Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2022 14.06.2011 yildagi 174-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2022
Hujjat 14.06.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DAFN ETIShGA NAFAQA TAYINLASh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 89-sonli “Oʻlimni qayd qilish bilan bogʻliq kompozit davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-iyuldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida” 2010-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-276-son Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dafn etishga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Dafn etish va dafn ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq dafn etishga nafaqa (keyingi oʻrinlarda nafaqa deb ataladi) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nafaqa marhumning eriga (xotiniga), ota-onasiga, farzandlariga va boshqa qarindoshlariga yoki marhumning qonuniy vakiliga, bunday shaxs boʻlmagan taqdirda esa — dafnni amalga oshirish majburiyatini zimmasiga olgan boshqa shaxsga tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom maqsadlari uchun quyidagi atamalar va taʼriflardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs — marhumning eri (xotini), ota-onasi, farzandlari va boshqa qarindoshlari yoki qonuniy vakili, bunday shaxslar boʻlmagan taqdirda esa — dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan boshqa jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim — ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan mehnat munosabatlari subyekti, shu jumladan ishlaydigan pensioner yoki davlat ijtimoiy nafaqasi oluvchi ishlovchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bilan band shaxs — oʻzini mustaqil ravishda ish bilan taʼminlagan jismoniy shaxs, tadbirkor, shu jumladan yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanadigan, yordamchi va dehqon xoʻjaligida ish bilan band boʻlgan, bevosita mol oʻstirish, chorvachilik hamda boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va sotishni amalga oshiradigan tadbirkor, koʻrsatib oʻtilgan toifadagi fuqarolarning ishlab chiqarishda qatnashuvchi oila aʼzosi, shuningdek oilaviy tadbirkorlik subyekti va hunarmand;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish bilan band boʻlmagan shaxs — qonun hujjatlariga muvofiq ishsiz sifatida rasman roʻyxatdan oʻtkazilgan mehnatga layoqatli yoshdagi jismoniy shaxs, shuningdek haq toʻlanadigan ishga yoki mashgʻulotga ega boʻlmagan vaqtincha ish bilan band boʻlmagan mehnatga layoqatli shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim oluvchi — qonun hujjatlariga muvofiq umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy yoki oliy taʼlimdan keyingi maʼlumotga ega boʻlish maqsadida taʼlim muassasasida oʻqiyotgan, ishlovchi hisoblanmaydigan jismoniy shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola — mehnatga layoqatli yoshda boʻlmagan, taʼlim oluvchi hisoblanmaydigan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning ayrim toifalari — qonun hujjatlariga muvofiq toʻliq yoki qisman davlat taʼminotidagi (“Mehribonlik”, “Saxovat”, “Muruvvat” uylaridagi, jazoni oʻtash joylarida va hokazolardagi) jismoniy shaxslar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning qaramogʻidagi oila aʼzosi — “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasida tilga olingan xodimning qaramogʻida boʻlgan mehnatga layoqatsiz oila aʼzosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizom marhum harbiy xizmatchilarga, harbiy yigʻinlarga chaqirilgan fuqarolarga, ichki ishlar organlarining harbiy xizmatni oʻtashda (harbiy yigʻinlar), ichki ishlar organlaridagi xizmatni oʻtashda vafot etgan xodimlariga yoki tinch davrda jarohat (yaralanish, jarohat, kontuziya) natijasida vafot etgan xodimlariga, shuningdek xizmatda boʻlishning cheklangan yoshiga toʻlgandan keyin, salomatligining holatiga koʻra yoxud tashkiliy-shtat tadbirlari munosabati bilan harbiy xizmatdan yoki ichki ishlar organlaridagi xizmatdan boʻshatilgan marhum fuqarolarga nisbatan qoʻllanilmaydi. Ularni dafn etish marhum harbiy xizmatni (harbiy yigʻinlarni) oʻtagan, ichki ishlar organlarida xizmat qilgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Nafaqa tayinlash va toʻlashning umumiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Nafaqa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) davlat pensiyasi oluvchi pensioner;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat ijtimoiy nafaqasi oluvchi fuqaro;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xodim yoki uning qaramogʻidagi oila aʼzosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etganda yoki oʻlik bola tugʻilganda (perinatal oʻlim);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ish bilan band boʻlgan yoki band