Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2019 11.05.2011 yildagi 131-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2019
Hujjat 02.05.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISh, SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI TUZILMASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 75-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qaroriga muvofiq hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 29 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 22 nafar boʻlgan tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) toʻgʻrisidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi Yer qaʼrini geologik oʻrganish davlat nazorati boshqarmasining arxiv hujjatlarini va mol-mulkini “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi balansiga belgilangan tartibda tekin bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Oʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAShKILIY TUZILMASI

* shtatdagi xodimlar soni mintaqaviy inspeksiyalar xodimlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** xizmat koʻrsatiladigan korxonalar mablagʻlari hisobiga taʼminlanadi va ularning shtatdagi xodimlari soniga kiritilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** xoʻjalik hisobidagi tashkilotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) sanoat va radiatsiya xavfsizligi, kon munosabatlari sohasidagi, respublika hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qaʼridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya etishlari yuzasidan davlat nazoratini, shuningdek davlat tomonidan tartibga solish boʻyicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, uning tarmoq va mintaqaviy inspeksiyalari Oʻzbekiston Respublikasining sanoat xavfsizligi sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining yagona tizimini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy inspeksiyalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil hisoblanadi va bevosita “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga boʻysunadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining sanoat va radiatsiya xavfsizligi, kon munosabatlari, yer qaʼridan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari boʻyicha oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi oʻz faoliyatini vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi, xalqaro bitimlar asosida boshqa davlatlarning davlat nazorat organlari bilan oʻzaro ish olib boradi va hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, uning tarmoq va mintaqaviy inspeksiyalari faoliyatini moliyalashtirish “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, xizmat koʻrsatiladigan korxonalar, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga idoraviy mansub tashkilotlarning oʻz faoliyatidan olingan daromadlari, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi, gaz taʼminoti, yer qaʼrini geologik oʻrganishda yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan taʼminlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va radiatsiya xavfsizligi, shuningdek kon nazorati sohasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz xoʻjaligi tizimida hamda koʻp kvartirali turar joylar va respublika kommunal-maishiy obyektlarining gaz taʼminotida xavfsizlik taʼminlanishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligi ekspertizasi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat koʻrsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etish hamda ularning faoliyati va rivojlantirilishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) nazorat-profilaktika faoliyati sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar bilan kelishgan holda ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar, asbob-uskunalar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlar va texnologiya obyektlariga ega boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar roʻyxatini belgilaydi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda va kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan taʼminlashda qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi mutaxassislarini, korxonalar va ilmiy muassasalarning soha boʻyicha ekspertlarini jalb etgan holda geologiya-qidiruv ishlari hajmi, sifati va ushbu ishlar natijalarining haqqoniyligini belgilangan tartibda mustaqil tekshirishlarni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish uchun litsenziya berilgan yer qaʼri uchastkalarida dastlabki tekshirish oʻtkazadi, shuningdek keyinchalik foydali qazilmalar qazib olishning kelishilgan hajmlariga va konlardan foydalanish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va xulosalarning yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral xomashyoni qazib olishda va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yoʻl qoʻyilgan yoʻqotishlarini aniqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi, kon favvoralariga qarshi kurashish boʻlinmalari, gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlarining sodir boʻlish ehtimoli boʻlgan avariyalarning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan boʻlinmalarni joylashtirish sxemalarini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismiga tezkor va metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida sanoat va radiatsiya xavfsizligini taʼminlash tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligi ekspertizasini oʻtkazish tartibini va ekspertiza xulosalarini rasmiylashtirishga talablarni belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joylar va kommunal-maishiy obyektlarning gaz xoʻjaligi tizimida sanoat xavfsizligini taʼminlash sohasida kommunal-maishiy korxonalar xizmatlari tomonidan normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarning bajarilishini tekshiradi va monitoringini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz nazoratidagi korxonalar va obyektlarni foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tarkibida qatnashish uchun vakillarni tayinlaydi, ushbu