Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2014 10.06.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2235
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori, 10.06.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2235
Кучга кириш санаси
20.06.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.04.2014
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari haqidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 10-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2235]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2014-yil 11-martdagi 9, 3-sonli “Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2572, 07.04.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) muvofiq, bolalarning oromgohlarda dam olishi va sogʻlomlashtirilishini tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari haqidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri A. MARAXIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2011-yil 18-maydagi 15, 11-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari haqidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 9-son, 344-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasidagi bolalar sogʻlomlashtirish oromgohlari (bundan buyon matnda oromgoh deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom talablari kasaba uyushmasi qoʻmitasiga tashkilot tomonidan bepul foydalanish uchun berilgan oʻz balansida boʻlgan yoki ijaraga olingan oromgohlarga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oromgoh oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, ushbu Nizomga hamda oʻz ustaviga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oromgoh yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz ustaviga, mustaqil balansiga, bank hisob raqamiga, oʻz nomi yozilgan muhrga, yuridik manzili koʻrsatilgan shtamp va blankalarga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oromgoh davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda boshqa tashkilotlar (bundan buyon matnda balansda saqlovchi deb yuritiladi) tomonidan oromgohning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda loyiha asosida qurilgan oromgohlarda, pansionatlarda, dam olish uylarida, sanatoriy-profilaktoriylarda, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida, maktab-internatlarda, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda va boshqa taʼlim muassasalarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etiladi va roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oromgoh bir nechta balansda saqlovchi va kasaba uyushmalari organlarining birgalikdagi mablagʻlari asosida tashkil etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oromgoh 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning dam olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan maktabdan tashqari taʼlim muassasasi hisoblanadigan sogʻlomlashtirish muassasasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oromgohning asosiy vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar oromgohning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish, oʻquv-tarbiya ishlarini olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolaning jismoniy, intellektual, maʼnaviy va axloqiy kamol topishiga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolani Oʻzbekiston xalqining tarixiy va milliy anʼanalari va maʼnaviy qadriyatlar bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarni mehnatga ijobiy munosabatini tarbiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oromgoh oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar har tomonlama kamol topishlari va boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazishlari uchun imkoniyat yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola shaxsining rivojlanishi, uning qiziqishlari, iqtidorining rivojlanishi, mustaqil bilim olishi va ijodiy mehnat qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oromgohning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ehtiyojlarini oʻrganish va shunga muvofiq ularning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilgan toʻgaraklar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fan asoslari boʻyicha qoʻshimcha taʼlim berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarga sanʼat va hunarmandchilikning anʼanaviy milliy turlarini oʻrgatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qobiliyatli, iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning shaxsini rivojlantirishga qaratilgan musobaqalar, sayyohlik slyotlari, texnika va badiiy ijodkorlik hamda boshqa tadbirlarni tashkillashtirish va oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oromgohning faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oromgoh quyidagi turlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
statsionar turdagi oromgoh — moddiy-texnik bazasiga muvofiq balansda saqlovchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishgan holda shahardan tashqari, sanatoriya turi, sport sogʻlomlashtirish va dam olish koʻrinishida tashkil etiladigan oromgohdir;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kunduzgi oromgoh — xalq taʼlimi organlari tomonidan balansda saqlovchi va kasaba uyushmalari qoʻmitalari bilan kelishgan holda taʼlim muassasalarida va boshqa moslashtirilgan muassasalar negizida tashkil etiladigan oromgohdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oromgohda bolalarning yoshi va qiziqishlarini hisobga olgan holda guruhlar tuziladi. Guruhlardagi bolalar soni 7 — 9 yoshdagi oʻquvchilar uchun 30 nafardan, 10 — 14 yoshdagi oʻquvchilar uchun 40 nafardan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bolalarni oromgohda sogʻlomlashtirish muddatlari Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Rayosati tomonidan moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda hududiy sogʻliqni saqlash organlarining tavsiyalari va tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olib belgilanadi. Bunda yozgi mavsum