14.08.2009 yildagi 158-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshligʻining buyrugʻi, 14.08.2009 yildagi 158-son
Кучга кириш санаси
05.09.2009
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XAVFLI IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARIDA XAVFLILIK DARAJASINI TAHLIL QILISh BOʻYIChA USLUBIY KOʻRSATMALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2009-yil 26-avgust 6-15/13-7462/6-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y. 28-son, 321-modda, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2004-y. 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq, buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Inspeksiya boshligʻi I. XOLMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 14-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“SANOATKONTEXNAZORAT” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2009-yildagi 158-sonli buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XAVFLI IShLAB ChIQARISh OBYEKTLARIDA XAVFLILIK DARAJASINI TAHLIL QILISh BOʻYIChA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
USLUBIY KOʻRSATMALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar” “O'ZKIMYOSANOATLOYINA” OAJda ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 39-son, 386-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-sonli “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha choralari haqida”gi Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 50-son, 496-modda) asosida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Uslubiy koʻrsatmalar xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavf tahlilining uslubiy tamoyillari, atamalar va tushunchalar, tahlil tartibi va natijalarni rasmiylashtirishga qoʻyiladigan umumiy talablar, shuningdek xavf-xatar va avariyalar xavfini tahlil qilishning asosiy usullarini koʻrsatib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalar” (keyingi oʻrinlarda — Uslubiy koʻrsatmalar) xavfli ishlab chiqarish obyektlarini loyihalash va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshiradigan tashkilotlar, ekspertiza va sugʻurta tashkilotlari mutaxassislariga, sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiquvchilar va xavf tahlili sohasidagi mutaxassislarga joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu hujjatda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya — bu inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qoʻllaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib boʻlmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir (Oʻzbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 50-son, 496-modda)).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya xavfi tahlili — alohida shaxslar yoki kishilar guruhi, mulk yoki atrof-muhit uchun xavfli ishlab chiqarish obyektida xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va avariya xavfini baholash jarayoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya xavflarini identifikatsiyalash — xavfli ishlab chiqarish obyektida xavf-xatar mavjudligini aniqlash va tan olish hamda ularning xususiyatlarini aniqlash jarayoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noxush hodisalar — xavfli ishlab chiqarish obyektlarda ishlatilayotgan texnik qurilmalarning toʻxtashi yoki buzilishi (shikastlanishi), texnologik jarayon (rejimi) tartibidan ogʻishi, qonunchilik hujjatlarida, shuningdek sanoat xavfsizligi sohasidagi meʼyoriy-texnik hujjatlardagi talablarning buzilishi (Oʻzbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya xavfi — xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya tufayli insonlarga, mulkka va (yoki) atrof-muhitga zarar etishi ehtimoli, xavfi. Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya xavflari inshootlar va (yoki) texnika qurilmalarining buzilishi, portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishi va oqibatda insonga, mulkka va (yoki) atrof-muhitga zarar etishi bilan bogʻliqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli moddalar — alangalanuvchi, oksidlanuvchi, yonuvchi, portlovchi, zaharli, oʻta zaharli moddalar va tabiat atrof-muhit uchun xavfni belgilovchi moddalar (Oʻzbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya xavfini baholash — avariya xavflarining sodir boʻlish ehtimoli (yoki sodir boʻlish chastotasi)ni va ularning oqibatlarining inson sogʻligʻi, mulk va/yoki atrof-muhit uchun ogʻirlik darajasini aniqlashda bajariladigan jarayon. Baholash avariya xavflarining sodir boʻlish ehtimoli (yoki sodir boʻlish chastotasi)ni, oqibatlarini va ularning birikuvlarini tahlil qilishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilsa boʻladigan avariya xavfi — ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai-nazardan asoslangan va yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan darajadagi xavf. Obyektdan foydalanish xavfi, agar obyektdan foydalanish natijasida olinadigan foyda uchun jamiyat bunday tavakkalchilikni qabul qilishga tayyor boʻlsa, maqbul hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xavfsizligi — shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalar hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holati (Oʻzbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya xavfi — xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyaning yuzaga kelishi ehtimolini va uning oqibatlarining ogʻirlik darajasini ifodalovchi xavf oʻlchovi. Quyidagilar avariya xavfining asosiy miqdor koʻrsatkichlari hisoblanadi (1-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik xavf — xavfli ishlab chiqarish obyekti faoliyatining muayyan davrida texnik qurilmalarning ishlamay qolishi va buning natijasida muayyan daraja (sinf)dagi oqibatlarning yuzaga kelishi ehtimoli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
individual xavf — oʻrganilayotgan avariya xavfi omillarining taʼsiri natijasida alohida kishining shikastlanish chastotasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial hududiy xavf (yoki potensial xavf) — koʻrib chiqilayotgan hudud nuqtasida shikastlovchi avariya omillarining yuzaga chiqish chastotasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamoaviy xavf — muayyan vaqt mobaynida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar natijasida kutilayotgan shikastlanganlar soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy xavf, yoki F/N egri chizigʻi — muayyan darajada kamida N ta kishi jabrlangan Gʻ hodisalarni sodir boʻlish chastotasining shu N soniga bogʻliqligi. Xavflar yuzaga chiqishi oqibatlarining ogʻirlik darajasi (halokatliligi)ni ifodalaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taxmin qilinayotgan zarar — muayyan vaqt mobaynida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyadan koʻriladigan zararning matematik miqdori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli ishlab chiqarish obyektining tarkibiy qismlari — uchastkalar, qurilmalar, sexlar, omborxonalar yoki texnik moslamalarni birlashtiruvchi yoki texnologiya boʻyicha ularni jamlovchi yoki maʼmuriy nuqtai nazardan boshqa tarkibiy qismlariga va xavfli ishlab chiqarish obyektlari tarkibiga kiruvchilardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavf-xatar darajasi — sodir boʻlish darajasi (yoki ehtimollilik), bu orqali sodir boʻlayotgan xavfli voqealar, hamda bu xavfli voqealarning oqibatlari (natijalari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoat xavfsizligi talablari — bu qonun hujjatlarida, shuningdek texnik hujjatlarda nazarda tutilgan shartlar, taqiqlar, cheklovlar va boshqa majburiy talablar boʻlib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini taʼminlaydi (Oʻzbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavf-xatar saviyasi — odamlar va mol-mulk uchun ularning atrof-muhitidagi xavfning kattaligini belgilovchi koʻrsatkich.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya tufayli yetkazilgan zarar — inson faoliyatining ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi yoʻqotishlar (zararlar), xavfli ishlab chiqarish obyektida sodir boʻlgan avariya natijasida atrof-muhitga yetkazilgan va pul ekvivalentida hisoblanadigan zarar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariya xavflarini tahlil qilish (keyingi oʻrinlarda — xavf tahlili) sanoat xavfsizligini boshqarish tizimining muhim elementi hisoblanadi. Uning yordamida koʻrsatilgan tizimni takomillashtirish hamda avariyaviylik va travmatizm darajasini pasaytirishga erishish mumkin. Xavf tahlili xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va yuz berishi mumkin boʻlgan koʻngilsiz hodisalar xavfini baholash uchun barcha mavjud maʼlumotlardan sistematik foydalanishni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xavf tahlili natijalaridan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligini deklaratsiyalashda, sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazishda, xavfsizlikni taʼminlashga doir texnik yechimlarni asoslashda, sugʻurtalashda, xavfsizlikni “qiymat — xavfsizlik — foyda” mezonlari boʻyicha iqtisodiy tahlil qilishda, xoʻjalik faoliyatining atrof-muhitga taʼsirini baholashda va xavfsizlik tahlili bilan bogʻliq boshqa jarayonlarda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Uslubiy koʻrsatmalar konkret xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavf tahlilini oʻtkazish boʻyicha uslubiy hujjatlar (sohaviy uslubiy koʻrsatmalar, tavsiyalar, rahbarlik hujjatlari, uslubiy