03.06.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2232
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VETERINARIYA TADBIRLARI UCHUN QOʻLLANILADIGAN MIKROORGANIZMLAR VA VIRUSLAR SHTAMMLARI, HAYVONOT VA OʻSIMLIKLARGA MANSUB TOKSINLAR HAMDA ZAHARLARNI SAQLASH, ISHLATISH, SHUNINGDEK BIR TASHKILOTDAN BOSHQA TASHKILOTLARGA BERISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2232]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 01/20-03-sonli qarori (roʻyxat raqami 2232-1, 01.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2022-y., 10/22/2232-1/0175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir Z. ROʻZIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirining 2011-yil 18-maydagi 81-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish hamda ularning hisobini yuritish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 01/20-03-sonli qarori (roʻyxat raqami 2232-1, 01.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2022-y., 10/22/2232-1/0175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasida veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni (bundan buyon matnda mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar deb yuritiladi) saqlash va ishlatish bilan shugʻullanuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari, oʻquv-ishlab chiqarish korxonalari va boshqa tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar patogen faolligi boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan I, II va III guruhdagi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilarga boʻlinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashkilotlarning mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash, ishlatish hamda boshqa tashkilotlarga berish borasidagi ishlarini nazorat qilish Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2023-yil 23-iyundagi 112-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2232-2, 13.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/2232-2/0474-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bob. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash hamda ishlatish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tashkilotlar tomonidan mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash, ishlatish hamda ularning faolligini bir maromda boʻlishini taʼminlash va yangilash, shuningdek boshqa tashkilotlarga berish veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga qatʼiy rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I va II guruhga kiruvchi odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan (zooantroponoz) kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash, ishlatish va ularning faolligini bir maromda boʻlishini taʼminlash va yangilash, shuningdek boshqa tashkilotlarga berishda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etish talab etiladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 01/20-03-sonli qarori (roʻyxat raqami 2232-1, 01.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2022-y., 10/22/2232-1/0175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash hamda ishlatish ishlarini amalga oshiruvchi xodimlar roʻyxati tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash hamda ishlatish mehnat muhofazasi toʻliq taʼminlangan bino va inshootlarning maxsus xonalarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni ishlatuvchi tashkilotlarda, ushbu qoʻzgʻatuvchilarni saqlash uchun maxsus xona tashkil etishning imkoni mavjud boʻlmaganda, ularni saqlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tirik vaksinalar, ozuqa muhitlari, hujayra va toʻqima kulturalarini tayyorlovchi tashkilotlarning yuqumli kasalliklar qoʻzgʻatuvchilari kolleksiyasiga ega boʻlishi taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mikroorganizmlar shtammlari oʻta qulay sharoitlarda, ularni maksimal uzoq yashovchanligini taʼminlovchi konservatsiyalangan yoki liofillangan holda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash xonalari tovush va yorugʻlik signalizatsiyalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash joylari harorati -20 °C dan -80 °C gacha boʻlgan maxsus muzlatgich kameralari va takrorlovchi muzlatgich agregatlari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 01/20-03-sonli qarori (roʻyxat raqami 2232-1, 01.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2022-y., 10/22/2232-1/0175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mikroorganizmlar shtammlari noyob, etalon va ishlab chiqarish shtammlari tozaligini saqlash va boshqa kasalliklar qoʻzgʻatuvchilari bilan ifloslanishining oldini olish maqsadida quyidagilarga rioya etish lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir xonada va bioxavfsizlik shkafda bitta mikroorganizm shtammi bilan ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ish boshlashdan oldin va ish tugagandan soʻng asbob-uskunalar, xalatlar, qalpoq (roʻmol) va poyabzallarni sterillashdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zararlangan ozuqa muhitlari, hujayra va toʻqima kulturalari hamda zararlangan embrionlarlarni flakonlarga va probirkalarga yigʻish hamda rezina tiqin bilan