04.07.2011 yildagi 197-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Oldingi tahrirga qarang.

“6. Pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni, xorijga chiqish va xorijdan kelish huquqini beruvchi hujjatlarni berganlik uchun:

a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 30 foizi

b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

v) O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolariga chet ega chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

g) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga chet elga chiqish uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 40 foizi

d) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga, shu jumladan 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 60 foizi

�) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

j) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 80 foizi

z) chet elga chiqish va kirish huquqi uchun ilgari berilgan hujjatlarga ba’zi o‘zgartirishlar kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirishdan tashqari)

eng kam oylik ish haqining 10 foizi

i) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 10 foizi

k) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 20 foizi

l) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yo‘qotib qo‘yilgan yashash uchun ruxsatnoma o‘rniga yashash uchun ruxsatnoma berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

m) yo‘qotib qo‘yilgan pasportlar, shu jumladan biometrik pasportlar hamda ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risidagi hujjatlarning o‘rniga yangilarini berganlik uchun

ushbu bandning tegishli ravishda “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan miqdorlarda”.