boʻlmagan shaxs, fuqarolarning ayrim toifalariga tegishli boʻlgan shaxs yoki bola vafot etgan taqdirda tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b”, “g” va “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda nafaqa Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi deb ataladi) tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom 5-bandining “v” kichik bandida koʻrsatilgan shaxs vafot etganda nafaqa korxona, muassasa yoki tashkilot (keyingi oʻrinlarda tashkilot deb ataladi) tomonidan mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs nafaqa olish huquqiga ega boʻladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan yuridik shaxslarga nafaqa toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Nafaqa uchun unga boʻlgan huquq yuzaga kelgandan keyin 6 oy mobaynida murojaat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ishlamaydigan pensioner vafot etgan taqdirda zimmasiga dafn etish majburiyatini olgan shaxsga “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 63-moddasida belgilangan miqdorda nafaqa toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu Nizomning 5-bandi “b”, “v”, “g” va “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxsga eng kam oylik ish haqining uch baravari miqdorida nafaqa toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nafaqa miqdori oʻlim sodir boʻlgan kundagi, asosli sabablarga koʻra (marhumni qidirish, jasadni xorijiy davlat hududidan olib kelish va boshqalar) marhum oʻlim aniqlangan kundan kech dafn etilgan hollarda — ushbu holatni tasdiqlaydigan hujjatlar asosida dafn etish kunida marhumning pensiyasi yoki belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ish haqiga tuman koeffitsiyenti belgilangan tumanlarda va joylarda nafaqa miqdori tuman koeffitsiyentlari hisobga olinmasdan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Xodim yoki uning qaramogʻidagi oila aʼzosi vafot etgan taqdirda nafaqa uni tayinlagan tashkilot tomonidan toʻlanadi, keyinchalik koʻrsatib oʻtilgan sarf-xarajatlar qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Nafaqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishonchnoma boʻyicha toʻlanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b” va “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza marhumning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlik bola tugʻilganda yoki bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etgan taqdirda (perinatal oʻlim) nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxsning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxsning quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda berilgan arizasi nafaqa toʻlash uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FHDY organi tomonidan berilgan oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi va oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning asl nusxasi. Oʻlik bola tugʻilganda yoki bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etgan taqdirda (perinatal oʻlim) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning asl nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchining pasporti nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻlik bola tugʻilganda yoki bola hayotining birinchi haftasi mobaynida vafot etgan taqdirda perinatal oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma belgilangan tartibda ikki nusxada rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda murojaat qilingan kunda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizom 5-bandining “a”, “b”, “g” va “d” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar vafot etgan kundan boshlab 6 oy oʻtgandan keyin nafaqa uchun murojaat qilinganda;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi murojaat qilingan kunda, rad etish sabablari va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi koʻrsatilgan, ariza beruvchi taqdim etgan barcha hujjatlarning asl nusxalari ilova qilingan holdagi bildirishnomani ariza beruvchining qoʻliga beradi yoki unga pochta orqali joʻnatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ariza beruvchi nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan bevosita sudga yoki Pensiya jamgʻarmasi boʻlimining yuqori organiga shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza va nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi qaror taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birgalikda nafaqa oluvchining alohida hujjatlar yigʻmajildida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Nafaqani toʻlash pensiya tayinlash toʻgʻrisida murojaat qilgan ariza beruvchi yashaydigan joydagi “Oʻzbekiston pochtasi” OAJ pochta aloqasining obyektlari operatorlari va provayderlari (keyingi oʻrinlarda pochtaning tarkibiy boʻlinmalari deb ataladi) orqali Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir toʻlov oyi boshida oʻtgan oy uchun nafaqa turi boʻyicha toʻlangan mablagʻlar umumiy summasidan kam boʻlmagan miqdordagi nafaqa toʻlash uchun zarur mablagʻlarni pochtaning tegishli tarkibiy boʻlinmalari depozit hisob raqamlariga moliyalashtirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi murojaat qilgan kunda nafaqa toʻlashga vedomost va reyestrni rasmiylashtirish hamda ariza beruvchiga nafaqa toʻlashni amalga oshirish uchun ularni pochtaning tegishli tarkibiy boʻlinmasiga taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov oyidan keyingi oyning 7-kunidan kechikmay pochtaning tarkibiy boʻlinmasi va Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi amalda toʻlangan mablagʻlar summasi va nafaqa oluvchilar soni toʻgʻrisida taqqoslash dalolatnomasini tuzadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Pochtaning tarkibiy boʻlinmasi tomonidan nafaqa Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan taqdim etilgan vedomost va ariza beruvchining pasporti asosida naqd pul mablagʻlari bilan toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Pochtaning tarkibiy boʻlinmalari nafaqani Pensiya jamgʻarmasi boʻlimlaridan olingan vedomostlarga qatʼiyan muvofiq ravishda hamda tijorat banklarining xizmat koʻrsatuvchi filiallaridan olingan naqd pul mablagʻlaridan oʻzi joylashgan joy boʻyicha tasdiqlangan buyurtmanomalarga muvofiq toʻlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Tashkilot tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Xodim yoki uning qaramogʻidagi oila aʼzosi vafot etgan taqdirda nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza tashkilot maʼmuriyatiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Nafaqa xodimning asosiy ish joyi boʻyicha tashkilotning ijtimoiy sugʻurta komissiyasi (keyingi oʻrinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan tayinlanadi. Komissiyaning tarkibi va raisi tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Komissiyalar boʻlmagan tashkilotlarda nafaqa tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan bunday vakolat berilgan shaxs tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Marhumni dafn etish majburiyatini zimmasiga olgan shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar ilova qilingan holda berilgan ariza nafaqa tayinlash uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda FHDY organi tomonidan berilgan oʻlim toʻgʻrisidagi guvohnoma nusxasi va oʻlim toʻgʻrisidagi maʼlumotnomaning asl nusxasi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xodimning qaramogʻidagi oila aʼzosi vafot etgan taqdirda — fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi maʼlumotnomasi yoki marhumning xodim bilan qarindoshligi darajasini tasdiqlaydigan hujjat (tugʻilish haqidagi guvohnoma, nikoh toʻgʻrisidagi guvohnoma va boshqalar);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ariza beruvchi pasportining nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nafaqa barcha zarur hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda murojaat qilingan kunda tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish quyidagi hollarda rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning yoki uning qaramogʻidagi oila aʼzosining vafotidan 6 oy oʻtgandan keyin murojaat qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 31-bandida koʻrsatilgan barcha zarur hujjatlar taqdim etilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish komissiyaning protokol qarori yoki tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan bunday vakolat berilgan shaxsning qarori bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Nafaqa tayinlash rad etilgan taqdirda korxona rad etish sabablarini va qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibini koʻrsatgan, ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan barcha hujjatlarning asl nusxalarini ilova qilgan holda bildirishnomani ariza beruvchining qoʻliga beradi yoki unga pochta orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Nafaqa tayinlash yoki nafaqa tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror yuzasidan ariza beruvchi bevosita sudga yoki Pensiya jamgʻarmasining hududiy boʻlimiga yoxud, mavjud boʻlsa, yuqori organiga shikoyat qilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Tashkilot qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish) nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan shaxsga ushbu Nizomga muvofiq nafaqa tayinlash va toʻlash tashkilotning huquqiy vorisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Tashkilotda, uning rahbariyati tasdiqlaganidek, mablagʻlar yoʻqligi yoki yetarli emasligi tufayli nafaqa toʻlash mumkin boʻlmagan, shuningdek nafaqa tayinlash uchun murojaat qilingan muddat mobaynida tashkilot tugatilgan