Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ELEKTR ENERGETIKADA NAZORAT BOʻYIChA DAVLAT INSPEKSIYASI BOShLIGʻINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARINING QUVVATI 50 KVTGAChA BOʻLGAN ELEKTR QURILMALARINI ELEKTR TARMOQLARIGA ULAShNING SODDALAShTIRILGAN TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 27-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2220]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2012-yil 30-dekabrdagi 12-sonli “Tadbirkorlik subyektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga “bir darcha” tamoyili boʻyicha ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2411, 15.01.2013-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 47-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-apreldagi 103-son “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 139-modda) muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2005-yil 16-fevraldagi 57-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning quvvati 10 kilovattgacha boʻlgan elektr uskunalarini ulash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1454, 2005-yil 10-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 76-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq A. NIMATULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 7-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining 2011-yil 7-apreldagi 3-son buyrugʻiga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 47-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 5-apreldagi 103-son “Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 139-modda) muvofiq isteʼmolchilarning quvvati 10 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining, shu jumladan kichik biznes subyektlarining (bundan buyon matnda tadbirkorlik subyektlari deb yuritiladi) quvvati 50 kVt va undan past boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Isteʼmolchi (tadbirkorlik subyekti) elektr qurilmalarining yangi va qoʻshimcha quvvatlarini ishga tushirishdan oldin hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr tarmoqlariga (bundan bayon matnda elektr tarmoqlari deb yuritiladi) ulash uchun texnik shartlarni olishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlarsiz (bundan buyon matnda texnik shartlar deb yuritiladi) elektr qurilmalarning elektr taʼminotini loyihalashtirish, uskunalarni montaj qilish va ularni elektr tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Texnik shartlar, shu jumladan qoʻshimcha texnik shartlar toʻlov undirilmasdan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tadbirkorlik subyektlarining 50 kVtdan yuqori boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 382-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalarining talablariga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur Nizomda quyidagi atamalar va tushunchalardan foydalanilgan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchi — elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq quvvati 10 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
subisteʼmolchi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasi roziligi bilan isteʼmolchi (tadbirkorlik subyekti)ning elektr tarmoqlariga bevosita ulangan va elektr taʼminoti shartnomasini tuzgan isteʼmolchi (tadbirkorlik subyekti). Elektr energiyasi subisteʼmolchiga berilganda, isteʼmolchi (tadbirkorlik subyekti) elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga rioya qilinishi boʻyicha hududiy elektr tarmoqlari oldida javobgar boʻladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari — oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtgan va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan hamda elektr taʼminoti shartnomasiga muvofiq 10 kVtdan 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini ishlab chiqarish va (yoki) maishiy ehtiyojlar uchun foydalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr taʼminoti korxonasi — hududiy elektr tarmoqlari korxonasining tuman, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr energiyasini taqsimlash va sotishni amalga oshiruvchi boʻlinmasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr qurilmasi — elektr energiyasini ishlab chiqarish, transformatsiya qilish, uzatish, taqsimlash hamda uni energiyaning boshqa turiga aylantirish uchun moʻljallangan mashinalar, apparatlar, elektr uzatish liniyalari va yordamchi uskunalar yigʻindisi (ular oʻrnatilgan inshootlar va binolar bilan birga);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy elektr tarmoqlari korxonasi — viloyat, shahar, iqtisodiy zona (sanoat zonasi) doirasida elektr taʼminoti shartnomasi asosida isteʼmolchilarga elektr energiyasini sotish va taqsimlash huquqiga ega boʻlgan yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Texnik shartlarni berish va elektr taʼminoti loyihalarini kelishish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektr qurilmalarning yangi yoki qoʻshimcha quvvatlarini elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar hududiy elektr tarmoqlari korxona (elektr taʼminoti korxona)lari tomonidan tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari orqali tuman (shahar)lar arxitektura va qurilish boshqarma (boʻlim)laridan, isteʼmolchilardan yoki elektr taʼminoti loyihasini ishlab chiqayotgan loyiha tashkilotidan tegishli talabnoma kelib tushganidan soʻng uch ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Texnik shartlarni olish boʻyicha talabnomada isteʼmolchi (tadbirkorlik subyekti) loyihalashtirilayotgan obyektni tavsiflovchi quyidagi maʼlumotlarni qisqacha shaklda koʻrsatadi: yuklama miqdori, isteʼmolchi (tadbirkorlik subyekti)ning elektr taʼminoti ishonchliligi boʻyicha toifasi, oʻrnashgan joyi (aholi punkti bilan bogʻliq kartografiya materiali), obyektni loyihalashtirish va qurish muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvvati 10 kVt gacha boʻlgan elektr qurilmalari boʻyicha texnik shartlarni olish uchun talabnomalar tegishli elektr taʼminoti korxonalariga, 10 kVtdan 50 kVtgacha boʻlganda esa — talabnomalar tegishli hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Texnik shartlarning berilishi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-avgustdagi 357-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 15-16-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, hisobga qoʻyish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 32-bandida nazarda tutilgan holatlarda rad etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Texnik shartlar yaqin joylashgan, ishlab turgan past kuchlanishli elektr tarmoqlaridan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaqin joylashgan, ishlab turgan past kuchlanishli elektr tarmoqlari boʻlmaganda yoki ushbu elektr tarmoqlarida kuchlanishning yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan qiymatlargacha tushib ketishi yoxud elektr energiyasi yoʻqotishlari holatlari aniqlanganda, shuningdek isteʼmolchi (tadbirkorlik subyekti)larning taklifiga koʻra texnik shartlar yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlaridan (10-6/0,4 kV transformator punkti (TP)ning qurilishi bilan) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Elektr qurilmalarning yangi yoki qoʻshimcha quvvatlarini ulash bilan bogʻliq boʻlmagan ishlab turgan elektr uskunalarini rekonstruksiya qilishga bevosita asoslanmagan talablarni texnik shartlarga kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr qurilmalarning yangi yoki qoʻshimcha quvvatlarini ulash bilan bogʻliq boʻlgan ishlab turgan elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish (transformatorni, simlarni, kabellarni almashtirish va boshqalar) zaruriyati belgilangan tartibda amalga oshirilgan hisob-kitoblarga asosan elektr taʼminoti loyihasi bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Berilgan texnik shartlarga muvofiq ishlab chiqilgan elektr taʼminoti loyihasi hududiy elektr tarmoqlari korxonasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilishi lozim, quvvati 10 kVtgacha boʻlgan elektr taʼminoti loyihalari bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda quvvati 10 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarining hisob-montaj sxemasi elektr taʼminoti loyihasi boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Elektr taʼminoti loyihasini kelishish muddati har bir kelishuvchi tashkilot uchun uch ish kunidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agar isteʼmolchining yuklamasi ortishi sababli undagi elektr qurilmalarning umumiy quvvatini 10 kVtdan oshirish talab etilsa, qoʻshimcha texnik shartlar olinishi lozim. Bunda elektr qurilmalarning elektr tarmoqlariga avval ulangan quvvati hisobga olingan holda elektr taʼminoti loyihasi ishlab chiqiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Elektr qurilmalar quyidagilar amalga oshirilganda elektr tarmoqlariga ulanadi va ularga kuchlanish beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr qurilmalarining quvvati 10 kVtgacha boʻlganda isteʼmolchining ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ariza-majburiyati elektr taʼminoti korxonasiga taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr qurilmalarining quvvati 10 kVtdan 50 kVtgacha boʻlganda elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ijozat berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimida ishlay oladigan, belgilangan tartibda qiyoslashdan oʻtkazilgan hisobga olish priborlari oʻrnatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasidan foydalanish shartnomasi tuzilganida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Quvvati 10 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash uchun isteʼmolchi elektr taʼminoti korxonasiga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq ariza-majburiyatni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Elektr taʼminoti korxonasi isteʼmolchining ariza-majburiyatini olgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda berilgan texnik shartlarning bajarilganligini tekshiradi va texnik shartlardan chetga chiqishlar aniqlanmaganda, shuningdek hisobga olish priborlari toʻgʻri ulangan taqdirda isteʼmolchi bilan elektr taʼminoti shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Isteʼmolchi tomonidan berilgan texnik shartlardan chetga chiqishlarga yoʻl qoʻyilganda, shu jumladan elektr qurilmalarining quvvati 10 kVtdan oshirilganda, shuningdek hisobga olish priborlari toʻgʻri