O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISH VAZIRINING
buyrug‘i
BAKTERIYALI VA VIRUSLI PREPARATLAR ISHLAB CHIQARISH XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 29-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2239]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir me’yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Vazir A. XAITOV
Toshkent sh.,
2011-yil 29-may,
29-B-son
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011-yil 29-maydagi 29-B-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Xavfsizlik bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
6. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma’muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlar bilan yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta’minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy bo‘linmalari bo‘lib, ular bevosita tashkilot rahbariga bo‘ysunadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlariga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
2-§. Xodimlarni o‘qitish, ularning bilimlarini sinovdan o‘tkazish va ularga yo‘l-yo‘riq berishni tashkil etish
11. Tashkilot xodimlari o‘z kasblari va ish turlari bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qishlari, ularning bilimlari sinovdan o‘tkazilishi va ularga yo‘l-yo‘riq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Ishlarni texnologik reglament bo‘yicha xavfsiz yuritish yo‘riqnomalari ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yo‘riqnomalar bilan ta’minlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
14. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 bo‘yicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga ta’sir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari to‘g‘risida to‘liq va xolisona ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.
15. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda mehnat jarayonining xavfli va zararli omillari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim o‘lchovi natijalari, shuningdek mehnatning og‘ir sharoitlari attestatsiya qilish orqali belgilanishi lozim. Ishlab chiqarishdagi zararli omillar ro‘yxati GOST 12.1.005-88, SanQvaM 0046-95, SanQvaM 012-01, SanQvaM 0122-01, SanQvaM 0119-01 talablariga javob berishi lozim.
16. Yangi zararli moddalar paydo bo‘lishiga yoki xavfli va zararli omillar yo‘qolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar o‘zgarishlarida yoki yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy qilishda xavfli va zararli omillar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. O‘ta xavfli kasblar va ishlar ro‘yxati
17. Tashkilot o‘ta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar ro‘yxatiga ega bo‘lishi lozim. Ro‘yxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bug‘ va suv isitish qozonlari, yuk ko‘tarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sig‘imlar, elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq ishlar va amaldagi farmatsevtika tarmog‘iga oid ro‘yxatlarga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
18. Barcha xodimlar o‘ta xavfli ishlarni bajarish topshirig‘ini olishdan oldin, mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l-yo‘riq olishi va ishlarni bajarish usullarini o‘zlashtirib olishi shart.
19. O‘ta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomaga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
20. Tashkilot rahbariyati o‘ta xavfli ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va xavfsiz bajarishda belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishiga to‘la javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qo‘llash
21. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan mehnatni muhofaza qilishga oid standartlar va me’yorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali ta’minlanishi lozim.
22. Jamoaviy himoya qilish vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini me’yorlashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil me’yorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorug‘ligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorug‘likdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda uskunalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning ta’siridan himoya qilish vositalari.
23. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari bo‘lgan xonadagi barcha xodimlarga ta’sir qilganda qo‘llanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
24. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qo‘llanishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qo‘llashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim.
26. Tashkilotda quyidagilar ta’minlanishi shart:
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
himoya vositalarini qo‘llash va to‘g‘ri foydalanish ustidan doimiy nazorat amalga oshirilishi;
himoya vositalarining samaradorligi va sozligi tekshirilishi;
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularning degazatsiya va dezinfeksiya qilinishi (bir marta qo‘llaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
27. Xodimlar Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1861, 2008-yil 24-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 39-son, 402-modda) muvofiq shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlanishi lozim.
6-§. Kasbiy tanlov
28. Tashkilotlarda tanlov o‘tkazilishi lozim bo‘lgan kasblar va mutaxassisliklar ro‘yxati bo‘lishi lozim.
29. Xodimlar, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli ma’lumotga va ish tajribasiga ega bo‘lishi kerak.
30. Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarishda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan o‘tgan va tegishli guvohnomaga ega bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan og‘ir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning ro‘yxatiga muvofiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar og‘ir ishlarga hamda zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2023-yil 29-noyabrdagi 81-2023/B-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3484, 18.12.2023-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son)
7-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
33. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom (ro‘yxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(33-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
34. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qo‘mitasi va sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi lozim bo‘lgan xodimlarning ro‘yxatini tuzishi hamda xodimlarning majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishini ta’minlashi lozim.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Majburiy tibbiy ko‘riklar tashkilotlarga tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan, ular bo‘lmagan taqdirda esa tashkilot joylashgan yerdagi davolash-profilaktika muassasalari tomonidan o‘tkazilishi lozim.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Ish beruvchi majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoxud majburiy tibbiy ko‘rik natijalariga ko‘ra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Davriy majburiy tibbiy ko‘riklar o‘z vaqtida, sifatli o‘tkazilishi va ularning natijalariga ko‘ra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklanadi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
38. Bakteriya va virusli preparatlarni ishlab chiqarish va yaratishga bevosita aloqasi bor barcha ishga qabul qilinayotgan xodimlar, shuningdek steril xonalarda ishlaydigan xodimlar oshqozon-ichak guruhi infeksiyalari mikroblari va bo‘g‘ma (difteriya) kasalligi mikroblari, shuningdek zotiljam bilan kasallanmaganliklarini aniqlash maqsadida bakteriologik tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari lozim.
39. Ochiq turdagi zotiljamga, teri va tanosil (venerik) a’zolarining shilliq qavatlarining yuqumli kasalliklariga chalingan, shuningdek bo‘g‘ma (difteriya) va oshqozon-ichak guruhi infeksiyalari bilan zararlangan bemorlar bakteriya va virusga qarshi ishlab chiqariladigan preparatlar bilan ishlashiga ruxsat berilmaydi.
40. Tashkilotning barcha xodimlari hech qanday istisnosiz asosiy yuqumli infeksion kasalliklarga qarshi vaksinalar bilan emlash orqali immunizatsiya etilgan bo‘lishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
41. “Bacterium Calmetta-Guerin” (keyingi o‘rinlarda BSJ deb yuritiladi) vaksinasini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan xodimlar har uch oyda bir marta zotiljam va oshqozon-ichak guruhi bakteriyalari bilan zararlanmaganliklarini aniqlash maqsadida davriy majburiy tibbiy tekshiruvdan va klinik ko‘rikdan o‘tishlari zarur. Bir yilda bir marta o‘pka va nafas olish yo‘llarini rentgenoskopiya tekshiruvidan o‘tkazish bilan birgalikda xodimlar to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilishlari lozim.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
42. Ish tabiatidan kelib chiqqan holda laboratoriyalarga tashrif buyuruvchi va tashkilot jamoasiga xizmat ko‘rsatuvchi, shuningdek 1, 2 va 3 guruh infeksiyalari bilan faoliyat yurituvchi xodimlar, ular qaysi turdagi infeksiyalar bilan yaqin aloqa etish holatlarini hisobga olgan holda immunizatsiya qilinishlari lozim.
Bunda 1, 2 va 3 guruh infeksiyalari quyidagilardan iborat:
1 guruh — yuqori kontagioz kasalliklar (o‘ta xavfli infeksiyalar): o‘lat, vabo, virus B, ornitozlar;
2 guruh — sibir yarasining tashuvchilari, tulyaremiya, brutsellez, tabiiy chechak, quturish (ko‘cha virusi), sapa, melioidoza, ensefalitlar (limfotsitar xoriomeningit, gemorragik bezgak, sariq bezgak), rikketsiozlar (tepkili terlama, sutsugamush, tog‘lar bezgagi, KU bezgagi), traxoma virusi, prokaza;
3 guruh — ich terlamasining qo‘zg‘atuvchilari, paratif A va V, dizenteriya, listerellez, sil, bo‘g‘ma, botulizm, gaz gangrenasi, qotib qolish, qaytariluvchi terlama (burgali va kanali), leptospiroz, toksoplazmoz, pappatachi bezgagi, epidemik gepatit, poliomiyelit, epidemik parotit, oqsim, zaxm, trixofit, qo‘tir, kelib chiqishi hayvon va bakteriyali zaharli mahsulotlar (toksin).
43. Immunoklinik va vivariylar (hayvonlar tajribadan o‘tkaziladigan maxsus joy)ni ishchi xodimlarga bir yilda ikki marta belgilangan tartibdagi jurnalga majburiy qayd etish bilan takroriy instruktaj (ish faoliyatini yuritish bo‘yicha ko‘rsatma) o‘tkazilishi lozim.
44. Instruktaj (ish faoliyatini yuritish bo‘yicha ko‘rsatma) barcha holatlarda uning o‘tkazilishiga mutasaddi va javobgar bo‘lgan ushbu tashkilotning rahbari tomonidan o‘tkazilishi lozim.
45. Xodimda taxminan 1 va 2 guruh patogenik kasallik qo‘zg‘atuvchilari keltirib chiqargan kasallik alomatlari kuzatilsa, epedimiyaga qarshi qo‘llanadigan choralar, diagnostik (tashxis) hamda bemorni ahvolini yaxshilovchi profilaktik amaliy davo chora-tadbirlari tashkilotning tezkor (operativ) rejasiga muvofiq yoki o‘ta xavfli infeksiyalar o‘choqlarini zararsizlantirish va yo‘q qilish bo‘yicha tuzilgan hududiy kompleks rejali chora-tadbirlar asosida o‘tkazilishi lozim.
46. Xodimda o‘zi ishlagan joyida kasallik qo‘zg‘atuvchi orqali yuqqan infeksion kasalliklarga xos alomatlar paydo bo‘lsa, xodim tashkilot rahbarini yoki tashkilot navbatchisini bu holatdan xabardor etishi kerak.
47. Bir qator bakteriyalar, viruslar, toksinlar yoki hayvonot olamiga mansub og‘ular bilan ishlagan xodim kasallikka chalinganda epedimiologik anamnez (bemorni o‘z dardi haqida olingan ma’lumot) holatini aniqlash hamda uni zararsizlantirish, izolyatsiya qilish muhimligi to‘g‘risidagi masalani hal etish maqsadida tashkilot (sog‘liqni saqlash punkti, tibbiy sanitar bo‘limlari) shifokorini zudlik bilan bemorning uyiga jo‘natish kerak. Tashrif natijalari jurnalga qayd etilishi hamda tashkilot rahbariga ma’lum qilinishi lozim.
48. Xodimlarni sog‘lig‘i tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
8-§. Sanitariya va gigiyena talablari
49. Tashkilot xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq bo‘lishi kerak.
50. Noqulay omillar ta’siriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish lozim.
51. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya me’yorlari” talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
9-§. Yoritishga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
52. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sun’iy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sun’iy yoritish” talablariga mos bo‘lishi lozim.
(52-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
53. Yoritgichlarning konstruksiyasi va tuzilishi elektr tarmoqning nominal kuchlanishi va tashqi muhitga mos xolda bajarilishi kerak.
54. Binodan tashqarida o‘rnatilgan, nam, o‘ta nam, chang muhitli xonalardagi yoritqichlarning ishga tushirish apparatlari tashqi muhitdan himoyalangan usulda bajarilgan bo‘lishi kerak.
55. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya iste’molchilarini ulash taqiqlanadi. Avariya yoritishlarni sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi lozim.
56. O‘ta xavfli bo‘lmagan xonalarda barcha statsionar yoritqichlarga 220 V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanishdan foydalanishga ruxsat etiladi.
57. Cho‘g‘lanma lampali mahalliy statsionar yoritqichlar uchun quyidagi kuchlanish qo‘llanishi lozim:
yuqori xavfli bo‘lmagan xonalarda — 220 V dan yuqori bo‘lmagan;
yuqori xavfli va o‘ta xavfli xonalarda — 42 V dan yuqori bo‘lmagan.
58. Yoritish vositalari toza va soz holatda bo‘lishi kerak.
59. Yorug‘lik tushuvchi oynalarni yilda kamida ikki marotaba tozalash lozim.
60. Yorug‘lik tushadigan deraza va eshiklarni turli predmetlar (uskuna, tayyor mahsulot va boshqalar) to‘sib qo‘yishiga ruxsat etilmaydi.
61. Sun’iy yoritish umumiy va birlashgan tizimda ishlatiladi (umumiy mahalliy bilan birgalikda). Birgina mahalliy yoritishni qo‘llash taqiqlanadi.
62. Uchastka va xonalarda portlash bo‘yicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yig‘ilib qolish ehtimoli bo‘lsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
63. Xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan xonalarda ko‘chma elektr yoritqichlardan foydalanilganda kuchlanish 36 V dan yuqori bo‘lmasligi kerak. O‘ta xavfli xonalarda (ishlab chiqarish uskunalari, bunkerlar, silososlar, quduqlar, bug‘lantirish kameralari, tunnellar va boshqalarni ichki sirtini) yoritish uchun ko‘chma elektr yoritqichlar uchun tarmoqdagi kuchlanish 12 V dan oshmasligi kerak.
64. Elektr yoritish tarmoqlari poldan 2,5 m dan past bo‘lmagan balandlikdan o‘tgan bo‘lishi kerak.
10-§. Tashkilot maydonlariga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
65. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” talablariga mos bo‘lishi kerak.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
66. Tashkilotda transport vositalarining va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
67. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish hamda ish uchastkalari va sexlarning ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi kerak.
68. Tashkilot maydonlari ko‘kalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
69. Tashkilot maydonidagi o‘tish joylari mustahkam yopqichlar, suvlar oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
70. Yilning yoz vaqtida yo‘laklar va o‘tish joylariga suv sepilgan, qishda qordan tozalanib, qum sepilgan bo‘lishi lozim.
71. Vivariylar (hayvonlar ustida tajriba o‘tkaziladigan maxsus joy) va immunoklinik binolar shu hudud uchun mos muayyan bir joyda esuvchi shamollar yo‘nalishini ko‘rsatadigan tasvir asnosida joylashtirilishi, bino shamol esadigan tomonga qaratilishi, laboratoriya va ishlab chiqarish binolaridan kamida 100 m masofadagi uzoqlikda joylashgan bo‘lishi lozim. Vivariylar (hayvonlar ustidan tajriba o‘tkaziladigan maxsus joy) va ishlab chiqarish-laboratoriya binolari oraliq atrofida kengligi 10 m bo‘lgan yashil hudud (zona) tashkil etilishi lozim.
72. Tashkilot hududida, vivariylar (hayvonlar ustida tajriba o‘tkaziladigan maxsus joy) va immunoklinik binolar yaqinida tajriba qilinadigan hayvonlarning kirib-chiqishi uchun maxsus ajratilgan maydonlar bo‘lishi kerak.
