O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANKLARI TOMONIDAN VALYUTAVIY SVOP OPERATSIYALARINI AMALGA OShIRISh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA QO‘ShIMChA KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 3-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1839-1]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-sonli “O‘zbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3281, 31.08.2020-y.) asosan 2020-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda), “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-apreldagi 123-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Xitoy Xalq Respublikasiga qilgan tashrifi mobaynida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 18-son, 179-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 28-iyundagi 15/1-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1839, 2008-yil 24-iyul) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-y., 29-30-son, 293-modda) bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga ilovaga muvofiq qo‘shimcha kiritilsin.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2011-yil 21-may,
16/1-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 21-maydagi 16/1-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi banklari tomonidan valyutaviy svop operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan qo‘shimcha
Quyidagi tahrirdagi 47-band bilan to‘ldirilsin:
“47. Mazkur Nizom qoidalari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining xalqaro bitimlari doirasida tuzilgan Markaziy bank va vakolatli banklar o‘rtasidagi valyutaviy svop operatsiyalariga qo‘llanilmaydi.
Ushbu operatsiyalar savdo tizimidan tashqarida bevosita Markaziy bank va vakolatli banklar o‘rtasida tomonlarning kelishuvlariga asosan amalga oshiriladi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 242-modda)