obyektlarda foydalanish uchun qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida respublika darajasida ionlovchi nurlanish manbalarining davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni, milliy reyestri yuritilishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida xavfli ishlab chiqarish obyektlari hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori texnogen xavfli hududlarning davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga, nazoratdagi obyektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga tashkilotlarning tayyorligini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va taqdim etishning toʻgʻriligi monitoringini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlayotgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligining deklaratsiya etilishini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz nazorati obyektlarini, bosim ostida ishlovchi bugʻ va suv isitish qozonlarini, idishlarni, bugʻ va issiq suv quvurlarini va koʻtarish inshootlarini roʻyxatdan oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish maqsadida sanoat, radiatsiya xavfsizligi va yer qaʼri boyliklarini muhofaza qilish talablarini targʻib qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) normativlarni tartibga solish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qaʼridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish hamda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar boʻyicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatda ishlarni bexatar olib borish, asbob-uskunalarni loyihalash, tayyorlash, qurish va ishlatish, yer qaʼrini geologik oʻrganishda ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash boʻyicha talablardan iborat boʻlgan davlat standartlari hamda boshqa normativ hujjatlar loyihalarini koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda kelishib oladi, shuningdek ushbu masalalar boʻyicha qoida va normalarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar konlarini qazib oluvchi korxonalar va obyektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qaʼri boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan texnik talablarni belgilaydi (ishlarning xavfsizligi, foydali qazilmalar konlarini ishga tushirishda yer qaʼri boyliklarini muhofaza qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga yaroqli boʻlgan kon mahsulotlarini saqlash qismi boʻyicha);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ruxsat berish faoliyati sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni tashkil etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatlariga kiruvchi alohida ish turlariga belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi va ularni bekor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalar konlarini qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bogʻliq boʻlmagan yer osti inshootlari qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish dalolatnomalarini beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qazib olish jarayonida qazib olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish korxonalari hisobidan chiqarishni kelishib oladi;
(9-bandning “v” kichik bandi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlari loyihalarini, kon qazuvchi va qayta ishlovchi korxonalarning texnik loyihalarini, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olishda ishlarni bexatar olib borish yuzasidan texnik yechimlarga doir kon ishlari rejalarini, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning kamayishi va maydalashuvi normativlarini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxtalar (konlar)ning bir toifadan boshqa toifaga oʻtkazilishini tasdiqlaydi va kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft-gaz quduqlarini foydalanishga, tugatishga va konservatsiyaga berish dalolatnomalarini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlarning ayrim masʼuliyatli texnologik bosqichlarini, texnologik reglamentlarni va boshqalarni olib borish ish rejalarini kelishib oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratdagi obyektlarda sanoat xavfsizligi va yer qaʼrini muhofaza qilish boʻyicha xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalarni qoʻllanish toʻgʻrisidagi ekspertiza xulosasini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertiza tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “v” kichik bandi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tranzit tashishda qonun hujjatlariga muvofiq xulosalar beradi va ularning nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya sodir boʻlgan taqdirda boshqa shaxslar hayoti, sogʻligʻi va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazilishi yuzasidan javobgarlikni majburiy sugʻurta qilishda xulosalar beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qaʼrini geologik oʻrganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar hamda mutaxassislar tayyorlash dasturlarini shakllantirishda va kelishib olishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va radiatsiya xavfsizligi hamda yer qaʼrini muhofaza qilish sohasida xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish (bilimlarini tekshirish) tartibini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xalqaro hamkorlik sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish, kon nazorati, atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa oʻrnatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat inspeksiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻmir, kon-ruda va noruda, kimyo, metallurgiya, neft va gaz qazib olish, neft va gazni qayta ishlash sanoatida, geologiya-qidiruv ishlarida, magistral neft-gaz va ularni uzatish quvurlarida, ishlab chiqarish jarayonida gazdan foydalanishda, portlash va yongʻin xavfi boʻlgan obyektlarda, donni saqlash hamda qayta ishlash obyektlarida, yer ostida transport va gidrotexnika qurilishlarini olib borishda, portlash va yongʻin xavfi boʻlgan qurilish obyektlarida va boshqa tarmoqlarning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat portlovchi moddalari va portlatuvchi vositalarni ishlab chiqarish, saqlash, ishlatish va hisobga olishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gaz, neft va ularning mahsulotlari uzatiladigan magistral quvurlarni, shaharlar va aholi yashash joylarini, koʻp kvartirali uy-joylarni gaz bilan taʼminlash tizimlarini, shuningdek neft mahsulotlarini, tabiiy va suyultirilgan (propan-butan) gazlarni tashish, saqlash va ulardan foydalanish bilan bogʻliq obyektlarni loyihalash, qurish, ishlatish va taʼmirlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼri boyliklaridan foydalanishda va ularni muhofaza qilishda, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan taʼminlashda, shu jumladan uglevodorod konlarini qidirishda, neft va gaz quduqlarini qazishda, ularni sinab koʻrishda va ishlatishga tayyorlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
portlash va yongʻin xavfi boʻlgan, nazorat ostidagi ishlab chiqarishlar hamda obyektlarni qurishda, rekonstruksiya qilishda, ulardan foydalanishda va ularni taʼmirlashda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
radioaktiv materiallar va rudalarni (vakolatiga koʻra), ionlovchi nurlanish manbalari mavjud boʻlgan buyumlarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni koʻmib tashlash, qazib olish, qayta ishlash va hisobga olishda, yadro obyektlaridan va ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yoki ularni oluvchi boshqa obyektlardan foydalanishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻtarish inshootlarini, bugʻ va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bugʻ va issiq suv quvurlarini, shuningdek nazorat ostidagi boshqa obyektlarni ishlab chiqish, loyihalash, tayyorlash, montaj qilish, taʼmirlash va ulardan foydalanishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tranzit tashishda oʻz vakolatiga muvofiq davlat nazoratini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek oʻz tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari orqali amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan korxonalar va obyektlarni tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratidagi korxonalar, shuningdek “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazoratidagi obyektlarga ega boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlariga sanoat va radiatsiya xavfsizligi, ularni geologik oʻrganishda yer qaʼridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qaʼrini geologik oʻrganishda, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, foydali qazilmalarni qazib olishda, mineral xomashyoni qayta ishlashda, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan taʼminlashda sanoat va radiatsiya xavfsizligi talablari buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni toʻxtatib qoʻyish, shuningdek odamlar hayoti xavf ostida qolganda yoki avariya holati vujudga kelganda ularni ish joylaridan chiqarish, ish joylarini yoki asbob-uskunalarni muhrlab qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qaʼridan foydalanish va ularni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni oʻz vakolatlari doirasida maʼmuriy javobgarlikka tortish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratidagi ishlab chiqarishlar uchun xodimlar tayyorlovchi kurslarni, shuningdek kon va portlatish ishlari olib borilishiga javob berish huquqi beriladigan mutaxassislar tayyorlovchi kurslarni tashkil etish, oʻta xavfli ishlarni bajarish uchun tayyorlanadigan shaxslardan imtihonlar olish va ularga guvohnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratidagi obyektlarda xodimlarning xavfsizlik qoida va normalarini, texnologik reglamentlarni va ishchilarning mehnatini muhofaza qilish yoʻriqnomalarini bilishlarini tekshirish, nazoratidagi korxonalar, shu jumladan sanoat xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar rahbarlari va xodimlarining sanoat, radiatsiya xavfsizligi hamda yer qaʼri boyliklarini muhofaza qilish qoidalari va normalarini bilishlarini tekshirishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlarining “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligini ekspertizadan oʻtkazish huquqini beruvchi akkreditatsiya attestatining amalda boʻlishini belgilangan tartibda toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlari buzilgan holda tayyorlangan sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosalarini nohaqiqiy deb eʼtirof etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomasining amalda boʻlishini belgilangan tartibda toʻxtatib turish, toʻxtatish yoki uni bekor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligi sohasida akkreditatsiya qilingan ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tekshiruv nazoratidan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologik oʻrganishda, foydali qazilmalarni qazib olishda, mineral xomashyoni qayta ishlashda, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan taʼminlashda sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qaʼri foydali qazilmalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa normativ-texnik hujjatlar talablarini buzgan shaxslar bilan mehnat shartnomasini toʻxtatish yoki ularga nisbatan intizomiy choralar koʻrish yoki ularni ishlarga texnik rahbarlik qilish huquqidan bir yilgacha muddatga mahrum qilish toʻgʻrisida nazoratdagi korxonalar, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga taqdimnomalar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ionlovchi nurlanish manbalarini hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, yoʻlga qoʻyish, uslubiy taʼminlash va takomillashtirish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariyalarning holatlari va sabablarini, ishlab chiqarishda jarohatlanish, portlovchi materiallarning yoʻqolishi holatlarini belgilangan tartibda texnik jihatdan tekshirish hamda tekshirish natijalari boʻyicha “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda tashkilotlar tomonidan asbob-uskunalar va materiallarni nazorat sinovlaridan