Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“UMUMIY HARBIY MAJBURIYAT VA HARBIY XIZMAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh HAQIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 437-II-sonli ““Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni eʼlon qilingan daqiqadan boshlab amalga kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasi “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasida ushbu Qonun qabul qilingunga qadar muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan harbiy xizmatchilarga ham taalluqli boʻladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi shu yilning 15-sentabriga qadar “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtashi toʻgʻrisida”gi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi ikki oy muddat ichida “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrik toʻgʻrisida”gi Nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 3-iyul,
644a-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 10-son, 402-modda)