berkitish, idishlarni puxtalik bilan raqamlab, ularni mikroorganizm shtammi nomi, tartib va passaj raqamlari, qabul qilingan sanasi tushirilgan hamda zararsizlantirish sanasi aniq yozilgan yorliq bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yigʻilgan materiallarni boshqa kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizm shtammlari yoʻqligi va yuquvchanlik faolligiga koʻra tekshiruvdan oʻtkazish, shundan soʻng uzoq muddat saqlash uchun material bilan liofillash. Bunda liofillashga qadar yigʻilgan materiallar muhrlangan sovuqxonada 0 — 4 °C gacha boʻlgan haroratda saqlanadi (liofillashdan oldin shtammlar bir meʼyorda saqlovchi moddalar bilan birlashtiriladi va ampulalarga 0,5 dan 1,0 sm3 gacha hajmda qadoqlanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroorganizm shtammlari solingan ampula, probirka va flakonlar kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi shtamm turining nomi, seriya va passaj raqamlari hamda liofillash sanasi aniq tushirilgan yorliqlarga ega boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mikroorganizm shtammlarini liofillash ishlarini ularning quritishdan oldin va keyin zararsizlantirilishi mumkin boʻlgan moslamalarda oʻtkazish. Bunda bir moslamada bir vaqtda bitta mikroorganizm shtammini quritishga ruxsat etiladi. Ampulalarni kavsharlash vakuum orqali yoki vakuumsiz oʻtkaziladi, inson uchun oʻta xavfli mikroorganizm shtammlari bundan mustasno, bunday shtammlar solingan ampulalar vakuumsiz yoki suyuq azot bilan kavsharlanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
liofillangan materiallar solingan vakuum ostida kavsharlangan ampulalarni vakuum holatiga, qoldiq namlikka va yuquvchanlik faolligiga koʻra tekshiruvdan oʻtkazish. Bunda tekshirishdan soʻng ampulalar karton qutilarga va chuqurchali yoki gʻaladonli metall konteynerlarga taxlanadi, soʻngra ular harorati -20 °C dan -80 °C gacha boʻlgan maxsus muzlatgich kameralariga joylanib, ushbu kameralar muhrlanadi. Barcha ampulalarning qatʼiy hisobi yuritiladi.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 01/20-03-sonli qarori (roʻyxat raqami 2232-1, 01.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2022-y., 10/22/2232-1/0175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yangilangan va liofillab quritilgan mikroorganizm shtammlari mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq ularning barcha asosiy xususiyatlari aks ettirilgan shtamm pasporti bilan birga tashkilotning laboratoriyasi (maxsus xonasi)da saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Laboratoriya (maxsus xona)larda mikroorganizm shtammlarining saqlanishini nazorat qilish maqsadida, ularning faolligi muntazam ravishda tekshiruvdan oʻtkazib turiladi. Bunda tekshirish muddatlari kasalliklar qoʻzgʻatuvchilarining oʻziga xos biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Yuquvchanlik darajasining sezilarli pasayishida (10-1 va 10-2 gacha) mikroorganizm shtammlarining faolligi sezgir hayvonlarga passaj qilish yoʻli bilan tiklanadi, soʻngra ushbu shtammlar liofillanadi va saqlashga qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. I va II guruhga kiruvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlash hamda ishlatish bilan shugʻullanmaydigan tashkilotlar tomonidan ushbu kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar aniqlanganda, ular bir oy muddatda Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutiga topshirilishi lozim.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 01/20-03-sonli qarori (roʻyxat raqami 2232-1, 01.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2022-y., 10/22/2232-1/0175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bob. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotning ichida berish va topshirish ushbu tashkilot rahbarining yoki uning oʻrinbosarining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar yopiq va tashish uchun moslashtirilgan metall konteynerlar va gʻaladonlarda tashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berish, tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va gerbli muhr bosilgan rasmiy talabnoma va ishonchnoma mavjud boʻlganda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar ligninga yoki gigroskopik paxtaga oʻralgan va metall gʻaladonlarga joylangan ampula, probirka va flakonlarda beriladi. Bunda metall gʻaladonlar plombalanib, surgʻuchli muhr bosilgan hamda yogʻoch qutiga joylangan boʻlishi lozim. III guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar karton yoki yogʻoch qutilarda, maxsus sinmaydigan gʻaladonlarga joylangan ampula, probirka va flakonlarda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. I va II guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bir tashkilotdan boshqa tashkilotga berish kuzatuvchi orqali maxsus ajratilgan transportda tashish orqali ruxsat etiladi. Uzoq masofalarga poyezd bilan tashish ikki nafar veterinariya yoki tibbiyot vrachi kuzatuvida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III guruhga kiruvchi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar hamda attenuatsiyalangan (kuchsizlantirilgan) vaksina shtammlari kuzatuvchi orqali ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha shartlarga qatʼiy rioya etilgan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar tashkilotdan tashqariga kavsharlangan ampula, probirka yoki flakonlarda liofil quritilgan holatda, shuningdek nativ (aralashmalarsiz) holatda berkitilgan probirka yoki flakonlarda beriladi. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarning nativ shtammlari muz, quruq muz solingan termosda, termojomadonda yoki suyuq azotli Dyuar idishlarida tashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tirik va kasallik chaqiruvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlardan tashkil topgan tez buziladigan biologik moddalar shisha flakonlarga yoki yaxshilab berkitilgan qalin shisha nayga yoki kavsharlangan ampulaga solingan holda beriladi. Bunda, idish germetik berkitilgan boʻlishi zarur. U bir necha marta qalin singdiruvchi mato (gigroskopik paxta, jun gazlama yoki ip gazlama qopchiq) bilan oʻralgan, yuqori va pastidan dukdagi yigirilgan ip bilan bogʻlangan boʻlishi lozim. Shu tarzda oʻralgan idish mustahkam, yaxshi yopiladigan metall qutiga solinadi. Ichki idish va metall quti orasidagi singdiruvchi modda, zararlanish hollarida ichki idishda boʻlgan yoki paydo boʻlishi mumkin boʻlgan barcha suyuqlikni singdirish uchun yetarli miqdorda boʻlishi kerak. Metall quti shunday tayyorlanishi va yopilishi kerakki, bunda har qanday zararlanish imkoni bartaraf etilishi, shuningdek ushbu metall quti paxta yoki singdiruvchi material bilan oʻralgan boʻlishi va himoyalovchi qutiga shunday joylanishi kerakki, bunda har qanday siljish bartaraf etilishi lozim. Ushbu himoyalovchi quti bir boʻlak ichi boʻsh yogʻochdan yoki metalldan yoxud xuddi shunday mustahkam va konstruksiyaga ega boʻlgan tashish paytida ochish mumkin boʻlgan yaxshi yopiladigan qopqoq bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Barcha mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar, ularning shtamm pasporti ilova qilingan holda berilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni saqlovchi yigʻilgan materiallar, organlar va toʻqimalar 50 foizli glitserin eritmasi solingan probirka yoki flakonlarda, probirka yoki flakonlar rezina yoki sellofan gʻiloflarga joylangan, muz solingan holda plombalangan yoki muhrlangan termosda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Tashkilotlar mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni hamda ulardan olingan davolash-profilaktika preparatlarini tegishli talabnomalar asosida olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Tashkilotlarda I va II guruh kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni qabul qilish tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan tuziladigan tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari, tegishli laboratoriya (maxsus xona) mudiri va ushbu shtammlar bilan ishlovchi veterinariya vrachidan iborat tarkibda boʻlgan komissiya tomonidan dalolatnoma tuzilgan holda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dalolatnomada qabul qilingan mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar solingan idishlarning joylashishi va holati, ichidagi materiallar va ularning butunligi, shuningdek joʻnatilgan namunalarga yorliq boʻyicha hujjatlarning muvofiqligi koʻrsatilishi lozim. Dalolatnoma tuzilgandan soʻng uning bir nusxasi zudlik bilan mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni bergan tashkilotga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bob. Mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarni hisobga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tashkilotlarda mikroorganizmlar shtammlari va zaharlar hamda ularning harakati boʻyicha maʼlumotlarni hisobga olish yuzasidan mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan 1—9-shakllarga muvofiq jurnallar yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Barcha jurnallar laboratoriya mudiri yoki tashkilot rahbari tomonidan jurnallarni saqlash va yuritish vazifasi topshirilgan masʼul shaxs tomonidan seyfda yoki metall shkafda saqlanadi. Jurnallar betlari raqamlangan, tikilgan va muhrlangan holda boʻlishi hamda tashkilot rahbari yoki uning oʻrinbosari tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Tashkilotlar mikroorganizmlar shtammlari va zaharlarning patogen va nopatogen shtammlariga, shuningdek hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksin hamda zaharlarga ega boʻlsa har yilning 10-yanvariga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq hisobot taqdim qilishi lozim. Ushbu hisobot tashkilot rahbarining imzosi va tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2023-yil 23-iyundagi 112-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2232-2, 13.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/2232-2/0474-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A. ALIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 17-may
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarning patogen faolligi boʻyicha I, II va III guruhdagi kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI*
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Lotin tilidagi nomi

