Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (VAZIRLAR MAHKAMASINING “MAKTABDAN TAShQARI TAʼLIM TIZIMINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2011 YIL 28-FEVRALDAGI 50-SON HAMDA “XALQ TAʼLIMI HUDUDIY ORGANLARI TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA” 2011 YIL 1 MARTDAGI 52-SON QARORLARI)
Vazirlar Mahkamasining “Maktabdan tashqari taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 28-fevraldagi 50-son hamda “Xalq taʼlimi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 1-martdagi 52-son qarorlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 20-iyun,
183-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 21-noyabrdagi 440-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 11-son, 44-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) III boʻlim 9-bandining uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) V boʻlimda:
3-bandning yigirma yettinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
4-bandning beshinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi tuman, shahar organlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “xalq taʼlimi mahalliy organi (shahar, tuman XTB, viloyat XTB, Toshkent shahar XTBB) bilan” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari, viloyat xalq taʼlimi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmalari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-bandning ikkinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi organlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) VI boʻlim 10-bandining toʻqqizinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) VII boʻlimning ikkinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi organlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchilar va oʻquvchilar turmushi moddiy sharoitlarini yaxshilashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 20-avgustdagi 409-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 8-son, 29-modda):
a) 1-ilova (Birinchi sinf oʻquvchilarini oʻquv qurollari toʻplami bilan tekin taʼminlash tartibi)da:
1 va 5-bandlardagi “tuman, shahar xalq taʼlimi boʻlimlari” va “xalq taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlariga” soʻzlari tegishli ravishda “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” hamda “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
10-banddagi “tuman (shahar)” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilova (Kam taʼminlangan oilalarning boshlangʻich sinf oʻquvchilarini qishki kiyim-bosh toʻplami bilan taʼminlash tartibi)da:
1-banddagi “xalq taʼlimi tuman (shahar) boʻlimlariga” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
7-banddagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
11-banddagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-yanvardagi 5-son qarori bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasasining ustavini ishlab chiqish tartibi 10-bandining sakkizinchi xatboshidagi “tuman (shahar) taʼlim boʻlimining” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 13-maydagi 203-son qarorida:
a) 8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi nizom)da:
5.5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5.5. Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi maktab oʻquvchilariga hamda ota-onalarga psixologik-pedagogik maslahatlar beradi, ularda oʻzining kelgusidagi taʼlim va kasb-hunar yoʻlini oqilona tanlashni shakllantirishga koʻmaklashadi;
Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi maktabning pedagogik kengashi bilan birgalikda, attestatsiya yakunlariga koʻra, 9-sinflarning bitiruvchilariga oʻqishni akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida davom ettirish toʻgʻrisida asoslangan tavsiyalar beradi”;
6.1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi shahar va tuman boʻlimlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish shahar va tuman boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 6-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2012-y., 28-son, 315-modda)
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda):
a) 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisida nizom)ning I qismi 4-bandi “a” kichik bandidagi va 46-bandidagi “xalq taʼlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilova birinchi qismining (Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisidagi nizom) 5-bandidagi, 8-bandining birinchi, toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshidagi, 12-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 15-bandining birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshidagi, 26-bandidagi, 30-bandining birinchi va ikkinchi xatboshidagi, 31 va 32-bandlaridagi tegishli kelishik qoʻshimchalari bilan “xalq taʼlimi boʻlimi”, “xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi”, “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida” 2004-yil 5-avgustdagi 372-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 76-modda):
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 3 — 6-ilovalarga muvofiq” soʻzlari “va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 — 5-ilovalarga muvofiq” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 7-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom)da:
3-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
8-banddagi sakkizinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻqqizinchi—qirq sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda sakkizinchi — qirq yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
16-bandning uchinchi xatboshidagi “Tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 8-son, 88-modda):
a) 5-bandning ikkinchi xatboshidagi va 7-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari tegishli kelishik qoʻshimchalari bilan “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovadagi “Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005-y., 12-son, 63-modda):
a) 1-ilova 3-bandining “Lavozimlar nomi” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlarining metodik taʼminlash, oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va davlat taʼlim standartlari monitoringi guruhlari xodimlari”;
Keyingi tahrirga qarang.