73. Virus va bakteriyalarga qarshi ishlab chiqariladigan preparatlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar kasallikka chalingan hayvonlar uchun maxsus izolyatorlar (to‘siqlar) bilan jihozlanishi mumkin. Bunday izolyatorlar (to‘siqlar) tajriba qilinadigan hayvonlarning kirib-chiqishi uchun maxsus ajratilgan maydonlardan kamida 100 m masofadagi uzoqlikda joylashgan bo‘lishi lozim. Bunday izolyatorlar alohida darvozali panjara yoki devor to‘siqlar bilan aylantirib o‘ralgan bo‘lish shart.
74. Tajriba qilinadigan yirik va katta hayvonlar uchun mo‘ljallangan karantin binolar vivariylar (hayvonlar ustidan tajriba o‘tkaziladigan maxsus joy)dan kamida 100 m masofadagi uzoqlikda joylashgan bo‘lishi lozim. Karantin binolar devor yoki panjara to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim. Karantin binosining devoridagi darvoza shunday joylashtirilishi zarurki, karantin qilinishi lozim bo‘lgan hayvonlar tashkilot hududidan o‘tmasdan, bevosita karantin maydoniga olib kirilishi mumkin bo‘lishi kerak.
75. Tashkilotning umumiy ovqatlanish xonasi virus va bakteriyalarga qarshi ishlab chiqariladigan preparatlar bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar hududi tashqarisida joylashgan bo‘lishi lozim.
76. Ish shart-sharoitlariga ko‘ra begona shaxslarning tashrifi uchun mo‘ljallangan ma’muriy-xo‘jalik binolari joylashuvi shunday bo‘lishi kerakki, binolarning kirish va chiqish joylari ishlab chiqarish hududidan alohida to‘silgan bo‘lishi kerak.
11-§. Bino va inshootlarga bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
77. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi kerak.
(77-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
78. Yordamchi binolar va xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga mos kelishi lozim.
(78-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
79. Ishlab chiqarish idishlari yuviladigan va termik qayta ishlov beriladigan yuvish xizmati bo‘limlari gidroizolyatsiyaviy qavat asosida joylashtirilgan pollarga ega bo‘lishi kerak. Pollar metlax (polga yotqiziladigan koshinlar) yoki kafel plitkalari bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Yuvish apparatlari, transporter va boshqalarning aylanuvchi qism va mexanizmlari maxsus to‘siqlarga ega bo‘lishlari lozim.
80. Pollar to‘kilgan suvni chiqarib yuborilishini ta’minlaydigan maxsus nishablik va yo‘laklarga ega bo‘lishi lozim.
81. Yuvish rakovinalari yonidagi ish joylar xodimlarni oyoqlari ho‘l bo‘lmasligi va sovuq tortmasligi uchun yog‘ochli to‘siqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
82. Ishlab chiqarish binolari o‘rnatilgan tartibda tortuvchi ventilyatsiya bilan jihozlanishi va yaxshi yoritilgan bo‘lishi lozim.
83. Steril ishlar uchun alohida xonalar (bokslar) va boshqa steril binolarni devor va shiftlari silliq qoplamalarga ega bo‘lishi, pollar esa hech qanday choklarsiz materiallar bilan qoplangan, yon tarafi 25 sm balandlikda bo‘lgan, devor ichiga kirgan hamda dumaloq burchaklarga ega bo‘lishi kerak. Devor, shift va pollarni qoplash uchun mo‘ljallangan materiallar suv singdiruvchi, zaharli bo‘lmagan, korroziyaga chidamli hamda dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida kundalik tozalash ishlariga imkon beruvchi xususiyatga ega bo‘lishi lozim. Devorlarni choklarsiz kafel bilan qoplashga ruxsat beriladi.
84. Nopatogen materiallarni sterillash uchun barcha alohida xonalar (bokslar) steril kondensatsiyalangan havoni tortuvchi ventilyatsion moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishlari hamda ular keragidan ortiqroq bosimga ega bo‘lishi lozim. Steril havoni yetkazib berish soatiga kamida V x 20 bo‘lishi kerak, bu yerda V — xona (boks) hajmini anglatadi. Havoni taqsimlanishi tezligi 0,3 m/soniya bo‘lgan yaqin laminar oqim yordamida belgilanadi.
85. Xonaga undan alohida ajratilgan oynali to‘siqqa va eshikka ega bo‘lgan “xonacha” (predboksnik) qo‘shilgan bo‘lishi kerak. Ushbu xonachada bakteriya va urug‘larni ko‘paytirish uchun moslangan muhit, ish uchun zarur asbob anjomlar, steril idishlar, sterillangan qo‘shimcha kiyimlar saqlanadi, shuningdek bu xonachada qo‘shimcha ishlar ham bajariladi.
86. Yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar bilan ishlash uchun alohida xonalar, oqib kelish va so‘rib oluvchi sterillovchi filtrli ventilyatsiya bilan jihozlanishi kerak. Xonalar ma’lum miqdorda zararsizlantiruvchi moslamalar bilan jihozlanishi kerak.
87. Infeksion materiallar bilan ish olib boriladigan xonalar va boshqa binolar eshiklari ostonasida dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan to‘yintirilgan gilamlar to‘shab qo‘yilgan bo‘lishi lozim. Eshiklar germetik (zich yopilgan, havo o‘tkazmaydigan) qistirmalarga ega bo‘lishi lozim.
88. Steril xonalarda ishlovchi xodimlarni maishiy-hordiq chiqarish binolari, shuningdek patogenik mikroorganizmlar bilan ishlaydigan xodimlarning binolari ham belgilangan tartibdagi ushbu binolarga qo‘yilgan talablarga muvofiq kelishi lozim.
89. Axlat va mayda laboratoriya hayvonlarining jasadlarini yoqish uchun mo‘ljallangan pechlar (maxsus o‘choqlar) har bir laboratoriya uchun alohida qurilgan bo‘lishi lozim.
90. Zararlangan material va idishlarni sterilizatsiya qilish ikki tabaqali ochiq shakldagi avtoklav (narsalarni yuqori bosim ostida qizdirish uchun ishlatiladigan germetik qopqoqli apparat)lardan foydalanish zarur. Ushbu avtoklav (narsalarni yuqori bosim ostida qizdirish uchun ishlatiladigan germetik qopqoqli apparat)larni ortuvchi eshiklari zararlangan material va idishlarni qabul qilish uchun maxsus izolyatsiyaviy binoga kirishlari lozim. Ushbu binoning pollari zararli suyuqlikni polga tushgan holatlarda suyuqlikni tarqalib sizib ketmasligini oldini olish maqsadida gidroizolyatsiyaviy qavat asnosida yotqizilgan hamda metlax va kafel plitalari bilan qoplangan bo‘lishi lozim. Zararsizlantirilgan idishlarni bo‘shatish va tushirish avtoklav (narsalarni yuqori bosim ostida qizdirish uchun ishlatiladigan germetik qopqoqli apparat)ning ikkinchi eshigi orqali alohida xonaga olib kirish orqali amalga oshirilishi lozim.
91. Avtoklav (narsalarni yuqori bosim ostida qizdirish uchun ishlatiladigan germetik qopqoqli apparat) va zararlangan materialni qabul qilish uchun mo‘ljallangan binolar o‘ng yon devori (borti) 100 mm dan kam bo‘lmagan balandlikdagi maxsus metall moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim. Probirkalar, flakonlar, Bobrov apparatlari hamda toksinlar va bakteriyalar bilan zararlangan boshqa mayda idishlar qopqog‘i yopiq maxsus metall baklarga joylashtirilgan holda avtoklavlarda sterilizatsiya qilinadi.
92. Yilning issiq kunlarida ventilyatsion shamollatish qurilmalari orqali tashqaridan hasharotlarni kirib qolish imkoniyatlarini cheklash va oldini olish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilishi lozim.
93. 1 va 2 guruh infeksion kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilar bilan ishlovchi ishlab chiqarish bo‘limlari yoki alohida binolarga joylashtirilishi kerak yoki ishlab chiqarish binosini o‘zida kirish va chiqish joylarini mujassam etgan alohida seksiyalarga joylashtirilishi lozim. 3 guruh infeksion materiallari bilan ishlovchi ishlab chiqarish bo‘limlarini joylashtirishda infeksiyani boshqa binolarga va xonalarga tarqalishiga to‘sqinlik qiluvchi barcha kerakli chora-tadbirlarni ko‘rish lozim.
94. 1, 2 va 3 guruh infeksion materiallar bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqarish bo‘limlarida tortuvchi ventilyatsiya shamollatish tizimi tashkilotning boshqa barcha ventilyatsion shamollatish tizimlaridan butunlay ajratib qo‘yilgan bo‘lishi lozim. So‘rib olinadigan ventilyatsiya shamollatish qurilmasining havoni chiqarish moslamasi so‘nggi element sifatida, chiqayotgan havoni mikroorganizmlardan xalos etuvchi filtrlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak.
95. 1, 2 va 3 guruh infeksion materiallar bilan shug‘ullanuvchi ishlab chiqarish bo‘limlaridagi oqova suvlarni zararsizlantirish uchun maxsus o‘rnatilgan tartib asosidagi ularga termik ishlov berish natijasida to‘liq zararsizlantirish imkonini beradigan oqova suvlarni maxsus zararsizlantiruvchi moslamalar (to‘xtovsiz ravishda muntazam ishlaydigan sterilizatorlar) o‘rnatilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
96. 1, 2 va 3 guruh bakteriyali moddalarni o‘zida mujassam etgan barcha suyuq chiqindilar va ularning toksinlari oqova suvlarga (kanalizatsiyaga) yuborilishidan oldin laboratoriyalarda termik va kimyoviy ishlov berish usuli orqali oqova suvlar tizimida sterilizatsiya uskunalarining borligiga qaramasdan to‘liq zararsizlantirilishi lozim.
(96-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
97. 1, 2 va 3 guruh kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilari bilan ishlovchi ishlab chiqarish bo‘limlari mazkur qo‘zg‘atuvchilar bilan ishlovchi har bir bo‘lim uchun mo‘ljallangan alohida kishi va narsalarni sanitariya ko‘rigidan o‘tkazadigan joylarga ega bo‘lishlari lozim.
98. 1, 2 va 3 guruh infeksion kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilari bilan ishlovchi ishlab chiqarish bo‘limlarining suv ta’minoti tizimi maxsus jarayon asosida tashkil etilishi kerak, o‘stirish va eslatib o‘tilgan qo‘zg‘atuvchilarga ishlov berishning boshqa jarayonlarida uskunani bog‘lash tizimi shunday o‘rnatilgan bo‘lishi kerakki, mikrobli suspenziyalarning suv tarmog‘i (vodoprovod) trubalariga so‘rilib sizib ketishi ehtimolini yo‘qotish zarurdir. Bu holat ushbu trubalarda to‘satdan yuzaga keluvchi vakuum (bo‘shliq) natijasida yoki uskunadagi bosim suv tarmog‘i tizimiga ulangan apparatdagi suv bosimidan katta bo‘lish oqibatida yuzaga kelishi mumkin.
99. Maxsus uskuna va mashina qurilmalariga ega sexlar va bo‘limlar uchun asbob-uskunalarni rejalashtirish, maydonlar tanlash, yoritilganlik me’yorlari va uskunalarni joylashtirish amaldagi tegishli me’yoriy hujjatlar asosida yuritilishi kerak.
100. Ishchi asboblar va uskunalardan foydalanishda amaldagi texnik qoidalardan foydalanish kerak bo‘ladi.
101. Ampulaga solish va qadoqlashning barcha jarayonlari uchun mo‘ljallangan binolar bloki mavjud xavfsizlik qoidalariga muvofiq tarzda qurilgan bo‘lishi kerak.
102. Yangi tashkilotlarni loyihalashtirishda, shuningdek laboratoriya va ishlab chiqarish bo‘limlarini mavjud binolarga joylashtirishda yoki bo‘limlarni boshqa binolarga ko‘chirishda tayyor mahsulotni kontaminatsiya (aralashib ketishi)ga butunlay to‘sqinlik qiladigan bir qator kompleks chora-tadbirlarni nazardan qochirmaslik kerak.
103. Amaldagi bo‘limlar, sexlar va laboratoriyalar binolarining rejalashtirilishini o‘zgartirishda yoki ko‘rsatib o‘tilgan bo‘limlarni yangi binolarga ko‘chirib o‘tkazishda yangi rejalashtirilgan sxema dastlab sanitariya epidemiologik nazorat idoralari tomonidan muvofiqlashtirilishi lozim. Bo‘limlar, sexlar va laboratoriyalarning ishga tushirilishi va o‘zgartirilgan yoki zarurat yuzasidan boshqa binolarga joylashtirilgan binolarning rejalashtirilgan sxemasi sanitariya epidemiologik nazorat idoralarining ruxsati bilan tegishli rasmiy bayonnoma (rasmiy hujjat) tuzish orqali amalga oshiriladi.
12-§. Maishiy binolarga, ularning miqdori, holati va joylashuviga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
104. Bakteriya va viruslarga qarshi ishlab chiqariladigan preparatlar bilan shug‘ullanadigan va immunobiologik preparatlar ishlab chiqaruvchi har qanday tashkilotda sanitar maishiy va qo‘shimcha binolar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga hamda mazkur Qoidalarga muvofiq tarzda qurilishi kerak.
(104-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Maishiy va qo‘shimcha binolarni loyihalashtirish va qurish ishlab chiqarish obyektlari bilan bir vaqtda ish yuritilishini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak.
105. Maishiy binolar va qurilishlarning tarkibi mahsulot ishlab chiqarish turiga qarab belgilanadi.
106. Maishiy binolarni iloji boricha ish joylariga yaqin atrofga joylashtirish kerak.
107. Steril va nosteril binolarda ishlaydigan xodimlar uchun umumiy sanitar-maishiy binolar qurishga yo‘l qo‘yilmaydi.
108. Xavfli va o‘ta xavfli infeksion materiallar joylashgan binolarda ishlaydigan xodimlar uchun maxsus maishiy binolar ajratilishi kerak.
109. Zararsizlantirilgan (aseptik) binolarga kirish maxsus maishiy binolar — dushxona, kiyinish xonasi orqali amalga oshirilishi lozim.
110. Ishchi kiyimlarni saqlash uchun mo‘ljallangan kiyinish xonalari (garderoblar), hojatxonalar, dushxonalar ayollar va erkaklar uchun alohida bo‘lishi lozim.
111. Garderob va dush xonalari o‘lchamlari, dushxonalarning setkalari, oyoq vannalari, yuz yuvadigan moslamalar, ichimlik suvi ta’minoti, hojatxonalar va boshqalar sonini ko‘p ishchi smenalar sonini nazarda tutgan holda e’tiborga olish zarur.
