O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA O‘ZGARTIShLAR KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-iyuldagi PF-5759-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2011-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2010-yil 24-dekabrdagi PQ-1449-son qaroriga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq o‘zgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 20-may,
PF-4309-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PF-4309-son Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan o‘zgartishlar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5298-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 1-iyundagi PQ-363-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Respublika maqsadli kitob jamg‘armasining mablag‘larini shakllantirish va foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda (3-ilova):
22-bandning uchinchi xatboshidagi “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman va shahar bo‘limlari” so‘zlariga almashtirilsin.
23-banddagi “tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining” so‘zlari “xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman va shahar bo‘limlarining” so‘zlariga almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 22-23-son, 220-modda)