Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.04.2025 18.05.2011 yildagi 139-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.04.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-apreldagi 200-sonli “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘lovchilar tashish transportini rivojlantirish sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish doirasida, yo‘nalishsiz taksilar faoliyatini tartibga solish, ular tomonidan yo‘lovchilar tashish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini va xavfsizligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2012-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda litsenziyalanadigan yo‘nalishsiz taksilarga amaldagi texnik talablar va standartlarga javob beradigan bir turdagi hisoblagichlar (taksometrlar) o‘rnatish bo‘yicha bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblagichlar (taksometrlar) va tanish belgilarini ishlab chiqarish (yetkazib berish) bo‘yicha yuridik shaxslarni tanlov asosida tanlab olsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki ma’lumotlarga ega bo‘lmagan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish yuzasidan javobgarlik belgilash to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari bilan birgalikda 2012-yil 1-yanvardan boshlab yagona tanish belgilari bilan jihozlanmagan, tashqi va ichki ma’lumotlarga ega bo‘lmagan yo‘nalishsiz taksilarga litsenziyalar berilishini taqiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorning talablari va topshiriqlarini amalda bajarish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarga berish uchun davlat raqami belgilarining maxsus seriyasini ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ommaviy axborot vositalarida yo‘nalishsiz taksilarga beriladigan davlat raqami belgilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2012-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda tashuvchilar, mahalliy budjet va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga yo‘nalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan to‘xtash joylari qurilishini (barpo etilishini) ta’minlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi (Abduvaliyev), Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari huzuridagi Yo‘lovchi transportining barcha turlari harakatini litsenziyalash va muvofiqlashtirish departamentlari Ichki ishlar vazirligi (Matlyubov), Davlat soliq qo‘mitasi (Parpiyev) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishsiz taksilar texnik holati va asbob-uskunalarining harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, tashqi va ichki ma’lumotlarga ega bo‘lish talablariga muvofiqligini nazorat qilish bo‘yicha muntazam ravishdagi qo‘shma reyd tekshiruvlarini faollashtirsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalari egalari o‘rtasida yo‘nalishsiz taksilar ishiga joriy etilayotgan talablar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun, shu jumladan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilar tashish sohasida yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar to‘g‘risida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B.A. Xo‘jayev va U.U. Rozukulov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 18-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi Nizom (keyingi o‘rinlarda nizom deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi hududida yo‘nalishsiz taksilarning tashqi ko‘rinishiga va ichki ma’lumotlar bilan jihozlanishiga, shuningdek yo‘nalishsiz taksilarning haydovchilariga nisbatan yagona talablarni belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom haydovchilari yo‘lovchilarni tashish hamda ularning yo‘lovchi so‘ragan yo‘nalish bo‘yicha bagajini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan yengil avtotransport vositalarining (yo‘nalishli taksilardan tashqari) barcha turlariga tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Tushunchalar va atamalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar va atamalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishsiz taksi — yo‘lovchilarning buyurtmanomalariga ko‘ra hisoblagich (taksometr) ko‘rsatkichi bo‘yicha haq to‘lash hisobiga yo‘lovchilarni va ularning bagajini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadigan avtotransport vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan to‘xtash joyi — ma’lumotlar ko‘rsatkichlari bilan jihozlangan, tegishli yo‘l belgilari qo‘yilgan hamda yo‘lovchilarni o‘tqazish (tushirish) va yo‘nalishsiz taksilarning to‘xtab turishi uchun mo‘ljallangan, ko‘chalarning yo‘lovchi yurmaydigan qismidagi maxsus maydoncha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblagich (taksometr) — yo‘lovchi boradigan manzilning uzoqligini hisobga olishni va qiymatini hisob-kitob qilishni ta’minlaydigan qurilma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