Davlat tilidagi nomi

Bakteriyalar

I guruh:

1.

Pestis camelorum (Versinia restis (Vasterium restis)

tuyalar oʻlati

2.

Pleuropneumonia contagiosa bovum (Micoplasma mucoides)

yuqumli plevropnevmoniya

II guruh:

1.

Bacillus anthracis

kuydirgi

2.

Brucella (Brucella melitensis, Brucella abortus, Brucella suis, Brucella ovis, Brucella canis)

brutsellyoz

3.

Tuberculosis (Mycobacterium tuberculosis Mycobacterium bovis)

tuberkulyoz

4.

Tularaemia (Francisella tularensis Francisella Dorofeev)

tulyaremiya

5.

Leptospirosis (L. interrogans, L. Nebdomadi, L. Biflexa, L. Romona, L. Tarassovi; qoramollarda — s, L. romona, L. Grippotyphosa)

leptospiroz

6.

Campylobacter

kampilobakterioz

7.

Paratuberculosis

paratuberkulyoz

8.

Salmonellosis (Salmonella abortus ovis)

qoʻylar salmonellyozi

9.

Malleus (Burkholderia mallei)

otlarning manqa kasalligi

10.

Contagious Equine Metritis

yuqumli metrit

11.

Rhinitis atrorhica intectiosa suum (Bordetella bronchiseptica)

choʻchqalarning atrofik riniti

12.

Salmonellosis avium (S. gallinorum pullorum; S. enteritidis, S. typhimurium, S. ifantis, S. anatum, S. london, S. Naifa)

parrandalar tifi (salmonellyoz)

13.

Mycobacterium tuberculosis avium

parrandalar tuberkulyozi

14.

Mycoplasmosis respiratoria (Mycoplasma gallisepticum, M. synoviae, M. meleagridis va M. iowae)

parrandalar mikoplazmozi

15.

Pullorosis (Salmonella pullorum)

parrandalar pullorozi

16.

Pasteurella multocida

Qoramollar, parrandalar va quyonlarning pasterellyozi

19.

Agalactia contagiosa ovium et caprarum (Micoplasma agalaktiae)

qoʻy va echkilarning yuqumli agalaktiya va nayrobi (Afrika gastroenterit) kasalligi

20.

Pleuropneumonia infectiosa caprarum (Micoplasma mycoides var capri)

echkilarning yuqumli plevropnevmoniyasi

III guruh:

1.

Listeriosis (Listeria monocytogenes)

listerioz

2.

Melioidosis (Pseudomonas pseudo-mallei)

melioidoz

3.

Gangraena emphysematosa (Cl. Chauvoei)

qorason

4.

Pasteurella

hayvonlarning pasterellyoz kasalliklari (qoramol, parranda va quyonlardan tashqari)

5.

Salmonellosis (Salmonella dublin, Salmonella tiphimurium; Salmonella cholerae suis, Salmonella abortus equi)

boshqa tur hayvonlarning (qoʻylar va parrandalardan tashqari) salmonellyozi

6.

Necrobacillosis (Fusobacterum nekrophorum)

nekrobakterioz

7.

Nepatizis infectiosa necrotica, Bradsot (Clostridium septicum, Cl. Oyedematiens A,V turi, Cl.perfringens va Cl. Sordellii,)

bradzot va enterotoksemiya kasalligi

8.

Corynebacterium pseudotuberculosis

otlarning kazeozli limfadenit kasalligi

9.

