Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yoʻnalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-sonli “Avtomobil transportida yoʻlovchi tashish faoliyatini tartibga solish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Yoʻlovchilar tashish transportini rivojlantirish sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish doirasida, yoʻnalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish, ular tomonidan yoʻlovchilar tashish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini va xavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2012-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
“Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzstandart” agentligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda litsenziyalanadigan yoʻnalishsiz taksilarga amaldagi texnik talablar va standartlarga javob beradigan bir turdagi hisoblagichlar (taksometrlar) oʻrnatish boʻyicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
hisoblagichlar (taksometrlar) va tanish belgilarini ishlab chiqarish (yetkazib berish) boʻyicha yuridik shaxslarni tanlov asosida tanlab olsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki maʼlumotlarga ega boʻlmagan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish yuzasidan javobgarlik belgilash toʻgʻrisida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari bilan birgalikda 2012-yil 1-yanvardan boshlab yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki maʼlumotlarga ega boʻlmagan yoʻnalishsiz taksilarga litsenziyalar berilishini taqiqlasin;
ikki hafta muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning talablari va topshiriqlarini amalda bajarish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
yuridik shaxslarga tegishli boʻlgan yoʻnalishsiz taksilarga berish uchun davlat raqami belgilarining maxsus seriyasini ajratsin;
ommaviy axborot vositalarida yoʻnalishsiz taksilarga beriladigan davlat raqami belgilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2012-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda tashuvchilar, mahalliy budjet va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joylari qurilishini (barpo etilishini) taʼminlasinlar.
5. Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (Abduvaliyev), Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Yoʻlovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari Ichki ishlar vazirligi (Matlyubov), Davlat soliq qoʻmitasi (Parpiyev) bilan birgalikda:
yoʻnalishsiz taksilar texnik holati va asbob-uskunalarining harakat xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar, tashqi va ichki maʼlumotlarga ega boʻlish talablariga muvofiqligini nazorat qilish boʻyicha muntazam ravishdagi qoʻshma reyd tekshiruvlarini faollashtirsinlar;
avtotransport vositalari egalari oʻrtasida yoʻnalishsiz taksilar ishiga joriy etilayotgan talablar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun, shu jumladan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar tashish sohasida yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar toʻgʻrisida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsinlar.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qoʻshimchalar va oʻzgartish kiritilsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.A. Xoʻjayev va U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-may,
139-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi Nizom (keyingi oʻrinlarda nizom deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoʻnalishsiz taksilarning tashqi koʻrinishiga va ichki maʼlumotlar bilan jihozlanishiga, shuningdek yoʻnalishsiz taksilarning haydovchilariga nisbatan yagona talablarni belgilaydi.
Ushbu Nizom haydovchilari yoʻlovchilarni tashish hamda ularning yoʻlovchi soʻragan yoʻnalish boʻyicha bagajini tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yengil avtotransport vositalarining (yoʻnalishli taksilardan tashqari) barcha turlariga tatbiq etiladi.
II. Tushunchalar va atamalar
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalaniladi:
yoʻnalishsiz taksi — yoʻlovchilarning buyurtmanomalariga koʻra hisoblagich (taksometr) koʻrsatkichi boʻyicha haq toʻlash hisobiga yoʻlovchilarni va ularning bagajini tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan avtotransport vositasi;
yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joyi — maʼlumotlar koʻrsatkichlari bilan jihozlangan, tegishli yoʻl belgilari qoʻyilgan hamda yoʻlovchilarni oʻtqazish (tushirish) va yoʻnalishsiz taksilarning toʻxtab turishi uchun moʻljallangan, koʻchalarning yoʻlovchi yurmaydigan qismidagi maxsus maydoncha;
hisoblagich (taksometr) — yoʻlovchi boradigan manzilning uzoqligini hisobga olishni va qiymatini hisob-kitob qilishni taʼminlaydigan qurilma;
litsenziya kartochkasi — yoʻlovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositasi uchun belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshirishga ruxsatnoma (huquq).
III. Yagona tanish belgilari
3. Tashqi va ichki maʼlumotlar bilan jihozlash belgilari yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari hisoblanadi.
