Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VETERINARIYA TADBIRLARI UCHUN QOʻLLANILADIGAN MIKROORGANIZMLAR VA VIRUSLAR SHTAMMLARI, HAYVONOT VA OʻSIMLIKLARGA MANSUB TOKSINLAR HAMDA ZAHARLARNI SAQLASH, ISHLATISH, SHUNINGDEK BIR TASHKILOTDAN BOSHQA TASHKILOTLARGA BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2232]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 335-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Z. ROʻZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2011-yil 18-maydagi 81-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 335-modda) muvofiq veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish hamda ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni (bundan buyon matnda mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar deb yuritiladi) saqlash va ishlatish bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar patogen faolligi boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan I, II va III guruhdagi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilarga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotlarning mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash, ishlatish hamda boshqa tashkilotlarga berish borasidagi ishlarini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash hamda ishlatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotlar tomonidan mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash, ishlatish hamda ularning faolligini bir maromda boʻlishini taʼminlash va yangilash, shuningdek boshqa tashkilotlarga berish veterinariya-sanitariya talablariga qatʼiy rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruhga kiruvchi odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan (zooantroponoz) kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash, ishlatish va ularning faolligini bir maromda boʻlishini taʼminlash va yangilash, shuningdek boshqa tashkilotlarga berishda sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena normativlariga rioya etish talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash hamda ishlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodimlar roʻyxati tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash hamda ishlatish mehnat muhofazasi toʻliq taʼminlangan bino va inshootlarning maxsus xonalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni ishlatuvchi tashkilotlarda, ushbu qoʻzgʻatuvchilarni saqlash uchun maxsus xona tashkil etishning imkoni mavjud boʻlmaganda, ularni saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tirik vaksinalar, ozuqa muhitlari, hujayra va toʻqima kulturalarini tayyorlovchi tashkilotlarning yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilari kolleksiyasiga ega boʻlishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mikroorganizmlar shtammlari oʻta qulay sharoitlarda, ularni maksimal uzoq yashovchanligini taʼminlovchi konservatsiyalangan yoki liofillangan holda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash xonalari tovush va yorugʻlik signalizatsiyalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash joylari, harorati –20oS dan –60oS gacha boʻlgan maxsus muzlatgich kameralari va takrorlovchi muzlatgich agregatlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mikroorganizmlar shtammlari noyob, etalon va ishlab chiqarish shtammlari tozaligini saqlash va boshqa kasalliklar qoʻzgʻatuvchilari bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida quyidagilarga rioya etish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xonada va bioxavfsizlik shkafda bitta mikroorganizm shtammi bilan ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish boshlashdan oldin va ish tugagandan soʻng asbob-uskunalar, xalatlar, qalpoq (roʻmol) va poyabzallarni sterillashdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararlangan ozuqa muhitlari, hujayra va toʻqima kulturalari hamda zararlangan embrionlarlarni flakonlarga va probirkalarga yigʻish hamda rezina tiqin bilan berkitish, idishlarni puxtalik bilan raqamlab, ularni mikroorganizm shtammi nomi, tartib va passaj raqamlari, qabul qilingan sanasi tushirilgan hamda zararsizlantirish