ulanmaganda, ushbu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar elektr taʼminoti korxonasi bilan elektr taʼminoti shartnomasi tuzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi va bu haqda kamchiliklar aniq koʻrsatilgan holda belgilangan tartibda isteʼmolchi xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Quvvati 10 kVtdan 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ijozat berish toʻgʻrisidagi dalolatnomani olish uchun tadbirkorlik subyektlari (pudrat tashkilotlari) “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasining hududiy boʻlimlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish va ularni ekspluatatsiya qilishga ijozat berish toʻgʻrisidagi dalolatnomani olish uchun ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq texnik hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi hududiy boʻlimining inspektori (bundan buyon matnda inspektor deb yuritiladi) ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddatda tadbirkorlik subyektining elektr qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektr qurilmalarni koʻrikdan oʻtkazish tekshiruv boʻlib hisoblanmaydi va koʻrik oʻtkazilganligi haqidagi maʼlumotlar tadbirkorlik subyektlarining Tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Elektr qurilmalarni koʻrikdan oʻtkazishda inspektor elektr qurilmalarni montaj qilishdagi kamchiliklarning yoʻqligini, ulanish texnik shartlarga muvofiqligini, belgilangan tartibda sertifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan montaj qilingan yoki qayta tiklangan elektr qurilmalar uchun muvofiqlik sertifikati hamda belgilangan texnik hujjatlar mavjudligini, shuningdek elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgar shaxs tayinlanganligini yoki yollanganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr qurilmalarni boshqa shartlar boʻyicha koʻrikdan oʻtkazilishiga hamda yuqorida qayd etilganlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tadbirkorlik subyekti (isteʼmolchi) tomonidan chakana savdo tarmogʻiga aholiga sotish uchun kelib tushayotgan va tegishli muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan 400 voltgacha kuchlanishli yoritish qurilmalari, elektr asboblari va elektr mashinalaridan foydalanilganda, shuningdek elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgar shaxsni tayinlash yoki yollash imkoniyati boʻlmagan taqdirda, elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgarlikni tadbirkorlik subyekti (isteʼmolchi)ning oʻzi (yuridik shaxsning rahbari) oʻz zimmasiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan shaxsga inspektor tomonidan elektr qurilmalarni koʻrikdan oʻtkazish bilan bir vaqtda elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi boʻyicha yoʻriqnoma beriladi va bu haqda yoʻriqnomalarni roʻyxatga olish jurnaliga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan talablar bajarilgan taqdirda inspektor elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ijozat berilishi toʻgʻrisidagi dalolatnomani rasmiylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Inspektor tomonidan elektr qurilmalarni koʻrikdan oʻtkazishda ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan talablarning bajarilishida kamchiliklar aniqlanganda, ushbu kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ijozat berilishi toʻgʻrisidagi dalolatnomani berish rad etiladi va bu haqda kamchiliklar aniq koʻrsatilgan holda belgilangan tartibda tadbirkorlik subyekti xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishga ijozat berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma berilishini boshqa sabablar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Isteʼmolchining quvvati 10 kVtgacha boʻlgan hamda tadbirkorlik subyektining quvvati 10 kVtdan 50 kVtgacha boʻlgan yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini, shuningdek subisteʼmolchining elektr qurilmalarini, shu jumladan yangi va rekonstruksiya qilingan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash ushbu Nizomda belgilangan tartib boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Elektr taʼminoti korxonasi tadbirkorlik subyekti bilan elektr taʼminoti shartnomasini tuzishi uchun inspektor tomonidan berilgan elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilishga ijozat berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma hamda hisobga olish pribori toʻgʻri ulanganligi asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Elektr taʼminoti shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran elektr taʼminoti korxonasi isteʼmolchi (tadbirkorlik subyekti)ning elektr qurilmalarini elektr energetika tizimining tarmoqlariga ulashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Elektr qurilmalar elektr tarmoqqa ulangan kunda elektr taʼminoti korxonasi tomonidan toʻgʻri ulangan hisobga olish priborlarining klemmnik qopqoqlari plombalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Tadbirkorlik subyekti (isteʼmolchi)ning elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash va ularga kuchlanishni berish elektr taʼminoti korxonasi tomonidan ulanayotgan obyektning rahbari yoki elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgar shaxsi ishtirokida