Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
buyrugʻi
HAYVONLARNING BAKTERIAL KASALLIKLARINI DAVOLAShDA TILOZOMIKOL (5 % LI VA 20 % LI INʼEKSION ERITMA) PREPARATINI QOʻLLASh UChUN QOʻLLANMASINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli bayoniga muvofiq buyuraman:
1. “Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolashda tilozomikol (5% li va 20% li inyeksion eritma) preparatini qoʻllash uchun Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2006-yil 14-sentabrda tasdliqlangan “Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolashda tilozomikol (5% li va 20% li inyeksion eritma) preparatini qoʻllash uchun Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Boshliq v.v.b. M. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-mart,
63-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 63-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
“TASDIQLANGAN”
Hayvonlarning bakterial kasalliklarini davolashda tilozomikol (5% li va 20% li inyeksion eritma) preparatini qoʻllash boʻyicha
qoʻllanma
I. Umumiy maʼlumotlar
1. Tilozomikol — 1 ml tarkibida taʼsir etuvchi moddasi sifatida tilozin tartrat 50 mg (5%) yoki 200 mg (20%) boʻlgan preparat.
2. Tashqi koʻrinishiga koʻra bir turdagi yopishqoq, sariq rangli eritma.
3. Tilozomikol shisha flakonlarda 10, 20, 50 va 100 ml dan qadoqlanadi.
4. Preparat quruq, qorongʻi, bolalar qoʻli yetmaydigan joyda, 5 dan 25°S gacha haroratda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilinganda tayyorlangan kunidan boshlab 2 yil.
II. Farmakologik xususiyatlari
5. Tilozin makrolidlar guruhiga mansub antibiotik. Tilozin taʼsiri 50 S ribosomal subbirliklarni oʻzaro bogʻlash va oqsil sintezlarini ingibirlashdan iborat.
6. Tilozin grammusbat (Staphylococcus spp., Streptococcus spp., Bacillus anthracis, Corynebacterium spp., Clostridium spp., Listeria, Erysipelothrix spp.) va baʼzi grammanfiy mikroorganizmlarning shtammlariga Haemophilus spp., Pasteurella spp. va Brucella spp nisbatan faol.
Shu bilan birga tilozin baʼzi shtammlarning taʼsirini pasaytiradi: Actinomyces, Mycoplasma, Chlamydia, Ureplasma va Rikettsia.
III. Qoʻllash tartibi
7. Tilozomikol yirik shoxli mol, qoʻy, echki, choʻchqa, it, mushuk, quyonlarning bronxopnevmoniya, pnevmoniya, artritlar, dizenteriya, mastitlar va tilozinga taʼsirchan qoʻzgʻatuvchilar chaqirgan boshqa oʻtkir va surunkali kasalliklarida, shuningdek operatsiyadan keyingi va tugʻruqdan keyingi infeksiyalarda, virusli kasalliklardagi ikkilamchi bakterial infeksiyalar va aralash bakterial infeksiyalarni (nafas yoʻllari, oshqozon-ichak trakti) davolash maqsadida qoʻllaniladi.
8. Tilozomikol hayvonlarga mushak orasiga kuniga bir martadan 3 — 5 kun davomida quyidagi dozalarda qoʻllaniladi:
|
Hayvon turlari |
Tilozin tartrat (mg 1 kg hayvon vazniga) | Tilozomikol 5% (ml 10 kg hayvon vazniga) | Tilozomikol 20% (ml 10 kg hayvon vazniga) |
| Yirik shoxli mol | 4-10 | 0,5-1,0 | 0,2-0,5 |
| Qoʻy va echkilar | 6-12 | 1,2-2,4 | 0,3-0,6 |
| Choʻchqalar | 10 | 2,0 | 0,5 |
| It va mushuklar | 2-10 | 0,5-2,0 | 0,15-0,5 |
| Quyonlar | 15 | 2,4-3,0 | 0,6-1,2 |
Katta yoshdagi yirik shoxli molga bir joyiga 20 ml dan ortiq yuborish; buzoq, qoʻy, echkilarga 10 — 15 ml dan ortiq; choʻchqa bolalari, choʻchqalarga 5—10 ml dan ortiq yuborish mumkin emas. Ruxsat etilgan dozadan ortiq, qoʻllash zaruriyatida, uni bir necha qismga boʻlinadi va bir nechta joyga yuboriladi.
Qoʻllashdan oldin preparat 25 — 300S gacha qizdiriladi.
9. Tilozomikol penitsillinlar, tsefalosporinlar va linkomitsin bilan bir vaqtda qoʻllanilmaydi, chunki u holda bakteriyalarga qarshi taʼsir susayadi, shuningdek preparatga oshiqcha taʼsirchanligi boʻlgan hayvonlarga qoʻllanilmaydi.
10. Hayvonlarni soʻyish va sutni isteʼmol qilishga, preparat soʻnggi marta qoʻllanilgandan soʻng 8 va 4 kun oʻtgach ruxsat etiladi. Belgilangan muddatdan avval soʻyilgan goʻsht va sutni mahsulot bermaydigan hayvonlarga beriladi yoki yaroqsizlantiriladi.
IV. Noroziliklarni bayon etish tartibi
11. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.