112. Ishlab chiqarish tabiatidan kelib chiqqan holda 40 % miqdordagi hisobga ko‘ra yuz-qo‘l yuvgichlarni ishlab chiqarish binolarida ish joylariga yaqin atrofda (peshayvonda yoki hojatxonalarda) joylashtirishga ruxsat beriladi.
113. Yuvinish va cho‘milish uchun har bir moslama sovuq va issiq suv bilan ta’minlovchi quvurga ulangan bo‘lishi lozim.
Yuvinish va cho‘milish binolarida oyna, kiyimlarni osib qo‘yish uchun ilgich, elektr quritish moslamasi, suyuq va qattiq sovun solinadigan idishlar bo‘lishi kerak, shuningdek eng ko‘p ishlovchi smenada har bir 40 nafar ishchiga bitta moslama hisobidan kelib chiqqan xolda xlor eritmasida qo‘l yuvish uchun moslama nazarda tutilishi lozim.
114. Maxsus kiyimlarni tozalashda tashkilotlarda kir yuvish xonalarning bo‘lishi nazarda tutilishi kerak. Kir yuvish xonalarining tarkibi va binolar maydoni aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini loyihalashtirish qoidalari va qurilish me’yorlariga muvofiq tarzda amalga oshirilishi lozim.
115. Kiyinish xonalari (garderoblar) ko‘cha va ish kiyimlarini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
116. Ish kiyimlarini saqlash uchun mo‘ljallangan kiyinish xonalari (garderoblar) ko‘cha kiyimlari saqlanadigan kiyinish xonalaridan alohida joyda bo‘lishi kerak. Maishiy xonalar SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari”ga muvofiq tortuvchi ventilyatsiya shamollatish moslamalari bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
(116-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
117. Shamollatish va isitish SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq bo‘lishi lozim.
(117-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
118. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
119. O‘tish joylarida joylashgan isitish jihozlari ruxsat etilgan o‘tish yo‘laklarining enini kamaytirmasligi kerak.
120. Ish joylarida havo harorati mikroiqlim ko‘rsatkichlari SanQvaM 0203-06 talablariga mos kelishi kerak.
121. Xodimlarning isinishi uchun xonalarda havo harorati 22°S dan kam bo‘lmasligi kerak.
122. Isinish xonalarigacha bo‘lgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan, bino tashqarisidagi ish joylaridan esa 150 m dan ko‘p bo‘lmasligi lozim.
14-§. Elektr qurilmalari va ularni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasiga qo‘yiladigan talablar
123. Tashkilotda rahbarning buyrug‘i bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xo‘jaligi uchun mas’ul shaxs tayinlangan bo‘lishi va bu shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha tegishli malaka guruhiga ega bo‘lishi shart.
124. Kuchlanish 1000 V va undan yuqori bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishda elektr xo‘jaligi uchun mas’ul shaxs elektr xavfsizligi bo‘yicha V malaka guruhiga va kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatishda IV malaka guruhiga ega bo‘lish talab etiladi. Mas’ul shaxs hamda tashkilotdagi elektr uskunalarga xizmat ko‘rsatuvchi elektrotexnik xodimlar davriy ravishda o‘rnatilgan tartibda elektr xavfsizligi bo‘yicha bilim sinovidan o‘tishlari shart.
125. Tashkilotning elektr xo‘jaligiga javobgar shaxs quyidagilarni ta’minlashi shart:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma, apparatura va tarmoqlarda rejali ta’mirlash ishlari va profilaktik sinovlarni belgilangan muddatlarda o‘tkazilishini tashkil etishni;
elektr energiya sarfining hisobini olib borishni;
himoya vositalari va yong‘inga qarshi jihozlar mavjudligi va ularning o‘z vaqtida sinovdan o‘tkazib turilishini.
126. Elektr qurilmalariga xizmat ko‘rsatuvchi barcha elektrotexnik xodimlar kerakli himoya vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishlari talab etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
127. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini o‘rnatish va ulardan foydalanishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Iste’molchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Iste’molchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari hamda mazkur Qoidalar talablariga rioya qilinishi kerak.
(127-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
128. Energota’minot korxonasi tomonidan berilgan texnik shartlar talablariga zid bo‘lgan elektr qurilma va jihozlaridan hamda shikastlangan elektr kabellar va simlardan foydalanish taqiqlanadi.
129. Yoritqichlar, elektr qurilmalar hamda elektr tarmoqlari xonalarning muhit sharoitlariga va u yerdagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos xolda tanlanishi kerak.
130. Elektr qurilmalarda izolyatsiyaning ishdan chiqishi natijasida xodimlarning elektr tokidan jarohatlanishini oldini olish maqsadida barcha elektr qurilmalar zaminlangan yoki nollangan bo‘lishi kerak.
Elektr qurilmalarni zaminlash yoki nollash quyidagi holatlarda amalga oshirilishi lozim:
kuchlanish 380 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori bo‘lgan o‘zgarmas tokda barcha elektr qurilmalarda;
nominal kuchlanish 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past bo‘lgan o‘zgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past o‘zgarmas tokda — faqat yuqori xavfli, o‘ta xavfli xonalardagi va tashqi qurilmalarda.
Nominal kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarni zaminlash yoki nollash talab etilmaydi. Umumiy metall konstruksiyaga o‘rnatilgan, kuchlanishi 42 V gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan va 110 V gacha bo‘lgan o‘zgarmas tokda ishlaydigan kontrol kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi bo‘lgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi chulg‘amlari bundan mustasno.
131. Yerga tok o‘tkazuvchi konstruksiyalar konturga payvandlangan, elektr uskuna, mashina va apparatlarning korpuslari ko‘p tolali egiluvchan sim orqali zanglamaydigan bolt bilan konturga biriktirilgan bo‘lishi kerak.
132. Elektr dvigatellarning aylanadigan qismlari va elektr dvigatelni mexanizmlar bilan bog‘lovchi qismlari (mufta, shkiv) to‘siq bilan himoyalangan bo‘lishi lozim.
133. Nostandart elektr isitgichlardan hamda nostandart (qo‘lbola) saqlagichlardan foydalanish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15-§. Suv ta’minoti va oqova suvlar tizimiga qo‘yiladigan talablar
(15-paragrafning nomi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
134. Suv bilan ta’minlash va oqava suvlar tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” hamda O‘zMSt133:2024 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga mos kelishi kerak.
(134-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
135. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar bo‘lishi kerak. Suv quvurlari yo‘q bo‘lganda baklarda qaynatilgan suv bo‘lishi lozim.
136. Ichimlik suvining harorati 8°S dan 20°S gacha bo‘lishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
137. Tashkilot hududidagi hojatxonalar issiqlik va oqova suvlar tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.
(137-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
138. Tashkilotda oqava suvlar tizimi yo‘q bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda tashkilotda yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarini mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.
(138-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
139. Oqova suvlarini hosil qilish va suv havzalariga tushirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 3-fevraldagi 11-son “Kommunal xo‘jaligi tizimida tabiatni muhofaza qilish faoliyatini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2014-yil 21-yanvardagi 14-son “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining 2024-yil 22-noyabrdagi 26-son “Yer osti va yer usti suv obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini (0083-24-son SanQvaN) tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori (ro‘yxat raqami 321, 2024-yil 13-dekabr) talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
(139-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Oldingi tahrirga qarang.
140. Tashqi oqova suvlarning barcha tizimi yopilgan bo‘lishi kerak. Suv yuvib ketadigan va jala suvlarini qaytarish uchun ochiq maydonlarda maxsus moslamalarni o‘rnatishga ruxsat beriladi.
Ishlab chiqarish sexlari ichkarisidagi zararlangan ishlab chiqarish oqova suvlar tizimi yopilgan bo‘lishi kerak.
(140-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
141. Ishlab chiqarishning suyuq chiqindilari tizimini suyuqlikni teskari oqimi bo‘ylab oqishini oldini olish maqsadida ularning o‘tish joylari tegishli ventilyatsion moslamalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
142. Maxsus zararlangan hamda tozalashga yaroqsiz oqova suvlar yo‘q qilinadi yoki maxsus uzoq joylarga yuboriladi.
143. Har bir tashkilot sanoat va maishiy oqar suvlarning effektiv faol tarzda tozalanishining muntazam ravishdagi nazoratini ta’minlashi lozim.
16-§. Mehnat va dam olishga qo‘yiladigan talablar
144. Xodimlarning ish vaqti, dam olish payti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Texnologik hujjatlarda inobatga olinishi lozim bo‘lgan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
145. Tashkilotlarda texnologik jarayonlar TSt 19-02-2003 “Tibbiyot va mikrobiologiya sanoati mahsulotlari. Ishlab chiqarishning texnologik reglamentlari. Mazmuni, ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va tasdiqlash tartibi” talablariga muvofiq texnologik jarayonlarni tashkil etish bo‘yicha sanitariya qoidalari va ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan gigiyenik talablar, mehnat xavfsizligi standartlari talablari hamda xavfsizlik texnikasi bo‘yicha boshqa qonunchilik hujjatlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(145-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
146. Texnologik jarayonning harorat, bosim va boshqa parametrlari, shuningdek yuklanayotgan xom ashyo miqdori, seriyalar raqamlari, chiqish ma’lumotlari hamda alohida izohlar texnologik daftarlar va operatsion varaqlarida aks ettirilishi lozim.
147. Ish joylarida va sex boshlig‘ida texnologik yo‘riqnomalar va xavfsizlik texnikasi, yong‘in xavfsizligi va sanoat sanitariyasi bo‘yicha yo‘riqnomalar bo‘lishi lozim.
2-§. Yong‘in va portlash xavfsizligi talablari
148. Ishlab chiqishda o‘rganilmagan yong‘in va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega bo‘lgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qo‘llash taqiqlanadi.
149. Texnologik jarayonni ishlab chiqish, unga apparaturani kiritish, nazorat va boshqaruvni amalga oshirishda, shuningdek avariyaga qarshi himoya vositalarining tanlovida yong‘in va portlash xavfsizligi ta’minlanishi lozim.
150. Texnologik obyektlarning portlash xavfliligi holati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatiladi.
151. Texnologik jarayonlar joylashtirilgan binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 20-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq me’yorlari”ga muvofiq har bir aniq holat uchun alohida aniqlanadi.
152. Bir marotaba ishlab chiqarishda, sex yoki qurilmada bir vaqtning o‘zida yoki navbatma-navbat bitta idishda va quvurlarda hamda bitta uskunalarda etil va metil spirtini qo‘llash taqiqlanadi.
153. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yong‘inlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir bo‘lishi hamda atrof-muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va shu kabilar) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan shart-sharoitlar ta’minlanishi lozim.
154. Barcha ishlab chiqarish sexlari, xom ashyo va tayyor mahsulot omborxonalari, ma’muriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yong‘inni o‘chirish vositalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
155. Ventilyatsiya tizimi yong‘indan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan bo‘lishi lozim.
156. Kuch va yoritish tizimi tarmoqlarining elektr asbob-uskunalari hududlar tasnifi hamda binolar va xonalarning toifasiga binoan talab qilinadigan me’yorlarga javob berishi lozim.
3-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalari avtomatik o‘chishini ta’minlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
157. Portlash jihatidan xavfli texnologik jarayonlar uchun texnologik uskunalarda avariyaga qarshi himoya tizimlari nazarda tutilishi lozim.
Avariyaga qarshi himoya tizimlari texnologik jarayonni boshqarishning umumiy tizimiga ulangan holda bo‘lishi kerak.
158. Avariyalarning oldini olish maqsadida texnologik tizimlarda avariyaga qarshi qurilmalarni, jumladan qulflash, qulflash-tartibga solish temirini, klapanlarni, ajratuvchi va boshqa o‘chiruvchi qurilmalarni hamda bosim qiymati oshib ketishiga qarshi saqlovchi qurilmalarini qo‘llash tavsiya qilinadi.
159. Texnologik jarayonni olib borish xavfsizligi aniq bir parametrlar (harorat, bosim, rN va boshqalar) bilan belgilanadigan barcha apparatlarda (signal beruvchi asboblar, rostlovchi asboblar, o‘ziyozar asboblar va ko‘rsatuvchi asboblar) o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
160. Mehnat sharoitlari xavfsizligini ta’minlash va texnologik jarayonning fizikaviy-kimyoviy parametrlarini nazorat qilish uchun ishlab chiqarishlar nazorat-o‘lchov asboblari, avariya, ogohlantiruv va texnologik signalizatsiyalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
161. Apparatlar ichidagi toksik tez o‘t oladigan va o‘yuvchi suyuqliklarning sathini o‘lchash ishlari sath o‘lchagich yordamida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
162. Tashkilot va sex rahbariyati qonunchilik hujjatlariga muvofiq zararli ish sharoitlarini bartaraf etish, baxtsiz hodisalarning oldini olish va ish joylarining tegishli sanitariya-gigiyena holatda saqlanishini ta’minlash bo‘yicha zaruriy choralarni ko‘rishi shart.
(162-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
4-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining yuzaga kelishi haqida o‘z vaqtida xabar berish usullari
163. Yonuvchi gazlar, tez o‘t oladigan suyuqliklar bug‘lari ajralib chiqishi ehtimoli bo‘lgan ishlab chiqarish xonalarida havo tarkibida bug‘lar va gazlarning portlash jihatidan xavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun (bug‘lar va gazlarning ajralish ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda) avtomatik signalizatorlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Signalizatorlar avariya ventilyatsiyasiga ulangan bo‘lishi zarur.
Yonuvchi gazlar va bug‘larining portlash jihatidan xavfli darajalari haqida darak beruvchi signalizatsiya tizimlari (chiroqli va tovushli) signallashtirilgan bo‘lishi lozim.
164. Avariya yoki boshqa nosozliklar aniqlangan holda, avariya vaziyati mas’ul shaxslar tomonidan baholanishi, shuningdek sexda avariya holati e’lon qilinishi hamda bu to‘g‘risida tashkilotning rahbari xabardor qilinishi lozim.
5-§. Texnologik jarayon buzilgan holatda xodimlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha talablar
165. Quyidagi holatlar vujudga kelganda texnologik apparatlarning ishi zudlik bilan to‘xtatiladi:
avariya haqida darak beruvchi signalda;
uskunalar va quvurlarning germetikligi shikastlanganda;
to‘satdan zararli ishlab chiqarish mahsulotlarining hidi yoki ko‘zga ko‘rinarli miqdori paydo bo‘lishida;
xavfli va o‘ta xavfli bakterial, virusli materiallar, toksinlar va hayvonlarga oid zaharlar bo‘lgan ampulalar buzilganda;
yong‘inda;
baxtsiz hodisada.
166. Ishlab chiqarish xonalarining ish joylarida zararli gazlar, bug‘lar va chang miqdori ruxsat etiladigan eng yuqori konsentratsiyalaridan ortiq bo‘lmasligi lozim.