amalga oshirilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Elektr qurilmalarni ulanayotgan obyektning rahbari yoki elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgar shaxsi hamda elektr taʼminoti korxonasining xodimlari ishtirokisiz elektr tarmoqlariga ulash man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Isteʼmolchining elektr uskunalarini texnik koʻrikdan oʻtkazgan va ekspluatatsiya qilishga ijozat bergan inspektor va hududiy elektr tarmoqlari korxonasi elektr qurilmalarni ekspluatatsiya qilish jarayonida bir maromda ishlashi uchun javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Yakuniy qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” DAK va “Qishloqenergoloyiha” OAJ bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 5-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi raisi J. ISMAILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 5-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekenergo” DAK Boshqaruvi raisi B. TEShABOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 5-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qishloqenergoloyiha” OAJ direktori Z. ABDUJABBAROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 5-aprel
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________________________
(tuman, shahar)
elektr taʼminoti korxonasiga
ARIZA-MAJBURIYAT
Men, ______________________________________ rahbari (egasi)
(tadbirkorlik subyektining toʻliq nomi yoki isteʼmolchining manzili)
nomidan ________________________________ elektr taʼminoti
(familiyasi, ismi va sharifi)
shartnomasini tuzishni hamda______________________________ hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 20__ yil “___” ______________da ___-son bilan berilgan texnik shartlarga muvofiq yangi ishga tushirilayotgan (yoki rekonstruksiya qilingan) elektr qurilmalarni elektr tarmoqlariga ulab berilishini soʻrayman.
Shu bilan bir vaqtda quyidagilarni maʼlum qilaman:
yuqorida qayd etilgan texnik shartlar toʻliq bajarilganligini; elektr qurilmalarni m�ntaj qilish va sozlash ishlari belgilangan qoida va tartiblarga rioya qilgan holda tugallanganligini, montaj qilish va ishga tushirish-sozlash hujjatlari mavjudligini; elektr qurilmalar kuchlanishni qabul qilishga tayyorligini; qonunchilikka muvofiq majburiy sertifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan barcha elektr qurilmalar uchun muvofiqlik sertifikatlari mavjudligini.
Tadbirkorlik subyektining rahbari (egasi) sifatida elektr qurilmalarning kelgusida tegishlicha ekspluatatsiya qilinishi va elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgarlikni oʻz zimmamga olaman.
Ilova:
1. Elektr taʼminotining tasdiqlangan hisob-montaj sxemasi.
2. Tadbirkorlik subyektini davlat roʻyxatidan oʻtganligi haqidagi guvohnomaning nusxasi
______________
___________________________
(imzo, muhr)
(tadbirkorlik subyekti rahbari yoki egasining familiyasi, ismi, otasining ismi)
___________________________
(pasport maʼlumotlari, imzolash sanasi)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarining quvvati 10 kVtdan 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini ekspluatatsiyaga qabul qilish imkoniyatini aniqlash uchun taqdim etilishi kerak boʻlgan texnik hujjatlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ulash uchun texnik shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Elektr taʼminoti loyihasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Elektr taʼminoti loyihasini texnik shartlarni bergan tashkilot va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgar shaxsni tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqdan koʻchirma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xavfsizlik texnikasi boʻyicha mavjud boʻlgan himoya vositalarining roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taqdim etilgan texnik hujjatlarning tadbirkorlik subyektining rahbari yoki elektr xoʻjaligining xavfsiz ekspluatatsiya qilinishi uchun javobgar shaxsi tomonidan tasdiqlangan roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kabel va havo liniyasining ijro chizmasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kabelni yotqizish, mexanik shikastlanishlardan himoya qilish boʻyicha ishlarni ochish dalolatnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kabelni yotqizilishidan (montaj qilinishidan) keyingi sinash bayonnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Simlar va elektr uskunalar izolatsiyasining qarshiligini oʻlchash bayonnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Zaminlagichlar va zaminlanuvchi elementlar oʻrtasida zanjir mavjudligini tekshirish bayonnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Zaminlovchi qurilmalar qarshiligini oʻlchash bayonnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 10-6/0,4 kV transformator punktini (TP) oʻrnatishda yoki ishlab turgan TPda transformatorni almashtirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaminlash konturini bajarish boʻyicha ijro chizmasi va ishlarni ochish dalolatnomasi (faqat yangi TPni ishga tushirishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuch transformatorini sinash bayonnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш