Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 27.04.2011 yildagi 120-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-2012 YILLARDA TOShKENT VILOYATINING PISKENT TUMANINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRIShGA DOIR KOMPLEKS ChORA-TADBIRLAR DASTURINI AMALGA OShIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati Piskent tumanining iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yer, suv va mehnat resurslaridan samarali va oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, xizmat koʻrsatish va servis sohasi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2011-2012-yillarda Toshkent viloyatining Piskent tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) 1-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Piskent tumanidagi “nol” qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan investorlarga bepul beriladigan foydalanilmayotgan va boʻsh turgan obyektlar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*2-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Piskent tumanidagi ommaviy savdolar orqali sotiladigan boʻsh turgan obyektlar roʻyxati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Dasturning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini ish bilan taʼminlash darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat banklari tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash hisobiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hamda mavjud quvvatlarni modernizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishda zamonaviy agrosanoat texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etish, qishloq xoʻjaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, jumladan ichki yoʻllarni taʼmirlash, aholini ichimlik suv, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan taʼminlash hamda boshqa ijtimoiy-maishiy xizmatlar koʻrsatish darajasini yaxshilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda 2 va 3-ilovalarga muvofiq xususiylashtirilishi belgilangan davlat obyektlarini savdolarga qoʻyish boʻyicha tegishli choralar koʻrilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, 2-ilovaga muvofiq Piskent tumanida “nol” qiymatida investitsiya kiritish sharti bilan investorlarga bepul beriladigan foydalanilmayotgan va boʻsh turgan obyektlar Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi hududiy tanlov komissiyasining qaroriga asosan belgilangan tartibda sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Dasturga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini taʼminlash boʻyicha 4-ilovaga* muvofiq tarkibda Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruh tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*4-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Dasturni amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan Toshkent viloyati va Piskent tumani hokimliklari, vazirliklar, idoralar, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan chora-tadbirlarning Dasturda nazarda tutilgan parametrlar va muddatlarga muvofiq toʻliq bajarilishini taʼminlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda barcha yoʻnalishlar boʻyicha Dastur parametrlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borsinlar, ularni hal etish yuzasidan zarur tezkor va qatʼiy chora-tadbirlar koʻrsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 10-sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida axborot taqdim etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har chorak yakunida tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda mazkur Dasturning bajarilishi holati haqida materiallarni koʻrib chiqish uchun Muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent viloyati va Piskent tumani hokimliklari yer uchastkalari va turarjoy boʻlmagan obyektlarni ajratishda, shuningdek biznesni tashkil etish uchun zarur boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlarini amalga oshirishda loyihalar tashabbuskorlariga har tomonlama koʻmaklashsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov va Toshkent viloyati hokimi R.Q. Xolmatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
120-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 17-son, 171-modda)