hujjatlar va h.)ni ishlab chiqish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Uslubiy koʻrsatmalarda xavf tahlilini oʻtkazish zaruriyati, uning davriyligi, shuningdek maqbul xavfning konkret darajalari va mezonlari belgilanmaydi. Xavf tahliliga qoʻyiladigan konkret talablarga, zarur hollarda, xavfli ishlab chiqarish obyektlarining oʻziga xos jihatlarini aks ettiruvchi meʼyoriy hujjatlar orqali aniqlik kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalar xavfi tahlilining asosiy vazifalari qaror qabul qiladigan shaxslarga quyidagilarni taqdim etishdan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning sanoat xavfsizligi holati toʻgʻrisida obyektiv maʼlumot,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik nuqtai nazaridan eng xavfli, “zaif” joylar toʻgʻrisida maʼlumotlar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni kamaytirish boʻyicha asoslangan tavsiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Xavf tahlilini oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Xavf tahlilining asosiy bosqichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xavf tahlilini oʻtkazish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarni rejalashtirish va tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatarlarni identifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Xavf tahlilining mazmuni va uning har qaysi bosqichiga qoʻyiladigan talablar mazkur bobning 2-5 § larida belgilab berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Xavf tahlilining har qaysi bosqichi mazkur hujjatning V bobida koʻrsatilgan talablarga muvofiq rasmiylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Ishlarni rejalashtirish va tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishlarni rejalashtirish bosqichida quyidagilar bajarilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil qilinadigan xavfli ishlab chiqarish obyektini belgilab olish va uning umumiy tavsifini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf tahlilini oʻtkazish zaruriyatini keltirib chiqargan sabablar va muammolarni tavsiflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf tahlilini oʻtkazish uchun ijrochilar guruhini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar manbalarini belgilash va tavsiflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf tahlilining chuqur, toʻliq va mukammal oʻtkazilishini belgilovchi dastlabki maʼlumotlar, moliyaviy resurslar va boshqa holatlarning cheklanganligini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkaziladigan xavf tahlilining maqsad va vazifalarini aniq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf tahlilida qoʻllaniladigan usullarni asoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maqbul xavf mezonlarini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xavf tahlili sifatini taʼminlash uchun xavfli ishlab chiqarish obyektlarida avariyalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi qonuniyatlariga doir bilimlardan foydalanish lozim. Agar oʻxshash xavfli ishlab chiqarish obyekti yoki xavfli ishlab chiqarish obyektida foydalaniladigan oʻxshash texnik qurilmalar uchun xavf tahlili natijalari mavjud boʻlsa, ulardan dastlabki maʼlumot sifatida foydalanish mumkin. Lekin bunda obyektlar va jarayonlar bir-biriga aynan oʻxshashligi, mavjud farqlar esa tahlil natijalariga sezilarli taʼsir qilmasligi koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xavf tahlilining maqsad va vazifalari xavfli ishlab chiqarish faoliyati obyektining turli bosqichlarida farq qilishi va aniqlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xavfli ishlab chiqarish obyektini joylashtirish (investitsiyalarni asoslash yoki loyihaoldi ishlarini bajarish) yoki loyihalash bosqichida xavf tahlilining maqsadi, odatda, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatarlarni aniqlash va shikastlovchi avariya omillarining xodimlarga, aholiga va atrof-muhitga taʼsirini hisobga olgan holda xavfni miqdoriy aprior baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilgan qarorlarning maqbulligini tahlil qilish va joyning xususiyatlari, boshqa obyektlarning joylashishi va iqtisodiy samaradorlikni hisobga olgan holda xavfli ishlab chiqarish obyektini, foydalaniladigan texnik qurilmalarni, xavfli ishlab chiqarish obyekti bino va inshootlarini joylashtirishning optimal variantlarini tanlashda natijalarning hisobga olinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻriqnomalar, texnologik reglament va xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalarni lokallashtirish rejalarini ishlab chiqish uchun maʼlumotlar bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektini joylashtirish yoki texnik yechimlar boʻyicha muqobil takliflarni baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Xavfli ishlab chiqarish obyektini foydalanishga kiritish (foydalanishdan chiqarish) bosqichida quyidagilar xavf tahlilining maqsadi boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatarlarni aniqlash va avariya oqibatlarini baholash, xavfli ishlab chiqarish obyektining oldingi faoliyat bosqichlarida xavfga berilgan baholarni aniqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish sharoitlarining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirish,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanishga kiritish (foydalanishdan chiqarish) boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqish va ularni aniqlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish yoki uni rekonstruksiya qilish bosqichida quyidagilar xavf tahlilining maqsadi boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish sharoitlarining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy xavf-xatarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlashtirish (shu jumladan sanoat xavfsizligini deklaratsiyalashda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat organlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha yoʻriqnomalarni, xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalarni lokallashtirish rejalarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkiliy tuzilmalar, amaliy ish usullari va texnik xizmat koʻrsatishdagi oʻzgarishlarning sanoat xavfsizligini boshqarish tizimini takomillashtirishga nisbatan samarasini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xavf tahlili usullarini tanlashda tahlilning maqsadi, vazifalari, oʻrganilayotgan obyektlarning murakkablik darajasi, zarur maʼlumotlarning mavjudligi va tahlilni oʻtkazish uchun jalb qilinadigan mutaxassislarning malakasi hisobga olinishi lozim. “Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasi yoki sanoat xavfsizligi sohasida qonunchilik asosida alohida vakolatga ega boshqa ijro etuvchi tomonidan tasdiqlangan uslubiy materiallar foydalanishda ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv tizimlarining asosini tashkil etadigan, xavf-xatarni aniqlash imkonini beruvchi sifatiy usullarga eʼtiborni qaratgan holda, konkret obyektlar va qurilmalar uchun xavf tahlili usullarini ishlab chiqilishi lozim. Zamonaviy xavfsizlikni boshqarish tizimlarini yaratishda miqdoriy xavf tahlili ham talab etiladi (4-ilova). Mehnat muhofazasi va sanoat xavfsizligiga doir tadbirlarning samaradorligini baholashni ehtimollik tavsiflarisiz amalga oshirib boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Rejalashtirish bosqichida qabul qilinishi kerak boʻlgan boshqaruv qarorlari, shuningdek buning uchun talab etiladigan dastlabki va tayyor maʼlumotlar belgilab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qabul qilsa boʻladigan xavf mezonini tanlash yoki belgilashga qoʻyiladigan asosiy talab — bu uning asoslanganligi va aniqligidir. Bunda qabul qilsa boʻladigan xavf mezonlari meʼyoriy hujjatlarda berilgan boʻlishi, xavf tahlilini rejalashtirish bosqichida va (yoki) tahlil natijalarini olish jarayonida belgilanishi mumkin. Qabul qilsa boʻladigan xavf mezonlari muayyan xavfsizlik talablari va xavfning miqdoriy koʻrsatkichlarini oʻz ichiga olgan shartlar yigʻindisidan kelib chiqqan holda belgilanishi lozim. Xavfning maqbullik sharti muayyan xavfsizlik talablarini, shu jumladan miqdoriy mezonlarni, bajarish shartlari koʻrinishida ifodalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar qabul qilsa boʻladigan xavf mezonlarini belgilash uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligi meʼyorlari va qoidalari yoki tahlil qilinayotgan sohaga doir xavfsizlik boʻyicha boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir boʻlgan avariyalar, noxush hodisalar va ularning oqibatlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaliy faoliyat tajribasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishdan koʻriladigan ijtimoiy-iqtisodiy foyda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash bosqichining asosiy vazifalari — barcha xavf manbalarini, ularning sodir boʻlish yoʻllari (ssenariylari)ni aniqlash va puxta tavsiflash. Bu tahlilning muhim bosqichi hisoblanadi. Chunki bu bosqichda aniqlanmagan xavf-xatarlar keyinchalik oʻrganilmaydi va nazardan chetda qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Identifikatsiyalash chogʻida texnologik tizimdagi qaysi elementlar, texnik qurilmalar, texnologik bloklar yoki jarayonlar jiddiy tahlil qilinishi zarurligi va qaysilari xavfsizlik nuqtai nazaridan kamroq ahamiyatga egaligi aniqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash uchun mazkur Uslubiy koʻrsatmalarning IV bobida koʻrsatilgan usullardan foydalanish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar xavf-xatarlarni identifikatsiyalash natijasi hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻngilsiz hodisalar roʻyxati (nooʻrin foydalanish, tabiiy va texnogen omillar va h.),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf manbalari, xavf omillari, nomaqbul hodisalarning yuzaga kelish va rivojlanish sharoitlari (masalan, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar ssenariysi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatar va xavfni dastlabki baholash*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Masalan, xavf-xatarni identifikatsiyalashda, zarur hollarda, qoʻllaniladigan moddalarning xavflilik koʻrsatkichlari, alohida avariya ssenariylari uchun oqibatlar bahosi va h. lar keltirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash ishlari kelgusidagi faoliyat yoʻnalishini belgilash bilan yakunlanadi. Quyidagilar kelgusida bajariladigan xatti-harakat variantlari boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatarlarning jiddiy emasligi yoki olingan dastlabki baholarning yetarliligi sababli tahlilni davom ettirishni toʻxtatish toʻgʻrisida qaror**;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Bunday hollarda xavf-xatarni identifikatsiyalash deyilganda xavf-xatarlar tahlili yoki ularni baholash tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatarlar tahlili va xavfni baholashni yanada batafsil oʻtkazish toʻgʻrisida qaror;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatarlarni kamaytirishga doir dastlabki tavsiyalarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Xavfni baholash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Xavfni baholash bosqichining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni baholashda hisoblash-tahlil qilish usulini qoʻllash bilan Oʻzbekiston Respublikasidagi meʼyoriy hujjatlariga zid boʻlmagan, barcha rasmiy hujjatlardagi bor hisoblash usullaridan foydalanishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha koʻngilsiz hodisalar va ularning omillarining yuzaga kelish chastotasini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻngilsiz hodisalar oqibatlarini baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf baholarini umumlashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Koʻngilsiz hodisalarning yuzaga kelish chastotasini aniqlash uchun quyidagilardan foydalanish tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik tizimning avariyaga moyilligi va ishonchliligi boʻyicha xavfli ishlab chiqarish obyekti spetsifikasiga yoki faoliyat turiga taalluqli statistik maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“hodisalar daraxti”, “buzilishlar daraxti”ni mantiqiy tahlil qilish usullari, inson-mashina tizimida avariyalarni yuzaga kelishining imitatsiya modellari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu soha mutaxassislarining fikrlarini hisobga olish yoʻli bilan olinadigan ekspert baholari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oqibatlarni baholash insonlar, mulk va/yoki atrof-muhitga koʻrsatilishi mumkin boʻlgan taʼsirlar tahlilini oʻz ichiga oladi. Oqibatlarni baholash uchun koʻngilsiz hodisalar (ishlamay qolishlar, texnik qurilmalar, bino va inshootlarning buzilishi, yongʻinlar, portlashlar, zaharli moddalar chiqindilari va h.)ning fizik taʼsirlari baholanishi, xavf yuzaga kelishi ehtimoli boʻlgan obyektlar aniqlanishi lozim. Avariyalar oqibatlarini tahlil qilishda avariya jarayonlari modellari va oʻrganilayotgan obyektlarning buzilish, shikastlanish mezonlaridan foydalanish, qoʻllanilayotgan modellarning cheklanganligini inobatga olish lozim. Shuningdek, imkon qadar oqibatlar koʻlami va ularni yuzaga kelish chastotasi oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlash lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Avariyalar xavfiga berilgan umumlashtirilgan baho (yoki xavf darajasi) xavfli ishlab chiqarish obyektida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan barcha koʻngilsiz hodisalarning xavf koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda sanoat xavfsizligi holatini aks ettirishi va quyidagilarning natijalariga asoslanishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha koʻngilsiz hodisalar (avariya ssenariylari)ning oʻzaro taʼsirini hisobga olgan holda ularning xavf koʻrsatkichlarini integrallashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan natijalarning noaniqligi va aniqligini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish sharoitlarining sanoat xavfsizligi talablari va qabul qilsa boʻladigan xavf mezonlariga muvofiqligini tahlil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavf baholarini umumlashtirishda, imkon qadar, olingan natijalarning noaniqligi va aniqligi tahlil qilinishi lozim. Xavfni baholash bilan bogʻliq koʻplab noaniqliklar mavjud. Odatda, uskunalarning ishonchliligi va insonlarning xatolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning toʻliq boʻlmasligi, qabul qilinayotgan farazlar va foydalanilayotgan avariyaviy jarayon modellariga yoʻl qoʻyish noaniqliklarning asosiy manbalari hisoblanadi. Xavfni baholash natijalarini toʻgʻri talqin qilish uchun noaniqliklarning xususiyatini va ularning sabablarini toʻgʻri tushunish lozim. Noaniqliklarning manbalari identifikatsiyalanishi (masalan, “inson omili”), baholanishi va natijalarda koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Xavfni kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Xavfni kamaytirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish xavf tahlilining yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Tavsiyalarda xavfni baholash natijalari boʻyicha asoslangan xavfni kamaytirish choralari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Xavfni kamaytirishga doir chora-tadbirlar texnik va (yoki) tashkiliy xususiyatga ega boʻlishi mumkin. Chora-tadbir turini tanlashda xavfga taʼsir koʻrsatish choralarining amaliyligi va ishonchliligiga berilgan umumiy baho, shuningdek ularni amalga oshirish uchun sarf-xarajatlar koʻlami hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tashkiliy choralar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bosqichida xavfni kamaytirish boʻyicha yirik texnik choralar qabul qilishda cheklagan imkoniyatlarning oʻrnini bosishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xavfni kamaytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqishda, resurslarning cheklanishi mumkinligidan kelib chiqqan holda, birinchi navbatda sodda va eng kam sarf-xarajat talab etiladigan tavsiyalar, shuningdek istiqboldagi chora-tadbirlar ishlab chiqilishi nazarda tutilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Koʻp hollarda xavfsizlikni taʼminlashga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar, odatda, avariyalarni oldini olish chora-tadbirlari hisoblanadi. Tatbiq etish rejalashtirilayotgan xavfsizlik chora-tadbirlarini tanlashda quyidagilar ustuvorlikka ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avariya vaziyatlarining yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishga doir chora-tadbirlar. Ularga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noxush hodisalarning yuzaga kelish ehtimolini kamaytirishga doir chora-tadbirlar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noxush hodisalarning avariya vaziyatini yuzaga keltirish ehtimolini kamaytirishga doir chora-tadbirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) avariya oqibatlarini yumshatishga doir chora-tadbirlar. Ular, oʻz navbatida, quyidagi ustuvor chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli obyektni loyihalashda koʻzda tutiladigan chora-tadbirlar (masalan, tutib turuvchi konstruksiyalarni, qulf armaturani tanlash);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyadan himoyalash va nazorat tizimlariga taalluqli chora-tadbirlar (masalan, gaz analizatorlaridan foydalanish),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchi tashkilotning avariya oqibatlarini lokallashtirish va bartaraf etishga tayyorligi bilan bogʻliq chora-tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Xavfni kamaytirish boʻyicha taklif etilayotgan chora-tadbirlarni asoslash va ularning samaradorligini baholash zarur boʻlganda ularni optimallashtirishning ikkita muqobil maqsadi koʻzda tutilishi tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) berilgan vositalar yordamida xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish xavfini maksimal kamayishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) minimal sarf-xarajatlar bilan xavfni qabul qilsa boʻladigan darajagacha kamaytirishni taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ajratilgan vositalar yoki resurslarning cheklanganligi sharoitida xavfni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlarning bajarishdagi ustuvorligini aniqlash uchun quyidagilar bajarilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan moliyalashtirish hajmlari doirasida amalga oshirilishi mumkin boʻlgan chora-tadbirlar majmuini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bu chora-tadbirlarni “samaradorlik-xarajatlar” koʻrsatkichi boʻyicha ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taklif etilayotgan chora-tadbirlarni asoslash va ularning samaradorligini baholash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Xavf tahlilini oʻtkazish usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Xavf tahlilini oʻtkazish usullarini tanlashda obyektning faoliyat bosqichlari (loyihalash, foydalanish va h.), tahlil maqsadlari, qabul qilsa boʻladigan xavf mezonlari, tahlil qilinadigan xavfli ishlab chiqarish obyektining turi va xavf-xatarning xususiyatlari, tahlilni oʻtkazish uchun resurslarning mavjudligi, bajaruvchilarning tajribasi va malakasi, zarur maʼlumotlarning mavjudligi va boshqa omillar hisobga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va xavfni dastlabki baholash bosqichida* xavfni tahlil qilish va baholashning puxta oʻylangan tartibi, maxsus yordamchi vositalar (anketalar, blanklar, soʻrovnomalar, yoʻriqnomalar) va bajaruvchilarning amaliy tajribasiga tayanadigan sifat usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Bu bosqich xavf-xatarlar tahlili deb nomlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amaliyotdan maʼlumki, murakkab miqdoriy usullardan foydalanish koʻp hollarda murakkab texnik tizimlar uchun aniqligi uncha yuqori boʻlmagan xavf koʻrsatkichlari qiymatini beradi. Shuning uchun xavfni toʻliq miqdoriy baholash xavf-xatar manbalari yoki xavfsizlik chora-tadbirlarining turli variantlarini (masalan, obyektni joylashtirishda) taqqoslash uchun obyektning xavfsizlik darajasi toʻgʻrisida xulosa tayyorlashga nisbatan samarali hisoblanadi. Shu bilan birga, xavfni miqdoriy baholash usullari barcha holatlarda juda foydali, baʼzi hollarda esa, jumladan, turli xususiyatdagi xavf-xatarlarni taqqoslash, yirik avariyalar oqibatlarini baholash va natijalar chiqarishning yagona yoʻli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur maʼlumotlar bilan taʼminlash xavf tahlilini oʻtkazishning muhim shartidir. Statistik maʼlumotlarning yetarli emasligi tufayli amaliyotda miqdoriy tahlilning soddalashtirilgan usullariga asoslangan ekspert baholash va xavfni ajratish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bu yondashuvlarda koʻrib chiqilayotgan hodisalar yoki elementlar, odatda, xavf ehtimoli kattaligi, oqibatlarning ogʻirlik darajasi boʻyicha bir nechta, masalan, xavf darajasi yuqori, oraliq, past yoki sezilarsiz boʻlgan guruhlar (yoki toifalar, darajalar)ga ajratiladi. Bunday yondashuvda yuqori xavf darajasi (obyektning spetsifikasiga qarab) qabul qilib boʻlmaydigan (yoki maxsus koʻrib chiqish talab etiladigan) daraja hisoblanadi, oraliq xavf darajasi xavf darajasini kamaytirish boʻyicha ishlar dasturi bajarilishini talab etadi, past darajani qabul qilsa boʻladi, sezilarsiz xavf darajasi esa umuman koʻrib chiqilmasligi mumkin (2-ilova).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Xavf tahlili usullarini tanlash va qoʻllashda quyidagi talablarga rioya qilinishi tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
usul ilmiy asoslangan boʻlishi va koʻrib chiqilayotgan xavf-xatarlarga toʻgʻri kelishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
usul xavf-xatarlarni yuzaga kelish shaklini yaxshi tushunish va xavfni kamaytirish yoʻllarini belgilash imkonini beruvchi natijalarni berishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
usul takroriy qoʻllaniladigan va tekshiriladigan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash bosqichida quyidagi xavf tahlili usullarining bir yoki bir nechtasidan foydalanish tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar........., nima boʻladi?”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshiruv varaqasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatar va ishlash imkoniyati tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buzilish turi va oqibatlari tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“buzilishlar daraxti” tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“hodisalar daraxti” tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mos ekvivalent usullar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavf tahlili usullari toʻgʻrisida qisqacha maʼlumotlar va ularni qoʻllashga doir tavsiyalar 2, 3-ilovalarda keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Xavf tahlili natijalarini rasmiylashtirishga qoʻyilgan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Xavf tahlili natijalari asoslangan boʻlishi va bajarilgan hisob-kitoblar va xulosalarni dastlabki tahlilda ishtirok etmagan mutaxassislar tomonidan tekshirish va takrorlash imkoniyatidan kelib chiqqan holda rasmiylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xavf tahlili jarayoni hujjatlashtirilishi lozim. Tahlil natijalarini oʻz ichiga olgan hisobot hajmi va shakli oʻtkazilgan xavf tahlilining maqsadlariga bogʻliq. Hisobotda quyidagilar kiritilishi tavsiya etiladi (agar meʼyoriy huquqiy hujjatlarda, masalan, sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini rasmiylashtirishga doir hujjatlarda, boshqa talablar belgilanmagan boʻlsa):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
titul varagʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lavozimi, ilmiy unvoni, ishlaydigan tashkiloti koʻrsatilgan bajaruvchilar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
annotatsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mundarija;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻtkazilgan xavf tahlilining vazifalari va maqsadlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil qilinadigan xavfli ishlab chiqarish obyekti tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahlil uslubi, dastlabki taxminlar va xavf tahlili doirasini belgilab beruvchi chegaralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllaniladigan tahlil usullari, avariya jarayonlari modellarining tavsifi va ulardan foydalanish asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki maʼlumotlar va ularning manbalari, shu jumladan uskunalarning avariyaga moyilligi va ishonchliligiga doir maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatarlarni identifikatsiyalash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni baholash natijalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni baholash natijalarining noaniqliklari tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfga berilgan baholarni umumlashtirish, shu jumladan eng “zaif joylar”ni koʻrsatgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni kamaytirishga doir tavsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xulosa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanilgan maʼlumotlar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI bob. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Uslubiy koʻrsatmalar Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo sanoati va geologiya xodimlari kasaba uyushmalarining Markaziy Kengashi, “OʻzGEOTEXLITI” ilmiy-tekshirish va loyiha instituti va “Oʻzkimyosanoat” Davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston yoqilgʻi-energetika kompleksi, Kimyo sanoati va geologiya xodimlari Kasaba uyushmalarining Markaziy Kengashi raisi G. XAKIMOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“OʻzGEOTEXLITI” direktori U. ABDULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruvi raisi Gʻ. IBRAGIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XAVF KOʻRSATKIChLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariyalar xavfini har tomonlama baholash avariyalarni yuzaga kelish sabablari (texnik qurilmalarning buzilishi, xodimlarning xatolari, tashqi taʼsirlar) va ularning rivojlanish sharoitlari, ishlab chiqarish xodimlari va aholining shikastlanishi, foydalanuvchi tashkilot mulkiga va uchinchi shaxslarga, atrof-muhitga yetkaziladigan zarar tahliliga asoslanadi. “Oʻlchanadigan” kattalik toʻgʻrisida gap borayotganligini taʼkidlash uchun xavf darajasi tushunchasi ishlatiladi. Foydalanish jarayoni koʻplab xavf-xatarlar bilan bogʻliq boʻlgan xavfli ishlab chiqarish obyektida avariyalar xavfi darajasi tegishli xavf koʻrsatkichlarini hisobga olish asosida aniqlanadi. Umumiy holatda xavf koʻrsatkichlari koʻrib chiqilayotgan koʻngilsiz hodisalar oqibatlarining ehtimoli (yoki chastotasi) va ogʻirlik darajasi majmui (kombinatsiyasi) koʻrinishida ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida xavf asosiy miqdor koʻrsatkichlarining qisqacha tavsiflari berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Texnik qurilmalarning buzilib qolishi bilan bogʻliq xavf-xatarlarni tahlil qilishda texnik xavf ajratiladi. Texnik xavf koʻrsatkichlari tegishli ishonchlilik nazariyasi usullari yordamida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xavf-xatarlarning eng koʻp ishlatiladigan tavsiflaridan biri individual xavf hisoblanadi. Individual xavf — oʻrganilayotgan xavf-xatar omillari taʼsiri natijasida alohida individuum (inson)ning shikastlanish chastotasi. Umumiy holatda miqdor (son) jihatdan individual xavf muayyan vaqt mobaynida jabrlangan insonlar sonining xavf ostida boʻlganlarning umumiy soniga nisbati bilan ifodalanadi. Obyekt atrofidagi hudud boʻylab xavfning taqsimlanishini hisoblash (“xavfni xaritalash”)da individual xavf potensial hududiy xavf (quyiga qaralsin) va insonning xavfli omillar taʼsiri hududida boʻlishi ehtimoli bilan aniqlanadi. Individual xavf koʻpincha individuumning malakasi va uning xavfli vaziyatda xatti-harakatlarga tayyorligi va himoyalanganligi bilan belgilanadi. Individual xavf, odatda, har bir kishi uchun emas, balki turli xavfli hududlarda