OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2236]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2021-yil 19-iyuldagi 01/11-14/08-sonli ““Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2236-5, 05.08.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 480-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-son “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 189-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais v.b. A. ABDUHAKIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 17-may,
01/19-18/02-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 17-maydagi 01/19-18/02-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 51-son, 480-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-sonli “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 189-modda) qaroriga muvofiq rieltorning malaka imtihonini oʻtkazish, malaka sertifikatini berish, uning muddatini uzaytirish, amal qilishini tugatish va uni bekor qilish tartibini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Rieltorning malaka sertifikati (keyingi oʻrinlarda malaka sertifikati deb yuritiladi) jismoniy shaxsga, agarda u yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirsa yoki rieltorlik tashkilotining shtatida tursa, rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyasi boʻlganda rieltorlik xizmatlarini koʻrsatish huquqini beradi.
Malaka sertifikati 5 yillik muddatga beriladi va uning amal qilish muddati besh yillik muddatlarga uzaytirilishi mumkin.
2. Malaka sertifikatiga ega boʻlgan har bir jismoniy shaxs malaka sertifikati olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat mulki qoʻmitasi deb yuritiladi) tomonidan, rieltorlarning professional birlashmalari takliflarini inobatga olgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan malaka oshirish dasturlari boʻyicha 20 soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslarida oʻqishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Malaka sertifikati Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan mazkur nizomga muvofiq malaka sertifikatini olishga talabgor boʻlgan jismoniy shaxs (keyingi oʻrinlarda talabgor deb yuritiladi) malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
II. Malaka imtihonini oʻtkazish va topshirish
4. Malaka sertifikatini olishga talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:
oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumotga ega boʻlish;
Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan, rieltorlarning professional birlashmalari takliflarini inobatga olgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlanadigan dastur boʻyicha rieltorlar tayyorlash markazlarida maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisida sertifikatga ega boʻlish, bunda oʻqish tugagan paytdan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar oʻtgan vaqt bir yildan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Malaka sertifikatini olish uchun talabgor Davlat mulki qoʻmitasiga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq malaka imtihonini topshirish uchun ruxsat berish toʻgʻrisidagi arizani unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda taqdim etadi:
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma;
pasport nusxasi;
oʻrta maxsus yoki oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi diplomining yoxud vakolatli davlat organining xorijiy taʼlim muassasasida olingan oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjatning ekvivalentligini eʼtirof etish toʻgʻrisidagi guvohnomasining notarial tasdiqlagan nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
3 x 4 hajmdagi uch dona fotosurat;
maxsus oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning (talabgorning oʻquv kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi sertifikatning berilgan vaqtidan boshlab hujjatlar topshirilgunga qadar oʻtgan vaqt bir yildan oshmagan boʻlsa) rieltorlarni tayyorlash markazi tomonidan yoki notarial tasdiqlangan nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Talabgordan mazkur bandda nazarda tutilmagan hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
6. Hujjatlar talabgor tomonidan Davlat mulki qoʻmitasiga shaxsan yoki ularning olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Davlat mulki qoʻmitasi ariza tushgan kundan boshlab 5 kunlik muddatda talabgorning malaka imtihoniga qoʻyilishi yoki qoʻyilmasligi haqida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Quyidagi asoslarga koʻra talabgor malaka imtihoniga kiritilmaydi:
mazkur Nizomning 4-bandi talablariga javob bermaganda;
mazkur Nizomning 5-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni toʻliq boʻlmagan hajmda yoki lozim tarzda rasmiylashtirmay taqdim etganda;
hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlarning mavjudligi aniqlanganda.
Mazkur holatda Davlat mulki qoʻmitasi talabgorni imtihonga qoʻyishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va talabgorga yozma ravishda asoslangan javobini yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Talabgorni malaka imtihoniga qoʻyish yuzasidan qaror qabul qilinganda malaka imtihoniga qoʻyilgan shaxslar roʻyxati imtihon komissiyasiga beriladi. Bunda malaka imtihoni guruhlar shakllanishiga qarab, hujjatlar tushgan kundan boshlab ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi.
10. Imtihon komissiyasining tarkibi va ish tartibi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Malaka imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar toʻgʻrisidagi axborot Davlat mulki qoʻmitasining rasmiy saytiga imtihon oʻtkaziladigan kundan kamida 5 kun oldin joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi haqidagi axborot Davlat mulki qoʻmitasining rasmiy saytiga u oʻtkaziladigan kundan kamida 30 kun oldin joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Malaka imtihoniga qoʻyilmagan talabgor malaka imtihoniga qoʻyilmaslikka sabab boʻluvchi kamchiliklarni bartaraf etgandan keyingina qayta ariza berishga haqli.
