19.03.2008 yildagi 57-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SOGʻIN SIGIRLAR, QOʻY VA EChKILARNING MASTITLARINI DAVOLAShDA LINKOMAST (KONYuLALI ShPRITSLAR) PREPARATINI QOʻLLASh BOʻYIChA QOʻLLANMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli bayoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Sogʻin sigirlar, qoʻy va echkilarning mastitlarini davolashda linkomast (konyulali shpritslar) preparatini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2007-yil 14-sentabrda tasdiqlangan “Sogʻin sigirlar, qoʻy va echkilarning mastitlarini davolashda linkomast (konyulali shpritslar) preparatini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq v.v.b. M. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-son

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 57-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻin sigirlar, qoʻy va echkilarning mastitlarini davolashda linkomast (konyulali shpritslar) preparatini qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllanma

I. Umumiy maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Linkomast (Lincomast) — tarkibida faol taʼsir etuvchi moddalari sifatida linkomitsin gidroxlorid, gentamitsin sulfat, prednizolon atsetat va yordamchi komponentlari mavjud boʻlgan kompleks preparat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi koʻrinishiga koʻra oʻziga xos hidli, oqdan och-sariq ranggacha boʻlgan malhamsimon massa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Linkomast 8 grammli, tarkibida 250 mg linkomitsin gidroxlorid, 80 mg gentamitsin sulfat, 5 mg prednizolon atsetat boʻlgan konyulali shpritslarga qadoqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Preparat quruq, quyosh nurlaridan himoyalangan, bolalarning qoʻli yetmaydigan joyda, 25°S haroratda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparatning yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilinganda tayyorlangan kunidan boshlab 2 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Farmakologik xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Linkomitsin va gentamitsin patogen mikroorganizmlarga Str. agalactiae, Str. dysgalactiae, Str. uberis, Staph, aureus, E. coli, Corinebact. pyogenes, Mycoplasma bovigenitalium va boshqalarga nisbatan faol.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Prednizolon atsetat yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Linkomast sigirlar, urgʻochi buyvollar, qoʻy va echkilarning sut berish davridagi linkomitsin va gentamitsinga taʼsirchan patogen mikroorganizmlar qoʻzgʻatgan oʻtkir klinik va subklinik mastitlarni davolash uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻtkir klinik mastitlarda preparat sut bezlaridagi avval suti butunlay sogʻib olingan va antiseptik ishlov berilgan elinning zararlangan qismiga quyidagi dozalarda yuboriladi: sigirlarga — bitta konyulali shprits, qoʻy va echkilarga — shprits tarkibining 1/3 qismidan to 1/2 qismigacha. 12 soatdan soʻng elinning zararlangan chorak qismi sogʻib tashlanadi va preparat batamom sogʻayguncha qaytadan qoʻllaniladi (3 kundan 5 kungacha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Sut berish davridagi subklinik va surunkali mastitlarda preparat yuqorida koʻrsatilgan dozalarda sigir, qoʻy va echkilar elinining zararlangan choragiga, kechqurun sutni sogʻib olingandan keyin qoʻllaniladi. Ertasiga ertalabki sogʻishdan keyin preparat yana yuboriladi va ushbu muolaja kun davomida har 3-4 soatda takrorlanadi. Bir sutkadan soʻng kechqurun preparatni yana qaytadan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davolash davrida va preparat soʻnggi marta qoʻllanilgandan keyin 72 soat davomida sutni (elinning sogʻlom qismlaridan sogʻilgan) isteʼmol qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Elinning kasallangan qismidagi sutni alohida idishga sogʻib olinadi va yaroqsizlantiriladi, sogʻlom qismidan sogʻilgan sutni qaynatib, soʻngra hayvonlarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonlarni soʻyishga preparat qoʻllanilgandan 2 kun oʻtgach ruxsat etiladi. Belgilangan muddatdan avval soʻyilgan goʻshtdan goʻshtxoʻr hayvonlarga yemish sifatida yoki goʻsht suyak uni ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Ehtiyotkorlik choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Sensibilizatsiya holatlari roʻy bermasligi uchun preparatni teri va shilliq pardalarga tegishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Noroziliklarni bayon etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.