b) 2-ilovaning 1.2 va 2.3-kichik bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
v) 3-ilovaning 5-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Budjet tashkilotlari xodimlariga ish haqi miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga muvofiq oshirilgan taqdirda xalq taʼlimi muassasalari xodimlarining bazaviy tarif stavkalari (lavozim maoshlari) belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda qayta koʻrib chiqiladi”;
g) 4-ilovaning 12-bandi ikkinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablariga 1-ilovadagi “Shaharlar va tumanlar xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzurida Multimedia umumtaʼlim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 7-iyundagi 110-son qaroriga 2-ilovadagi “Tumanlar (shaharlar) xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha taʼlim sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2007-yil 25-oktabrdagi 225-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 10-son, 60-modda):
a) 1-ilovaning 16-bandidagi hamda 17-bandning birinchi va ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi boʻlimlari” va “xalq taʼlimi boʻlimlarining” soʻzlari tegishli ravishda “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari” hamda “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-ilovaning 8-bandidagi “tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 22-maydagi 104-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 22-modda) bilan tasdiqlangan Ota-onasining qarovisiz qolgan va toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan bolalar uchun Bolalar shaharchalari toʻgʻrisidagi nizomning 22-bandidagi “xalq taʼlimi boʻlimi” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 30-iyundagi 145-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarning umumiy oʻrta taʼlim bilan, umumtaʼlim maktablari 9-sinf bitiruvchilarining — oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi bilan qamrab olinishi, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining ishga joylashishi, oliy taʼlim muassasalarida oʻqishni davom ettirishi hamda oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari va muddatli harbiy xizmatni tugallagan shaxslarning ishga joylashishining doimiy monitoringini olib borish uchun tahliliy axborotlarni tayyorlash sxemasining 1-bandidagi “Tumanlar va shaharlar xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-avgustdagi 173-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 43-modda) bilan tasdiqlangan Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat umumtaʼlim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflari, davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizomning 11, 12-bandlaridagi va 13-bandining ikkinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi boʻlimiga”, “xalq taʼlimi boʻlimi” va “xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari tegishli ravishda “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimiga”, “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi” hamda “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Bolalar sportini rivojlantirish sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 19-martdagi 76-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi markaziy apparatining tuzilmasida:
“Maktabdan tashqari taʼlim muassasalari shuʼbasi” bloki “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyatini tashkil etish shuʼbasi” bloki bilan almashtirilsin;
“Mutasaddilik qilinadigan tashkilotlar” boʻlimidagi “Respublika maktabdan tashqari taʼlim muassasalari: Oʻquvchilar saroyi, texnik ijodiyot markazlari, bolalar va oʻsmirlar turizmi oʻquv-metodik markazi, yoshlar markazi” soʻzlari “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazi”, “Barkamol avlod” respublika bolalar texnik ijodiyot markazi”, “Barkamol avlod” respublika bolalar oʻlkashunoslik va ekologiya markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 21-apreldagi 116-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portaliga joylashtirish uchun taqdim etiladigan axborotlar roʻyxatida:
a) 67 va 68-bandlardagi “shahar xalq taʼlimi boʻlimining” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 69-banddagi “Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining axborot xizmatlari telefonlari; tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari huzuridagi oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish va ularning psixologik-pedagogik tashxisi markazlari telefonlari” soʻzlari “Xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlim muassasalari bilan ishlash boʻyicha axborot xizmatlari telefonlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
18. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 10-dekabrdagi 291-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 12-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibida:
a) 2-bandning birinchi xatboshidagi “xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 3-banddagi “xalq taʼlimi boʻlimlari” soʻzlari “xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 25-son, 260-modda; 2012-y., 28-son, 315-modda; 2014-y., 52-son, 625-modda; 2016-y., 26-son, 316-modda; 2017-y., 11-son, 167-modda, 30-son, 732-modda, 38-son, 1049-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 09/18/507/1465-son, 30.09.2019-y., 09.19/823/3834-son; 28.04.2021-y., 09/21/243/0388-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2021-y., 09/21/511/0793-son)