4. Yagona tanish belgilari transport oqimida avtotransport vositasining ajralib turishini va tanilishini taʼminlash uchun moʻljallangan hamda ular yoʻnalishsiz taksilarda yoʻlovchilar tashishni amalga oshiruvchi barcha tashuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
5. Yoʻnalishsiz taksilarni tashqi maʼlumotlar bilan jihozlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
a) avtotransport vositasining tepasiga oʻrnatilgan toʻq sariq rangli fonarga “TAXI” tanish belgisini oʻrnatish (Nizomga 1-ilova);
shaxmat tartibida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat boʻlgan kompozitsiya va avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi “T” harflari (Nizomga 2-ilova);
avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi yuridik shaxs — tashuvchining nomi;
b) yoʻnalishsiz taksilar uchun moʻljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;
v) yoʻnalishsiz taksilar sifatida ishlashga sariq rangli, Toshkent shahri uchun — “fil suyagi” rangidagi avtotransport vositalari qoʻyiladi. Yoʻnalishsiz taksilarni talab qilinadigan rangga boʻyash avtotransport egasi tomonidan, texnika xizmati koʻrsatish stansiyalarida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Yoʻnalishsiz taksilarni ichki maʼlumotlar bilan jihozlash quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
old oynaning yuqoridagi oʻng burchagiga joylashtirilgan yashil rangli yoritish chirogʻi;
avtotransport vositasining davlat raqami belgisi haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, ish vaqtining boshlanishi va tugashi, yoʻlkira qiymati (soʻmlarda), tashuvchining manzili va telefon raqami, litsenziya kartochkasining raqami va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek majburiy sugʻurta qilinganlik haqidagi maʼlumot koʻrsatilgan maʼlumotlar tablichkasi. Tablichka avtotransport vositasi priborlari paneliga, yoʻlovchilar bemalol oʻqiy oladigan holatda oʻrnatiladi;
hisoblagich (taksometr);
belgilangan tartibda sotib olinadigan va foydalaniladigan radioaloqa vositasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. Yoʻnalishsiz taksilarga qoʻyiladigan talablar
7. Yoʻnalishsiz taksi sifatida foydalaniladigan har bir avtotransport vositasi texnik jihatdan soz holatda boʻlishi va avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi, shuningdek quyidagi talablarga javob berishi kerak:
ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida belgilangan yagona tanish belgilarining mavjud boʻlishi;
soz holatdagi plombalangan spidometr jihozlarining, belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan nazorat-kassa mashinasining, shuningdek toʻlovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilib olish uchun hisob-kitob terminalining mavjud boʻlishi;
Keyingi tahrirga qarang.
yoʻnalishsiz taksi texnik holati va jihozlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi.
Yoʻnalishsiz taksi belgilangan talablarga muvofiq boʻlmagan taqdirda ushbu avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkasining amal qilishini toʻxtatish tarzidagi taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
V. Yoʻnalishsiz taksilar haydovchilariga qoʻyiladigan talablar
8. Yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega boʻlgan shaxslar qoʻyiladi.
9. Yoʻnalishsiz taksilarning haydovchilari yoʻnalishda ishlayotganda tegishli litsenziya kartochkasiga hamda yoʻlga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik koʻrikdan va haydovchilarning tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida belgilar qoʻyilgan yoʻl varaqasiga ega boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Haydovchi yoʻlovchilarni yoʻnalishsiz taksiga oʻtqazishni va undan tushirishni yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joylarida, tegishli harakatdagi tarkibning toʻxtashiga ruxsat berilgan koʻcha-yoʻl shoxobchalari uchastkalarida hamda yoʻnalishsiz taksilar yoʻlovchilar buyurtmalari boʻyicha beriladigan joylarda amalga oshiradi.
11. Yoʻnalishsiz taksi haydovchisining belgilangan talablarga nomuvofiqligi aniqlangan hollarda haydovchiga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan intizomiy yoki maʼmuriy taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
VI. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi ushbu Nizomning quyidagi qismi talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu Nizom talablariga rioya etilishini:
yoʻnalishsiz taksilar uchun davlat raqami belgilarining maxsus seriyasi ajratilishi yuzasidan;
Oldingi tahrirga qarang.
yoʻnalishsiz taksilarda hisoblagichlar (taksometrlar), “TAXI” tanish belgilari, shuningdek amaldagi texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq radioaloqa vositalari mavjudligi yuzasidan;
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
yoʻnalishsiz taksi texnik holati va jihozlarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan;
yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yoʻnalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi boʻlgan, 21 yoshga toʻlgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega boʻlgan shaxslarning qoʻyilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoʻnalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan toʻxtash joylarini qurish (barpo etish) yuzasidan ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha ishlarni umumiy muvofiqlashtirib borish Oʻzbekiston avtomobil transporti agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
1-ILOVA
“TAXI” tanish belgisining tasviri va oʻlchamlari (mm)
Oldingi tahrirga qarang.
Toʻq sariq rangli fonar texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq belgilangan tartibda tayyorlanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Yoʻnalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yoʻnalishsiz taksilarning oldingi eshiklariga chiziladigan qora kvadratlar va “T” harfidan iborat kompozitsiyaning tasviri va oʻlchamlari (mm)
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagajni tashish qoidalari 100-bandining birinchi xatboshiga “naqd pul bilan” soʻzlaridan keyin “yoxud hisob-kitob terminalidan foydalangan holda bank plastik kartochkalari mablagʻlari bilan” soʻzlari qoʻshilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha tashish faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga quyidagi mazmundagi oʻn ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
“l) yoʻnalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarining yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi koʻrinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi”;
oʻn ikkinchi xatboshi oʻn uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 201-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)