OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISh, SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
buyrugʻi
SANOAT XAVFSIZLIGI SOHASIDAGI EKSPERT TAShKILOTLARINI AKKREDITATSIYA QILISh VA ULAR FAOLIYATI USTIDAN INSPEKSIYA NAZORATINI OʻTKAZISh UChUN TOʻLOVLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNING 8-BANDIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 28-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2105-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-sonli “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami 2010-y., 35-36-son, 301-modda) muvofiq buyuraman:
1. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining 2010-yil 15-apreldagi 126-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2105, 2010-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-yil, 21-son, 164-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish va ular faoliyati ustidan inspeksiya nazoratini oʻtkazish uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 8-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Boshliq B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 22-iyun,
135-son
Kelishilgan:
Moliya vaziri R. AZIMOV
2011-yil 21-iyun
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 26-son, 273-modda)