Nistolysis infectiosa perniciosa larva apium (Paenibacillus larvae subsp. larvae)

asalarilarning Amerikacha chirish kasalligi

10.

Pestis apium europea (Melissococcus plutonius, Enterococcus faecalis), Paenibacillus alvei, Brevibacillus laterosporus, Achromobacter eurydice, M. plutonius)

asalarilarning Yevropacha chirish kasalligi

11.

Clostridium botilinum, Clostridium tetani, Clostridium septicum. Cl. oyedematiens A,V turlari-Cl. Sordellii, Cl. Gigas, Cl. Rerfringens, Cl. Novyi, Clostridium perfringens B

botulizm va boshqa klostridiozlar (botulizm, qotma, bradzot, infeksion enterotoksemiya, infeksion nekrotik gepatit, qoʻzilar anaerob dizenteriyasi)

Rikketsiyalar

II guruh:

1.

Q-febris (Coxiella burneti, sin. Rickettsia burneti)

ku-isitmasi

2.

Nydropericarditis infectiosa (Rickettsia ruminantium)

gidroperikardit

III guruh:

1.

Keratoconjuncti-vitis rickettsiosa

rikketsiyali keratokonyunktivit kasalligi

Viruslar

I guruh:

1.

Aphtae epizooticae

oqsil

2.

Stomatitis vesicularis (RNK saqlovchi virus, rabdoviridi oilasi va vezikulovirus avlodiga mansub)

vezikulali stomatit

3.

Febris vallis Rift

rift vodiysi isitmasi

4.

Morbis vesicularis suum (RNK saqlovchi virus Enterovirus avlodiga va Picornaviridae oilasiga mansub)

choʻchqalarning vezikulali kasalligi

5.

Peste des petite ruminants (RNK li virus — paramiksovirus oilasi va Morbill avlodiga mansub)

mayda shoxli mollar oʻlati

6.

Pestis bovum

qoramollar oʻlati

7.

Blutang

blyutang

8.

Neethling

yuqumli nodulyar dermatiti

9.

Febris catarrhalis infectiosa ovium (RNK saqlovchi virus, Orbivirus avlodiga va Reoviridae oilasiga mansub)

qoʻylarning kataral isitmasi

10.

Variola (DNK li Poksviridi oilasiga mansub virus boʻlib, epiteliotrop xususiyatiga ega. Hozirgi vaqtda odamlar, hayvonlar va hasharotlarda Poxviridae, kapripoksvirus, suipoksvirus, avipoksvirus)

qoʻy va echkilarning chechagi

11.

Pestis equorum

otlar oʻlati

12.

Pestis africana equorum (RNK saqlovchi virus boʻlib, Reoviridae oilasi va Orbivirus avlodiga mansub)

otlarning Afrika oʻlati

13.

Pestis suum (Togaviridi oilasi, Pestivirus avlodiga mansub RNK li virus)

choʻchqalar klassik oʻlati

14.

Pestis africana suum (Iridoviruslar oilasiga mansub RNK li virus)

choʻchqalar afrika oʻlati

15.

Morbus Newcastle (RNK li paramiksoviridi oilasiga va paramikso-virus avlodiga mansub)

parrandalarning Nyukasl kasalligi

16.

Nigh patogens avian Influenza

parrandalar yuqori patogenli grippi

II guruh:

1.

Morbus Aujeszky, Pseudorabies (Gerpesvirus oilasiga kiruvchi DNK li virus)

auyeski kasalligi

2.

Lyssa, Rabies (Rabdovirus oilasi, lissavirus avlodiga kiruvchi RNK li virus)

quturish kasalligi

3.

Bovine leucosis

qoramollarning enzootik leykozi

4.

Phinotracheitis infectiosa bovum

yuqumli rinotraxeyit

5.

Coryza gangraenosa

yomon sifatli kataral isitma

6.

Febris ephemera (RNK saqlovchi virus Rabdoviridi oilasiga va rabdovirus avlodiga mansub)

efemer isitmasi

7.

Adenomatosis ovium

oʻpka adenomatozi

8.

Camel pox

tuyalar chechagi

9.

Grippus equorum

otlar grippi

10.