taqdirda nafaqa Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Tashkilot tomonidan nafaqa vedomost va ariza beruvchining pasporti asosida naqd pul mablagʻlari bilan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Tashkilotning bosh (katta) buxgalteri komissiya bilan bir qatorda nafaqa toʻlashga mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi yuzasidan javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza va nafaqa tayinlash haqidagi qaror taqdim etilgan barcha hujjatlar bilan birgalikda tashkilot buxgalteriyasida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Nafaqaga soliq solinmaydi va undan ushlab qolinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Nafaqaning asossiz va noqonuniy toʻlanishi holatlari aniqlangan taqdirda ariza beruvchiga toʻlangan nafaqa summasi sud tartibida undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Tijorat banklarining pochtaning tegishli tarkibiy boʻlinmalariga va tashkilotlarga xizmat koʻrsatuvchi filiallari ularni nafaqa toʻlash uchun zarur boʻlgan naqd pul mablagʻlari bilan oʻz vaqtida taʼminlash boʻyicha barcha choralarni koʻrishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Nafaqalarni toʻlash va yetkazib berish boʻyicha xarajatlarni (bank xizmatlari uchun tashkilot xarajatlari hisobga olinmagan holda) moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Nafaqa olish huquqiga ega boʻlgan shaxs vafot etgan taqdirda olinmay qolgan nafaqa summasi meros tarkibiga kiritilmaydi va ota-onaga, eriga (xotiniga), shuningdek nafaqa oluvchi vafot etgan kunda u bilan birgalikda yashagan oila aʼzolariga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa tayinlash va toʻlash, ushbu Nizomning III boʻlimiga muvofiq, nafaqa oluvchi marhumning yashash joyidagi Pensiya jamgʻarmasi boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha shaxs murojaat qilgan taqdirda ularga tegishli boʻlgan nafaqa summasi ular oʻrtasida teng taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan summa nafaqa yuzasidan nafaqa oluvchi marhumning vafotidan keyin 6 oydan kechikmay murojaat qilingan taqdirda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi 171-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 4-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarining 133-bandidagi “sugʻurta kassasiga” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar va dehqon xoʻjaligi aʼzolarini davlat tomonidan ijtimoiy sugʻurtalash toʻgʻrisida” 2001-yil 24-avgustdagi 351-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 8-son, 50-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarning mehnat stajini hisobga olish va ularning budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga badallar ajratishi tartibida (1-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Tadbirkor budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan taqdirda “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovadagi “Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha toʻlangan toʻlovlar toʻgʻrisida maʼlumotlar (Dafn etish uchun nafaqa)” ustuni chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Dehqon xoʻjaligi aʼzolarini ijtimoiy sugʻurtalash va ularning ijtimoiy taʼminoti toʻgʻrisidagi nizomda (2-ilova):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Dehqon xoʻjaligi aʼzosi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlagan taqdirda “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq pensiya bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-ilovadagi “Ijtimoiy sugʻurta boʻyicha toʻlangan toʻlovlar toʻgʻrisida maʼlumotlar (Dafn etish uchun nafaqa)” ustuni chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 8-bandi “v” kichik bandining toʻrtinchi xatboshidagi “hamda dafn marosimi nafaqalarini” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-iyundagi 174-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Keksalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolar, nogiron bolalar va bolalikdan nogironlarning dafn marosimi uchun bir yoʻla beriladigan nafaqalar toʻgʻrisida” 2002-yil 1-maydagi 149-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 22-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1251-son hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)” 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga 1-ilovaning 24-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 3-son, 12-modda).
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 24-son, 249-modda; 2015-y., 1-son, 4-modda; 2016-y., 8-son, 77-modda, 50-son, 566-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.09.2018-y., 09/18/766/1964-son, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son; 23.05.2020-y., 09/20/327/0651-son; 08.07.2020-y., 09/20/429/1039-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)