167. Ampulalarni kavsharlash hududlarida ishlashda gorelka nosoz yoki gaz magistrali teshik bo‘lganda mashinada ishlash taqiqlanadi.
168. Ishlab turgan gorelkani qarovsiz qoldirish va tez o‘t oluvchi materiallarni gorelkaga yaqin joyda saqlash taqiqlanadi.
6-§. Xom ashyo, yordamchi materiallarga qo‘yiladigan talablar
169. Ishlab chiqarishga kelib tushayotgan xom ashyoga uning analitik pasporti ilova qilinishi lozim.
170. Xom ashyo va yordamchi materiallarni sohaga taalluqli ilmiy-texnik hujjatlar talablariga muvofiq texnik va sifatini nazorat qilish bo‘limlarining xulosasi olingandan hamda laboratoriya tekshiruvi o‘tkazilganidan so‘ng ishlab chiqarishga qo‘yiladi.
171. Xom ashyoga uning toksikologik va yong‘in tavsifi ilova qilinishi shart.
172. Xom ashyo zavodning birlamchi o‘ramida omborxonalarda saqlanishi kerak.
7-§. Xom ashyo, yordamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulotlar va ishlab chiqarish chiqindilarini saqlash va transportda tashish usullariga qo‘yiladigan talablar
173. Xom ashyo va yordamchi materiallar umumiy zavod omborxonalarida saqlanadi va bir-ikki sutkalik zaxirani ta’minlaydigan miqdorda sexga uzatiladi.
174. Yangi loyihalashtirilayotgan ampula sexlaridagi omborxonalarni shisha droti, shisha ampulalari, kartonaj buyumlari va bunday ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan boshqa materiallar zaxiralarini bevosita sex yonida saqlash imkoniyatini mo‘ljallagan holda loyihalashtirish maqsadga muvofiqdir.
175. Xom ashyo va yordamchi materiallar ularning bir-biriga erkin yaqinlashish imkoniyatini ta’minlaydigan usulda joylashtirilishi lozim.
176. O‘t olish harorati 450° va undan past bo‘lgan tez o‘t oluvchi suyuqliklar rezervuarlarda saqlanishi lozim.
177. Tez o‘t oluvchi va yonuvchi suyuqliklar metall idishlarda saqlanishi lozim. Ayrim hollarda toza va korroziyani yuzaga keltiruvchi suyuqliklarni (spirtlar, efirlar, kislotalar) shisha idishlarda, zichlagich materiali bilan obreshetkalarda sig‘imi 80 litrgacha bo‘lgan yopiq butillarda saqlash mumkin.
178. O‘zaro ta’sir etishi mumkin bo‘lgan kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalarni bitta xonada saqlash taqiqlanadi.
179. Kislotalar va boshqa agressiv suyuqliklar uchun rezervuarlarni o‘rnatishda va ularni ta’mirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik va qulaylik ta’minlanishi zarurligi hisobga olinishi lozim.
180. Tayyor mahsulotni saqlash immunobiologik preparatlarni but saqlanishini ta’minlaydigan xonalarda amalga oshirilishi lozim.
181. Zarur hollarda saqlanayotgan mahsulotni davriy asosda ko‘rikdan o‘tkazish muddatlariga, joylashtirish usuli talablariga hamda zaharli va kuchli ta’sir etuvchi, tez o‘t oluvchi, portlash jihatidan xavfli mahsulotlar va saqlash muddati cheklangan mahsulotlarni saqlash yuzasidan maxsus talablar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim.
182. Zaharlarni sex omborxonalarida saqlash taqiqlanadi.
Kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar mas’ul shaxslarning nazorati ostida maxsus omborxonalarda saqlanishi lozim.
183. Omborxonadagi xonalarining tashqi yuzalari tozalash va dezinfeksiyalash uchun qulay bo‘lishi kerak.
184. Saqlash xonalari yetarli darajada sodda, to‘g‘ri yoritilgan, saqlanayotgan materiallarni quruq, toza va tartibli joylashtirishni ta’minlaydigan tarzda jihozlangan hamda yetarli miqdorda stellajlar, shkaflar va poddonlar bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
185. Omborxona qo‘riqlash signalizatsiyasi bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Omborxonaga begona kishilarning kirishi taqiqlanadi.
186. Barcha boshlang‘ich immunobiologik preparatlarni, yordamchi moddalar va idish-o‘ram materiallari sohaga tegishli me’yoriy hujjatlarga javob berishi lozim.
187. Kislotalar va ishqorlarni oqim-tortish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan alohida xonada, germetik yopiq idishda saqlash lozim.
188. Oziq-ovqat xom ashyolarini (shakar, kraxmal, un va boshqalar) sanoat o‘ramida, nomiga ko‘ra alohida, omborxonaning boshqa xonalaridan izolyatsiyalangan, quruq va shamollanadigan xonalarda saqlash lozim.
189. Boshlang‘ich immunobiologik preparatlarni, yordamchi moddalarni va idish-o‘ram materiallarini tashish uchun tozalikda saqlanishi zarur bo‘lgan maxsus transport zarur. Jalb qilingan yoki yo‘lovchi transportdan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
190. Tashish jarayonida boshlang‘ich immunobiologik preparatlarni, yordamchi moddalar va idish-o‘ram materiallari pana joyda saqlash yoki maxsus qoplama yordamida quyosh nurlaridan, atmosfera yog‘inlari va changdan himoyalangan bo‘lishi lozim.
191. Yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan omborxona xonalarini sanoat korxonalarini loyihalashtirishning yong‘inga qarshi va sanitariya me’yorlariga binoan jihozlash va saqlash zarur.
192. Xom ashyoni qabul qilish, saqlash, berish va tayyorlash xonalarida immunobiologik moddalarini tortish uchun mo‘ljallangan va havo tortish ventilyatsiyasi bilan jihozlangan ish joyi ajratilishi kerak.
8-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining manbasi bo‘lgan ishlab chiqarish chiqindilarini o‘z vaqtida chiqarib yuborish va zararsizlantirish yuzasidan talablar
193. Texnologik chiqindilar ularni atmosferaga chiqarib yuborishdan oldin zararli mahsulotlardan tozalanishi yoki tizimga qaytarilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
194. Tashkilot hududida yetarli miqdorda axlat va chiqindilarni yig‘ish uchun metall yoki plastik konteynerlar o‘rnatilgan talablarga mos ravishda jihozlangan maydonchalar bo‘lishi lozim. Maxsus jihozlangan axlat tashuvchi mashinalarda axlat va chiqindilarni tizimli ravishda markazlashtirilgan holda olib chiqib ketish ta’minlangan bo‘lishi lozim. Bunday maydonchalarga yong‘in brandspoytini ulash ko‘zda tutilgan suv quvuri va suv tushirib yuboriladigan oqova suvlar tizimi keltirilgan bo‘lishi lozim.
(194-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
Avtotransport o‘tishi uchun mo‘ljallangan barcha o‘tish joylari va yo‘llar asfaltlangan bo‘lishi lozim.
195. Ishlab chiqarish chiqindilarini va boshqa chiqindilarni muntazam ravishda maxsus mo‘ljallangan pechlarda yoqib yuborish orqali yo‘q qilish yoki tashkilotlardan maxsus belgilangan joyga olib chiqish lozim.
Axlatni mahalliy tarzda tashkilot hududida yo‘q qilinishi uchun majburiy tarzda maxsus pech bilan jihozlangan bo‘lishi lozim bo‘lib, u quruq va nam chiqindilarni, shuningdek tajribada bo‘lgan hayvonlar jasadlarini yoqib yuborish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Bunday pech bo‘lmagan taqdirda axlatni shahar chiqindixonalariga chiqarib tashlash, tajribada bo‘lgan hayvonlar jasadlari esa — hayvonlar jasadlarini yo‘q qilishga ixtisoslashgan korxonalarga topshirilishi lozim.
196. Tashkilotda yo‘q qilinishi lozim bo‘lgan o‘ram va belgi qo‘yish materiallarining, shuningdek boshlang‘ich xom ashyo va yaroqsiz deb e’tirof qilingan mahsulotlarning o‘g‘irlanishini oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilgan bo‘lishi lozim.
9-§. Xodimlarning xom ashyo, yordamchi materiallar, yarim mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor mahsulot va xodimlarga zararli ta’sir ko‘rsatadigan ishlab chiqarish chiqindilari bilan bevosita aloqada bo‘lishining oldini olish bo‘yicha choralar
197. Ishlab chiqarish xonalarida infeksion materiallar bilan ishlash bu xonalarning zararlanish imkoniyatini tug‘dirmasligi lozim.
198. Toksik, tez o‘t oluvchi va agressiv suyuqliklar uchun sig‘imli apparaturadagi sathlarni o‘lchash ishlari apparatlarning qopqog‘ini ochish zaruratini istisno etuvchi satho‘lchagichlar yordamidagina amalga oshirilishi kerak.
10-§. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siridan himoya qilishni ta’minlash bo‘yicha talablar
199. Texnologik jarayonlarning tashkil etilishi va ishlab chiqarish uskunalari xodimlarning uskunalarga xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqarish operatsiyalarini bajarishda ta’sir qiluvchi (qo‘zg‘atuvchi) hamda zararli va agressiv moddalar bilan aloqada bo‘lishi ehtimolini istisno etishi lozim.
11-§. Bakteriyali va virusli preparatlarni ishlab chiqarish
200. 1, 2 va 3 guruh infeksion materiallar bilan ishlaydigan bo‘linmalar joylashgan xonalarga begona shaxslarning kirishi qat’iyan man etilishi ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
201. Barcha ishlab chiqarish bo‘linmalarida Farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy me’yorlariga (ro‘yxat raqami 1861, 2008-yil 24-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 39-son, 402-modda) muvofiq maxsus kiyimlarda ishlashi lozim.
202. 1, 2 va 3 guruh infeksion kasalliklar qo‘zg‘atuvchilari bilan ish olib boriladigan bo‘linmalarda xodimlar quyidagilarga rioya etishga majbur:
respirator infeksiyalari bilan ishlaganda so‘zsiz olti qavatli dokali sterillangan niqob yoki respiratorlarni taqishi lozim;
ish tugagandan so‘ng maxsus sanitariya ko‘rigidan o‘tish joyida ishlovdan o‘tish;
uy kiyimi va maxsus kiyimni alohida shkaflarda saqlashi;
davriy ravishda garderobdagi o‘z individual shkaflarni dezifeksiyalovchi eritma bilan zararsizlantirib turishi;
o‘z ish bo‘linmasi xonasidan boshqa bo‘linmalarga chiqishda, xodimlar ish kiyimini yechishi va boshqa toza xalat kiyishlari shart. Bunday xalatdan o‘z ishlab chiqarish bo‘linmasida ishlash uchun foydalanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
203. Mazkur infeksion kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar bilan bevosita ishlaydigan 1, 2 va 3 guruhlarga mansub xodimlar boshqa bo‘linmalar joylashgan xonalarga, ayniqsa barcha ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linmalarga (toza idishlar, steril materiallar omborxonalari, tayyor mahsulotni quyish va boshqalar) kirishi man etiladi.
204. 1, 2 va 3 guruh infeksiya qo‘zg‘atuvchilari bilan ishlaydigan qattiq chiqindilar, laboratoriyadagi tajribada bo‘lgan hayvonlar jasadlari maxsus pechlarda yoqib yuborilishi kerak. Zararlangan chiqindi va tajribada bo‘lgan hayvonlar jasadlari qozonxonalarning o‘txonasida va umumiy foydalanishga mo‘ljallangan axlatni yoqish pechlarida yoqib yuborish qat’iyan man etiladi.
205. 1, 2 va 3 guruh infeksion materiallar bilan ishlaydigan bo‘linmalar bilan band bo‘lgan xonalardan yarim tayyor mahsulotlar, idishlar va hokazolarni olib chiqishda ularning yuza qismini dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan artish yo‘li bilan zararsizlantirish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi lozim.
206. Barcha ishlab chiqarish xonalarida hamda ilmiy-tadqiqot ishlari uchun mo‘ljallangan xonalarida sichqon, suvarak va boshqalarning paydo bo‘lishi va tarqalish imkoniyatini yo‘q qiluvchi choralar ko‘rilishi lozim.
207. Xalat kiygan xodimlarning ovqatlanish xonalarida, konferens-zallarda va boshqa umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan xonalarda bo‘lishi qat’iyan man etiladi.
208. Barcha ishlab chiqarish — laboratoriya xonalarida ovqatlanish va chekish qat’iyan man etiladi.
209. Yuqumli materiallar yoki hayvoniy kelib chiqishga ega bo‘lgan zaharlar bilan ishlaganda tegishli asboblardan foydalanish lozim. Ushbu asboblardan foydalangandan so‘ng ular gorelka alangasida kuydirish, qaynatish va boshqa to‘liq zararsizlantirishni ta’minlovchi usul bilan zararsizlantirilishi lozim.
210. Suyuq yuqumli materiallarni pipetkalarga so‘rib olish qat’iy man etiladi. Bunday ishni bajarish uchun rezina grusha kiydirilgan pipetkalardan yoxud bir martalik uchliklari bo‘lgan dozatorlardan foydalanish lozim.
211. Yuqumli materialni bir idishdan boshqasiga quyish yoki uni pipetka yoki dozatorga so‘rib olish ishlari dezinfeksiyalovchi eritma quyilgan maxsus metall lotok ustida amalga oshirilishi lozim.
212. Bakterial mikroorganizmlar va toksinlar solingan shisha idishlar termostatlarda yoki boshqa xonalarda bo‘lishi lozim va ular maxsus metall lotoklarga o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Ushbu lotoklarning bortlari balandligi shunday bo‘lishi lozimki, idishda tasodifan tirqish hosil bo‘lishi natijasida undan to‘kilgan suyuqlik lotokka sig‘ishi va undan to‘kilib oqib ketmasligi kerak.
213. Agar bunday xonada qo‘zg‘atuvchilar yoki mikrobli toksinlari bo‘lgan suyuqlik tasodifan to‘kilsa, bu xona zararlangan hisoblanadi. Zararlangan xonada bo‘lgan barcha xodimlar zararsizlantirish vositalari yordamida zararlangan sohalarni zararsizlantirish choralarini ko‘rishlari kerak. Shu vaqtning o‘zida bo‘linma rahbari va sanitar-epidemiologik rejim qoidalarining bajarilishi uchun mas’ul bo‘lgan shifokorni ham xabardor qilish lozim. Shifokor voqea sodir bo‘lgan joyda zararsizlantirish bo‘yicha ko‘rilgan choralarning to‘liqligi va ta’sirga ega bo‘lganligini tekshiradi va shundan keyin xodimlarga zararlangan xonadan chiqishga ruxsat beradi.
