OʻZBEKISTON SOVET SOTSIALISTIK JUMHURIYATI PREZIDENTINING
Farmoni
OʻZBEKISTON SSJ DEHQONChILIK-SANOAT KOMPLEKSI BOShQARUV TUZILMASINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 1-noyabrdagi PF-1617-son “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” Farmoni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Dehqonchilik-sanoat kompleksida davlat va xoʻjalik boshqaruvi vazifalarini farqlab qoʻyishga oid aniq tadbirlarni amalga oshirish, jamoa xoʻjaliklari, davlat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini rivojlantirish, bozor munosabatlarini joriy etish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida qaror qilaman:
1. Oʻzbekiston SSJ Qishloq xoʻjaligi davlat-kooperativ qoʻmitasi kengashi va hayʼatining Oʻzbekiston SSJ Qishloq xoʻjaligi davlat-kooperativ qoʻmitasini Oʻzbekiston SSJ Qishloq xoʻjaligi jumhuriyat vazirligiga aylantirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
2. Vazirlar Mahkamasi Raisining Birinchi oʻrinbosari oʻrtoq I.H. Joʻrabekovga yangi boʻlinmalarni tashkil etish va ilgari Oʻzbekiston SSJ Qishloq xoʻjaligi davlat-kooperativ qoʻmitasiga kirgan boshqa tarmoq boʻlinmalarini oʻzgartirish toʻgʻrisida taklif kiritish vazifasi topshirilsin.
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1990-yil 8-dekabr,
PF-107-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-y., 1-2-son, 19-modda)