14. Talabgor pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatini taqdim qilgan holda malaka imtihoniga qoʻyiladi. Pasport yoki uning shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatga ega boʻlmagan, yoxud malaka imtihoniga kechikkan talabgorlar imtihonga kelmagan hisoblanadi va navbatdagi malaka imtihonidan oʻtadigan talabgorlar roʻyxatiga kiritiladi.
15. Agarda talabgor Davlat mulki qoʻmitasiga hujjatlarni topshirgan vaqtdan boshlab ikki marta malaka imtihoniga kelmasa, taqdim etilgan hujjatlar unga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Talabgor tomonidan hujjatlarni qayta topshirish mazkur boʻlimda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16. Malaka imtihoni kompyuterda topshiriladigan test sinovlari orqali oʻtkaziladi.
17. Test savollari va javoblar variantlari Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan rieltorlarning jamoat birlashmalari va oʻquv markazlarining takliflarini inobatga olgan holda, belgilangan tartibda tasdiqlangan rieltorlarni oʻqitish dasturi asosida ishlab chiqiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Test sinovi oʻquv dasturining barcha boʻlimlarini aks ettiradigan kamida 75 ta savoldan iborat boʻladi.
Talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish uchun toʻgʻri javoblar miqdori berilgan test savollar miqdorining kamida 80 foizini tashkil etishi lozim.
19. Malaka imtihonini topshirish jarayonida talabgorga quyidagilar taqiqlanadi:
qonun hujjatlari va yoʻriqnoma materiallari, maʼlumotnoma va maxsus adabiyotlardan foydalanish;
uyali telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish;
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
test sinovi kabinetidan tashqariga chiqish. Test sinovi kabinetidan tashqariga chiqqan shaxslar qayta ichkariga kiritilmaydi.
Ushbu talablarni buzgan talabgorlar test sinovi kabinetidan chiqarib yuboriladi va malaka imtihonidan oʻtmagan hisoblanadi.
Begona shaxslarga malaka imtihonida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.
20. Malaka imtihonini topshirish jarayonida ajratilgan vaqt ichida barcha savollarga toʻliq javob berishga ulgurmagan talabgorlar malaka imtihonidan oʻtmagan hisoblanadi.
Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgor malaka imtihonidan takroran oʻtish uchun belgilangan tartibda hujjatlarni malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab kamida bir oy vaqt oʻtgandan keyin taqdim etishga haqli.
21. Malaka imtihoni natijalari imtihon komissiyasining bayonnomasi bilan malaka imtihoni oʻtkazilgan sanadan keyin uch kunlik muddatda rasmiylashtiriladi.
22. Test javoblari, shuningdek imtihon komissiyasining bayonnomalari belgilangan tartibda Davlat mulki qoʻmitasida saqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. Malaka sertifikatini rasmiylashtirish va berish
23. Malaka imtihoni natijalari Davlat mulki qoʻmitasining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Malaka sertifikati rieltorning fotosurati yopishtirilgan maxsus blankda ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
25. Malaka sertifikatining blanklari qatʼiy hisobda turadigan hujjatlar hisoblanadi, hisobga olish seriyasiga, tartib raqamiga va himoyalanganlik darajasiga ega boʻladi. Malaka sertifikatining blankalari Davlat mulki qoʻmitasi buyurtmanomasiga koʻra “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasida bosmaxona usulida tayyorlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Malaka sertifikati Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan imtihon komissiyasi bayonnomalari olingandan keyin 10 kunlik muddatda rasmiylashtiriladi va malaka sertifikatining egasiga yoki boshqa shaxsga notarius tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma asosida rieltorlar reyestriga imzo qoʻydirgan holda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Agar talabgor malaka sertifikatini rasmiylashtirish kunidan boshlab uch oy ichida uni olishga kelmasa yoki uni olishdan yozma ravishda ixtiyoriy bosh tortsa Davlat mulki qoʻmitasi mazkur sertifikatning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish
28. Malaka imtihonidan oʻtmagan talabgorlar malaka imtihoni oʻtkazilgan kundan boshlab oʻttiz kalendar kuni ichida imtihon natijalari toʻgʻrisidagi imtihon komissiyasining bayonnomasi ustidan Davlat mulki qoʻmitasiga apellatsiya shikoyati berishga haqli. Apellatsiya shikoyati yozma ravishda taqdim etiladi.
Davlat mulki qoʻmitasi bir hafta muddatda berilgan apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqadi va qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchiga yozma xabar yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi:
imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida;
apellatsiya shikoyatini bergan shaxs uchun takroran malaka imtihoni oʻtkazish toʻgʻrisida.
30. Imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiya shikoyatini qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda qabul qilinadi:
apellatsiya ushbu Nizom talablarini buzgan holda taqdim qilingan boʻlsa;
apellatsiya shikoyatida koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmagan boʻlsa.
31. Takroran malaka imtihoni oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror apellatsiya shikoyati bergan shaxsga nisbatan malaka imtihoni mazkur Nizom talablariga zid ravishda oʻtkazilganligi hollari aniqlangan taqdirda qabul qilinadi.
32. Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan apellatsiya shikoyatini bergan talabgor uchun takroran malaka imtihoni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, mazkur Nizomda belgilangan tartibda takroran malaka imtihoni oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Talabgorning takroran kiritgan apellatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi.
34. Davlat mulki qoʻmitasining talabgorning apellatsiya shikoyatini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish
35. Malaka sertifikati egasi mazkur sertifikatning amal qilish muddati tugashiga uch oy qolganda Davlat mulki qoʻmitasiga malaka sertifikati muddatini uzaytirish toʻgʻrisida arizasi bilan unga quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda murojaat qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq toʻldirilgan soʻrovnoma;
malaka sertifikatining asl nusxasi;
malaka oshirish kurslarini tamomlaganligi haqidagi hujjatning notarial tasdiqlangan nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Malaka sertifikati muddatining uzaytirilishi mazkur Nizomning 35-bandida belgilangan talablarga rioya etilganda va malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda amalga oshiriladi.
Malaka sertifikatining amal qilish muddati mazkur sertifikatning blankida koʻrsatilgan amal qilish muddati tugagan paytdan boshlab uzaytiriladi.
Malaka imtihonidan oʻtmagan malaka sertifikatining egasi qayta malaka imtihonidan oʻtishga haqli.
37. Malaka sertifikatining amal qilish muddatining uzaytirilishi belgilangan tartibda mazkur sertifikatning blankida maxsus belgi (yozuvni) qayd etish orqali amalga oshiriladi.
Malaka sertifikati blankida uning muddatini uzaytirishga taalluqli rekvizitlar toʻldirilgan taqdirda, malaka sertifikati egasiga avvalgi roʻyxatga olish raqami qoʻyilgan yangi malaka sertifikati beriladi. Ilgari berilgan rieltorning malaka sertifikati blanki Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Malaka sertifikati egasining pasportida koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan yoki pasporti almashtirilgan taqdirda, u 10 kunlik muddatda Davlat mulki qoʻmitasiga malaka sertifikatini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart, bunda arizaga qayta rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan sertifikatning asl nusxasi bilan birga tegishli oʻzgarishlarni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Malaka sertifikatining qayta rasmiylashtirilishi uning egasi tomonidan ariza berilgan paytdan boshlab 5 kun mobaynida amalga oshiriladi, bunda avvalgi raqam va ilgari belgilangan amal qilish muddati koʻrsatilgan malaka sertifikatining yangi blanki beriladi, ilgari berilgan malaka sertifikati blanki Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
40. Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikatining oʻrniga malaka sertifikati egasining arizasiga koʻra dublikat berilishi mumkin.
Malaka sertifikatining egasi malaka sertifikatining yoʻqolganligi haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon berishi va eʼlon nusxasini Davlat mulki qoʻmitasiga taqdim etishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Malaka sertifikati dublikatida uning avvalgi qayd etilgan raqami va ilgari belgilangan amal qilish muddati yoziladi, yangi blankning yuqori burchagida “Dublikat” yozuvi koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Yaroqsiz holga kelgan malaka sertifikati Davlat mulki qoʻmitasiga qaytarilishi va belgilangan tartibda yoʻq qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish va uni bekor qilish
42. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
malaka sertifikatiga ega boʻlgan shaxsning arizasi;
rieltor tomonidan rieltorlik xizmatlari koʻrsatish davomida olingan maʼlumotlar buyurtmachining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;
rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki martadan koʻp qonun hujjatlarini buzish sodir etilganligi;
malaka sertifikatini rieltorlik faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;
muayyan mansabni egallash yoki xoʻjalik sohasida muayyan faoliyat bilan shugʻullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;
fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish toʻgʻrisidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.
43. Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran tugatiladi.
Malaka sertifikatining amal qilishi ushbu Nizomning 42-bandi uchinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha tugatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil ichida Davlat mulki qoʻmitasiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Malaka sertifikatini bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi qarorining noqonuniyligi aniqlanganligi;
malaka sertifikatining qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganligi.
Malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror malaka sertifikati berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Malaka sertifikati ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos boʻyicha bekor qilingan shaxs malaka sertifikatini bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil ichida Davlat mulki qoʻmitasiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
45. Davlat mulki qoʻmitasining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinishi shart.
47. Davlat mulki qoʻmitasining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori 5 kunlik muddatda malaka sertifikatining egasiga va u shtatida turgan rieltorlik tashkilotiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish yoki uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror rieltor tomonidan olingan kundan boshlab 10 kun ichida sertifikat Davlat mulki qoʻmitasiga belgilangan tartibda yoʻq qilinishi uchun qaytarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. Malaka sertifikatiga ega rieltorlarning reyestrini yuritish
49. Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan malaka sertifikatiga ega boʻlgan rieltorlarning reyestri yuritiladi va unda quyidagi maʼlumotlar qayd etiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
malaka sertifikati olingan sana, uni olgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va imzosi;
pasport maʼlumotlari va yashash manzili;
ish joyi;
malaka sertifikatining hisobga olish seriyasi, raqami va berilgan sanasi;
malaka sertifikatining amal qilish muddati uzaytirilganligi, amal qilishi tugatilganligi, bekor qilinganligi, qayta rasmiylashtirilganligi hamda dublikat berilganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar.
VIII. Yakuniy qoida
50. Mazkur Nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha kelib chiquvchi barcha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
| |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga |
| |
|
|
| |
|
A R I Z A | |
| Menga rieltor malaka sertifikatini olish uchun / amal qilish muddatini uzaytirish uchun* malaka imtihonini topshirishimga ruxsat berishingizni soʻrayman. | |
| Arizaga quyidagilar ilova qilinadi: | |
| 1. ______________________________________________________ | |
| 2. ______________________________________________________ | |
| 3. ______________________________________________________ | |
| 4. ______________________________________________________ | |
| 5. ______________________________________________________ | |
20__ y. “____” _______________ |
|
| Shaxsiy imzo _______________ | |
* Kerakli soʻzlarning tagiga chizing.
Keyingi tahrirga qarang.
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
|
SOʻROVNOMA | ||||
| 1. Familiyasi:_____________________ | | | ||
| Ismi:____________________________ | | | ||
| Otasining ismi: __________________ |
Fotosurat oʻrni | |||
| 2. Tugʻilgan sanasi: _________________ | | | ||
|
(yili, kuni, oyi raqamlar bilan yoziladi) |
| | ||
| 3. Pasport: seriyasi _____________ raqami ___________________ | ||||
| Berilgan sanasi __________________________________________ | ||||
| Kim tomondan berilgan ___________________________________ | ||||
4. Maʼlumoti: ____________________________________________ | ||||
| |
(oʻquv yurti nomi) | |||
| Fakultet _______________________________________________ | ||||
| Tamomlagan yili ____________ diplom raqami _______________ | ||||
| Diplom boʻyicha mutaxassisligi _____________________________ | ||||
| Ilmiy darajasi, ilmiy unvoni ____________________________ | ||||
5. Mehnat daftarchasidan ish staji haqidagi maʼlumotlar*: | ||||
| T/r | Ishga kirish davri | Ishdan ketish vaqti | Ish joyi | Lavozimi |
|
1. |
| | | |
|
2. |
| | | |
|
3. |
| | | |
|
4. |
| | | |
|
5. |
| | | |
|
… |
| | | |
6. Yashash manzili: _________________________________________ | ||||
| 7. Bogʻlanish telefoni:______________ faks: __________________ | ||||
| | | (kodi, raqami) | | (kodi, raqami) |
| 8. Soʻrovnomani toʻldirish sanasi 20__ yil “___” _____________ | ||||
| | | Shaxsiy imzo __________________ | ||
* Ish staji mavjud boʻlsa toʻldiriladi.
Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi toʻgʻrisida nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
| |
|
|
|
| ||
|
_____________-sonli |
| |
| RIELTORNING MALAKA |
3 x 4 | |
|
SERTIFIKATI |
| |
Toshkent sh. ___________________ |
| |
|
(berilgan vaqti) |
| |
| Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish Davlat qoʻmitasi tomonidan ________________________________________________ | ||
| | (kimga — rieltorning F.I.O.) | |
| ________________________________________________________ | ||
|
(rieltorning malaka sertifikati berilgan sana va amal qilish muddati) | ||
| Pasport maʼlumotlari: ________________________________________ | ||
| | Vakolatli shaxs _________________________ | |
| | | (F.I.O.) |
|
Muhr oʻrni |
| __________________ |
| | |
(imzo) |
Rieltor malaka sertifikatining muddati “___” _________ 20___ y. dan | ||
| “___” __________ 20___ y.gacha uzaytirildi. | | |
Imzo |
__________________ |
|
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 252-modda; 2014-y., 13-son, 146-modda; 2017-y., 30-son, 748-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2018-y., 10/18/2236-3/0689-son, 08.06.2018-y., 10/18/2236-4/1329-son)