214. Qo‘zg‘atuvchilar yoki mikrobli toksinlari bo‘lgan suyuqlik xodimlarning kiyimi, poyafzali yoki badanining biror qismiga quyib yuborilsa yoki sachrab ketsa, qo‘shimcha ravishda tezkor shaxsiy profilaktika, shuningdek zararlangan kiyim va poyafzalni zararsizlantirish choralari ko‘rilishi lozim. Yuqorida qayd etib o‘tilgan suyuqliklar og‘iz bo‘shlig‘iga yoki shilliq qobiqlarga tushish holatlarida shifokor ko‘rsatmasiga binoan maxsus profilaktik choralar ko‘rilishi kerak.
215. Yuqumli materiallar bilan ish olib boriladigan barcha xonalar har kuni nam usul bilan, dezinfeksiyalovchi eritma yordamida yig‘ishtiriladi.
216. Steril ishlar uchun ajratilgan alohida xonalar davriy ravishda dezinfeksiyalovchi eritmalar yordamida zararsizlantirilishi lozim. Bundan tashqari, har kuni bakteritsid chiroqlar yordamida qo‘shimcha zararsizlantirish ishlarini ham amalga oshirish zarur.
217. Xonalar havosini bakteritsid chiroqlar yordamida zararsizlantirish xonada kishilar bo‘lganda ham, bo‘lmaganda ham amalga oshirilishi mumkin.
218. Ko‘rish sohasida joylashgan bakteritsid chiroqlar bilan ishlaganda, ko‘zlarni oddiy oynali ko‘zoynaklar bilan himoyalash zarur va yuz hamda qo‘llar terisining ochiq sohalarini nurlanishdan saqlash uchun qo‘lqop va dokali bog‘lamalardan foydalanish kerak.
219. Steril ishlar uchun maxsus ajratilgan xonalar havosini zararsizlantirish odamlar yo‘qligida bakteritsid chiroqlar yordamida 5-6 soat davomida amalga oshirilishi lozim.
Ish boshlanishidan kamida 30-60 daqiqa oldin bakteritsid chiroqlar o‘chirilishi lozim va bu davrda bokslarning steril shamollatish tizimi ishga tushirilishi lozim.
220. Maxsus texnologik muzlatgich kameralarida manfiy haroratlarda ishlovchi xodimlar bepul maxsus kiyim ajratishning sohaga oid me’yorlarida ko‘zda tutilgan issiq kiyim, poyafzal, bosh kiyimidan foydalanishlari zarur.
221. Xonalarni yig‘ishtirishda xizmat ko‘rsatuvchi personal majburiy ravishda rezinali texnik qo‘lqoplardan, zarur hollarda respiratordan foydalanishi zarur.
222. Bakterial toksinlar bilan texnologik amaliyotlarni bajarish toksinlar bilan bevosita aloqa holatini butunlay istisno qiluvchi sharoitlarda amalga oshirilishi darkor. Quruq toksinlar bilan ishlash germetik yopiq stol usti bokslarida, maxsus qurilmalar bilan amalga oshirilishi kerak.
223. Preparatlarni sublimatsion quritib olish ishlari ehtimoliy nomutanosiblik holatini e’tiborga olgan holda amalga oshirilishi zarur. Bunda preparatlar, misol uchun tirik sibir kuydirgisi vaksinasi, BSJ vaksinasi va boshqalarni buning uchun alohida xonalarda o‘rnatilgan maxsus ajratilgan apparatlarda quritib olish zarur.
12-§. 1, 2 va 3 guruh bakteriyalar va viruslar kulturalarini sublimatsion tarzda quritishda xavfsizlik talablari
224. Predboksnik bilan ishlagandagi quritish steril ishlar uchun maxsus izolyatsiyalangan boksda amalga oshirilishi lozim.
225. Quritish boksida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya haqida ogohlantiruvchi va boshqa shaxslarning kirishi uchun qo‘ng‘iroq bo‘lishi lozim.
226. Quritish boksida kollektor yoki kamerali tipdagi sublimatsion — quritish moslamasi, metall lotoklar, ikkita qo‘shimcha stol, sochiqlar osgich, bitta vintli stul, bachok va dezrastvorlik idish (5% lizol eritmasi, 3% vodorod peroksidi eritmasi, 3 — 5% fenol eritmasi, 3% ishqor eritmasi va hokazolar), vakuum ostidagi ampula karuselini kavsharlash, ampulalik kassetalarni muzlatuvchi sovuqlik saqlanadigan idish.
227. Predboksnikda telefon, texnik jihozlar, spirt, maxsus kiyimi va avtoklav bilan yozuvni amalga oshiruvchi navbatchining stoli turishi lozim. Navbatchining stoli ustida boshqaruv pulti va sublimatsion — quritish nazorat moslamasi turishi lozim. Predboksnikda 3% karbola kislotasi yoki boshqa dezinfeksiyalovchi eritma bilan namlangan gilamcha bo‘lishi lozim.
228. Quritish vaqtida boksda biror bir buyumni avvaldan zararsizlantirmasdan olib chiqib ketish mumkin emas.
229. O‘ta xavfli materialni kollektor tipidagi taroqsimon ampulalarda quritishga ruxsat etiladi. Taroqlar va ampulalar infeksion materialning quyilishidan avval diqqat bilan quritish nazoratchisi tomonidan vakuumga chidamliligi tekshirilishi lozim.
230. O‘ta xavfli materialni kameralik tipdagi moslamalarda quritishni paxta va dokadan tayyorlangan maxsus kassetalarda va ikkita qopqoq bilan yopilgan moslamalarda bajarishga, birinchi qopqoq — metall to‘r sifatida, ikkinchisi esa, kasseta ustining mustahkam qilib yopilganligi tarzida ruxsat etiladi.
231. O‘rta tibbiy va texnik mutaxassislarni quritish ishlariga kirishlariga ruxsat esa, faqatgina ular tomonidan maxsus o‘qish kurslaridan o‘tganlaridan va tajriba malakalariga ega bo‘lgach va maxsus jurnalda imtihon topshirganligi qayddan o‘tgachgina beriladi.
232. Preparatorlar va ishchi laboratoriyalar muntazam ravishda bo‘lim boshliqlari tomonidan texnika xavfsizligi va shaxsiy profilaktika hamda tajribaviy jihatdan o‘zlashtirilishiga nisbatan nazorat qilib borilishi lozim.
233. Quritish bo‘limidan biror bir xodimning ishga kelmasligi holatida, alohida ajratilgan xodim uning uyiga borib, kelmasligining sababini aniqlashi lozim va uni albatta jurnalda qayd etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
234. Xodimda infeksion (yuqumli) kasallikning borligi haqida gumon qilinsa, bu haqida yaqinroqda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari yoki tuman (shahar) bo‘limlariga tegishli choralarni ko‘rish uchun xabar qilish lozim.
(234-band O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 27-martdagi 7-2025/B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2239-1, 14.04.2025-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)
235. Quritish uchun infeksion material faqatgina mustahkam yopilgan konteynerlarda qabul qilinadi. Kamerali quritish uchun idish, konteyner yoki kasseta ichidagi quritish taroqlaridagi ampulalar lizol eritmasi yoki boshqa dezinfeksiyalovchi vositaga to‘yintirilgan to‘rt qavat dokaga o‘ralgan bo‘lishi lozim.
236. Quritish binosiga kirishdan avval xodimlar maxsus sterillangan ish kiyimini kiyishlari lozim (ustki xalat, paypoqlari birga qo‘shib tikilgan kombinezon, qalpoq, charm qo‘lqoplar, olti qavat dokali niqob, ko‘zoynak, uzun paypoqlar (chulki) va shippaklar) va faqatgina shundan keyin quritish uchun materialni qabul qilish — topshirish ishlarini boshlashlari mumkin.
237. Infeksion materialni quritish uchun topshirayotgan xodim o‘zida materialning pasportini laboratoriya boshlig‘i tomonidan imzo chekilgan va ikki nusxada, shuningdek bu pasportda virus nomi, shtamm, har bir ampuladagi virus miqdori va ampulalar soni ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
238. Pasportning birinchi nusxasi quritish laboratoriyasida laboratoriya boshlig‘ida qoladi, ikkinchi nusxasi esa, laboratoriyaning bosh xodimi imzosi bilan materialni to‘liq tarzda quritishga topshirgan xodimga uni tasdig‘i sifatida qaytarib beriladi.
239. Muzlatish, quritish, kavsharlash va boshqa hamma shunga aloqador operatsiyalar maxsus kiyim kiygan ikkita laborant tomonidan amalga oshiriladi.
240. Materialni quritish vaqtida kamerali sublimatsion quritish moslamalarida maxsus muzlatish idishlarida amalga oshiriladi.
241. Shuningdek, bitta laborant dokali qadoqdagi ampulalarni ochadi va uni darhol dezinfeksiyalangan eritmaga soladi, ikkinchisi esa, ampulali kassetalarni muzlatiladigan sig‘imga joylashtiradi.
242. Muzlatilishdan keyin laborantlarning biri kassetalarning ustki qopqoqlarini ochadi va uni darhol dezinfeksiyalangan eritmaga soladi, kassetani sublimatsion quritish kamerasiga soladi, ikkinchisi esa moslama kamerasini tezlik bilan yopadi.
243. Kollektor moslamalarida quritish vaqtidagi muzlatishning amalga oshirilishida bitta laborant berilgan haroratni, ikkinchisi esa infeksion material solingan ampulalarning bevosita muzlatilishini tekshirib turishi lozim.
244. Taroqlarni moslamaga ulanishi vaqtida bitta laborant vakuumni kuzatib turishi lozim, ikkinchisi esa taroqlarni ulashi lozim.
245. Dezinfeksiyalaydigan sig‘im eritma bilan qo‘shimcha stol ustida moslama oldida turishi lozim. Ulashda yordam ko‘rsatayotgan laborant esa, paxtali tamponni taroqdan pinset bilan olishi lozim va uni dezinfeksiyalaydigan eritmaga solishi lozim.
246. Kollektor moslamaga ampulalarning ulanishidan so‘ng yoki kassetalarning kamera moslamasiga joylashtirilishida xodimlar pinsetni qaynatib, zararsizlantirishlari lozim, qo‘lqopni esa, dezinfeksiyalangan eritmaga ularni solishi va ustki xalatni, qo‘lqop, niqob, ko‘zoynakni yechishi lozim va qo‘llarini yuvishi shart. Ustki xalat va niqob avtoklavda qaynatilishi lozim, va shundan keyingina umumiy kir yuvilishiga berilishi lozim. Ko‘zoynaklar spirt bilan artiladi, qo‘lqoplar esa, dezinfeksiyalangan eritma bilan tozalanadilar. Oyoqlarni dezinfeksiyalangan gilamchaga artish lozim.
247. Ichki xalatlar va kombinezonlar zarurat tufayli almashtirilishi lozim, va ular har 2 kunda kamida bir marta almashtirilishi maqsadga muvofiq.
248. Quritish kollektor moslamasi oldidagi navbatchilikni bitta xodim amalga oshirishi lozim (shifokor yoki mutaxassis laborant). Navbatchi har doim quritish boksida turishi va quritish vannalaridagi belgilangan haroratni va vakuumni nazorat qilib turishi lozim.
249. Kamera turidagi moslamalarning berilgan vazifa bo‘yicha quritish jarayoni va quritish jarayonining nazorati navbatchi tomonidan predboksingda joylashgan boshqaruv pulti orqali amalga oshiriladi.
250. Navbatchi ikkita xalat kiygan, va xodim paypoqlar (chulki) va shippaklarda bo‘lishi lozim. Charm qo‘lqoplar, olti qavatli doka niqob, fartuk, ko‘zoynak, gigroskopik paxta va dokali salfetkalar, shuningdek dezinfeksiyalangan eritmalar mavjud bankalar qo‘shimcha stol ustida boksda turishi lozim. Kalishlar stol ostida predboksnikda turishi lozim.
251. Navbatchi niqobsiz, ko‘zoynaksiz va qo‘lqoplarsiz moslamaga kelishga haqli emas.
252. Ornitoz va psittakoz viruslari bilan ishlash vaqtida olti qavatli doka niqob o‘rniga dokali paxtali niqobdan foydalanish lozim.
253. O‘ta xavfli infeksiyalar laboratoriyalar binosidan ish kiyimida tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi.
254. Kollektor usulida ampulalarni kavsharlashining quritilishi tugaganidan keyin quritishlar taroqlarda vakuum ostiga yuboriladi, kamerali uslubda esa, ampulali kassetalar esa vakuumli kavsharlash karuseliga o‘tkaziladi.
255. Ampulalarning kavsharlanishini maxsus ish kiyimidagi ikkita laborant bajarishi lozim. Birinchi laborant gorelka yordamida kavsharlaydi, ikkinchisi esa, vakuumni vakuum o‘lchagich bilan nazorat qiladi va quritilgan viruslar solingan ampulalarni karton qutilar kataklariga joylashtiradi. Kavsharlash nihoyalanganidan so‘ng, ampulali qutilar metall konteynerlarga joylashtiriladilar.
256. Ampulalar maxsus asbob yordamida quritish xonasida vakuumda tekshirib ko‘rilishi lozim.
257. Vakuumda tekshirilgan ampulalar tashqarisidan dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan artilishi va maxsus rangdagi nitrolak bilan bo‘yalishi lozim. Shundan keyin quritishga kelgan material ampulalar laboratoriya xodimiga tilxat bilan berilishi lozim. Xodim quritish materialini olganligini jurnalga qayd etishi va quritishda qoladigan pasportning birinchi nusxasiga ham imzo chekishi lozim.
258. Kollektor quritish moslamasi quritishning va kavsharlash nihoyalanganidan keyin avtoklav orqali zararsizlantirilishi lozim. Avtoklavlashdan avval quritish bo‘limi xodimi quyidagi ishlarni maxsus ish kiyimida amalga oshirishi lozim:
Polni qayta ishlangan tiqin taroqlar bilan almashtirishi lozim, bunda olingan taroqlarni dezinfeksiyalashtirilgan eritma solingan idishga solishi va so‘ngra tiqinlarni olishi lozim:
qopqonni nasosdan chiqarib olish va tirqishni dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan to‘yintirilgan paxta tamponi bilan yopish lozim;
kollektorni dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan to‘yintirilgan paxta tamponi bilan har ikkala tirqishni yopgan holda qopqondan bo‘shatib olish;
qopqon qopqog‘idagi vintlarni yaxshilab bo‘shatish;
dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan to‘yintirilgan kollektor va qopqonni alohida choyshabga o‘rab qo‘yish;
shundan keyin laborantlar bakteritsid lampalarni yoqishlari lozim va ish stolini dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan tozalab chiqishlari lozim, shuningdek dezinfeksiyalashtirilgan eritma yordamida boksni nam yig‘ishtirish-dezinfeksiyasini bajarishi lozim;
qo‘lqoplarni dezinfeksiyalashtirilgan eritma solingan tog‘oraga solib diqqat bilan tozalash, so‘ngra esa, kollektor va qopqonni qo‘shimcha qog‘ozga o‘rab qo‘yish lozim.