davrida 10 kundan, kuzgi va qishki mavsum davrida 7 kundan kam boʻlmagan muddatni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bolalar oromgohlarga yoʻllanma asosida yuboriladilar. Bunda oromgohga yoʻllanma bolalarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (bundan buyon matnda ota-onalar deb yuritiladi) tomonidan toʻlangan mablagʻlar asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bolalarni oromgohga qabul qilish tegishli tuman (shahar) hokimliklari huzurida tashkil etiladigan maxsus komissiya tomonidan ushbu oromgoh faoliyat yuritishga tayyorligi haqidagi tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilganidan hamda shtatlar jadvaliga muvofiq xodimlar bilan toʻla taʼminlanganidan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oromgohni boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oromgoh faoliyatiga rahbarlik qilish balansda saqlovchining buyrugʻi bilan tasdiqlanadigan boshliq tomonidan amalga oshiriladi. Oromgoh boshligʻiga nomzod balansda saqlovchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan birgalikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oromgoh boshligʻi oʻz faoliyatini Xalq taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflarida (roʻyxat raqami 1541, 2006-yil 18-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 3-son, 20-modda) belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oromgoh xodimlarining shtatlar jadvali balansda saqlovchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan birgalikda oromgohdagi bolalarning sigʻimi quvvatidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi va balansda saqlovchi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oromgoh faoliyatiga jalb etiladigan xodimlar oromgoh boshligʻining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oromgohning tibbiyot xodimlari (bolalar shifokori va tibbiy hamshira (feldsher) tegishli sogʻliqni saqlash organlari bilan kelishgan holda ishga qabul qilinadi. Tibbiyot xodimlari oromgoh rahbariyati bilan birgalikda bolalarning hayoti, sogʻligʻi va jismoniy rivojlanishi, belgilangan tartibda mavsum davomida davolash-profilaktika ishlarini olib borishi, sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya qilinishi, ovqatlanishini tashkil etish uchun masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Statsionar turdagi oromgoh xodimlari uchun yashash va ovqatlanish bepul amalga oshiriladi va buning uchun sarflanadigan xarajatlar balansda saqlovchi hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oromgohni moliyalashtirish va hisobot berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Statsionar turdagi oromgohni taʼminlash (binolari va inshootlarini taʼmirlash, isitish, yoritish, tozalash, qoʻriqlash, suv taʼminoti, kanalizatsiya, jihozlash, telefon aloqasi, madaniy va sport asbob-uskunalari bilan taʼminlash, tibbiyot punktini talablarga muvofiq jihozlash, bank xizmatlari, yoqilgʻi va oziq-ovqat mahsulotlarini keltirish, shuningdek farroshlar, qorovullar hamda oromgoh binolari va inshootlariga texnik xizmat koʻrsatuvchi boshqa xodimlarning ish haqi hamda profilaktik dezinfeksiya uchun xarajatlar) balansda saqlovchi hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar oromgoh bir nechta balansda saqlovchilarning hamkorligida tashkil etilgan boʻlsa, ushbu bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan xarajatlar oromgohni tashkil etishda ishtirok etgan tashkilotlar tomonidan oromgohga sogʻlomlashtirish uchun joʻnatilgan bolalarning soniga mutanosib ravishda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kunduzgi oromgohlarni taʼminlash, bolalarni sogʻlomlashtirish, tarbiyaviy ishlarni oʻtkazish, xodimlarning ish haqi, ovqatlanishi uchun zarur boʻlgan moddiy baza bilan taʼminlash balansda saqlovchi va tegishli xalq taʼlimi organlari tomonidan kasaba uyushmasi organi bilan kelishgan holda bolani oromgohda taʼminlash boʻyicha xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bolalarni oromgohda saqlash xarajatlari balansda saqlovchi, ijtimoiy sugʻurta mablagʻlari, kasaba uyushmasi budjeti mablagʻlari, ota-onalar yoʻllanma uchun toʻlagan mablagʻlar, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Balansda saqlovchi bolalarni oromgohda tasdiqlangan normativlardan ziyod taʼminlanishini tashkillashtirishi mumkin. Bunda bolalar oromgohda tasdiqlangan normativlardan ziyod boʻlishi va taʼminlanishi bilan bogʻliq xarajatlar, shu jumladan, bolalarning ovqatlanishi, davolanishi, oromgoh xodimlarining ish haqi uchun qoʻshimcha mablagʻ ajratishi va boshqa xarajatlar balansda saqlovchi tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oromgohning buxgalteriya hisobi va hisoboti qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Balansda saqlovchilar va kasaba uyushmalari qoʻmitalari muntazam ravishda, lekin mavsum davomida kamida bir marta oromgohning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati ahvolini tekshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Oromgohda mavsum tugashi bilan balansda saqlovchilar va kasaba uyushmalari qoʻmitalari tomonidan uning moliyaviy-xoʻjalik faoliyati taftish qilinadi va mulki xatlov (inventarizatsiya)dan oʻtkaziladi. Taftish va xatlov natijalari boʻyicha tuzilgan dalolatnomalar, bayonnomalar, qaydnomalar, moliyaviy hisobotlar, shuningdek oromgohning faoliyati haqidagi hisobotlar kasaba uyushmasi qoʻmitasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kasaba uyushma qoʻmitasi oromgohning faoliyati haqidagi hisobotni maʼlumot uchun balansda saqlovchiga, moliyaviy hisobotni esa umumlashtirish uchun yuqori turuvchi kasaba uyushmasi organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Oromgohni qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri R. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 18-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 18-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 18-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 251-modda)