Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.1996 10.12.1993 yildagi PF-696-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.1996
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SAVDO VA XIZMAT KOʻRSATISh SOHASI KORXONALARIDA TEKShIRIShLARNI TARTIBGA SOLISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaysi idoraga boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarida tekshirishni tartibga solish, xodimlarni asosiy faoliyatdan nooʻrin chalgʻitish hollariga barham berish, bu ishda takrorlash va parallelizmga yoʻl qoʻymaslik maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki, qaysi idoraga boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarining faoliyatini faqat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh davlat soliq boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining moliya va taftish organlari ishtirokida amaldagi qonunlarga muvofiq tekshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh davlat soliq boshqarmasiga bir hafta muddat ichida savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalari faoliyatini har jihatdan tekshirishni muvofiqlashtirish toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Takrorlash va parallelizmga barham berish maqsadida, qaysi idoraga boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, savdo va xizmat koʻrsatish sohasi korxonalarida mahalliy boshqaruv organlari, davlat nazorati, ichki ishlar, sogʻliqni saqlash, standartlashtirish, metrologiya va sertifikatsiya organlari oʻzlarining respublika tashkilotlari tomonidan tekshirish uchun aniq topshiriq koʻrsatib berilgan tegishli ruxsatnomalarsiz tekshirishlarni oʻtkazishi taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va respublika birlashmalari Qoraqalpogʻiston Respublikasining Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu Farmon talablari joylarda qatʼiy bajarilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi 10 kun muddat ichida amaldagi normativ hujjatlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-696-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 11-12-son, 399-modda)