Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 05.04.2011 yildagi 103-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARINING QUVVATI 50 KVTGACHA BOʻLGAN ELEKTR QURILMALARINI ELEKTR TARMOQLARIGA ULASHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBINI JORIY ETISH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” davlat dasturi toʻgʻrisida” 2011-yil 7-fevraldagi PQ–1474-son qaroriga muvofiq, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2011-yil 1-maydan boshlab tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan kichik biznes subyektlarining quvvati 50 kVt va undan past boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi (Nimatullayev), “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi (Teshaboyev) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining quvvati 50 kVtgacha boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulashning soddalashtirilgan tartibini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ixtiyoriga koʻra hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga elektr tarmoqlariga ulashga texnik shartlar olish uchun bevosita, tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyalari orqali yoki loyiha tashkilotlari orqali buyurtmalar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr tarmoqlariga ulash uchun texnik shartlar berish muddati — 3 kun boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi tomonidan elektr qurilmalarini koʻrikdan oʻtkazish dalolatnomalarini berish muddati — 3 kun boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari elektr qurilmalarini foydalanishga topshirish imkonini aniqlashda taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar roʻyxatini 79 tadan 13 tagacha kamaytirish nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-avgustdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 8-son, 64-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari 31-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Bunda, isteʼmolchilarning quvvati 10 kVtgacha boʻlgan, tadbirkorlik faoliyati subyektlari, shu jumladan kichik biznes subyektlari uchun esa quvvati 50 kVt va undan past boʻlgan elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash qonun hujjatlariga muvofiq soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 5-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 139-modda)