O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA (O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINI TAShKIL ETISh VA DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZISh TARTIBINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2011 YIL 12 MAYDAGI PQ-1529-SON QARORI HAMDA VAZIRLAR MAHKAMASINING “VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT BOJI STAVKALARI HAQIDA” 1994 YIL 3 NOYABRDAGI 533-SON QARORIGA QO‘ShIMChA VA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA” 2011 YIL 18 MAYDAGI 140-SON QARORI)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2017-yilning 1-aprelidan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 27-iyun,
190-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-iyundagi 190-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalarida:
a) 8-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sug‘urta va auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va xoldinglar) shaklidagi xo‘jalik boshqaruvi organlari, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar va bozorlar — eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida”;
b) 9 va 10-bandlardagi “eng kam oylik ish haqining ikki baravari” so‘zlari “eng kam oylik ish haqining bir baravari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 72-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “bozorlar va” so‘zlaridan keyin “soliq maslahatchilari tashkilotlari” so‘zlari qo‘shilsin;
b) 5-bandning to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sug‘urta va auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va xoldinglar) shaklidagi xo‘jalik boshqaruvi organlari, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiradigan hududiy (viloyatlar, viloyatlararo va tumanlararo) bazalar va bozorlar uchun — eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida davlat boji to‘lanadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-sentabrdagi 413-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 9-son, 89-modda) bilan tasdiqlangan Tijorat faoliyati uchun tovarlarni olib keluvchi yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga qo‘yish va import operatsiyalari subyektlarining hisobga olish kartalarini berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-bandining birinchi xatboshidagi “ikki” so‘zi “bir” so‘zi bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 26-son, 265-modda)