Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2018 19.03.2008 yildagi 53-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2018
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 % LI KALSIY XLORID INʼEKSION ERITMASINI VETERINARIYADA QOʻLLASh BOʻYIChA QOʻLLANMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining 2018-yil 15-yanvardagi 7-sonli “10 % li kalsiy xlorid inyeksion eritmasini veterinariyada qoʻllash boʻyicha qoʻllanmani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli bayoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “10 % li kalsiy xlorid inyeksion eritmasini veterinariyada qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2007-yil 17-avgustda tasdiqlangan “10 % li kalsiy xlorid inyeksion eritmasini veterinariyada qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq v.v.b. M. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-son

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 53-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 % li kalsiy xlorid inyeksion eritmasini veterinariyada qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QoʻllanmA

I. Umumiy maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 10% li kalsiy xlorid eritmasi 10ml li flakonlarga yoki 100, 200 va 400 ml li qon va qon oʻrnini bosadigan moddalarga moʻljallangan shisha butilkalarga qadoqlangan rangsiz, tiniq suyuqlikdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Butilkalarda TSh 64-15368831-06:2007 ning 1.4.1 bandi talablariga muvofiq ravishda etiketka boʻlishi kerak. Preparat oʻrab joylashtirilgan gofrirlangan karton yashiklarda TSh 64-15368831-06:2007 ning 1.4.2 bandi talablariga muvofiq ravishda etiketka boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Shikastlangan flakonlar va butilkalardan foydalanish ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dorivor preparatning yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilingan taqdirda (plyus 25°S gacha haroratda) ishlab chiqarilgan kundan boshlab besh yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II.Farmokologik xossalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kalsiy xloridning rezorbtiv taʼsiri yurak qisqarishlarinint tezlashuvi va sekinlashuvida namoyon boʻladi. Qonning quyulish xususiyati sezilarli oshadi. Qon tomirlari devorlari zichlanib, shu bilan ularning alohidaligi kuchayadi, kalsiy xlorid shishlarning rivojlanishini oldini oladi. Kalsiy xlorid markaziy asab tizimi qoʻzgʻalishini bosadi. Simpatik innervatsiyaning kuchli taʼsiri, retikuloendotelial tizimning faollashuvi va leykotsitlarning fagotsitar funksiyasining kuchayishi hisobiga preparat yalligʻlanishga qarshi taʼsir qiladi. Kalsiy xlorid oʻrtacha davolash dozalarida qon tomiri orqali yuborilsa diurezni koʻtaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 10% li kalsiy xlorid eritmasidan yalligʻlanish shishlari, abort (nasl tushishi)ni oldini olish, bachadon va tugʻish yoʻllari yalligʻlanishida, shuningdek ushlanib qolingan yoʻldoshni ajratib tushirishda; taʼsirchan davolash vositasida tetaiiyada, spazmofiliyada, osteopatiyaning turli shakllarida, allergik holatlarda va jigarning zaharlanib zararlanishida, eshak emi va bezgak kasalliklarida, septikopiyemiya va sigirlardagi tugʻish parezida, ichki qon ketishida qon toʻxtatuvchi sifatida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparat hayvonlarga quyidagi dozalarda (g larda) qon tomiri orqali yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
otlarga: 5,0—30,0;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yirik shoxli mollarga: 10,0—40,0;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mayda shoxli mollarga: 1,0—15,0.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hayvonlar veterinar vrachning doimiy kuzatuvida boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar preparat tomir orqali quyilayotganda eritmaning bir qismi perivaskulyar fazoga tushsa, ushbu joylarda yalligʻlanish boshlanib, qattiq, uzoq ketmaydigan shishlar paydo buladi. Salbiy taʼsirni kamaytirish uchun kalsiy xlorid inyeksiyasi kiritilgan joyning atrofidagi bir nechta joydan katta miqdorda natriy xlorid izotonik eritmasi yoki kam miqdordagi (5—15 ml) 10% li natriy sulfat eritmasi kiritiladi. Natriy sulfat ziyod boʻlib ketsa, u ham yalligʻlantirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Preparat hayvonlarga kiritilgandan soʻng, yirik shoxli mollar goʻshti va sutini, qoʻyning goʻshtini 7 kun davomida isteʼmol qilish ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Maxsus ehtiyotkorlik choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Preparat qoʻllanilayotgan paytda dorivor veterinariya preparatlari bilan ishlashning shaxsiy gigiyena va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Noroziliklarni bayon etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.