Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 17.09.1997 yildagi PF-1843-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 17.09.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AHOLIGA MAIShIY XIZMAT KOʻRSATISh TIZIMIDA ISLOHOTLARNI DAVOM ETTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish sohasini boshqarishni markazlashtirishdan chiqarishni davom ettirish va raqobat muhitini mustahkamlash, maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va mahalliy boshqaruv organlarining xoʻjalik mustaqilligini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalarining Oʻzbekiston aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va tashkilotlari respublika uyushmasi (“Oʻzmaishiyxizmatuyushma”)ni tugatish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish mavjud hududiy uyushmalarini hamda maishiy xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalarini saqlab qolish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalari oʻz faoliyati toʻgʻrisida tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga, maishiy xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalari esa tuman (shahar)lar hokimliklariga hisob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Aholiga maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalari zimmasiga quyidagi asosiy vazifalarni hal etish yuklansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) maishiy xizmat koʻrsatish uyushmalari, shuningdek ixtiyoriy asosda uyushmaga kiruvchi maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularga korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilish masalalarida koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga maishiy xizmat koʻrsatish tuman (shahar) uyushmalari va korxonalari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan yuridik, moliyaviy, texnik va boshqa xil xizmatlar koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholini ish bilan taʼminlashni kengaytirish uchun tegishli mintaqalar hududlarida, birinchi navbatda, qishloq joylarda xizmatlar koʻrsatishning har xil turlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy uyushmalarga kiruvchi korxonalarga marketing faoliyatida, moddiy xomashyo resurslari sotib olishda koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aholiga maishiy xizmat koʻrsatish hududiy uyushmalariga ular zimmasiga yuklangan vazifalarni hal etishda har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar maishiy xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar tuman (shahar) uyushmalarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtiyoriy asosda uyushma tarkibiga kiruvchi maishiy xizmat koʻrsatish korxonalariga ular faoliyatini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, jihozlar, ishlatiladigan va boshqa xomashyo resurslari bilan taʼminlash masalalarida koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maishiy xizmat koʻrsatish korxonalariga korxonalar faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan iqtisodiy, moliyaviy va huquqiy masalalar boʻyicha maslahat xizmatlari koʻrsatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maishiy xizmat koʻrsatish sohasidagi tadbirkorlar va korxonalarga samarali va malakali yordam berish maqsadida texnika siyosati bilan shugʻullanuvchi hamda konsalting xizmatlari koʻrsatuvchi korxonalar va tashkilotlar negizida “Maishiy xizmat markazi” aksiyadorlik firmasi tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Farmonni bajarish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tuzilsin. Tashkiliy qoʻmitaga, shuningdek Oʻzbekiston aholiga maishiy xizmat koʻrsatish korxonalari va tashkilotlari respublika uyushmasi (“Oʻzmaishiyxizmatuyushma”)ni tugatish komissiyasi funksiyasi ham yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 7-apreldagi PF-385-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonni bajarish yuzasidan bir hafta muddatda qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 17-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1843-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 271-modda)