Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“DON VA DON MAHSULOTLARINI QABUL QILISh, SAQLASh VA SOTISh BOʻYIChA OPERATSIYALARNING BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA”GI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 5-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1684-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 9-son, 142-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-maydagi 95-son “Don va donni qayta ishlash mahsulotlari hisobini yuritish tizimini takomillashtirishga, ularning saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 191-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2007-yil 22-apreldagi 100, 2006-44-sonli qarori (roʻyxat raqami 1684, 2007-yil 26-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 22-son, 231-modda) bilan tasdiqlangan “Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotish boʻyicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish toʻgʻrisida”gi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-iyun,
35-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-iyun,
2011-20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 14-iyundagi 35, 2011-20-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Don va don mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va sotish boʻyicha operatsiyalarning buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 31-bandning “j” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“j) donni normativ koʻrsatkichlarga qadar quritish va tozalash boʻyicha qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan summaga:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti”.
2. 35-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Agar donni tizim ichida qayta joylashtirish boʻyicha yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomalari shartlariga muvofiq yetkazib beruvchi tomonidan xaridorga tozalash va quritish boʻyicha koʻrsatilgan xizmat xarajatlarini qoplash uchun pul ustamalari (chegirmalari) berilishi nazarda tutilgan boʻlsa, ular buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
debet 6011 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar — tizim ichida” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti”.
3. 104-banddagi “va (9400) davr xarajatlari hisobga oluvchi tegishli schyotlar” degan soʻzlar “schyotlar va 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyoti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 107-bandda:
“a” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“a) donni normativ koʻrsatkichlarga qadar quritish va tozalash boʻyicha qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan summaga:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti”;
“v” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) xizmat koʻrsatish boʻyicha bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmiga taalluqli boʻlgan donni quritish va tozalash xarajatlari summasi don mahsulotlari va donni qayta ishlash korxonalarida 9130 “Bajarilgan ish va koʻrsatilgan xizmatlarning tannarxi” schyotining debetida 2311 “Donni quritish, tozalash va qoʻshimcha ishlov berish boʻyicha xarajatlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi”.
“g” kichik band chiqarib tashlansin.
5. 109-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“109. Xaridorning tozalanmagan donni quritish va tozalash boʻyicha koʻrsatilgan xizmat xarajatlarini qoplash uchun chegirmalar olishi bilan bogʻliq operatsiyalarning buxgalteriya hisobi 6011 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar - tizim ichida” schyotining debetida “9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti bilan bogʻlangan holda aks ettiriladi”.
6. 124-bandning “e” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“e) urugʻlik materiallarni normativ koʻrsatkichlarga qadar quritish va tozalash boʻyicha qishloq xoʻjalik ishlab chiqaruvchilariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmatlar koʻrsatishdan olinadigan summaga:
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyoti;
kredit 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar koʻrsatishdan daromadlar” schyoti”.
8. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi E. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-iyun,
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi boshligʻi Z. ABIDOV
Toshkent sh.,
2011-yil 14-iyun,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 27-son, 288-modda)