taxminan bir xil vaqt mobaynida boʻladigan va bir xil himoya vositalaridan foydalanadigan kishilar guruhi uchun aniqlanishi lozim. Individual xavfni obyekt xodimlari va tutash hudud aholisi uchun, yoki, zarur hollarda, tor doiradagi guruhlar, masalan, turli ixtisosdagi ishchilar uchun alohida-alohida baholash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xavfning obyekt va yaqin atrofdagi hudud boʻyicha taqsimlanishini ifodalovchi boshqa kompleks xavf koʻrsatkichi potensial hududiy xavf hisoblanadi. Potensial hududiy xavf — bu hududning koʻrib chiqilayotgan nuqtasida shikastlovchi omillarning yuzaga kelish chastotasidir. Potensial hududiy, yoki potensial xavf taʼsir obyekti (masalan, inson)ning shu joyda boʻlishiga bogʻliq emas. Obyektning taʼsir doirasida boʻlishi shartli ehtimoli 1 ga teng deb olinadi (yaʼni koʻrib chiqilayotgan butun vaqt mobaynida ushbu joyda inson boʻladi). Potensial xavf xavfli obyekt odam koʻp joyda yoki odamsiz sahroda joylashganligiga qaramaydi va keng interval doirasida oʻzgarishi mumkin. Potensial xavf, nomidan kelib chiqqan holda, ushbu joyda joylashgan konkret taʼsir obyektlari (retsipiyentlar) uchun mumkin boʻlgan maksimal xavf potensialini ifodalaydi. Odatda, potensial xavf yirik avariyalarda ijtimoiy va individual xavflarni baholash uchun foydalaniladigan oraliq xavf oʻlchovi hisoblanadi. Oʻrganilayotgan hududda potensial xavf va aholining taqsimlanishi aholi uchun ijtimoiy xavfni miqdoriy baholash imkonini beradi. Buning uchun har bir ssenariyda har qaysi xavf-xatar manbasidan shikastlanganlar soni aniqlanishi va shundan keyin u yoki bu darajada jabrlangan insonlar soni belgilangani (N)ga nisbatan koʻp boʻlgan hodisalar chastotasi (F)ning ushbu belgilangan insonlar soniga bogʻliqligi aniqlanishi kerak (ijtimoiy xavf).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijtimoiy xavf avariyalarning koʻlami va ehtimoli (chastotasi)ni tavsiflaydi va yoʻqotishlar (zarar)ni taqsimlash funksiyasi yordamida aniqlanadi. Ushbu funksiya F/N-egri chizigʻi (Farmer egri chizigʻi) deb ataladi. Umumiy holatlarda, tahlil vazifalaridan kelib chiqqan holda, N ostida jabrlanganlarning umumiy soni ham, oʻlar holatda jarohatlanganlar soni ham yoki oqibatlarning boshqa ogʻirlik koʻrsatkichi ham tushuniladi. Shunday ekan, qabul qilsa boʻladigan xavf mezoni alohida hodisa uchun son bilan emas, balki turli avariyalar ssenariylari uchun ularning ehtimolligini hisobga olgan holda tuzilgan egri chiziq yordamida aniqlanadi. Hozirgi vaqtda xavfning qabul qilsa boʻlishini aniqlash uchun ikkita egri chiziqdan foydalanish usuli keng tarqalgan. Bunda logarifmik koordinatalarda qabul qilsa boʻladigan va qabul qilib boʻlmaydigan oʻlar holatda jarohatlanish xavflarning F/N-egri chiziqlari belgilangan. Ushbu egri chiziqlar oʻrtasidagi soha oraliq xavf darajasi sifatida belgilanadi va uni kamaytirish masalasi ishlab chiqarish spetsifikasi va hududiy sharoitlardan kelib chiqqan holda hal qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Obyekt xavfining boshqa miqdoriy integral oʻlchovi — bu jamoaviy xavfdir. Jamoaviy xavf muayyan vaqt mobaynida obyektda avariyalar natijasida taxmin qilinayotgan jabrlanganlar sonini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sanoat xavfsizligini iqtisodiy tartibga solish va sugʻurtalash maqsadlari uchun qiymat yoki natural koʻrsatkichlardagi statistik taxmin qilinayotgan zarar xavfning muhim koʻrsatkichi hisoblanadi (zararning matematik taxmini yoki muayyan davr ichida zarar yetkazilishi ehtimollarining ushbu zararlarning tegishli oʻlchamlariga koʻpaytmalari yigʻindisi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XAVF TAHLILI USULLARI TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida xavf tahlilini oʻtkazishda tavsiya etiladigan asosiy usullarning qisqacha tavsifi berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Tekshiruv varaqasi” va “Agar....., nima boʻladi?” usullari yoki ularning kombinatsiyasi obyektdan foydalanish sharoitlari yoki loyihaning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini oʻrganishga asoslangan xavf-xatarlarni sifatiy baholash usullari guruhiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli ishlab chiqarish obyektining sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi toʻgʻrisidagi savol va javoblar hamda ularni taʼminlashga doir koʻrsatmalar tekshiruv varaqasining natijasi hisoblanadi. Tekshiruv varaqasi “Agar....., nima boʻladi?” usulidan dastlabki maʼlumotlarni va xavfsizlik qoidalarining buzilishlari oqibatlari toʻgʻrisida natijalarni koʻproq taqdim etilishi bilan farq qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bu usullar ancha sodda (ayniqsa ularni tahlilni oʻtkazish va natijalarni taqdim etishni yengillashtiruvchi yordamchi shakllar, birxillashtirilgan blankalar bilan taʼminlashda), koʻp mehnat talab qilmaydi (natijalar bitta mutaxassis tomonidan bir kun ichida olinishi mumkin) va tanish texnologiyali obyektlar xavfsizligini tekshirishda samarali hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Buzilish turi va oqibatlari tahlili” (BTOT) koʻrib chiqilayotgan texnik tizim* xavfining sifatiy tahlili uchun qoʻllaniladi. Ushbu usulning muhim jihati shundaki, bunda har bir apparat (qurilma, blok, buyum) yoki tizim (element)ning tarkibiy qismi u qanday nosoz holga kelganligi (buzilish turi va sababi) va buzilish texnik tizimga qanday taʼsir koʻrsatishi boʻyicha koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Texnik tizim deyilganda tahlil maqsadidan kelib chiqqan holda texnik qurilmalar yigʻindisi ham, alohida texnik qurilmalar yoki ularning elementlari ham tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzilish turi va oqibatlari tahlilini miqdoriy buzilish turi, oqibatlari va kritikligi tahlili (BTOKT)gacha kengaytirish mumkin. Bu holda har qaysi buzilish turi kritiklikning ikki tarkibiy qismi — oqibatlarning ehtimoli (yoki chastotasi) va ogʻirlik darajasini hisobga olgan holda ajratiladi. Kritiklik parametrlarining belgilanishi tavsiyalar ishlab chiqish va xavfsizlik chora-tadbirlarining ustuvorligini belgilash uchun kerak boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil natijalari uskunalar roʻyxati, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan buzilishlar turi va sabablari, chastotalari, oqibatlari, kritikligi, nosozliklarni aniqlash vositalari (signalizatorlar, nazorat asboblari va h.) va xavfni kamaytirishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan jadvallar koʻrinishida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzilishlarni sodir boʻlish oqibatlarining ehtimoli-ogʻirlik darajasi mezonlari boʻyicha tasniflash tizimi har qaysi obyekt yoki texnik qurilma uchun ularning spetsifikasini hisobga olgan holda konkretlashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyida (1-jadval) misol sifatida buzilishlarning sodir boʻlish ehtimoli va oqibatlarining ogʻirlik darajasi boʻyicha kritiklik koʻrsatkichlari (indekslari) va mezonlari keltirilgan. Tahlil uchun buzilishlar zarar yetkazishi mumkin boʻlgan toʻrtta guruh ajratilgan: xodimlar, aholi, mulk (uskunalar, inshootlar, binolar, mahsulot va h.), atrof-muhit.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-jadvalda mezonlarning quyidagi variantlari qoʻllanilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oqibatlarning ogʻirlik darajasi boʻyicha buzilish mezonlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
halokatga olib keluvchi buzilish — insonlarning oʻlimiga, mulkka jiddiy ziyon etishiga olib keladi, atrof-muhitga oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan zarar yetkazadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kritik (nokritik) buzilish — insonlarning hayotiga xavf tugʻdiradi (xavf tugʻdirmaydi), mulkka, atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazadi (zarar yetkazmaydi),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uncha katta boʻlmagan oqibatlarga olib keluvchi buzilish — oqibatlariga koʻra yuqorida sanab oʻtilgan uchta toifaning hech biriga taalluqli boʻlmagan buzilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzilishlarning toifalari (kritikligi):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“A” — miqdoriy xavf tahlili oʻtkazilishi shart yoki maxsus xavfsizlikni taʼminlash choralari talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“V” — miqdoriy xavf tahlili oʻtkazilishi maqsadga muvofiq yoki muayyan xavfsizlik choralari qabul qilinishi talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“S” — sifatiy xavf tahlili oʻtkazilishi yoki baʼzi xavfsizlik choralari qabul qilinishi tavsiya etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“D” — tahlil va maxsus (qoʻshimcha) xavfsizlik choralari qabul qilinishi talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BTOT, BTOKT usullari, odatda, murakkab texnik tizimlar loyihalari yoki texnik yechimlarni tahlil qilish uchun qoʻllaniladi. 3 — 7 kishidan tashkil topgan turli ixtisosdagi mutaxassislar (masalan, texnologiya, kimyoviy jarayonlar boʻyicha mutaxassis, muhandis-mexanik) guruhi tomonidan bir necha kun, hafta mobaynida bajariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 -jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sodir boʻlish ehtimoli- oqibatlarning ogʻirlik darajasi” matritsasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buzilishning yuzaga kelish chastotasi 1 yil