Mazkur ishlar bajarib bo‘lingandan so‘ng, laborantlar o‘zlarining qo‘shimcha kiyimlarini yechishlari, kollektor va qopqonni ularni sterilizatsiya qilinadigan joy — avtoklavga o‘tkazishlari lozim.
259. Quritish va kavsharlash tugaganidan keyin, sublimatsion — quritish moslamasini dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan tozalab olish lozim.
260. Buning uchun har ikkala maxsus kiyim kiygan laborant sublimatsion — quritish moslamasini dezinfeksiyalashtirilgan eritma bilan yaxshilab tozalab oladilar. Ish tugaganidan keyin, qo‘lqoplarni dezinfeksiyalashtirilgan eritma solingan tog‘oraga solib diqqat bilan tozalash, so‘ngra qo‘shimcha kiyimni yechish lozim.
261. Agarda kollektor moslamasida vakuum yomon bo‘lib qolgan bo‘lsa, u holda, navbatchi zudlik bilan niqobni, ko‘zoynak va charm qo‘lqoplarni kiyishi, taroqdan moslamaga boradigan rezinali qo‘shilish joylarini qisqich bilan mahkamlab qo‘yishi, vannaga quruq muzni qo‘yishi va undan keyingina havo o‘tadigan joyni qidirishi lozim.
262. Agarda havo o‘tish joyi ampula yoki taroq ichida bo‘lsa, u holda bunday ampula yoki taroq qisqich bilan olinishi va dezinfeksiyalashtirilgan eritma solingan idishga solinishi lozim va ularning o‘rniga tiqinlar tiqib qo‘yilishi lozim. Qo‘lqop kiygan qo‘llarni dezinfeksiya eritmasi solingan bankada yuvilganidan so‘ng qisqichlar olinishi lozim. Vannadagi quruq muzga yaxshilab lizol eritmasi quyilishi lozim va 30 daqiqadan so‘ng vannani boshqasiga almashtirish kerak.
263. Avariya bartaraf etilganidan so‘ng, navbatchi dezinfeksiya eritmasi bilan qo‘lqop kiygan qo‘llarini tozalashi lozim va boshqa qo‘lqop kiyishi hamda niqob va ko‘zoynakni yechishi lozim.
264. Agarda ampula muzlatish jarayonida yoki kollektor quritish moslamasiga yoxud kavsharlash karuseliga ulanayotgan vaqtida sinib ketsa, (bu operatsiyada ikkita laborant — xodim ishlashi lozim) quyidagi ishlarni bajarish lozim:
ampulani sindirib qo‘ygan laborant darhol himoya ko‘zoynaklarini taqishi va joyida qolishi lozim. Ikkinchi laborant esa, bakteritsid chiroqlarini yoqishi, kalish kiyishi va yig‘ishtirish jihozidan foydalangan holda zararli materialni yig‘ishtirishni boshlashi lozim. Yig‘ishtirish jihozi (dezinfeksiya eritmasi solingan bochkalar, paxta tamponlar, doka salfetkalar va pinsetlar) doimo quritish xonasida belgilangan joyda turishi lozim;
avariya sodir bo‘lgan joydagi pol 5% lik lizol eritmasi bilan tozalanishi lozim;
zararli materialning suyuq qismini paxta tamponi bilan pinset yordamida yig‘ib olish zarur. Ishlatilgan tamponlarni lizolning 5% lik eritmasi solingan bochkaga solish lozim;
ampulaning bo‘laklarini pinset va doka salfetkalar bilan yig‘ib olish, ampula bo‘laklari va ishlatilgan salfetkalarni lizolning 5% eritmasi solingan bochkaga solish lozim;
avariya sodir bo‘lgan joyni albatta dezinfeksiya eritmasi bilan to‘yintirilgan olti qavatlik doka salfetkalar bilan kamida 2 soatga yopib qo‘yish lozim;
dezinfeksiya eritmasi bilan butun binoning dezinfeksiyasini gidropult yordamida tozalab chiqish lozim.
265. Agarda ampula kavsharlash vaqtida yorilib yoki sinib ketsa, u holda shifokor va laborantlar bunday avariya vaqtida virus suspenziya ko‘rinishida butun xonani to‘ldiradi. Bunday vaqtda quyidagilarni bajarish lozim:
eshiklarni ochmasdan barcha bakteritsid chiroqlarni yoqish;
bakteritsid chiroqlar avariyadan keyin butun xonani va predboksnikni 3 soat vaqt mobaynida nurlantirishi lozim. Undan keyin mazkur qoidalarning 264-bandida ta’kidlanganidek harakat qilish lozim.
266. Avariya joyini zararsizlantirish faqatgina laborant yoki shifokor tomonidan amalga oshiriladi (faqatgina maxsus kiyimda). Preparator zararsizlantirishdan keyin faqatgina qo‘shimcha va yig‘ishtirish ishlarini qilishi lozim.
267. Avariya vaqtida xonada bo‘lgan xodimlar dezinfeksiya eritmasi bilan qo‘lqoplarini tozalashlari va shundan keyingina toza qo‘lqop kiyishlari, xalatini, poyafzalini, chulkisini yechishlari mumkin va faqat shundan keyingina binodan chiqishlari mumkin. Xodimlar yechgan barcha kiyimlar darhol zararsizlantirilishi lozim.
268. Zararli materialning ko‘z yoki shilimshiq pardaga tushishi xavfini tug‘dirgan har qanday avariyada zudlik bilan shifokorni profilaktik choralarni ko‘rishi uchun chaqirish lozim. Shifokor kelguniga qadar zararlangan qo‘lqoplarni tashlab yuborib, boshqasini kiyish va undan keyin ko‘zni margansovka kaliy 1:10000 eritmasida chayish lozim. Agarda virus og‘iz bo‘shlig‘iga tushgan bo‘lsa, u holda, og‘izni 0,5% namakob eritmasida chayish lozim.
269. Agarda avariya kanakunjut ensefalit virusi bilan ishlash vaqtida sodir bo‘lgan bo‘lsa, u holda, jabr ko‘rganni zudlik bilan kasalxonaga olib borish lozim va shifokor nazorati ostida 1 doza miqdorida ensefalitga qarshi gamma-globulinni 2-3 kun davomida badanga yuborish lozim. Kelgusida jabr ko‘rganning tana harorati kuniga tekshirib boriladi. Bezgak reaksiyasining sezilishida esa, uni zudlik bilan kasalxonaga yotqizish lozim.
270. Quturish virusi bilan ishlash vaqtidagi avariyada esa, mutaxassisning maslahatiga ko‘ra antirabik immunoglobulin yuboriladi va shundan keyin antirabik emlash kursi maxsus poliklinikalarda o‘tkaziladi.
271. Agarda avariya ornitoz va psitakkoz viruslari bilan ishlash vaqtida yuz bersa, u holda shifokor tavsiyasiga ko‘ra, antibiotiklarni profilaktik maqsadlar uchun ichiladi.
272. Agarda avariya yuqorida qayd etilmagan boshqa virus va bakteriyalar bilan ishlash vaqtida sodir bo‘lsa, u holda zudlik bilan shifokorni chaqirish lozim hamda profilaktik va davolash choralarini uning ko‘rsatmasiga ko‘ra amalga oshirish lozim (infeksiya turiga ko‘ra).
273. Xodimlarning zararlanishi kelib chiqadigan barcha avariyalarda jabr ko‘rganlar ma’lum bir inkubatsion davr ichida shifokor nazorati ostida bo‘lishlari lozim.
13-§. Vakuum ostida bo‘lgan 1, 2 va 3 guruh quritilgan bakteriyalar va viruslar kulturalari mavjud ampulalarni ochishda xavfsizlik talablari
274. Ampulalarning ochilishini stol ustidagi boksda amalga oshirish lozim.
275. Ampulalarni ochish uchun qo‘shimcha sterillangan kiyim — ustki xalat, rezina qo‘lqoplar, yengcha, paxta-doka niqob va ko‘zoynak kiyish lozim.
276. Boksdagi ampulani tunuka konteynerdan olish lozim va kyuvetga qo‘yish kerak.
277. Bir vaqtning o‘zida 2 tadan ortiq ampulani ochish mumkin emas.
278. Har ikkala ampulaning bo‘ynini gorelka ustida qizdirib olish lozim va quruq sterillangan paxtaga o‘rab qo‘yish kerak. So‘ngra ampulalarni dezinfeksiya eritmasi bilan to‘yintirilgan va yaxshilab siqib chiqilgan olti qavatlik doka salfetkaga o‘rab qo‘yish lozim.
279. Ampula bo‘ynini salfetka bilan Koxer qisqichi yoki pinset bilan sindirib olish mumkin.
280. Bo‘yni sindirilgan ampulalarni salfetkadan ajratib olish lozim va siniq bo‘laklarini paxta va salfetka bilan dezinfeksiya eritmasi solingan bankaga solish kerak va ampulaga kerakli erituvchini qo‘shish lozim. Suyuq, o‘ta xavfli material bilan o‘tkaziladigan kelgusi ishlar tasdiqlangan ko‘rsatmalar asosida amalga oshirilishi lozim.
14-§. Yirik va kichik laboratoriya hayvonlari bilan ishlash
281. Yirik laboratoriya hayvonlariga qarash uchun (otlar, qoramol, eshaklar) maxsus ko‘rsatmaga va ish tajribasiga ega bo‘lgan xodimlar qo‘yiladilar.
282. Yirik hayvonlarni qarash uchun mas’uliyat tashkilotning bosh veterinar shifokori zimmasiga yuklatiladi, bunday lavozimning shtat jadvalida yo‘qligida esa, bunday mas’uliyat kerakli sex va bo‘lim boshliqlari zimmasida bo‘ladi.
283. Ish vaqtida xodimlar maxsus kiyimni, sankiyimni va himoya qilish vositalarini kiyishlari lozim.
284. Yuqumli kasalliklar bilan kasallangan va ularning tashuvchisiga aylangan yirik hayvonlarga qarashda va ular bilan birga ishlashda, albatta hayvonlarni vaboga qarshi emlash tashkilotlari xodimlari uchun ko‘zda tutilgan maxsus kiyim, sankiyim va himoya qilish vositalarini kiyishlari lozim.
285. Yirik hayvonlar maxsus binolarda (immunoklinikalarda) saqlanishi lozim, bu binolar otxonalarning maxsus bo‘lmalari bilan jihozlangan bo‘lishlari lozim. Otxonalarning maxsus bo‘lmalarini o‘tish joylarining kengligi va boshqalar immunokliniklarning namunaviy loyihasiga mos kelishi lozim.
286. Otning orqa oyoqlari zarbidan saqlanish uchun otxona ko‘ndalang to‘siqlar yoki panjara bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim
287. Har bir otga toza, alohida arqonli bo‘yinturuq bilan tortiladigan no‘xta engak simi bilan kiydirilgan bo‘lishi lozim. Otlarni bog‘lash uchun po‘lat zanjirlardan foydalanish lozim. Otxonalarda bog‘lanmagan otlarni saqlash mumkin emas.
288. Otlarni tashqariga olib chiqilganda, otxona ochiq bo‘lishi lozim. Go‘ngning, ozuqa qoldig‘ining, ostiga qo‘yiladigan materiallarning yig‘ilib qolishi, shuningdek yo‘lni yopib qo‘yadigan predmetlar otxonada bo‘lishi qat’iyan man etiladi.
289. Ot va qoramolni og‘ilxonadan alohida-alohida olib chiqish lozim. Hayvonlarning o‘tish joylarida yig‘ilib turishi mumkin emas.
290. Otlarni immunoklinika xodimlari olib chiqqanlarida mustahkam tizgindan foydalanishlari shart. Otlarning tizginidan ushlab turish uchun karabinlardan foydalanish zarur.
291. Immunoklinika xodimi otni muolajaga olib borishi uchun hayvonni orqasidan haydab turish uchun yana bitta xodim berilishi lozim.
292. Emlash va operatsiya stollari o‘z vaqtida tuzatilishi va sozlangan holatda turishi lozim.
293. Yirik hayvonlarni emlash va operatsiya stolida bog‘lash uchun arqon, cho‘zish va boshqa vositalar, shuningdek tizgin va tugunlar har kuni veterinar shifokor tomonidan nazorat qilinishi lozim. Mazkur vositalarning mustahkamligini pasaytiruvchi yoriq, kesilish va boshqa kamchiliklar aniqlanganida, ular darhol almashtirilishlari va tuzatilishlari lozim.
294. Mayda laboratoriya hayvonlari bilan ishlaydigan xodimlar (quyonlar, dengiz cho‘chqasi, kalamush va boshqalar) uchun shu hayvonlar inson uchun zararli bo‘lgan infeksiyalarni yetkazuvchi bo‘lib hisoblanadilar. Ayniqsa, bu hollarda hayvonning tishlab olishi xavflidir. Bunday xavfning oldini olish uchun yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi va bu kasalliklarning tarqab ketishining oldini olish choralarini ko‘rishi va xodimlar laboratoriyaning sanitariya-epidemiyaga qarshi rejim qoidalariga qat’iy rioya qilishlari lozim.
295. Odam uchun xavfsiz bo‘lgan yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi mayda hayvonlarga qarashda tashkilot xodimlari uchun ko‘zda tutilgan amaldagi qoidalar ishlab chiqarish va sanitariya-gigiyena kiyimlaridan foydalanishi lozim.
296. Hayvonlarga qarash vaqtida texnik rezina qo‘lqoplarni kiyish maqsadga muvofiqdir.
297. Odam tanasi uchun xavfli bo‘lgan yuqumli kasalliklarni tarqatuvchi hayvonlar bilan ishlashda, dokali niqob yoki sterillangan respiratordan foydalanish shart.
298. Mayda hayvonlarni operatsiya qilishdan avval ularga narkoz qilish tavsiya etiladi. Narkoz qilish mumkin bo‘lmagan holatlarda esa, xodimlarni hayvon tishlab olmaydigan maxsus operatsiya stolidan yoki boshqa vositalardan foydalanish zarur.
299. Agarda ish vaqtida xodim hayvonni qo‘li bilan ushlab turishi lozim bo‘lsa, u holda, xodim charm qo‘lqop yoki sirpanmaydigan anatomik maxsus rezina qo‘lqop kiyishi lozim.