sanasi aniq yozilgan yorliq bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻilgan materiallarni boshqa kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizm shtammlari yoʻqligi va yuquvchanlik faolligiga koʻra tekshiruvdan oʻtkazish, shundan soʻng uzoq muddat saqlash uchun material bilan liofillash. Bunda liofillashga qadar yigʻilgan materiallar muhrlangan sovuqxonada 0 — 4 °C gacha boʻlgan haroratda saqlanadi (liofillashdan oldin shtammlar bir meʼyorda saqlovchi moddalar bilan birlashtiriladi va ampulalarga 0,5 dan 1,0 sm3 gacha hajmda qadoqlanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroorganizm shtammlari solingan ampula, probirka va flakonlar kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi shtamm turining nomi, seriya va passaj raqamlari hamda liofillash sanasi aniq tushirilgan yorliqlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroorganizm shtammlarini liofillash ishlarini ularning quritishdan oldin va keyin zararsizlantirilishi mumkin boʻlgan moslamalarda oʻtkazish. Bunda bir moslamada bir vaqtda bitta mikroorganizm shtammini quritishga ruxsat etiladi. Ampulalarni kavsharlash vakuum orqali yoki vakuumsiz oʻtkaziladi, inson uchun oʻta xavfli mikroorganizm shtammlari bundan mustasno, bunday shtammlar solingan ampulalar vakuumsiz yoki suyuq azot bilan kavsharlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liofillangan materiallar solingan vakuum ostida kavsharlangan ampulalarni vakuum holatiga, qoldiq namlikka va yuquvchanlik faolligiga koʻra tekshiruvdan oʻtkazish. Bunda tekshirishdan soʻng ampulalar karton qutilarga va chuqurchali yoki gʻaladonli metall konteynerlarga taxlanadi, soʻngra ular harorati –20oS dan –60oS gacha boʻlgan maxsus muzlatgich kameralariga joylanib, ushbu kameralar muhrlanadi. Barcha ampulalarning qatʼiy hisobi yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yangilangan va liofillab quritilgan mikroorganizm shtammlari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ularning barcha asosiy xususiyatlari aks ettirilgan shtamm pasporti bilan birga tashkilotning laboratoriyasi (maxsus xonasi)da saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Laboratoriya (maxsus xona)larda mikroorganizm shtammlarining saqlanishini nazorat qilish maqsadida, ularning faolligi muntazam ravishda tekshiruvdan oʻtkazib turiladi. Bunda tekshirish muddatlari kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining oʻziga xos biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Yuquvchanlik darajasining sezilarli pasayishida (10-1 va 10-2 gacha) mikroorganizm shtammlarining faolligi sezgir hayvonlarga passaj qilish yoʻli bilan tiklanadi, soʻngra ushbu shtammlar liofillanadi va saqlashga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. I va II guruhga kiruvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash hamda ishlatish bilan shugʻullanmaydigan tashkilotlar tomonidan ushbu kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar aniqlanganda, ular bir oy muddatda Oʻzbekiston veterinariya ilmiy-tadqiqot institutiga topshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotning ichida berish va topshirish ushbu tashkilot rahbarining yoki uning oʻrinbosarining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar yopiq va tashish uchun moslashtirilgan metall konteynerlar va gʻaladonlarda tashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berish, tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va gerbli muhr bosilgan rasmiy talabnoma va ishonchnoma mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar ligninga yoki gigroskopik paxtaga oʻralgan va metall gʻaladonlarga joylangan ampula, probirka va flakonlarda beriladi. Bunda metall gʻaladonlar plombalanib, surgʻuchli muhr bosilgan hamda yogʻoch qutiga joylangan boʻlishi lozim. III guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar karton yoki yogʻoch qutilarda, maxsus sinmaydigan gʻaladonlarga joylangan ampula, probirka va flakonlarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berish kuzatuvchi orqali maxsus ajratilgan transportda tashish orqali ruxsat etiladi. Uzoq masofalarga poyezd bilan tashish ikki nafar veterinariya yoki tibbiyot vrachi kuzatuvida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar hamda attenuatsiyalangan (kuchsizlantirilgan) vaksina shtammlari kuzatuvchi orqali ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha shartlarga qatʼiy rioya etilgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar tashkilotdan tashqariga kavsharlangan ampula, probirka yoki flakonlarda liofil quritilgan holatda, shuningdek nativ (aralashmalarsiz) holatda berkitilgan probirka yoki flakonlarda beriladi. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarning nativ shtammlari muz, quruq muz solingan termosda, termojomadonda yoki suyuq azotli Dyuar idishlarida tashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tirik va kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlardan tashkil topgan tez buziladigan biologik moddalar shisha flakonlarga yoki yaxshilab berkitilgan qalin shisha nayga yoki kavsharlangan ampulaga solingan holda beriladi. Bunda, idish germetik berkitilgan boʻlishi zarur. U bir necha marta qalin singdiruvchi mato (gigroskopik paxta, jun gazlama yoki ip gazlama qopchiq) bilan oʻralgan, yuqori va pastidan dukdagi yigirilgan ip bilan bogʻlangan boʻlishi lozim. Shu tarzda oʻralgan idish mustahkam, yaxshi yopiladigan metall qutiga solinadi. Ichki idish va metall quti orasidagi singdiruvchi modda, zararlanish hollarida ichki idishda boʻlgan yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan barcha suyuqlikni singdirish uchun yetarli miqdorda boʻlishi kerak. Metall quti shunday tayyorlanishi va yopilishi kerakki, bunda har qanday zararlanish imkoni bartaraf etilishi, shuningdek ushbu metall quti paxta yoki singdiruvchi material bilan oʻralgan boʻlishi va himoyalovchi qutiga shunday joylanishi kerakki, bunda har qanday siljish bartaraf etilishi lozim. Ushbu himoyalovchi quti bir boʻlak ichi boʻsh yogʻochdan yoki metalldan yoxud xuddi shunday mustahkam va konstruksiyaga ega boʻlgan tashish paytida ochish mumkin boʻlgan yaxshi yopiladigan qopqoq bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Barcha mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar, ularning shtamm pasporti ilova qilingan holda berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlovchi yigʻilgan materiallar, organlar va toʻqimalar 50 foizli glitserin eritmasi solingan probirka yoki flakonlarda, probirka yoki flakonlar rezina yoki sellofan gʻiloflarga joylangan, muz solingan holda plombalangan yoki muhrlangan termosda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashkilotlar mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni hamda ulardan olingan davolash-profilaktika preparatlarini tegishli talabnomalar asosida olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tashkilotlarda I va II guruh kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni qabul qilish tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tuziladigan tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari, tegishli laboratoriya (maxsus xona) mudiri va ushbu shtammlar bilan ishlovchi veterinariya vrachidan iborat tarkibda boʻlgan komissiya tomonidan dalolatnoma tuzilgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada qabul qilingan mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar solingan idishlarning joylashishi va holati, ichidagi materiallar va ularning butunligi, shuningdek joʻnatilgan namunalarga yorliq boʻyicha hujjatlarning muvofiqligi koʻrsatilishi lozim. Dalolatnoma tuzilgandan soʻng uning bir nusxasi zudlik bilan mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bergan tashkilotga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tashkilotlarda mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar hamda ularning harakati boʻyicha maʼlumotlarni hisobga olish yuzasidan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan 1—9-shakllarga muvofiq jurnallar yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Barcha jurnallar laboratoriya mudiri yoki tashkilot rahbari tomonidan jurnallarni saqlash va yuritish vazifasi topshirilgan masʼul shaxs tomonidan seyfda yoki metall shkafda saqlanadi. Jurnallar betlari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan holda boʻlishi hamda tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tashkilotlar mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarning patogen va nopatogen shtammlariga, shuningdek hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksin hamda zaharlarga ega boʻlsa har yilning 10-yanvariga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisobot taqdim qilishi lozim. Ushbu hisobot tashkilot rahbarining imzosi va tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 17-may