‎‎Buzilish oqibatlarining ogʻirlik darajasi

halokatga olib keluvchi buzilish‎

kritik buzilish‎

nokritik buzilish‎

uncha katta boʻlmagan oqibatlarga olib keluvchi buzilish‎

Tez-tez sodir boʻladigan buzilish

> 1

A‎ A‎ A‎ C‎
Ehtimol buzilish‎ 1 — 10-2‎ A‎ A‎ V‎ C‎
Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan buzilish‎ 10-2 — 10-4‎ A‎ V‎ V‎ C‎‎
Kam sodir boʻladigan buzilish‎ 10-4 — 10-6‎‎ A‎ V‎ S‎ D‎
Sodir boʻlishi ehtimoldan yiroq buzilish‎

<10-6

V‎ S‎ S‎ D‎‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Xavf-xatar va ishlash imkoniyati tahlili” (XIQT) usulida texnologik parametrlarning (harorat, bosim va h.) reglament rejimlardan chetga chiqishlari taʼsiri xavf yuzaga kelishi mumkinligi nuqtai-nazaridan oʻrganiladi. XIQT murakkabligi va natijalar sifatiga koʻra BTO, BTOKT darajasiga toʻgʻri keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil jarayonida xavfli ishlab chiqarish obyekti yoki texnologik blokning har bir tarkibiy qismi uchun mumkin boʻlgan chetga chiqishlar, ularning sabablari va ularga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha koʻrsatmalar belgilanadi. Chetga chiqishlarni tavsiflashda “yoʻq”, “koʻp”, “kam”, “shuningdek”, “boshqacha”, “qaraganda boshqacha”, “teskari” va h. singari kalit soʻzlar qoʻllanilishi lozim. Kalit soʻzlarning qoʻllanilishi bajaruvchilarga mumkin boʻlgan barcha chetga chiqishlarni aniqlashda yordam beradi. Bu soʻzlarning texnologik parametrlar bilan konkret birikmasini ishlab chiqarish spetsifikasi belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalit soʻzlarning taxminiy mazmuni quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻQ” — moddani toʻgʻridan toʻgʻriyetkazib berish boʻlishi kerak boʻlgan holda, uning yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“KOʻP (KAM)” — rejimli oʻzgaruvchan miqdorlar (harorat, bosim, sarf)ning belgilangan parametrlarga nisbatan oshishi (kamayishi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“ShUNINGDEK” — qoʻshimcha komponentlar (havo, suv, aralashmalar)ning paydo boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“BOShQAChA” — odatdagi ishdan farq qiluvchi holat (ishga tushirish, toʻxtatish, unumdorlikni oshirish va h.);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“QARAGANDA BOShQAChA” — jarayonning toʻliq oʻzgarishi, koʻzda tutilmagan hodisa, uskunalarning, germetiklikning buzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TESKARI” — belgilangan moʻljalga mantiqiy teskarilik, moddalarning teskari oqimi yuzaga kelishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil natijalari maxsus texnologik listlar (jadvallar)da taqdim etiladi. Chetga chiqishlarning xavf darajasi koʻrib chiqilayotgan vaziyat oqibatlarining ehtimoli va ogʻirligini BTOKT usulidagi kabi kritiklik mezonlari boʻyicha baholash yoʻli bilan miqdor jihatdan aniqlanishi mumkin (1-jadval).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XIQT usuli BTOKT singari xavf-xatarlarni identifikatsiyalash va ularni ajratishdan tashqari xavfsizlik boʻyicha yoʻriqnomalardagi noaniqliklar va xatoliklarni aniqlash imkonini beradi va kelgusida ularni takomillashtirishga yordam beradi. Usullarning kamchiligi - avariyaga olib kelgan hodisalar kombinatsiyalarini tahlil qilish uchun ulardan foydalanish qiyinchiliklar yuzaga kelishidadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Amaliyotdan maʼlumki, yirik avariyalar, odatda, avariya yuzaga kelishi va rivojlanishining turli bosqichlarida har xil chastotalarda sodir boʻladigan kutilmagan hodisalar (uskunalarning ishlamay qolishi, inson xatosi, hisobga olinmagan tashqi taʼsirlar, buzilish, moddalarning otilib chiqishi, oqib ketishi, sochilishi, alangalanish, portlash, intoksikatsiya va h.) kombinatsiyasi bilan tavsiflanadi. Ushbu hodisalar oʻrtasidagi sabab-oqibatli bogʻliqlikni aniqlash uchun “buzilishlar daraxti” va “hodisalar daraxti” tahlilining mantiqiy-grafik usullaridan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buzilishlar daraxti” tahlili (BShT)da asosiy hodisa (avariya vaziyati)ga olib keluvchi uskunalarning buzilishlari (nosozliklari), noxush hodisalar, xodimlarning xatolari va hisobga olinmagan tashqi (texnogen, tabiiy) taʼsirlar kombinatsiyalari aniqlanadi. Usul avariya vaziyati yuzaga kelishining mumkin boʻlgan sabablarini tahlil qilish va uning chastotasini (dastlabki hodisalar chastotalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida) hisoblash uchun qoʻllaniladi. Buzilish (avariya)lar daraxti tahlilida hodisalarning avariyalarni yuzaga kelishi yoki yuzaga kelmasligini belgilab beruvchi minimal qoʻshilmalarini (minimal oʻtkazuvchi va ajratib qoʻyuvchi qoʻshilmalar, mos ravishda — 3-ilova 2 misol) aniqlash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Hodisalar daraxti” tahlili (HShT) — bu asosiy hodisa (avariya vaziyati)dan kelib chiquvchi hodisalar ketma-ketligini tuzish algoritmidir. Avariya vaziyatining rivojlanishini tahlil qilishda qoʻllaniladi. Har qaysi avariya vaziyati rivojlanish ssenariysining chastotasi asosiy hodisa chastotasini pirovard hodisaning shartli ehtimoliga koʻpaytirish yoʻli bilan hisoblanadi (masalan, yonuvchan modda solingan uskuna germetikligining buzilishi bilan kechadigan avariyalar sharoitga qarab modda alangalanib ham, alangalanmasdan ham rivojlanishi mumkin).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavfning miqdoriy tahlil usullari, odatda, 1-ilovada koʻrsatilgan bir nechta xavf koʻrsatkichlarini hisoblash orqali amalga oshiriladi va yuqorida koʻrsatilgan usullarning bir yoki bir nechtasini oʻz ichiga olishi (yoki ularning natijalaridan foydalanilishi) mumkin. Miqdoriy tahlil oʻtkazishda yuqori malakali bajaruvchilar, uskunaning avariyaviyligi, ishonchliligi boʻyicha katta hajmda maʼlumotlar, ekspertiza ishlarini bajarilishi, atrof-muhitning oʻziga xos jihatlari, ob-havo sharoitlari, odamlarning xavfli hududlarda boʻlish vaqti va boshqa omillarni hisobga olish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfning miqdoriy tahlili turli xavf-xatarlarni yagona koʻrsatkichlar boʻyicha baholash va taqqoslash imkonini beradi. Ushbu usul quyidagi hollarda yuqori samara beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektini loyihalash va joylashtirish bosqichida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfsizlik choralarini asoslash va optimallashtirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir turdagi texnik qurilmalar (masalan, magistral quvur oʻtkazgichlar)ga ega xavfli ishlab chiqarish obyektlarida yirik avariyalar xavfini baholashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
insonlar, mulk va atrof-muhit uchun avariyalarning xavfini kompleks baholashda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Turli faoliyat turlari va xavfli ishlab chiqarish obyektining faoliyat bosqichlari uchun xavf tahlili usullarini tanlashga doir tavsiyalar quyida (2-jadval) keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jadvalda quyidagi belgilar qoʻllanilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“0” — eng mos kelmaydigan tahlil usuli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“+” — tavsiya etiladigan usul;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“++” — eng mos keladigan usul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Usullar alohida-alohida yoki bir-biriga qoʻshimcha ravishda qoʻllanilishi, chunonchi sifatiy tahlil usullari miqdoriy xavf mezonlarini (asosan, ekspert baholari boʻyicha, masalan, “sodir boʻlish ehtimoli - oqibatlarning ogʻirlik darajasi” matritsasidan foydalangan holda) ham oʻz ichiga olishi mumkin. Xavfning toʻliq miqdoriy tahlilida xavflarning sifatiy tahlil natijalaridan imkon qadar foydalanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavf tahlili usullarini tanlashga doir tavsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Usul‎