Equine pox

otlar chechagi

11.

Encephalomyelitis infectiosa equorum

otlarning yuqumli ensefalomiyelit kasalligi

12.

Anaemia infectiosa ekuorum (Retroviridi oilasi va lentivirus avlodiga mansub, RNK saqlovchi virion)

otlarning yuqumli anemiya kasalligi

13.

Rhinopneumoniae equorum (Nerpesvirus)

otlar rinopnevmoniyasi

14.

Arteriitis infectiosa equorum

otlar virusli arteriiti

15.

Encephalitis japonica

otlar yaponiya ensefaliti

16.

Venezuelan equine encephalitis

otlar venesuela ensefalomiyeliti

17.

Gastroenteritis infectiosa suum (DNK saqlovchi pleomorf gemadsorbsiyalovchi qobiqli virus boʻlib, Coronaviridae oilasiga va Coronavirus avlodiga mansub virion)

choʻchqalar transmissiv gastroenterit kasalligi

18.

Encephalomyelitis enzootica suum

choʻchqalar enterovirusli ensefalomiyeliti

19.

Pestis carnivorum (RNK li virus, Paramyxoviridae oilasi va Morbillivirus avlodiga mansub)

goʻshtxoʻr hayvonlarning oʻlati

20.

Poxviridae, (virus borreliota gallinarum)

parrandalar chechagi

21.

Bronchitis infectiosa avium (Soronavirus avia)

parrandalar yuqumli bronxiti

22.

Laryngotracheitis Infectiosa (Nerpes virus galli-1)

parrandalar yuqumli laringotraxeyiti

23.

Bursitis infectiosa avium (NK saqlovchi virus boʻlib, Birnaviridae oilasiga Avibirnavirus avlodiga mansub)

parrandalar yuqumli bursiti (Gamboro)

24.

Morbus Marek (DNK saqlovchi virus Nerpesvirus avlodi va Nerpesviridae oilasiga mansub. A, V va S turlari mavjud)

parrandalar marek kasalligi

25.

Nepatitis virosa anatum

oʻrdaklarning virusli gepatiti

26.

Pestis anatum

oʻrdaklarning virusli enteriti

27.

Myxomatosis cuniculorum (DNK saqlovchi virus Leporipoxvirus avlodiga va Roxviridae oilasiga mansub)

quyonlarning miksomatozi

28.

Calciviridae oilasiga va Calcivirus avlodiga mansub, RNK saqlovchi virus (QGK, nekrotik gepatit, gemorragik pnevmoniya)

quyonlarning virusli gemorragik kasalligi

III guruh:

1.

Exantheme vesicularis suum (RNK saqlovchi Salicivirus avlodiga Saliciviridae oilasiga mansub virus boʻlib, uning 13 ta serologik turi (A, V, S, D, E, A-48 va boshq..))

otlarning koetal ekzantema kasalligi

2.

Erysipelas suum, Erysipelothrix rhusiopathiae, Rhusiopathia suia (Erysipelothrix insidiosa (E. rhusiopathiae))

choʻchqalar saramasi

3.

Leucosis avium (RNK li, onkornavirus Oncovirus C avlodiga, Retroviridae oilasiga mansub. A, V, S, D va E guruhlari mavjud)

parrandalar leykozi

4.

Encephalitis (Picornaviridae oilasiga mansub virus)

joʻjalarning enzootik ensefalomiyeliti

5.

Morbus Aleutica lutreolarum

norkalarning aleuti

6.

Parvoviridae

norkalarning virusli enteriti

7.

Parapoxvirus

mayda shoxli hayvonlarning pustullyoz stomatiti

8.

Diarhea viralis bovum (Togaviridae oilasi va pestivirus avlodiga mansub, RNK saqlovchi virion)

qoramollarning virusli diareya kasalligi

Xlamidiyalar

II guruh:

1.

Abortus enzootica ovis (Chlamydphila abortus ovis)

qoʻylarning enzootik abort (xlamidioz) kasalligi

2.

Ornithosis (Chlamydiae psittaci)

parrandalar xlamidiozi (ornitoz, psittakoz)

Zamburugʻlar

II guruh:

1.

lymphangitis epizootica

otlar epizootik limfangit

III guruh:

1.

