Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
KORXONALARNING BANKROTLIGI TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIKNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni taʼminlash, korxonalar bankrotligining oldini olishga, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik va sanatsiyalash (davlat hisobidan yordam berish) toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ishlab chiqarish tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek kreditorlar hamda aksiyadorlarning manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(Farmonning 1-bandi hamda ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda)
2. Hukumat komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga va ular bankrot boʻlishining oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini oʻtkazish;
mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha qarorlar qabul qilib, bankrotlik toʻgʻrisidagi yoki sanatsiyalash haqidagi ishlarni xoʻjalik sudlarining koʻrib chiqishi uchun kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
bankrotlikka olib kelgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarning javobgarligini koʻrib chiqish va shunga oid qarorlar qabul qilish;
qarzdor korxonaga nisbatan sanatsiyani oʻtkazishning asosiy prinsiplari va tartibini, vakil qilingan organlar va tashkilotlarni uni oʻtkazishda qatnashish shartlarini tasdiqlash;
korxonalarni sanatsiyalashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
qarzdor korxonani ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi qarorlarni qabul qilish hamda qarzdor korxona rahbariyatining ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi qarorini tasdiqlash;
bankrot boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tugatish rejalarini va tugatish jarayoni nihoyasiga yetkazilgani toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
bankrot deb topilgan korxonani sanatsiyalash yoki tugatish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudi qarorlarining ijrosini nazorat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini maʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyish haqida qaror qabul qilish, bu qaror keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi bilan tasdiqlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-sonli Farmoniga muvofiq oʻninchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida iqtisodiy nochor korxonalar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha Qoʻmita (bundan buyon — Qoʻmita) tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
4. Belgilab qoʻyilsinki, Qoʻmita:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi davlat boshqaruv organi huquqlariga ega boʻlgan mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi boʻlib xizmat qiladi;
mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish chogʻida davlat manfaatlarini ifoda etadi;
barcha mulkchilik shaklidagi iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish yoki sanatsiyalash jarayonida kreditorlarning manfaatlari va aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Quyidagilar qoʻmita faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
korxonalar va tashkilotlar moliya-xoʻjalik holatining monitoringi, ular faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilish xamda iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha takliflar tayyorlash;
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunini qoʻllanishdan kelib chiqadigan jarayonlarni amalga oshirish maqsadida meʼyoriy va uslubiy bazani yaratish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
iqtisodiy nochor xoʻjalik yuritish subyektini bankrot deb topish haqida yoki qarzdor korxonani sanatsiyalash toʻgʻrisida iltimosnomalarni, bankrotlikning tashqi belgilariga ega boʻlgan korxonalarni qaytadan tashkil etish va tugatish mexanizmi boʻyicha, takliflarni bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritish;
xoʻjalik sudining qarorlariga muvofiq iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash yoki tugatish jarayonini tashkil etish kreditorlarning bankrot korxonaga nisbatan daʼvolari qondirilishiga koʻmaklashish, tugatish hamda sanatsiyalash jarayonida aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
iqtisodiy nochor korxonani qayta tashkil etish davrida bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga binoan shu korxona mulkini boshqarishga vakil qilingan organ vazifalarini bajarish;
bankrot korxonaning mol-mulkini kim oshdi savdolari orqali sotish borasidagi ishlarni tashkil etish;
iqtisodiy nochor korxonalar, ularning miqdorlari hamda yigʻilib qolgan qarzlarining turlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish;
nochor qarzdorning mulkini roʻyxatga olish va qiymatini baholash hamda uning kreditorlar oldidagi, budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazib baholash borasidagi ishlarni tashkil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
bankrotlik xavfini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga shartnoma asosida yordam koʻrsatish.
6. Qoʻmitaga quyidagi huquqlar berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiy nochor korxonalarni qayta tashkil etish dasturlarini tuzishda, xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb topilgan nochor qarzdor korxonalarni tugatishda ishtirok etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
tugatish jarayonini amalga oshirishda faol ishtirok etish va ishonchli shaxs sifatida qatnashish, mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan hamda xoʻjalik sudlari tomonidan bankrot deb eʼtirof etilgan qarzdorlar boʻyicha tugatish komissiyalarini tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda)
toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan korxonalarni sanatsiyalash va bankrot boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tugatish uchun ajratilgan mablagʻlarni tasarruf etish;
Keyingi tahrirga qarang.
oʻz vakolati doirasida ijro etish uchun majburiy boʻlgan qarorlar va normativ hujjatlar chiqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda soliq organlari, iqtisodiyot va statistika organlaridan korxonalarning iqtisodiy nochorligi haqidagi maʼlumotlarni olish;
Keyingi tahrirga qarang.
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda)
ekspertizalarni oʻtkazish, nochor qarzdorlarni tugatish yoki korxonalarni sanatsiyalash rejalarini ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning, auditorlik firmalarining mutaxassislarini jalb etish.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Qoʻmita qoʻzgʻatilgan daʼvolar boʻyicha xoʻjalik sudlarining koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan ishlar boʻyicha boj toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Qoʻmita huzurida korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi tuzilib, uning manbalari quyidagilardan iborat qilib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan Mehnat vazirligi teng ulushlarda bir yoʻla qoʻshadigan 100 mln. soʻm;
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishdan tushadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoladigan ulushning 5 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar shartnoma asosida ixtiyoriy ravishda qoʻshadigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiy nochor korxonalar ishi boʻyicha qoʻmita mansabdor shaxslardan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim qilinmagani yoki oʻz vaqtida taqdim qilinmagani uchun undirib olinadigan jarimalar;
bankrot korxonalarni kim oshdi savdosi orqali davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan, kreditorlarning talabi qondirilgan taqdirda mulkning baholanish va sotilish qiymati oʻrtasidagi farqdan tushgan mablagʻlarning bir qismi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-sonli Farmoniga muvofiq beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda)
9. “Oʻzistiqbolstat” Davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublika Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari Qoʻmitaning takliflariga muvofiq unga qarzdor korxonalarning iqtisodiy nochorligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish chogʻida zarur boʻladigan ana shunday qarzdorlar toʻgʻrisidagi axborot taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida:
korxonalarni bankrotlikka olib kelgan korxona rahbarlarining maʼmuriy-jinoiy javobgarligini oshirish toʻgʻrisidagi;
hozir amalda boʻlgan qonun hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarni kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni roʻyobga chiqarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 11-dekabr,
PF-1658-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 8-modda; 1999-y., 7-son, 170-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 17-18-son, 127-modda)