300. 1, 2 va 3 guruh yuqumli kasalliklar tarqatuvchi mayda hayvonlar murdalari qafasdan olingan vaqtida maxsus metall patnisga qo‘yilishi, lekin pol va stellajlarga qo‘yilmasligi zarur. Patnis foydalanib bo‘lingach, zararsizlantirilishi lozim.
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan talablar
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qo‘yiladigan xavfsizlikning umumiy talablari
301. Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarishida qo‘llaniladigan uskunalar GOST 12.2.003-91 talablariga javob berishi shart.
302. Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish va ularning sifatini nazorat qilish uchun qo‘llaniladigan uskunalarni ularni ishlatishga tayyorlash, foydalanish va xizmat ko‘rsatish ishlarini imkon qadar yengillashtirish maqsadini ko‘zlagan holda qurish va joylashtirish lozim.
303. Bakteriyali va virusli preparatlar ishlab chiqarish va sifatini nazorat etish uchun qo‘llaniladigan uskunalar ularni ishga tayyorlash, foydalanish va xizmat ko‘rsatishni maksimal darajada osonlashtiradigan tarzda o‘rnatilishi va joylashtirilishi lozim.
304. Uskunalar va nazorat-o‘lchov asboblarning ko‘rinishi, o‘lchami va texnik ko‘rsatkichlari o‘tkaziladigan texnologik jarayonlarga muvofiq bo‘lishi lozim.
305. Ishlab chiqarish va nazorat-o‘lchov uskunalari shunday joylashtirilishi kerakki, ularning xizmat ko‘rsatiluvchi qismlari texnologik jarayonlarni kuzatib borish uchun yetarli darajada yoritilganligi ta’minlanishi lozim.
306. Immunobiologik preparatlarni tayyorlash va ularning sifatini nazorat etish uchun qo‘llaniladigan barcha o‘lchov asboblari davriy ravishda kalibrlash va o‘rnatilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazilishi lozim.
307. Immunobiologik mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va sifatini nazorat qilishda kompyuter texnikasidan foydalanish maqsadga muvofiq.
308. Sexlardagi ishlab chiqarish va nazorat-o‘lchov uskunalari shunday joylashtirilishi kerakki, ularga erkin kirish ta’minlanishi lozim.
309. Immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan uskunalar konstruksiyasiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
uskunalarning xom ashyo, yordamchi materiallar, yarim mahsulot, yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulot tegadigan yuzalari dezinfeksiyalash vositalari bilan ishlanishga chidamli bo‘lgan silliq va toksik bo‘lmagan, korroziyaga bardoshli materialdan tayyorlangan bo‘lishi zarur;
uskunalarning ishlab chiqarish mahsulotlari bilan aloqa qiladigan barcha qismlari ularni yuvish, dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlash yoki sterillashtirish ishlarini yengillashtirish uchun yechiladigan va ajraladigan bo‘lishi zarur;
tayyor mahsulotlar ifloslanishi va ularning sifati salbiy tomonga o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, uskunalar ulardan foydalanish uchun qo‘llaniladigan materiallar (masalan, moylash materiallari) bilan ifloslanmasligi lozim;
barcha texnologik idishlarni, apparatlarni va boshqa uskunalarni davriy asosda tozalash, yuvish va dezinfeksiyalash jadvallari tuzilgan va ularda yuvuvchi hamda dezinfeksiyalovchi vositalar ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim. Bunday jadvallar sex boshlig‘i tomonidan ishlab chiqilishi va bunga vakolatli bo‘lgan ma’muriy shaxs tomonidan tasdiqlanishi lozim.
O‘rnatilgan texnologik uskunalardan tegishli ravishda foydalanish uchun uskunani profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish va tashkilotning vakolatli shaxsi tomonidan tasdiqlangan jadvallar bo‘yicha barcha zarur ta’mirlarni amalga oshirish lozim.
310. Uskunani ishga tayyorlashni uni dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlash yoki sterillashtirish bo‘yicha yo‘riqnomaga binoan amalga oshirish lozim.
311. Uskuna dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ishlanganida yoki uning ishchi qismlari sterillashtirilganidan so‘ng belgilangan tartibga binoan uskunaning ishlashga tayyorlik sifati nazorat qilinishi lozim.
312. Faqat bir turdagi immunobiologik preparatni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan uskuna shunday tarzda tozalanishi kerakki, bunda turli seriyadagi preparatlarning aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
313. Turli xildagi immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan uskuna yuvuvchi suvlarda boshqa immunobiologik preparatlarning asoratlari to‘liq yo‘q bo‘lmagunga qadar puxta tozalanishi lozim.
2-§. Ishlab chiqarish uskunalarini joylashtirishda xavfsizlik talablari
314. Uskuna shunday joylashtirilishi kerakki, bunda quyidagilar ta’minlanishi lozim:
boshlang‘ich xom ashyo, materiallar oqimini optimizatsiyalash, xodimlarning bir joydan boshqa joyga o‘tish zaruratini imkon qadar kamaytirish;
ishlab chiqarish jarayonida immunobiologik preparatlarning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik;
texnologik uskunalarning yuvilishi, ishlov berish, foydalanish va xizmat ko‘rsatilishni osonlashtirish;
ishlab chiqarish maydonlaridan oqilona foydalanish;
ish joylarini tashkillashtirishda mehnat muhofazasi me’yorlari va qoidalariga javob berilishi.
315. Uskunalarni o‘rnatishda quyidagilar ko‘zda tutilishi lozim:
ishchilarning doimiy turish joylarida hamda boshqarish joyida xizmat ko‘rsatish bo‘ylab asosiy yo‘laklar — 2 m;
mashinalarga, hajm apparatlari, mahalliy o‘lchov vositalariga xizmat ko‘rsatish bo‘ylab yo‘laklar — 1,5 m;
apparatlarga xizmat aylanasiga ko‘rsatilishi zarur bo‘lsa, apparatlar o‘rtasidagi hamda apparatlar bilan xona devorlari o‘rtasidagi yo‘laklarning kengligi — kamida 1 m;
apparatlar va asboblarni ko‘rikdan o‘tkazish va davriy asosda tekshirish hamda rostlash uchun yo‘laklarning kengligi — kamida 0,8 m.
316. Steril mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan aseptik xonalarda faqat bevosita texnologik jarayonni ta’minlaydigan asosiy texnologik uskunalar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim. Yordamchi uskunalarni aseptik xonalarga yondosh xonalarda o‘rnatilishi lozim.
317. Pol ustidan o‘tkaziladigan quvurlar o‘tish joylari bilan kesishish yerlarida ariqchaga yotqizilgan yoki o‘tish ko‘prikchalari (panduslar) bilan qoplangan bo‘lishi lozim.
318. Quvurlar ularning mo‘ljallangan maqsadiga qarab GOST 14202-69 ga muvofiq bo‘lishi lozim.
319. Yong‘inga qarshi quvurlarni ularning ichida nima bo‘lishidan qat’i nazar, qulflash-rostlovchi temir qismlarida va shlanglar hamda yong‘inlarni o‘chirish uchun boshqa qurilmalar ulangan joylarida qizil rangga bo‘yash lozim.
320. Uzib qo‘yish qurilmalarida yakuniy (ochiq-yopiq) holatlarni ko‘rsatuvchi belgilar bo‘lishi lozim.
321. Yer ustidan o‘tkazilgan quvurlar xavfli egilishi va deformatsiyalanishi oqibatida avariya sodir bo‘lishi va mahsulotlar o‘tib ketishi xavfining oldini olish maqsadida quvurlarning ilgaklari va poylarining holati yuzasidan nazorat ta’minlanishi lozim. Quvurlarning ilgaklari va poylarida aniqlangan har qanday nosozliklar darhol bartaraf etilishi shart.
322. Barcha bosim moslamalari va apparatlar hamda quvurlarning armaturalari kapital ta’mirdan so‘ng mexanik chidamlilikka va germetiklikka siqilgan havo bosimi yordamida gidravlik sinovlardan o‘tkazilishi lozim. Bu sinovlar joy-joyiga moslab o‘rnatish ishlari hamda chilangarlik-mexanik ishlov berilgandan so‘ng o‘tkaziladi.
323. Agressiv, zararli va portlash jihatidan xavfli moddalar bilan tranzit texnologik quvurlarni binolar, inshootlar va qurilmalar ustidan va ostidan o‘tkazish taqiqlanadi.
324. Ishlamayotgan apparatlar va quvurlarning surma qopqoqlarni ochiq qoldirish man etiladi.
325. Vaqtinchalik ishlamayotgan apparatlar va quvurlar ishlayotgan apparatlar yoki quvurlardan uzib qo‘yilishi lozim.
Muzlab qolgan quvurlarni ochiq o‘t yordamida isitish mumkin emas.
326. Quvurlarni joylashtirish va o‘tkazish usuli ularni o‘rnatish va ta’mirlashda, shuningdek quvurlar, bosim va sozlash armaturalariga, shuningdek quvurlarga bevosita ulangan yoki ularning yaqinida joylashgan uskunalarga xizmat ko‘rsatishda xavfsizlik va qulaylikni ta’minlashi lozim.
3-§. Ish joylariga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari
327. Bakteriyali va virusli preparatlarni ishlab chiqarishdagi doimiy ish joylari tegishli mebel, kerakli yakka tartibdagi himoya vositalari, tibbiyot aptechkalari, ishlab chiqarish yo‘riqnomalari to‘plamlari, yong‘in xavfsizligi yo‘riqnomalari va boshqalar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
328. Sexlardagi ish joylari, o‘tish joylari, yurish joylari xom ashyo, yordamchi materiallar, yarim mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor mahsulotlar va boshqa preparatlar bilan to‘sib qo‘yilmasligi lozim.
329. Texnologik uskunalarni ichki ko‘zdan kechirish va tozalash tuynuklariga erkin kira olish imkoniyati yaratilgan bo‘lishi lozim.
330. Metall korroziyasiga olib keluvchi muhitli idishlar har 12 oydan kam bo‘lmagan muddatda ichki ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim.
331. Portlash xavfi bo‘lgan va zaharli preparatli apparatlarni yuvish va havo oqimi bilan tozalash uchun, ta’mirlash va sinashdan oldin suv, bug‘ yoki inert gaz tarmog‘ini ulash uchun shtutser ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim.
332. Idish va saqlagich klapani o‘rtasida qulflash qurilmasi bo‘lmasligi lozim.
333. Avtoklavlarni o‘rnatish va foydalanish, shuningdek avtoklav o‘rnatiladigan maxsus xonani loyihalashtirish va undan foydalanish amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
334. Avtoklavdan foydalanishda quyidagilarni ta’minlash lozim:
xavfsiz harorat rejimini o‘rnatish (avtoklavlar devorlari haroratining yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ko‘tarilish va pasayish tezliklari);
avtoklavlarni ishga tushirish va to‘xtatishdagi issiqlik ko‘chishi imkoniyatlarini yaratish va harakatlanuvchi tirgaklarning siqilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik nazorati;
ishga tushirish va ish jarayonida avtoklavlarda hosil bo‘ladigan kondensatni uzluksiz chiqarib yuborishni ta’minlash;
kamida to‘rt yilda bir marotaba barcha payvandlangan choklarni va chok sohasidagi metallni to‘liq tekshirishdan o‘tkazish (magnit-kukunli defektoskopiya yoki boshqa zarar yetkazmaydigan uslub bilan);
avtoklavlardan xavfsiz foydalanishga mas’ul bo‘lgan shaxslar tomonidan, maxsus jurnallarda tegishli yozuvlarni amalga oshirish yo‘li bilan, avtoklavlar holati ustidan kundalik nazorat o‘rnatilishini ta’minlash.
335. Apparaturaning harakatlanuvchi yoki aylanuvchi qismlari, kamarli va tishli o‘tkazmalar, vallarning chiqib turuvchi qismlari, elektr uskunalarining kontaktlari va shu kabilar yechiluvchi to‘siqlarga ega bo‘lishi kerak.
336. To‘siqlarni yechishga faqatgina apparatlarni ta’mirlash uchun, mexanizmlar uzilgandan so‘ng va to‘liq to‘xtagandan so‘ng ruxsat etiladi.
337. Ta’mirlash, ko‘rikdan o‘tkazish, tozalash va shu kabilardan keyin, to‘siqlar joyiga o‘rnatilgach va barcha qismlar mahkamlanganidan so‘ng mexanizmlarni ishga tushirishga ruxsat etiladi.
338. Barcha o‘tish joylari, bostirmalardagi montaj tuynuklari kamida 0,9 m balandlikka ega bo‘lgan panjaralar va pastki qismidan 0,14 m lik otbortovka bilan bo‘lishi kerak.
339. Apparatlarning mexanizmini tozalash va ta’mirlash uchun panjaralar oson yechiladigan yoki ochiladigan bo‘lishi lozim.
340. Barcha elektr uskunalari, elektr asboblar va shitlar qo‘llaniladigan kuchlanishidan qat’i nazar yerga ulanishi lozim.
341. Barcha sexlar telefon aloqasi bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
V. Ta’mirlash ishlarini bajarishda qo‘yilgan xavfsizlik talablari
1-§. Ta’mirlash ishlarini olib borish sharti va tartibi
342. Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta’mirlash ishlarini tashkil etish, o‘tkazish shartlari va tartibi uskunalardan foydalanishning aniq shart-sharoitlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
Uskunalarga texnik xizmat ko‘rsatish tizimi texnik xizmat ko‘rsatish va rejali — ehtiyotdan qilinadigan ta’mirlash ishlari majmuiga asoslanadi.
343. Texnik xizmat ko‘rsatish har bir ta’mirlash o‘rtasidagi davrda uskunalardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tegishli normativ texnik hujjatlar talablariga binoan xizmat ko‘rsatuvchi (mashinistlar, apparatchilar, operatorlar va boshqalar) hamda texnik xodimlar (usta yordamchilari, navbatchi chilangarlar, elektriklar) tomonidan amalga oshiriladi.
344. Texnik xizmat ko‘rsatish hajmiga quyidagilar kiradi:
foydalanish jarayonida parvarishlash — artish, tozalash, muntazam ravishda tashqi ko‘rikdan o‘tkazish, barcha nosozliklarni aniqlash, moylash, podshipniklarning moylovchi va sovituvchi tizimlarini tekshirish, mustahkamlash detallari va birikmalari holatini kuzatish hamda yerga ulangan sim sozligini tekshirish;
uskunada mayda ta’mirlash ishlarini bajarish — mayda nuqsonlarni bartaraf etish, mustahkamlangan joylarni va kontaktlarni tortib qo‘yish, saqlagichlarni va prokladkalarni almashtirish, qisman rostlash, izolyatsiyaning umumiy holatini aniqlash va boshqalar.