oʻtkazishni, ish va atrof muhit tahlillarini, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasini oʻtkazishni tayinlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlovchi zavodlar va taʼmirlash korxonalarida nazoratdagi sanoat tarmoqlari uchun asbob-uskunalarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirish, ular standartlar, sanoat, radiatsiya xavfsizligi qoidalariga va normalariga hamda tasdiqlangan loyihaviy yechimlar talablariga nomuvofiq boʻlgan taqdirda ularni ishlab chiqarishni toʻxtatib qoʻyish va qoʻllanishini taqiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlardan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha zarur axborotlarni olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mansabdor va jismoniy shaxslarda ishlarga texnik rahbarlik qilish va ularni bajarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar mavjudligini, shuningdek ular tomonidan yuqori darajada xavflilik bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun maxsus belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat koʻrsatiladigan korxonalar hisobidan moliyalashtiriladigan mintaqaviy inspeksiyalarga tezkor va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar bilan kelishgan holda ularning mutaxassislarini ishlab chiqarishlar, obyektlar hamda yer qaʼri ishlari va uni muhofaza qilish xavfsizligi bilan bogʻliq mustaqil ekspertizalar va ishlanmalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida jalb etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi inspektorlari oʻz vazifalarini bajarayotganda nazoratidagi korxonalar ularni xizmat xonalari, aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari, transport bilan taʼminlaydilar, shuningdek ularga doimiy biriktirib qoʻyilgan mintaqaviy inspeksiyalar inspektorlariga esa kommunal xizmatlar koʻrsatiladigan va telefon aloqasi boʻlgan idoraviy turar joy ajratishda koʻmaklashadilar, idoraviy maktabgacha bolalar muassasalarida va sanatoriy-kurort muassasalarida joy beradilar, tibbiy xizmat koʻrsatish va ijtimoiy-maishiy taʼminot masalalarini hal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining mansabdor shaxslari oʻz xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganligi uchun belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
(15-andning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan oʻrinbosari boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi vaziriga, oʻrinbosar esa — tegishli ravishda vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat boʻlganda, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining tarkibiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari toʻgʻrisidagi nizomlarni (ustavlarni) belgilangan tartibda tasdiqlaydi, Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi toʻgʻrisidagi nizom bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi shtabining Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismining avariyaga uchragan odamlarni qutqarishga, yuz berayotgan avariyalar oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etishga hamda korxonalarda avariya-texnika ishlarini bajarishga tayyorligini taʼminlash boʻyicha ishlari yuzasidan nazoratni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tarmoq inspeksiyalari va mintaqaviy inspeksiyalar oʻz faoliyatini “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi huzurida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi boshchilik qiladigan Sanoat xavfsizligi boʻyicha idoralararo kengash tuziladi. Sanoat xavfsizligi boʻyicha idoralararo kengashning shaxsiy tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi bilan kelishgan holda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat inspeksiyasida boshliq (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari (lavozimiga koʻra), shuningdek “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼatning aʼzolari soni va shaxsiy tarkibi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatining respublika hududida geologik oʻrganishda, foydali qazilmalarni qazib olishda, mineral xomashyoni qayta ishlashda, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan taʼminlashda sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qaʼri boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish boʻyicha qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya qilinishi yuzasidan davlat nazorati taʼminlanishini davom ettirish, sanoat va radiatsiya xavfsizligini taʼminlash, shuningdek kon nazorati sohasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat majlisiga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat qarorlari boshliqning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Boshliq va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda boshliq paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikr-mulohazalarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼat tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining inspektorlari tarkibiga va organlari xodimlariga belgilangan tartibda farqlash belgilari boʻlgan formali kiyim-bosh va yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 64-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1, 2 va 4-bandlar, shuningdek 1, 3 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Gazni nazorat qilish inspeksiyasining” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Gaz xoʻjaligidan xavfsiz foydalanish inspeksiyasining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2008-yil 29-maydagi 114-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 25-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-banddagi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” soʻzlari “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 3 va 4-bandlar, shuningdek 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 64-modda) 6-ilovaning 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 45-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 191-modda, 25-son, 259-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son)