Faoliyat turi

Joylashtirish (loyiha oldi ishlar)‎

Loyihalash‎

Foydalanishga kiritish /foydalanishdan chiqarish‎

Foydalanish‎

Rekonstruksiya‎

“Agar...., nima boʻladi?” tahlili 0‎ +‎ ++‎ ++‎ +‎
Tekshiruv varaqasi usuli‎ 0‎ +‎ +‎ ++‎ +‎
Xavf-xatar va ishlash imkoniyati tahlili 0‎ ++‎ +‎ +‎ ++‎
Buzilish turlari va oqibatlar tahlili 0‎ ++‎ +‎ +‎ ++‎
Buzilishlar va hodisalar daraxti tahlili 0‎ ++‎ +‎ +‎ ++‎
miqdoriy xavf tahlili‎ ++‎ ++‎ 0‎ +‎ ++‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavf tahlilining baʼzi usullaridan foydalanishga doir misollar 3-jadvalda keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XAVF TAHLILI VA UNI BAHOLASh USULLARIDAN FOYDALANIShGA DOIR MISOLLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-misol. Xavf-xatarni miqdoriy tahlil qilish usulining qoʻllanilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-jadvalda sovutish-kompressor qurilmalari sexining xavf-xatarlar va ishlash imkoniyati tahlili natijalaridan namuna berilgan. Tahlil jarayonida har bir qurilma, ishlab chiqarish liniyasi yoki blok uchun yuzaga kelishi mumkin boʻlgan chetga chiqishlar, ularning sabablari aniqlanadi va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha tavsiyalar belgilanadi. Yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qaysi chetga chiqish holatlarini tavsiflashda “yoʻq”, “koʻp”, “kam”, “shuningdek”, “boshqacha”, “qaraganda boshqacha”, “teskari” va h. singari kalit soʻzlar qoʻllaniladi. Shuningdek, jadvalda koʻrib chiqilayotgan chetga chiqishning yuzaga kelish ehtimoli V, oqibatlarning ogʻirlik darajasi T va kritiklik koʻrsatkichi K=V+T ga berilgan balli ekspert baholari koʻrsatilgan. V va T koʻrsatkichlar 4 balli shkalada belgilangan (4 ball maksimal xavfga toʻgʻri keladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kritiklik qiymati yuqori boʻlgan chetga chiqishlar keyinchalik, shu jumladan avariya vaziyatlari ssenariylarini ishlab chiqishda va xavfni miqdoriy baholashda, yanada batafsilroq koʻrib chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-jadval
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sovutish-kompressor qurilmalari sexi kompressor uzelining xavf-xatarlari va ishlash imkoniyatini oʻrganish usuli qoʻllanilganda chetga chiqishlar roʻyxati (natijalardan namuna)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kalit soʻz‎ Chetga chiqish‎ Sabablar‎ Oqibatlar‎ V‎ T‎ K‎ Tavsiyalar‎
KAM‎‏ MODDA OQIMI YOʻQ 1. Quvur oʻtkazgichning yorilishi‎ Ammiakning chiqib ketishiga olib keladi‎ 2‎ 4‎ 6‎ Avariya signalizatsiyasi oʻrnatilishi kerak‎
2. Elektr taʼminoti tizimidagi buzilishlar‎ Xavf yoʻq‎ 3‎ 1‎ 4‎ Zaxiralash tizimi ishonchliligini oshirish kerak‎
KOʻP ‎‏
KOMPRESSOR HAYDASh BOSIMINING OShIShI‎‏
3. Haydaydigan ventil yopiq‎ Kompressorning buzilishi va ammiakning chiqib ketishiga olib keladi‎ 1‎ 2‎ 3‎ Bosim relesi, saqlovchi va teskari klapanlar almashtirilishi kerak‎
4. Kondensatorga suv umuman yoki yetarli darajada berilmayapti‎ 3-banddagi kabi‎ 1‎ 2‎ 3‎ ‎
5. Kondensatorda koʻp miqdorda havo mavjud‎ Portlash xavfi boʻlgan aralashma hosil boʻladi 1‎ 3‎ 4‎ ‎
HAYDAYDIGAN KOMPRESSOR HARORATINING OShIShI 6. Kompressorning sovutiladigan qobigʻi orqali suv oʻtmayapti‎ Kompressorning buzilishi va ammiakning chiqib ketishiga olib keladi‎ 1‎ 2‎ 3‎ IB va TB kompressorlarida harorat relelari oʻrnatish kerak‎
7. Soʻriladigan ammiak bugʻlarining haddan ortiq qizib ketishi‎ 6-banddagi kabi‎ 1‎ 2‎ 3‎ ‎
KAM‎ SURISh BOSIMINING KAMAYIShI‎ 8. Kompressorning yuqori unumdorligi‎ Xavf yoʻq‎ 1‎ 1‎ 2‎ Bosim relesi tekshirilishi kerak‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-misol. “Buzilishlar va hodisalar daraxtlari” tahlili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Neftni qayta ishlash qurilmasida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan turli avariyalarning ssenariylarini miqdoriy tahlil qilish uchun hodisalar daraxti namunalari 2-rasmda berilgan. Hodisa nomining yonidagi raqamlar ushbu hodisa yuzaga kelishining shartli ehtimolini koʻrsatadi. Bunda qoʻzgʻatuvchi hodisa (rezervuardan neftning toʻkilishi)ning yuzaga kelish ehtimoli 1 teng deb qabul qilingan. Alohida hodisa yoki ssenariyning yuzaga kelish chastotasi qiymati qoʻzgʻatuvchi hodisaning yuzaga kelish chastotasini avariyaning aniq ssenariy boʻyicha rivojlanishning shartli ehtimoliga koʻpaytirish yoʻli bilan qayta hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-rasm. Neftni birlamchi qayta ishlash qurilmasida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalarning “hodisalar daraxti”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idishlarga yoqilgʻi quyishda avariya vaziyatlarining sodir boʻlishi sabablarini tahlil qilish uchun qoʻllaniladigan buzilishlar daraxti* namunasi 3-rasmda keltirilgan. Buzilishlar daraxtining tuzilmasi sababli zanjirlar (avariyalar ssenariylari)ni hosil qiluvchi tegishli quyi hodisalar (xatolar, buzilishlar, noqulay tashqi taʼsirlar) toʻplami bilan bogʻlangan bitta asosiy hodisa (avariya, noxush hodisa)ni oʻz ichiga oladi. Hodisalarni oʻzaro bogʻlash uchun daraxtlarning “tugunlari”da “VA” va “YoKI” belgilari ishlatiladi. “VA” mantiqiy belgisi yuqorida turuvchi hodisa quyi hodisalarning bir vaqtda yuzaga kelishi bilan sodir boʻlishini bildiradi (yuqorida turuvchi hodisa ehtimolini baholash uchun ularning ehtimollarini koʻpaytirilishiga toʻgʻri keladi). “YoKI” belgisi yuqorida turuvchi hodisaning quyi hodisalardan birining yuzaga kelishi natijasida sodir boʻlishini bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-rasm. Yoqilgʻi quyish operatsiyalarining “Buzilishlar daraxti”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Ushbu daraxtning buzilishlar daraxti, nosozliklar daraxti, hodisalar daraxti va h. singari boshqa nomlari ham uchraydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shunday qilib, 3-rasmda koʻrsatilgan daraxtda oraliq hodisalar (toʻgʻri burchaklar) mavjud, uning pastki qismida esa raqamli doiralar bilan faraz qilinayotgan dastlabki hodisa-sabablar koʻrsatilgan boʻlib, ularning nomlari va raqamlari 4-jadvalda keltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-jadval.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzilish daraxtining dastlabki hodisalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hodisalar yoki model holatlarining nomi‎

