Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
KORXONALARNING BANKROTLIGI TOʻGʻRISIDAGI QONUNChILIKNI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunini amalga oshirish uchun tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni taʼminlash, korxonalar bankrotligining oldini olishga, iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan bankrotlik va sudgacha sanatsiyalash tartib-qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish, shuningdek kreditorlar hamda aksiyadorlarning manfaatlari va mulkiy huquqlarini himoya qilish maqsadida:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(Farmonning 1-bandi hamda ilovasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda)
2. Hukumat komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklansin:
korxonalarning moliyaviy ahvolini mustahkamlashga va ular bankrot boʻlishining oldini olishga qaratilgan davlat siyosatini oʻtkazish;
Oldingi tahrirga qarang.
ustav jamgʻarmasida davlat ulushi bor, va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzdor boʻlgan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha qarorlar qabul qilib, bankrotlik tartib-qoidasini joriy etish haqidagi takliflarni xoʻjalik sudiga kiritish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
bankrotlikka olib kelgan gʻayriqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan shaxslarning javobgarligini koʻrib chiqish va shunga oid qarorlar qabul qilish;
qarzdor korxonaga nisbatan sanatsiyani oʻtkazishning asosiy prinsiplari va tartibini, vakil qilingan organlar va tashkilotlarni uni oʻtkazishda qatnashish shartlarini tasdiqlash;
korxonalarni sanatsiyalashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan korxonalar bankrotligi tartib-qoidalari amalga oshirilishini nazorat qilish;
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini maʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyish haqida qaror qabul qilish, bu qaror keyinchalik Vazirlar Mahkamasining qarori yoki farmoyishi bilan tasdiqlanishi shart.
(2-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzurida iqtisodiy nochor korxonalar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha Qoʻmita (bundan buyon — Qoʻmita) tashkil qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
4. Belgilab qoʻyilsinki, Qoʻmita:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi davlat boshqaruv organi huquqlariga ega boʻlgan mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 30-avgustdagi PF-3306-sonli Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 8-son, 121-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining ishchi organi boʻlib xizmat qiladi;
ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish chogʻida davlat manfaatlarini ifoda etadi;
barcha mulkchilik shaklidagi iqtisodiy nochor korxonalarning bankrotligi yoki sudgacha sanatsiyasi tartib-qoidalarini amalga oshirish chogʻida kreditorlarning manfaatlari va aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
(4-bandning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
5. Quyidagilar qoʻmita faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan, zarar koʻrib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan korxonalar moliyaviy holatining monitoringini yuritish;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunini qoʻllanishdan kelib chiqadigan jarayonlarni amalga oshirish maqsadida meʼyoriy va uslubiy bazani yaratish borasidagi ishlarni tashkil qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
ustav jamgʻarmasida davlat ulushi bor, va (yoki) pul majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi oldida qarzdor boʻlgan korxonani sudgacha sanatsiyalash yoki bankrot deb topish toʻgʻrisida iltimosnomalarni, bankrotlikning tashqi belgilariga ega boʻlgan korxonalarni qaytadan tashkil etish va tugatish mexanizmi boʻyicha, takliflarni bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritish;
kreditorlarning bankrot korxonaga nisbatan daʼvolari qondirilishiga koʻmaklashish, bankrotlik va sudgacha sanatsiyalash tartib-qoidalarini amalga oshirish chogʻida aksiyadorlar /paychilar/ning mulkiy huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalar, ularning miqdorlari hamda yigʻilib qolgan qarzlarining turlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish;
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoniga muvofiq 5-bandning toʻrtinchi, beshinchi va sakkizinchi xatboshilari yangi tahrirda va oltinchi, yettinchi va toʻqqizinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
bankrotlik xavfini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga shartnoma asosida yordam koʻrsatish.
6. Qoʻmitaga quyidagi huquqlar berilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarni qayta tashkil etish dasturlarini tuzishda ishtirok etish;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan va xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb topilgan korxonalar boʻyicha tugatish ishlarini amalga oshirishda qatnashish;
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan korxonalarni sudgacha sanatsiyalashni, bankrot korxonalarning sud sanatsiyasi, tashqi boshqaruvini tashkil qilish hamda tugatish uchun ajratilgan Sanatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish;
(6-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
oʻz vakolati doirasida ijro etish uchun majburiy boʻlgan qarorlar va normativ hujjatlar chiqarish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda belgilangan tartibda soliq organlari, iqtisodiyot va statistika organlaridan ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan korxonalarning iqtisodiy nochorligi haqidagi maʼlumotlarni olish ;
(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
ekspertizalarni oʻtkazish, nochor qarzdorlarni tugatish yoki korxonalarni sanatsiyalash rejalarini ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlar, auditorlik tashkilotlarining mutaxassislari hamda baholovchilarni jalb etish.
(6-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
7. Qoʻmita qoʻzgʻatilgan daʼvolar boʻyicha xoʻjalik sudlarining koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan ishlar boʻyicha boj toʻlashdan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Qoʻmita huzurida korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi tuzilib, uning manbalari quyidagilardan iborat qilib belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan Mehnat vazirligi teng ulushlarda bir yoʻla qoʻshadigan 100 mln. soʻm;
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishdan tushadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ixtiyorida qoladigan ulushning 5 foizi miqdoridagi mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar shartnoma asosida ixtiyoriy ravishda qoʻshadigan mablagʻlar;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiy nochor korxonalar ishi boʻyicha qoʻmita mansabdor shaxslardan korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyati haqidagi materiallar taqdim qilinmagani yoki oʻz vaqtida taqdim qilinmagani uchun undirib olinadigan jarimalar;
bankrot korxonalarni kim oshdi savdosi orqali davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan, kreditorlarning talabi qondirilgan taqdirda mulkning baholanish va sotilish qiymati oʻrtasidagi farqdan tushgan mablagʻlarning bir qismi.
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999-yil 23-iyuldagi PF-2342-sonli Farmoniga muvofiq beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Qoʻmitaning takliflariga muvofiq ustav jamgʻarmasida davlat ulushi boʻlgan qarzdor korxonalarning iqtisodiy nochorligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish chogʻida zarur boʻladigan ana shunday qarzdorlar toʻgʻrisidagi axborot belgilangan tartibda mazkur Qoʻmitaga taqdim etilishini taʼminlasinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
10. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddat ichida:
korxonalarni bankrotlikka olib kelgan korxona rahbarlarining maʼmuriy-jinoiy javobgarligini oshirish toʻgʻrisidagi;
hozir amalda boʻlgan qonun hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiq holga keltirish haqidagi takliflarni kiritsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni roʻyobga chiqarish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 11-dekabr,
PF-1658-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 1-son, 8-modda; 1999-y., 7-son, 170-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 17-18-son, 127-modda)