litsenziya kartochkasi — yo‘lovchilar tashishda foydalaniladigan avtotransport vositasi uchun belgilangan tartibda litsenziyalovchi organ tomonidan beriladigan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilar tashishni amalga oshirishga ruxsatnoma (huquq).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Yagona tanish belgilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashqi va ichki ma’lumotlar bilan jihozlash belgilari yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yagona tanish belgilari transport oqimida avtotransport vositasining ajralib turishini va tanilishini ta’minlash uchun mo‘ljallangan hamda ular yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilar tashishni amalga oshiruvchi barcha tashuvchilar uchun majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Yo‘nalishsiz taksilarni tashqi ma’lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtotransport vositasining tepasiga o‘rnatilgan to‘q sariq rangli fonarga “TAXI” tanish belgisini o‘rnatish (Nizomga 1-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxmat tartibida joylashtirilgan qora kvadratlardan iborat bo‘lgan kompozitsiya va avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi “T” harflari (Nizomga 2-ilova);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining oldingi eshiklaridagi yuridik shaxs — tashuvchining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yo‘nalishsiz taksilar uchun mo‘ljallangan maxsus seriyadagi avtotransport vositasining davlat raqami belgisi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yo‘nalishsiz taksilar sifatida ishlashga sariq rangli, Toshkent shahri uchun — “fil suyagi” rangidagi avtotransport vositalari qo‘yiladi. Yo‘nalishsiz taksilarni talab qilinadigan rangga bo‘yash avtotransport egasi tomonidan, texnika xizmati ko‘rsatish stansiyalarida amalga oshiriladi. Yo‘nalishsiz taksi rangini qonunchilikda talab qilingan rangga muvofiq holga keltirish uchun ularni bo‘yamasdan, o‘zi yelimlanadigan materiallardan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
(5-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yo‘nalishsiz taksilarni ichki ma’lumotlar bilan jihozlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining davlat raqami belgisi, haydovchining familiyasi, ismi, otasining ismi va fotosurati, ish vaqtining boshlanishi va tugashi, yo‘lkira qiymati (so‘mlarda), tashuvchining manzili va telefon raqami, litsenziya kartochkasining raqami va amal qilish muddati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek majburiy sug‘urta qilinganlik haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan QR-kod. QR-kod bilan ta’minlash tashuvchi mablag‘lari hisobida amalga oshiriladi hamda avtotransport vositasi priborlari paneliga, yo‘lovchilar bemalol o‘qiy oladigan holatda o‘rnatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi, shuningdek taksometr funksiyalarini ta’minlaydigan maxsus ilovaga ega moslamalar (shu jumladan uyali telefonlar, planshetlar).
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yo‘nalishsiz taksilarga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yo‘nalishsiz taksi sifatida foydalaniladigan har bir avtotransport vositasi texnik jihatdan soz holatda bo‘lishi va avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagaj tashish qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi, shuningdek quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida belgilangan yagona tanish belgilarining mavjud bo‘lishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soz holatdagi plombalangan spidometr jihozlarining, shuningdek to‘lovlarni bank plastik kartochkalaridan qabul qilib olish uchun hisob-kitob terminalining mavjud bo‘lishi. To‘lov terminallari terminallar funksiyalarini ta’minlaydigan maxsus ilovali qurilmalarga (uyali telefonlar, planshetlar, elektron to‘lov tizimlari) almashtirilishi mumkin;
7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishsiz taksi texnik holati va jihozlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘nalishsiz taksi belgilangan talablarga muvofiq bo‘lmagan taqdirda ushbu avtotransport vositasi uchun litsenziya kartochkasining amal qilishini to‘xtatish tarzidagi ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Yuridik shaxslarga tegishli yo‘nalishsiz taksilar sifatida foydalaniladigan hamda yagona ichki va tashqi belgilar bilan jihozlangan avtotransport vositalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilarni olish va tushirish maqsadida “To‘xtash taqiqlangan” yo‘l belgisi amal qilish hududida, shu jumladan aeroport va vokzallarga tutash hududlarda to‘xtashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan aeroportlar, temir yo‘l vokzallari, avtovokzallar, qurilish mollari, dehqon va buyum bozorlari hamda savdo majmualarining pullik to‘xtash joylariga yo‘lovchilarni olish va tushirish uchun bepul kirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishli transport vositalari uchun ajratilgan maxsus harakatlanish yo‘lagi bo‘ylab harakatlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Yo‘nalishsiz taksilar haydovchilariga qo‘yiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo‘lgan shaxslar qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yo‘nalishsiz taksilarning haydovchilari yo‘nalishda ishlayotganda tegishli litsenziya kartochkasiga hamda yo‘lga chiqishdan oldin avtotransport vositasining belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan va haydovchilarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilar qo‘yilgan yo‘l varaqasiga ega bo‘lishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Haydovchi yo‘lovchilarni yo‘nalishsiz taksida tashishni litsenziya kartochkasida belgilangan hududda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, litsenziya kartochkasida belgilangan hududdan tashqarida yo‘lovchilar va bagajlarni yo‘nalishsiz taksida tashishga, agar jo‘nash punkti ushbu hududda, manzil esa ushbu hududdan tashqarida joylashgan bo‘lsa, ruxsat etiladi.