345. Uskuna ishida aniqlangan barcha nosozliklar foydalanuvchi xodimlar tomonidan smena daftarida qayd qilinishi va foydalanuvchi hamda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar tomonidan imkon qadar qisqa muddatda bartaraf etilishi shart.
346. Uskuna uchun mas’ul sifatida biriktirilgan xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar foydalanuvchi xodimlar tomonidan smena daftarida qayd qilingan yozuvlarni muntazam ravishda ko‘rib chiqishi va ko‘rsatilgan nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rishi shart.
347. Uskunalarni texnik xizmat ko‘rsatish maqsadida to‘xtatish zarurati, davri va muddati texnologik jarayonning xususiyati va ishlarni xavfsiz o‘tkazish imkoniyatiga qarab tashkilot tomonidan belgilanadi. Mashina uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish (ko‘rikdan o‘tkazish) ishlar tarkibiga qarab uskunani to‘xtatgan yoki to‘xtatmagan holda amalga oshirilishi mumkin.
348. Uskuna tarkibiy qismlarining shikastlanish va yemirilish xususiyatiga hamda ta’mirlash ishlarining mehnattalablilik darajasiga qarab xizmat ko‘rsatish tizimida joriy, o‘rta va kapital ta’mirlashni o‘tkazish nazarda tutilgan.
349. Joriy ta’mirlashning asosiy ishlari texnik xizmat ko‘rsatish operatsiyalarini amalga oshirish, tez yemiriluvchan detallar va tugunlarni almashtirish, futerovkalar va korroziyaga qarshi qoplamalarni ta’mirlash, izolyatsiya o‘rovini qisilgan havo yordamida tozalash, uning qarshiligini o‘lchash va boshqalardan iborat.
350. Aniq turdagi uskunani joriy ta’mirlashda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlarning namunaviy ro‘yxati tashkilotning bosh mexanigi tomonidan tasdiqlanadi va ta’mirlash daftarining majburiy ilovasi hisoblanadi.
351. Murakkab uskunani joriy ta’mirlash uchun nuqsonlar qaydnomasini tuzish tavsiya qilinadi.
352. O‘rta ta’mirlash uskunalar resursini qisman tiklash maqsadida, uning ayrim qismlarini, tugunlarini almashtirish yoki tiklash hamda ularni rostlash bilan amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari tizimidan iborat bo‘ladi.
353. Kapital ta’mirlash uskunalarning yaroqlilik holatini tiklash va ularning resurslarini to‘liq yoki deyarli to‘liq tiklash maqsadida, ularning istalgan qismlarini, shu jumladan, asosiy qismlarini almashtirish yoki tiklash hamda rostlash bilan amalga oshiriladigan ta’mirlash ishlari tizimidan iborat bo‘ladi.
2-§ Ta’mirlash ishlarini o‘tkazish muddatlari, mas’ul shaxslarni tayinlash, ta’mirlash ishlarini bajaruvchi shaxslar malakasiga qo‘yiladigan talablar
354. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun uskunalar va qurilmalarni ta’mirlash yillik reja-jadvali, uskunalar va qurilmalarni ta’mirlash oylik reja-jadvallari, oylik reja — ehtiyotdan ta’mirlash jadvallari, nuqsonlar qaydnomalari, sarf-xarajatlar smetalari, ishlarni bajarish jadvallari, ishlarni tashkil etish rejasi, naryad-ruxsat hujjatlari va boshqa hujjatlar tuzilishi lozim.
355. Oylik reja — ehtiyotdan ta’mirlash jadvallari rejalashtirilayotgan sanadan oldingi oyning yigirma bir kunidan kechiktirmagan holda tuziladi.
356. Nuqsonlar qaydnomasi qurilma boshlig‘i va mexanigi tomonidan tuziladi hamda qurilma muhandis texnik xodimlar majlisida muhokama qilinadi, shundan so‘ng kapital ta’mirlashdan kechi bilan to‘qson kun hamda joriy ta’mirlashdan o‘ttiz kun oldin tegishli bo‘limlarga muhokama qilish uchun taqdim etiladi.
357. Ta’mirlash ishlarining rahbari ta’mirlashga tayyorlangan uskunalarni sex boshlig‘idan yoki u tomonidan tayinlangan boshqa shaxsdan, uskunani ta’mirlashga topshirish dalolatnomasini tuzgan holda qabul qiladi.
358. Kapital ta’mirlangan uskuna sinovdan va ishlatib ko‘rish muddatidan o‘tkazilganidan so‘ng sex boshlig‘i yoki u tomonidan tayinlangan shaxs tomonidan ishlatib ko‘rish muddati tugaganidan so‘ng kamida uch kunlik vaqt o‘tgach uskunani kapital ta’mirlashdan topshirish dalolatnomasini tuzgan holda qabul qilinadi.
3-§. Ta’mirlanayotgan uchastkani ajratish (to‘sish) zarurati va ta’mirlashdan oldingi ishlarni bajarish va ta’mirlash ishlarining xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha maxsus talablar
359. Ta’mirlash ishlarini bajaruvchi (pudratchi, ta’mirlash xizmati) ta’mirlash ishlarini bajarishda xavfli bo‘ladigan joylarda ogohlantiruvchi plakatlarni osib qo‘yishi, uskunalarni va materiallarni sex ichidagi ta’mirlash zonasiga uzatish uchun mo‘ljallangan devordagi teshiklarni to‘sib qo‘yishi shart. Sexlar ichida ishlarni bajarish jarayonida qazilgan quduqlar va o‘ralar ta’mirlash ishlarini bajaruvchi tomonidan to‘sib qo‘yiladi.
360. Tashkilot hududida va sexlarda odamlar o‘tadigan joylarda qazilgan transheyalardan o‘tish uchun suyanchiqli ko‘prikchalar quriladi. To‘siqlarda ogohlantiruvchi yozuvlar va belgilar, tungi vaqtda esa — maxsus yoritish moslamalari o‘rnatiladi.
361. Sex ma’muriyati sex xodimlarini obyekt ta’mirlash uchun to‘xtatilishi haqidagi buyruq (farmoyish) bilan tanishtirishi shart. Xavfi ayniqsa yuqori bo‘lgan obyektlarga xavfsiz holat va obyektni ta’mirlash bo‘yicha tegishli yo‘riqnomalar tuzilishi lozim.
362. Pudratchining xodimlari tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalari buzilgan taqdirda, sex ma’muriyati ishlarni to‘xtatib qo‘yishga va qoida buzuvchi shaxsni yoki butun brigadani ishlarni bajarishdan chetlashtirishga haqlidir.
363. Ta’mirlash ishlarini xavfsiz olib borish bo‘yicha o‘qitish va yo‘riqnoma berish ishlarini tashkil etish, ushbu tashkilot tomonidan belgilangan tartibda, pudratchining ma’muriyati zimmasiga yuklanadi.
364. Ta’mirlash ishlarini bajarishda pudratchi sexlarga va yong‘in jo‘mraklariga transport uchun o‘tish yo‘llari hamda sexlar atrofi va ichidagi hudud turli xil uskunalar, materiallar va qurilish chiqindilari bilan to‘sib qo‘yilmasligini ta’minlashi zarur.
365. Ta’mirlash jarayonida:
xodimlarni xavfli zonadan to‘liq chiqarib yubormagan va maxsus tadbirlarni ishlab chiqmagan holda apparatlar va quvurlarni sinash;
o‘t bilan bog‘liq ishlarni portlash jihatidan xavfli yoki yonuvchan mahsulotlar chiqishini yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan (uskunalarni, quvurlarni ochish, ularni havo yordamida tozalash va shu kabilar) ishlarni bir vaqtda bajarish taqiqlanadi.
366. Ta’mirlashda qatnashuvchi barcha shaxslar belgilangan namunadagi maxsus kiyimda bo‘lishi shart.
367. Ta’mirlash uchun topshirilayotgan uskuna texnologik mahsulotdan tozalangan, yuvilgan, zarur hollarda — neytrallashtirilgan bo‘lishi lozim.
368. Bosim ostida ishlovchi quvurlarda:
ta’mirlashga topshirilgan uskunalardan quvurlarni uzib qo‘yish;
ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun mas’ul shaxs ishtirokida uzib qo‘yilayotgan uchastkaning ikkala tomonidagi surma klapanlar va ventillarni hamda uning tarmoqlari tomonidan drenaj va aylanma tarmoqlar, shuningdek ko‘tarmalarni berkitib qo‘yish;
tarmoqning ta’mirlanishi lozim bo‘lgan qismini o‘chirib qo‘yadigan surma qopqoqlar va ventillarga “Yoqish man etiladi. Odamlar ishlayapti!” yozuvli plakatlarni osib qo‘yish;
quvurning o‘chirilgan qismidagi bosimni tushirish;
o‘chiradigan surma qopqoqlar va ventillar keraklicha zich bo‘lmagan holda, ta’mirlanayotgan uchastka yoki uskunalarni, tiqinlarni o‘rnatish daftarida qayd qilinadigan tiqinlarni (zaglushkalarni) o‘rnatish orqali o‘chirish lozim. Tiqinlar aniq ko‘rinadigan dumchali bo‘lishi va dumchalarini tepaga qaratib o‘rnatilishi lozim.
369. Og‘ir texnologik uskunalarni ta’mirlash ishlarini ta’minlash uchun sex va uchastkalar tegishli og‘irlikda yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega yuk ko‘taruvchi mashinalar va mexanizmlar bilan jihozlangan bo‘lishi lozim.
370. Yuk ko‘targich mashinalari va mexanizmlarda ishlash uchun yuk ko‘targich mexanizmlarida ishlash uchun ruxsat berilganligi haqidagi guvohnomaga ega bo‘lgan va maxsus yo‘riqnomalarni olgan ta’mirlovchi xodimlar qo‘yiladi.
371. Turli xil yuklarning joyini o‘zgartirish ishlarini amalga oshirishda quyidagilar taqiqlanadi:
nosoz bo‘lgan yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlarida ishlash;
markalanmagan, nosoz va ko‘tarilayotgan yuk og‘irligi va xususiyatiga ko‘ra nomuvofiq bo‘lgan yuk ko‘tarish moslamalari va idishlarni ishlatish;
bosh mexanik yoki uning o‘rinbosari tomonidan berilgan yozma ruxsatnomasiz yuk ko‘targich mexanizmlari va moslamalarini mustahkamlash uchun binoning bostirmalari, ustunlari va boshqa konstruksiyalaridan foydalanish;
yuk ko‘tarish mashinalari va mexanizmlaridan foydalanish qoidalarini hamda tashkilotda joriy etilgan qoidalarni buzish.
372. Og‘irligi 50 kg dan yuqori bo‘lgan yuklarni 1,5 m dan balandga ko‘tarishda tegishli og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarish qobiliyatiga ega yuk ko‘tarish uskunalarini qo‘llash yoki chidamliligi hisob-kitoblar asosida tekshirilgan va kerakli og‘irlikdagi avtomatik ravishda tormozlanadigan tallar osilgan chorpoyalar va balkalarni o‘rnatish lozim.
373. Balandligi 4 m dan yuqori bo‘lgan havozalar inventar hisobida bo‘lishi shart.
374. Taxtasupalarni yoki to‘siqlarni o‘rnatmagan holda balandligi 1,5 m dan yuqori bo‘lgan tepalikda qisqa muddatli ishlarni bajarish zarur bo‘lganida saqlovchi kamarlar qo‘llanilishi shart.
375. Ta’mirlash ishlari uchun qo‘llaniladigan zinalar chidamli, ishonchli bo‘lishi va quyidagi talablarga javob berishi shart:
zinaning uzunligi 5 m dan yuqori bo‘lmasligi lozim;
zina pog‘onalari yon tomonlarining o‘yiqlariga o‘rnatilgan bo‘lishi lozim;
narvonlarning uzunligi uning yuqori uchidan kamida 1 m lik masofada bo‘lgan pog‘onada turib ishlash imkonini ta’minlashi kerak;
narvonning quyi uchi, surilib ketishining oldini olish maqsadida, o‘tkir metall tirnoqli bo‘lishi kerak;
qandaydir narsalarni ushlab turish yoki joyidan olish zarur bo‘lgan ishlarda ikki yoqqa ochiladigan narvondan foydalanish lozim, bunda ushbu narvonning yuqori maydonchasi uch tomonidan kamida 1 m balandlikdagi suyanchiqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi lozim;
ikki yoqqa ochiladigan narvonlarda ish vaqtida ochilib ketishga yo‘l qo‘ymaydigan moslamalar bo‘lishi kerak;
transport yoki odamlar yuradigan uchastkada narvon o‘rnatilgan joy to‘sib qo‘yilishi yoki qo‘riqlab turilishi lozim;
balandligi 5 m dan ortiq bo‘lgan osma metall narvonlar vertikal bog‘ichli metall dugalar bilan to‘silgan va konstruksiyalar yoki uskunalarga mustahkam mahkamlangan bo‘lishi yoki pastdan xavfsizlikni ta’minlayotgan shaxs tomonidan ushlab turilishi lozim;
ta’mirlash jarayonida ishlatiladigan doimiy maydonchalarda taramlangan temirli to‘shama, pastidan 150 mm lik uzluksiz yon devorcha va balandligi kamida 1 m ni tashkil etadigan suyanchiqlar bo‘lishi lozim.
376. Devorga qo‘yiladigan va ikki yoqqa ochiladigan narvondan foydalanishda:
narvonning ikkita eng yuqori pog‘onasida ishlash;
qo‘yiladigan narvonga yoki ikki yoqqa ochiladigan narvonning bitta tomoniga ikkita ishchi chiqishi;
bir vaqtda ikkita va undan ko‘p odam ko‘tarilishi yoki tushishi;
narvonni aylanayotgan vallar, shkivlar va uzatmalarning boshqa harakatlanuvchi qismlari oldida o‘rnatish;
narvon tagida turish yoki ishlash taqiqlanadi.
377. Balandlikdagi quvurlar va mexanizmlarni ta’mirlash uchun naryad-ruxsat rasmiylashtirilishi lozim.
378. Ta’mirlash ishlari xavfsizlik talablariga binoan tayyorlangan kerakli chilangarlik asbob-uskunalari bilan ta’minlangan bo‘lishi lozim.
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
379. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
380. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(380-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
VII. Yakuniy qoidalar
381. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “O‘zfarmsanoat” davlat aksiyadorlik konserni bilan kelishilgan.
Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
Sog‘liqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasi boshlig‘i A. NIMATULLAYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi direktori A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
“O‘zfarmsanoat” DAK Boshqaruvi raisi M. DUSMURATOV
Toshkent sh.,
2011-yil 23-may
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 26-son, 277-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 15.04.2025-y., 10/25/2239-1/0341-son)