OʻZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYo TRANSPORTI AGENTLIGI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
YOʻLOVChILAR AVTOVOKZALLARI, AVTOSTANSIYALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1305-2]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi transport vazirining 2021-yil 25-sentabrdagi 15-sonli ““Yoʻlovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1305-5, 06.10.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda Avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-yil, 21-son, 204-modda) ijrosini taʼminlash, avtovokzallar va avtostansiyalar ishini takomillashtirish maqsadida, buyuraman:
1. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi boshligʻining 2003-yil 6-dekabrdagi 158-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1305, 2004-yil 30-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 4-son, 48-modda) bilan tasdiqlangan Yoʻlovchilar avtovokzallari, avtostansiyalari toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq A. ABDUVALIYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 13-may,
81-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 274-modda)