Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
buyrugʻi
ITLARNI GIJJASIZLANTIRIShDA DRONTAL-PLYUS PREPARATINI QOʻLLASh BOʻYIChA QOʻLLANMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli bayoniga muvofiq buyuraman:
1. “Itlarni gijjasizlantirish Drontal-plyus preparatini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2005-yil 14-iyunda tasdiqlangan “Itlarni gijjasizlantirishda Drontal-plyus preparatini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Boshliq v.v.b. M. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-mart,
51-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 51-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
“TASDIQLANGAN”
Itlarni gijjasizlantirishda Drontal-plyus preparatini qoʻllash boʻyicha
Qoʻllanma
I. Umumiy maʼlumotlar
1. Drontal-plyus (drontal-plus) — itlar uchun antigelmintik. Preparatning 1 ta tabletkasi tarkibi 50 mg prazikvantel, 144 mg pirantelembonat va 150 mg febantellardan iborat.
2. Drontal-plyus tabletkalari och-sariq rangda boʻlib, uni teng toʻrt qismga ajratuvchi ikkita oʻyiq chiziqqa ega. Blistyerlarda 6 ta tabletkadan chiqariladi. Blister oq rangli, yozuv va rasmlari esa zargʻaldoq rangda bajariladi.
3. Preparat zavod oʻramlarida bolalar qoʻli yetmaydigan quruq va salqin joyda +8 dan +20°S gacha haroratda saqlanadi.
4. Preparatning yaroqlilik muddati ochilmagan oʻramda 5 yil.
II. Farmakologik xususiyatlari
5. Drontal-plyus yumaloq va yapaloq gijjalarga nisbatan taʼsirchan. Prazikvantel it ichaklaridagi barcha tsestod, pirantelembonat va febantel — nematodlarni yoʻqotadi.
III. Qoʻllash tartibi
6. Preparat itlarga dumaloq va yapaloq gijjalarga qarshi profilaktik hamda terapevtik ishlov berishda qoʻllaniladi.
7. Ozuqa bilan yoki zoʻrlab beriladi. Preparat qabul qilishdan avval ochlik diyetalari talab etilmaydi.
Dozirovkasi: 1 tabletkadan 10 kg itning tirik vazniga.
Preparat quyidagi jadval boʻyicha dozalanadi, 1 kursida bir marta beriladi:
|
Itlarning kattaligi |
It ogʻirligi (kg) |
Tabletkalardagi dozasi |
| Laycha va kichik kuchuklar | 0,5-2 | 1/4 |
| | 2-5 | 1/2 |
| | 5-10 | 1 |
| Oʻrtacha | 10-20 | 2 |
| | 20-30 | 3 |
| Yirik | 30-40 | 4 |
8. Qoʻllash muddati:
a) 6 oygacha boʻlgan kuchuklarga
| Davolanish kursi | Laychalar yoshi |
| 1 | 2 haftalik |
| 2 | 4 haftalik |
| 3 | 8 haftalik |
| 4 | 12 haftalik |
| 5 | 4 oylik |
| 6 | 5 oylik |
| 7 | 6 oylik |
b) katta yoshdagi itlar
har 3 oyda, yaʼni yiliga 4 marotaba;
parazitning yashash davriyligiga muvofiq (preparat davri boʻyicha) qayta yuqtirish darajasiga koʻra;
urgʻochi itlarni qochirishdan avval hamda bolalashdan 10 kun oldin qoʻllaniladi (kurs davomiyligi laycha itlarnikidek).
9. Preparatni qoʻllashga qarshi koʻrsatmalar mavjud emas. Qoʻshimcha asoratlar aniqlanmagan. Drontal-plyus shuningdek qari va holsizlangan hayvonlarga ham qoʻllanilishi mumkin.
Preparat qoʻllanilayotganda itlarga piperazin berish tavsiya etilmaydi.
V. Noroziliklarni bayon etish tartibi
10. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1-a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.