | 21 ta axborot-kutubxona muassasasi huzurida axborot-kutubxona resurslarini raqamlash sektorlari ochish. | Buyruq | 2011 — 2015-yillar | — | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 6. | To‘liq matnli ma’lumotlar bazasini yaratish uchun tanlangan axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga o‘tkazish. | Jadval | 2011 — 2015-yillar | — | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 7. | Integratsiyalashtirilgan axborot-kutubxona tarmog‘i faoliyat ko‘rsatishi uchun telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish. | Tadbirlarning kompleks rejasi | 2011 — 2015-yillar | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining o‘z mablag‘lari va homiylik mablag‘lari 1 161,6 2011-yil — 46,08 2012-yil — 286,08 2013-yil — 284,8 2014-yil — 280,32 2015-yil — 264,32 |
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 8. | Axborot-kutubxona muassasalarining tarmoqli o‘zaro hamkorligi tizimini yaratish. | Texnik loyiha | 2011 — 2015-yillar | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining o‘z mablag‘lari va homiylik mablag‘lari 378,0 2011-yil — 75,6 2012-yil — 75,6 2013-yil — 75,6 2014-yil — 75,6 2015-yil — 75,6 |
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
| 9. | Axborot-kutubxona muassasalarini yagona integratsiyalashtirilgan axborot-kutubxona tarmog‘iga ulash va axborot-kutubxona muassasalarida avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimlarini joriy etish. | Ulash jadvali va tadbirlar ro‘yxati | 2011 — 2015-yillar | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining o‘z mablag‘lari va homiylik mablag‘lari 2 178,0 2011-yil — 86,4 2012-yil — 536,4 2013-yil — 534,0 2014-yil — 525,6 2015-yil — 495,6 |
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 10. | Axborot-kutubxona muassasalarining to‘liq matnli ma’lumotlar bazalarini yig‘ma elektron katalogga biriktirish. | Ishlar jadvali | 2011 — 2015-yillar | — | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| II. To‘liq matnli axborot-kutubxona resurslari fondini yaratishni texnik ta’minlash va yig‘ma elektron katalogni shakllantirish | |||||
| 11. | Yig‘ma elektron katalog respublika markazi va axborot-kutubxona markazlari (AKM)ning yig‘ma elektron katalog sektorlarini jihozlash uchun kompyuter va tarmoq asbob-uskunalari sotib olish. | Asbob-uskunalar ro‘yxati | 2011 — 2015-yillar | O‘zbekiston Milliy kutubxonasining hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi axborot-kutubxona markazlarining budjetdan ajratiladigan mablag‘lari doirasida 147,0 undan: 2011-yil — 145,8 2012-yil — 0,3 2013-yil — 0,3 2014-yil — 0,3 2015-yil — 0,3 |
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona |
| 12. | Axborot-kutubxona muassasalarining raqamlash sektorlarini jihozlash uchun skanirlash, muqovalash va qirqish uskunalari sotib olish. | Asbob-uskunalar ro‘yxati | 2011 — 2015-yillar | 756,0 undan: 2011-yil — 288,0 2012-yil — 144,0 2013-yil — 108,0 2014-yil — 108,0 2015-yil — 108,0 684,0 budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida: 2011-yil Milliy kutubxona — 36,0, Xalq ta’limi vazirligining Respublika pedagogika ilmiy kutubxonasi — 36,0; Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat ilmiy tibbiyot kutubxonasi — 36,0; O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining Toshkent axborot texnologiyalari universiteti— 36,0; Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘zbekiston Milliy universiteti axborot-resurs markazi — 36,0; Qoraqalpog‘iston Respublikasi AKM — 36,0 Andijon viloyati AKM — 36,0; 2012-yil Buxoro viloyati AKM — 36,0; Jizzax viloyati AKM— 36,0; Qashqadaryo viloyati AKM — 36,0 2013-yil Navoiy viloyati AKM — 36,0; Namangan viloyati AKM — 36,0; Samarqand viloyati AKM — 36,0; 2014-yil Surxondaryo viloyati AKM — 36,0; Sirdaryo viloyati AKM — 36,0; Farg‘ona viloyati AKM — 36,0 2015-yil Xorazm viloyati AKM — 36,0; Toshkent viloyati AKM — 36,0; Toshkent shahri AKM — 36,0. 2011-yil — O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining o‘z mablag‘lari va homiylik mablag‘lari hisobiga 36,0 — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ARM; 2012-yil — Fanlar akademiyasining budjetdan tashqari mablag‘laridan 36,0 — Fanlar akademiyasining asosiy kutubxonasi. |
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 13. | Yig‘ma elektron katalogni shakllantirish va elektron bibliografik yozuvlarning yagona bazasini yaratish. | Yig‘ma elektron katalog | 2011 — 2015-yillar | — | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona |
| III. To‘liq matnli axborot-kutubxona resurslari fondini yaratish hamda yig‘ma elektron katalogni shakllantirish uchun mutaxassislar tayyorlash va ularni o‘qitish | |||||
| 14. | Yig‘ma elektron katalog respublika markazi va axborot-kutubxona markazining yig‘ma elektron katalog sektorlari mutaxassislarini tayyorlash va ularni yig‘ma elektron katalogni shakllantirish ishiga o‘qitish. | O‘qitish jadvali | 2011 — 2015-yillar | — | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona |
| 15. | Axborot-kutubxona muassasalari huzuridagi axborot-kutubxona resurslarini raqamlash sektorlari mutaxassislarini tayyorlash va ularni asbob-uskunalar bilan ishlash bo‘yicha o‘qitish. | O‘qitish jadvali | 2011 — 2015-yillar | — | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 16. | Axborot-kutubxona resurslarini elektron shaklga o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan seminarlar va davra suhbatlari, malaka oshirish va stajirovka kurslari tashkil etish va o‘tkazish. | Tadbirlar rejasi | 2011 — 2015-yillar | — | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
| 17. | Axborot xavfsizligi va axborot-kutubxona resurslari butligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘qitish, stajirovkalar, mahorat darslari tashkil etish. | Tadbirlar rejasi | 2011 — 2015-yillar | — | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, Milliy kutubxona |
| | Jami: | | | 4 662,6 | |
* Reja-jadvalni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlar “Elektron kutubxonalarni shakllantirish va integratsiyalashtirilgan axborot-kutubxona tarmog‘ini yaratish” loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy hisob-kitobi (DTIHK) asosida aniqlashtiriladi va ularga tuzatishlar kiritiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-avgustdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 33-34-son, 391-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 27-son, 285-modda; 2012-y., 33-34-son, 391-modda)