19.03.2008 yildagi 58-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOGʻIN SIGIRLAR, QOʻY VA EChKILARNING MASTITLARINI DAVOLAShDA NEOTIL (INTRAMAMMAR ShPRITSLAR) PREPARATINI QOʻLLASh BOʻYIChA QOʻLLANMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli bayoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sogʻin sigirlar, qoʻy va echkilarning mastitlarini davolashda neotil (intramammar shpritslar) preparatini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2007-yil 14-sentabrda tasdiqlangan “Sogʻin sigirlar, qoʻy va echkilarning mastitlarini davolashda neotil (intramammar shpritslar) preparatini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq v.v.b. M. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-son

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 58-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻin sigirlar, qoʻy va echkilarning mastitlarini davolashda neotil (intramammar shpritslar) preparatini qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllanma

I. Umumiy maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Neotil (Neotyl) — tarkibiga faol taʼsir etuvchi moddalari sifatida — tilozin bazasi va neomitsin sulfat, hamda yordamchi komponentlar (dimetilsulfoksid, suvsiz lanolin, vazelin va suyuq parafin) kiruvchi kompleks preparat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi koʻrinishiga koʻra oʻziga xos hidli, och-sariq rangga ega boʻlgan gomogen malhamsimon massa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Neotil tarkibida 0,25 g (250000 IYE) tilozin baza va 0,1 g (100000 IYE) neomitsin sulfat boʻlgan 10 grammli plastmassa intramammar shpritslarga qadoqlanib, 12 donadan klishelangan karton qutilarga joylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Preparat yopiq, quyosh nurlaridan himoyalangan, bolalar qoʻli yetmaydigan joyda, 15 — 30oS haroratda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparatning yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilinganda tayyorlangan kunidan boshlab 2 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Farmakologik xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tilozin grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga (strepto, stafilo-va mikrokokklar, korinebakteriyalar, mikoplazmalar, spiroxetlar va boshq.); neomitsin — grammanfiy mikroorganizmlarga (kolibakteriyalar, proteus psevdomonas) nisbatan faol.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har ikkala antibiotik oʻzlarining bakteriyalarga qarshi taʼsir koʻlamini oʻzaro toʻldirib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Neotil sigir, qoʻy va echkilarning sut berish davridagi klinik va subklinik mastitlarini davolash maqsadida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Klinik mastitlarda preparat sut bezlaridagi avval suti butunlay sogʻib olingan va antiseptik ishlov berilgan elinning zararlangan qismiga quyidagi dozalarda yuboriladi: sigirlarga — bitta shprits tarkibi, qoʻy va echkilarga — bitta shpritsning yarmi yuboriladi. Zararlanish darajasiga qarab 4 — 10 — 12 soatdan soʻng, elinning kasallangan qismidagi sut sogʻib tashlanadi va preparat qayta yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparatni qoʻllash hayvon batamom sogʻayguncha davom ettiriladi (odatda 3 — 5 kun davomida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sut berish davridagi subklinik mastitlarda preparat yuqorida koʻrsatilgan dozalarda sigir, qoʻy va echkilar elinining zararlangan choragiga, kechqurun sutni sogʻib olingandan keyin qoʻllaniladi. Ertasiga ertalabki sogʻishdan keyin preparat yana yuboriladi va ushbu muolaja kun davomida har 3-4 soatda takrorlanadi. Bir sutkadan soʻng kechqurun preparatni yana qaytadan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davolash davrida va preparat soʻnggi marta qoʻllanilgandan keyin 72 soat davomida sutni (elinning sogʻlom qismlaridan sogʻilgan) isteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Elinning kasallangan qismidagi sutni alohida idishga sogʻib olinadi va yaroqsizlantiriladi, sogʻlom qismidan sogʻilgan sutni qaynatib, soʻngra hayvonlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonlarni soʻyishga preparat qoʻllanilgandan 2 kun oʻtgach ruxsat etiladi. Belgilangan muddatdan avval soʻyilgan goʻshtdan goʻshtxoʻr hayvonlarga yemish sifatida yoki goʻsht suyak uni ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Noroziliklarni bayon etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.