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarning patogen faolligi boʻyicha I, II va III guruhdagi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha turdagi hayvonlarning oqsili, vezikulali stomatiti va Rift vodiysi isitmasi, choʻchqalarning vezikulali kasalligi, tuyalar oʻlati, mayda shoxli mollar oʻlati, qoramollar oʻlati, yuqumli plevropnevmoniyasi va yuqumli tugunli dermatiti, qoʻylarning kataral isitmasi, qoʻy va echkilarning chechagi, otlar oʻlati, choʻchqalar klassik va afrika oʻlatlari, parrandalarning Nyukasl kasalligi, parrandalar yuqori patogenli gripp kasalligi qoʻzgʻatuvchilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha turdagi hayvonlarning kuydirgi, brutsellyoz, Aueski kasalligi, tulyaremiya, Ku-isitmasi, gidroperikardit, leptospiroz, quturish, kampilobakterioz va paratuberkulyozi, qoramollarning enzotik leykoz, poʻkaksimon ensefalopatiya, pasterellez, yuqumli rinotraxeyit, yomon sifatli kataral isitma va efemer isitmasi, qoʻy va echkilarning yuqumli agalaktiya va Nayrobi (Afrika gastroenterit) kasalliklari, echkilarning yuqumli plevropnevmoniyasi, qoʻylarning enzootik abort (xlamidioz), oʻpka adenomatozi, salmonellyoz, skrepi va progressiv pnevmoniyasi, otlarning manqa, gripp, chechak, yuqumli metrit, epizootik limfangit, yuqumli ensefalomiyelit, yuqumli anemiya, rinopnevmoniya, virusli arterit, yaponiya ensefaliti va venesuela ensefalomiyeliti, choʻchqalarning atrofik rinit, transmissiv gastroenterit va enterovirusli ensefalomiyeliti, goʻshtxoʻr hayvonlarning oʻlati, parrandalarning chechak, tif (salmonellyoz), tuberkulyoz, mikoplazmoz, pasterellyoz, pulloroz, yuqumli bronxit, yuqumli laringotraxeyit, yuqumli bursit (Gamboro) va Marek kasalligi, parrandalar xlamidiozi, oʻrdaklarning virusli gepatit, virusli enterit va oʻlati, quyonlarning miksomatoz va pasterellyoz kasalligi, botulin toksinlarining barcha turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III guruh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha turdagi hayvonlarning tuberkulyoz, listerioz, toksoplazmoz, melioidoz, qorason, botulizm va boshqa klostridiozlari, hayvonlarning (qoramol va quyonlardan tashqari) pasterellyoz kasalliklari, qoramollarning aktinomikoz, virusli diareya va vibrionli dizenteriyasi, hayvonlarning (parrandalardan tashqari) salmonellyozi, mayda shoxli hayvonlarning kontagioz ektima, nekrobakterioz, riketsiyali keratokonyunktivit, bradzot va enterotoksemiyasi, otlarning kazeozli limfadenit, koetal ekzantema, shol va salmonellyoz kasalliklari, choʻchqalarning saramas, parrandalarning yuqumli tumov, leykoz, joʻjalarning enzootik ensefalomiyelit kasalliklari, shuningdek hayvonot va oʻsimliklarga mansub barcha toksin va zaharlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TASDIQLAYMAN”
____________________________________________
(tashkilot rahbarining imzosi, F.I.O.)
20___ y. “___” ___________
Yangilangan va liofillab quritilgan mikroorganizm shtammlarining
SHTAMM PASPORTI
1.
Shtamm nomi, uning raqami va boshqa shartli belgilari
2.
Kim, qachon va qaysi turdagi hayvondan ajratilgan shtamm
3.
Shtamm olingan tashkilot nomi va shtammning olish sanasi
4.
Hozirgi vaqtda ushbu shtamm ishlab chiqarish shtammimi yoki laboratoriya shtammimi
5.
Shtammni saqlash usuli (harorat Sº, ozuqa muhiti)
6.
Ozuqa muhitlariga qayta ekish yoki shtammlarni yangilash davri
7.
Shtammning kultural — biokimyoviy xususiyatlari
8.
Shtammning serologik xususiyatlari
9.
Shtammning laboratoriya hayvonlaridagi biologik xususiyatlari (patogenligi)
10.
Moyil hayvon orqali shtammni passaj qilish soni va sanasi
11.