Actinomyces bovis

qoramollarning aktinomikozi

Sodda hayvonlar

III guruh:

1.

Toxoplasma gondii

toksoplazmoz

Prionlar

II guruh:

1.

Bovine spongiform encephalopathy

poʻkaksimon ensefalopatiya

2.

Proteinaceus infectious particle

qoʻylarning skrepi va progressiv pnevmoniyasi

Biologik kelib chiqish tabiatiga ega boʻlgan zaharlar

III guruh:

1.

hayvonot va oʻsimliklarga mansub barcha toksin va zaharlar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi hududida ilgari roʻyxatga olinmagan barcha turdagi hayvonlarning xavfli kasalliklari, mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlar ham taalluqlidir.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasining 2022-yil 1-fevraldagi 01/20-03-sonli qarori (roʻyxat raqami 2232-1, 01.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.03.2022-y., 10/22/2232-1/0175-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎“TASDIQLAYMAN”‎

____________________________________________‎

‎(tashkilot rahbarining imzosi, F.I.O.)‎ ‎

‎20___ y. “___” ___________‎ ‎


‎Yangilangan va liofillab quritilgan mikroorganizm shtammlarining
SHTAMM PASPORTI
1.‎ Shtamm nomi, uning raqami va boshqa shartli belgilari ‎
2.‎ Kim, qachon va qaysi turdagi hayvondan ajratilgan shtamm‎
3.‎ Shtamm olingan tashkilot nomi va shtammning olish sanasi‎
4.‎ Hozirgi vaqtda ushbu shtamm ishlab chiqarish shtammimi yoki laboratoriya shtammimi‎
5.‎ Shtammni saqlash usuli
‎(harorat Sº, ozuqa muhiti)
6.‎ Ozuqa muhitlariga qayta ekish yoki shtammlarni yangilash davri‎
7.‎ Shtammning kultural — biokimyoviy xususiyatlari‎
8.‎ Shtammning serologik xususiyatlari‎
9.‎ Shtammning laboratoriya hayvonlaridagi biologik xususiyatlari (patogenligi)‎
10.‎ Moyil hayvon orqali shtammni passaj qilish soni va sanasi ‎
11.‎ Shtamm haqida qoʻshimcha maʼlumotlar ‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar va zaharlarni laboratoriyaga keltirilishini hisobga olish
JURNALI

1-shakl‎

T/r Patologik material keltirilgan sana Qayerdan va qaysi turdagi hayvondan Keltirilish maqsadi Material turi va soni Tekshirish natijasi Ajratilgan qoʻzgʻatuvchi nomi Qoʻzgʻatuvchi taqdiri Masʼul xodim imzosi
bakteriologik‎ biosinov‎ serologik‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Laboratoriyalarda mavjud barcha mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar va zaharlarni hisobga olishning inventar

‎‎JURNALI

2-shakl‎

T/r‎ Kasalliklarni qoʻzgʻatuvchilarning nomi (lotin yoki kirill alifbosida) Shtamm tavsifi Laboratoriyaga keltirilgan sanasi‎ Qayerdan keltirilganligi Shtamm ajratilgan joy va manbasi‎ Shtamm ajratilgan sana‎ Shtamm ajratgan shaxs‎ Kimga va qachon berilgan (probirka, flakon va ampulalar soni)‎ Eslatma‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlar harakatini hisobga olish

‎JURNALI

3-shakl‎

Sana Shtammning nomi Shtammning tavsifi Saqlash
joyi‎ harorat‎ soni‎
1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

3-shaklning davomi
‎‎

Kun davomida xarajat miqdori (ampula, probirka, flakonlar soni) Ish kunining oxirida qoldiq miqdori Eslatma‎
Soni‎ Ishda ishlatilgan Yoʻqotilgan Berilgan quruq holda nativ holda
quruq holda‎ nativ holda‎ kimga‎ soni‎ olgan kishi imzosi‎
7‎ 8‎ 9‎ 10‎ 11‎ 12‎ 13‎ 14‎ 15‎ 16‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlar bilan zararlantirilgan hayvonlarni hisobga olish