(91-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-martdagi 116-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Haydovchi yo‘lovchilarni yo‘nalishsiz taksiga o‘tqazishni va undan tushirishni yo‘nalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan to‘xtash joylarida, tegishli harakatdagi tarkibning to‘xtashiga ruxsat berilgan ko‘cha-yo‘l shoxobchalari uchastkalarida hamda yo‘nalishsiz taksilar yo‘lovchilar buyurtmalari bo‘yicha beriladigan joylarda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yo‘nalishsiz taksi haydovchisining belgilangan talablarga nomuvofiqligi aniqlangan hollarda haydovchiga nisbatan qonunchilikda nazarda tutilgan intizomiy yoki ma’muriy ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llaniladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi ushbu Nizomning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslarga ushbu Nizomning 5 va 6-bandlarida nazarda tutilgan yagona belgilar bilan jihozlangan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan litsenziyalar berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar tomonidan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashishlarni amalga oshiradigan litsenziatlar uchun belgilangan litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi qismida nazoratni amalga oshiradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ushbu Nizom talablariga rioya etilishini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishsiz taksilar uchun davlat raqami belgilarining maxsus seriyasi ajratilishi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishsiz taksilarda hisoblagichlar (taksometrlar), “TAXI” tanish belgilari, shuningdek amaldagi texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq radioaloqa vositalari mavjudligi yuzasidan;
(13-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘nalishsiz taksi texnik holati va jihozlarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligi yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan yo‘nalishsiz taksilarni boshqarishga haydovchilik guvohnomasida “V” ruxsat belgisi bo‘lgan, 21 yoshga to‘lgan, tibbiy ko‘rikdan o‘tgan va kamida uch yillik haydovchi stajiga ega bo‘lgan shaxslarning qo‘yilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yo‘nalishsiz taksilarning maxsus jihozlangan to‘xtash joylarini qurish (barpo etish) yuzasidan ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni umumiy muvofiqlashtirib borish O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 271-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TAXI” tanish belgisining tasviri va o‘lchamlari (mm)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘q sariq rangli fonar texnik reglamentlarga yoki standartlarga muvofiq belgilangan tartibda tayyorlanadi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘nalishsiz taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning ishlarini tashkil etishga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘nalishsiz taksilarning oldingi eshiklariga chiziladigan qora kvadratlar va “T” harfidan iborat kompozitsiyaning tasviri va o‘lchamlari (mm)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 139-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan qo‘shimchalar va o‘zgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilar va bagajni tashish qoidalari 100-bandining birinchi xatboshiga “naqd pul bilan” so‘zlaridan keyin “yoxud hisob-kitob terminalidan foydalangan holda bank plastik kartochkalari mablag‘lari bilan” so‘zlari qo‘shilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 14-iyuldagi 138-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 7-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga quyidagi mazmundagi o‘n ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“l) yo‘nalishsiz taksilarning texnik holati va asbob-uskunalarining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga, tashqi ko‘rinishiga va anjomlariga, yagona tanish belgilari bilan jihozlashga qo‘yiladigan talablarga muvofiqligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘n ikkinchi xatboshi o‘n uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 20-21-son, 201-modda; 2014-y., 10-son, 105-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 08.05.2020-y., 09/20/271/0565-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 22.03.2023-y., 09/23/116/0158-son)