Shtamm haqida qoʻshimcha maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar va zaharlarni laboratoriyaga keltirilishini hisobga olish
JURNALI
1-shakl
T/r
Patologik material keltirilgan sana
Qayerdan va qaysi turdagi hayvondan
Keltirilish maqsadi
Material turi va soni
Tekshirish natijasi
Ajratilgan qoʻzgʻatuvchi nomi
Qoʻzgʻatuvchi taqdiri
Masʼul xodim imzosi
bakteriologik
biosinov
serologik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Laboratoriyalarda mavjud barcha mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar va zaharlarni hisobga olishning inventar
JURNALI
2-shakl
T/r
Kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilarning nomi (lotin yoki kirill alifbosida)
Shtamm tavsifi
Laboratoriyaga keltirilgan sanasi
Qayerdan keltirilganligi
Shtamm ajratilgan joy va manbasi
Shtamm ajratilgan sana
Shtamm ajratgan shaxs
Kimga va qachon berilgan (probirka, flakon va ampulalar soni)
Eslatma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlar harakatini hisobga olish
JURNALI
3-shakl
Sana
Shtammning nomi
Shtammning tavsifi
Saqlash
joyi
harorat
soni
1
2
3
4
5
6
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-shaklning davomi
Kun davomida xarajat miqdori (ampula, probirka, flakonlar soni)
Ish kunining oxirida qoldiq miqdori
Eslatma
Soni
Ishda ishlatilgan
Yoʻqotilgan
Berilgan
quruq holda
nativ holda
quruq holda
nativ holda
kimga
soni
olgan kishi imzosi
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlar bilan zararlantirilgan hayvonlarni hisobga olish
JURNALI
4-shakl
T/r
Sana
Hayvon turi
Qaysi shtamm bilan zararlantirildi
Oyning boshidagi hayvonlar soni
Oy davomida qoʻshildi
Oy davomida kasallanib oʻldi
Oyning oxirida tirik qolgan hayvonlar soni
Masʼul xodim imzosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish
JURNALI
5-shakl
T/r
Talab tushgan sana
Talab qaysi tashkilotdan tushgan
Shtammni berishga ruxsat bergan shaxsning F.I.O. va ruxsat berilgan sana
Shtamm nomi va berilgan ampula, probirka, flakon soni
Shtamm berilgan sana
Shtammlarni olgan shaxsning F.I.O, olgan sanasi va ishonchnoma raqami
Shtamm olgan shaxsning imzosi
Shtamm bergan shaxsning imzosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ajratib olingan mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni hisobga olish va yoʻq qilish
JURNALI
6-shakl
T/r
Sana
Tekshirish raqami
Qaysi joydan olingan
Qaysi materialdan ajratilgan
Ajratilgan shtammning nomi va soni
Shtammning taqdiri (yoʻqotilgan, berilgan va qoldirilgan probirka, flakon soni)
Shtammni olingani yoki yoʻqotilgani haqida imzo
Eslatma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qabul qilingan va joʻnatiladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, toksinlar hamda zuhurlarni hisobga olish
JURNALI
7-shakl
T/r
Olingan sana
Qayerdan olingan
Olingan shtammning nomi, shifri va raqami
Olingan shtammning miqdori
Shtamm keltirgan shaxsning F.I.O.
Shtamm olingani haqida imzo
Eslatma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksin hamda zaharlarni xususiyatlarini tekshirish natijalarini qayd qilish
JURNALI
8-shakl
T/r
Qoʻzgʻatuvchi nomi
Inventar jurnal boʻyicha raqami
Tekshirish sanasi
Morfologik xususiyatlari
Kultural xususiyatlari
Biokimyoviy xususiyatlari
Serologik xususiyatlari
Gemolitik xususiyatlari
Virulent xususiyatlari
Eslatma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotdan chiqarilgan veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksin va zaharlarni hisobga olish
JURNALI
9-shakl
T/r
Shtamm uchun hujjat kelgan sana
Buyurtmaning mazmuni
Davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining buyruq raqami va sanasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
______________________________________________________ tomonidan mikroorganizmlar va viruslar kulturalarining patogen va nopatogen
(tashkilot nomi)
shtammlariga, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksin hamda zaharlarning harakati boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga topshiriladigan
HISOBOT
T/r
Kasallikni qoʻzgʻatuvchi nomi
Shtamm nomi
Oʻlchov birligi (probirka, ampula flakon soni)
Yil boshida mavjud
Qoʻshildi
Yil davomidagi xarajat (probirka, ampula flakon soni)
Yil oxirida qolgan shtammlar soni
Shtammning sifati (ishlab chiqarish , etalon, epizootik )
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 240-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 01.03.2022-y., 10/22/2232-1/0175-son; 14.07.2023-y., 10/23/2232-2/0474-son)