Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
TEKShIRIShLARNI TARTIBGA SOLISh VA NAZORAT QILUVChI ORGANLAR FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRIShNI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning faoliyatiga asossiz aralashishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-son Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)
2. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.
* Ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini qonunchilikda belgilangan huquqlarga muvofiq amalga oshiriladigan tekshirishlarning hammasi nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishilgan holdagina oʻtkaziladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-son Farmoni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi:
reja asosida oʻtkaziladigan tekshirishlarning yillik, yarim yillik hamda har bir chorakka moʻljallangan jadvallarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
kompleks tekshirishlarni oʻtkazish amaliyotga joriy etilsin, bunda bir korxonadagi tekshirish barcha vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi, shuning hisobiga oʻtkaziladigan tekshirishlar soni va masalalarni takrorlash keskin kamaytirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshiradigan idoraviy taftish xizmatlarining mavjudligi maqsadga muvofiq emas, deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari (Davlat soliq qoʻmitasi va moliya vazirligi bundan mustasno) konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar mavjud taftish xizmatlarini tugatsinlar va oʻz tarkibidagi xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tahlil etishning auditorlik shakllarini qoʻllasinlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur bandning bajarilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin, 1997-yil budjetida boshqaruv idoralarining lavozimlari roʻyxatidagi tegishli oʻzgarishlarni nazarda tutsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarida tekshirishlarni tartibga solish toʻgʻrisida” 1993-yil 10-dekabrdagi 696-son Farmon, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 8-noyabrdagi 574-son Farmoyishining 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 8-avgust,
PF-1503-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 8-son, 102-modda; 1997-y., 9-son, 273-modda; 2001-y., 6-son, 122-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son)