‎JURNALI

4-shakl‎

T/r Sana‎ Hayvon turi‎ Qaysi shtamm bilan zararlantirildi‎ Oyning boshidagi hayvonlar soni‎ Oy davomida qoʻshildi‎ Oy davomida kasallanib oʻldi‎ Oyning oxirida tirik qolgan hayvonlar soni ‎ Masʼul xodim imzosi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish

‎JURNALI

5-shakl‎

T/r‎ Talab tushgan sana‎ Talab qaysi tashkilotdan tushgan‎ Shtammni berishga ruxsat bergan shaxsning F.I.O. va ruxsat berilgan sana‎ Shtamm nomi va berilgan ampula, probirka, flakon soni‎ Shtamm berilgan sana‎ Shtammlarni olgan shaxsning F.I.O, olgan sanasi va ishonchnoma raqami Shtamm olgan shaxsning imzosi‎ Shtamm bergan shaxsning imzosi‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ajratib olingan mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni hisobga olish va yoʻq qilish

JURNALI

6-shakl‎

T/r‎ Sana‎ Tekshirish raqami‎ Qaysi joydan olingan‎ Qaysi materialdan ajratilgan‎ Ajratilgan shtammning nomi va soni‎ Shtammning taqdiri (yoʻqotilgan, berilgan va qoldirilgan probirka, flakon soni)‎ Shtammni olingani yoki yoʻqotilgani haqida imzo‎ Eslatma‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Qabul qilingan va joʻnatiladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, toksinlar hamda zuhurlarni hisobga olish

‎JURNALI

7-shakl‎

T/r‎ Olingan sana‎ Qayerdan olingan‎ Olingan shtammning nomi, shifri va raqami‎ Olingan shtammning miqdori‎ Shtamm keltirgan shaxsning F.I.O. Shtamm olingani haqida imzo‎ Eslatma‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksin hamda zaharlarni xususiyatlarini tekshirish natijalarini qayd qilish

JURNALI

8-shakl‎

T/r‎ Qoʻzgʻatuvchi nomi‎ Inventar jurnal boʻyicha raqami‎ Tekshirish sanasi‎ Morfologik xususiyatlari Kultural xususiyatlari Biokimyoviy xususiyatlari Serologik xususiyatlari Gemolitik xususiyatlari Virulent xususiyatlari Eslatma‎
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Tashkilotdan chiqarilgan veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlarini, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksin va zaharlarni hisobga olish

‎JURNALI

9-shakl‎

T/r‎ Shtamm uchun hujjat kelgan sana‎ Buyurtmaning mazmuni‎ Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi raisi qarorining raqami va sanasi Berilgan shtammning nomi‎ Shtamm berilgan sana‎ Berilgan shtamm raqami va shifri Ampula, probirka soni Shtamm joʻnatuvchining adresi‎ Shtamm olingani haqida imzo‎ Eslatma‎
(3-ilovaning 9-shakli Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2023-yil 23-iyundagi 112-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2232-2, 13.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/2232-2/0474-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Veterinariya tadbirlari uchun qoʻllaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksinlar hamda zaharlarni saqlash, ishlatish, shuningdek bir tashkilotdan boshqa tashkilotlarga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

____________________________________________________________ tomonidan mikroorganizmlar va viruslar kulturalarining patogen va nopatogen shtammlariga, hayvonot va oʻsimliklarga mansub toksin

(tashkilot nomi)

hamda zaharlarning harakati boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasiga topshiriladigan

HISOBOT SHAKLI

T/r

Kasallikni qoʻzgʻatuvchi nomi

Shtamm nomi

Oʻlchov birligi (probirka, ampula flakon soni)

Yil boshida mavjud

Qoʻshildi

Yil davomidagi xarajat (probirka, ampula flakon soni)

Yil oxirida qolgan shtammlar soni

Shtammning sifati (ishlab chiqarish , etalon, epizootik )

berildi

ishlatildi

yoʻqotildi

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining 2023-yil 23-iyundagi 112-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2232-2, 13.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.07.2023-y., 10/23/2232-2/0474-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 240-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 01.03.2022-y., 10/22/2232-1/0175-son; 14.07.2023-y., 10/23/2232-2/0474-son)