Hodisa ehtimoli Pi‎

1‎ Avtomatik doza berish tizimi (ADBT) oʻchirilmagan (dastlabki holatni nazorat qilishdagi xato)‎ 0,0005‎
2‎ Doza hajmi datchiklaridan signallarni uzatish zanjiri uzilgan‎ 0,00001‎
3‎ Doza berish signali toʻsiqlar (hisobga olinmagan tashqi taʼsirlar) tufayli zaiflashgan‎ 0,0001‎
4‎ Doza berish signali kuchaytirgich-oʻzgartirgichi buzilgan‎ 0,0002‎
5‎ Sarfoʻlchagich buzilgan‎ 0,0003‎
6‎ Sath datchigi buzilgan‎ 0,0002‎
7‎ Operator ADBT ning nosozligi toʻgʻrisidagi yorugʻlik indikatori signalini payqamadi (operatorning xatosi)‎ 0,005‎
8‎ Operator ADBT ning buzilganligi toʻgʻrisidagi tovush signalini eshitmadi (operatorning xatosi)‎ 0,001‎
9‎ Operator berilgan vaqt tugashi bilan nasosni oʻchirish zarurligini bilmaydi‎ 0,001‎
10‎ Operator belgilangan yoqilgʻi quyish vaqti tugaganligi toʻgʻrisidagi xronometr indikatori signalini payqamadi‎ 0,004‎
11‎ Xronometr buzilgan‎ 0,00001‎
12‎ Nasos elektr uzatmasining avtomat oʻchirgichi buzilgan‎ 0,00001‎
13‎ Nasos uzatmasini boshqarish zanjiri uzilgan‎ 0,00001‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buzilish daraxti tahlili signalning asosiy hodisaga (3-rasmda ular uchta) oʻtish tarmoqlarini belgilash, shuningdek ular bilan bogʻliq boʻlgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
minimal oʻtkazuvchi qoʻshilmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
minimal ajratib qoʻyuvchi qoʻshilmalarni koʻrsatish imkonini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minimal oʻtkazuvchi qoʻshilmalar — bu yuzaga kelishi (bir vaqtda) asosiy hodisa (avariya)ning sodir boʻlishi uchun yetarli boʻlgan dastlabki hodisa-sabablar (raqamlar bilan belgilangan) toʻplami. 3-rasmda tasvirlangan “daraxt” uchun bunday hodisalar va/yoki qoʻshilmalar quyidagilardir: {12}, {13}, {1·7}, {1·8}, {1·9}, {1·10}, {1·11}, {2·7}, {2·8}, {2·9}, {2·10}, {2·11}, {3·7}, {3·8}, {3·9}, {3·10}, {3·11}, {4·7}, {4·8}, {4·9}, {4·10}, {4·11}, {5·6·7}, {5·6·8}, {5·6·9}, {5·6·10}, {5·6·11}.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosan “zaif joylar”ni aniqlashda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Minimal ajratib qoʻyuvchi qoʻshilmalar — bu tarkibidagi birorta ham hodisa yuzaga kelmaganda asosiy hodisaning sodir boʻlmasligini kafolatlovchi dastlabki hodisalar toʻplami: {1·2·3·4·5·12·13}, {1·2·3·4·6·12·13}, {7·8·9·10·11·12·13}.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asosan avariyani oldini olishning eng samarali choralarini aniqlashda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavflilik darajasini tahlil qilish boʻyicha uslubiy koʻrsatmalarga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli obyektning aholi va atrof-muhitga zarar yetkazish xavfini miqdoriy tavsiflash sifatida oʻtkaziladigan xavfni tahlil qilish va baholashga asoslangan mehnat xavfsizligini boshqarish usullari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday ishlab chiqarishning asosiy maqsadi — foyda olishdir. Ishlab chiqarish faoliyati davomida ushbu koʻrsatkichni pasaytiruvchi omillar aniqlanadi. Avariya va baxtsiz hodisalarga olib keluvchi turli xavf-xatarlar shular jumlasiga kiradi (4-rasm).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-rasm. Xavf-xatarlarning korxonaga zarar yetkazishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya uskunaning toʻxtab qolishi yoki ishlab chiqishiga sabab boʻlishi, baxtsiz hodisa esa xodimning mehnat qobiliyatini yoʻqotishi yoki oʻlimiga olib kelishi mumkin. Natijada avariya ham, baxtsiz hodisa ham korxonaga zarar keltiradi va foydaning kamayishiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavf-xatarlarni identifikatsiyalash, xavfni baholash va tahlil qilish, uni kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish orqali xavf darajasiga taʼsir koʻrsatib avariyalar va baxtsiz hodisalar yetkazadigan zararni qoplash uchun ketadigan xarajatlarni kamaytirish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek xodimlarni, texnik xizmat koʻrsatishni, texnologiya va mehnat intizomini boshqarish jarayoni orqali, uskunaning ishonchliligini taʼminlash yoʻli bilan xavfga taʼsir koʻrsatish mumkin (5-rasm).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-rasm. Boshqaruv jarayonlarining xavfga taʼsiri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar tahlili shuni koʻrsatdiki, yuqori avariyaviylikning sabablaridan biri — bu korxonani boshqarish tizimi, shu jumladan uning tarkibiy qismi boʻlgan mehnat xavfsizligini boshqarish tizimi faoliyatining yetarli darajada samarali emasligidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot travmatizm va avariyalarning oldini olishni taʼminlaydigan mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini ishlab chiqishi va joriy etishi kerak. Bunday tizim doirasida xodimlarning mehnat xavfsizligi sohasidagi huquq va javobgarliklari aniq belgilab berilishi, samarali ishlab chiqarish nazorati tashkil etilishi, xavf omillarini bartaraf etish yoki kamaytirish boʻyicha tashkilot rahbariyati darajasida optimal va oʻz vaqtida qarorlar qabul qilish uchun maʼlumotlar olish va ularni tahlil qilish taʼminlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat xavfsizligini boshqarish tizimini barpo etishning muhim shartlaridan biri — bu ushbu tizimning hozirgi zamon respublika talablari va xalqaro sifat, xavfsizlik va salomatlikni boshqarish tizimlari standartlariga muvofiq boʻlishidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tizimning ishlab chiqilishi korxonaga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Barcha tuzilmaviy boʻlinmalardagi haqiqiy holat hamda sanoat xavfsizligi va mehnat xavfsizligi koʻrsatkichlarini pasaytiruvchi omillar mavjudligi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumotga ega boʻlish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariyalar va halokatlarni oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
U yoki bu boshqaruv qarorini chiqarishda rahbarning mustaqilligiga daxl qilmagan holda, korxonani vaqt tigʻiz boʻlgan sharoitlarda, ekstremal yoki stress vaziyatlarda qabul qilingan nooʻrin qarorlardan himoya qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlar travmatizmi darajasini birmuncha kamaytirish, avariya tufayli buzilgan uskunalarni tiklash uchun sarflanadigan xarajatlarni qisqartirish, va badal toʻlovlarini kamaytirish yaʼni korxona foydasini oshirish.