19.03.2008 yildagi 42-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAYVONLARNI DEGELMINTIZATSIYALAShDA ALBENT PREPARATI 2,5% VA 10% LI SUSPENZIYALARINI QOʻLLASh BOʻYIChA QOʻLLANMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli Bayoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Hayvonlarni degelmintizatsiyalashda albent preparati 2,5% va 10% li suspenziyalarini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2007-yil 14-avgustda tasdiqlangan “Hayvonlarni degelmintizatsiyalashda albent preparati 2,5% va 10% li suspenziyalarini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq v.v.b. M. YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-son

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 42-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonlarni degelmintizatsiyalashda albent preparati 2,5% va 10% li suspenziyalarini qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanma

I. Umumiy maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Albent suspenziyasi (Albent suspensio) — tarkibida faol taʼsir etuvchi moddasi sifatida albendazol va toʻldiruvchisi boʻlgan gijjalarga qarshi preparat. Sinonimlari: albendazol suspenziyasi, albenol suspenziyasi, alvet suspenziyasi, valbazen suspenziyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Preparat tashqi koʻrinishiga koʻra quyuq, qaymoqsimon, nordon taʼmli suyuqlik; 10% li suspenziya — oq rangda, 2,5% li suspenziya nimpushti rangga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chiqarilish shakli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 ml tarkibida 0,1 g albendazol va yordamchi moddalari boʻlgan 10% suspenziya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 ml tarkibida 0,025 g albendazol va yordamchi moddalari boʻlgan 2,5% suspenziya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparat polietilen idishlarga, shisha flakonlarga yoki polimer oʻramlarga 10, 20, 50, 100, 200, 500 va 1000 ml dan qadoqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparat quruq binoda, bolalar qoʻli yetmaydigan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda, “B” roʻyxati boʻyicha saqlanadi. Muzlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparatning yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilinganda tayyorlangan kunidan boshlab 2 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Farmakologik xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Albendazol karbamatbenzimidazollar guruhiga mansub boʻlib, parazit hujayralaridagi mikrotubulyar apparati funksiyasini buzib, tubulin oqsili zararlanishiga olib keladi. Buning natijasida hujayrada biokimyoviy buzilishlar vujudga keladi, yaʼni — metafaza bosqichida hujayra boʻlinishini bostiruvchi glyukoza va fumaratreduktaza transportini shikastlaydi. Gijjalarning tuxum qoʻyishi va lichinkalarining rivojlanishiga yoʻl qoʻymaslik aynan shu mexanizmga bogʻliq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Preparat keng taʼsir koʻlamiga ega, jinsiy yetilgan trematodlar, jinsiy yetilgan va jinsiy yetilmagan tsestod va nematodlarga nisbatan faol. Ovotsid taʼsirga ega boʻlib, yaylovlarning gijjalar bilan zararlanishini kamaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Preparat hayvonlar uchun kam zaharli, tavsiya etilgan dozalarda mahalliy qoʻzgʻatuvchi va sensibillovchi xususiyatlarga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Organizmdan axlat bilan (taxminan 95%), buyrak orqali (taxminan 2—5%) ajraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Albent suspenziyasini nematodozlar, trematodozlar va tsestodozlarni davolash va oldini olish maqsadida, individual ravishda bir marta, ogʻiz orqali, avvaldan ochlik diyetasisiz va boʻshashtiruvchi vositalarsiz: yirik shoxli mol va otlarga 10% li suspenziya holatida, qoʻy va echkilarga 2,5% yoki 10% li suspenziya holatida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Preparat yirik shoxli molga individual ravishda 10% li suspenziya holatida monezioz, oʻpka va oshqozon-ichak nematodozlarida 100 kg vaznga 7,5 ml dan, surunkali fassiolezda 100 kg vaznga 10 ml dan qoʻllaniladi, bu esa oʻz navbatida 75 mg/kg va 10 mg/kg albendazolni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Otlarga preparat individual ravishda 10% li suspenziya holatida ogʻiz orqali 100 kg hayvon vazniga 7,5 ml dozada (7,5 mg/kg albendazol) qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mayda shoxli molga preparat individual ravishda 2,5% yoki 10% li suspenziya holatida quyidagi dozalarda qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kasalliklar‎‏

‎‎10 kg tana vazniga preparat dozasi

mg a.d.v.‎

ml 2,5%‎ ml 10%‎
Monezioz, oshqozon-ichak va oʻpka nematodozlari‎ 5,0‎ 2,0‎ 0,5‎
Surunkali fassiolez‎ 7,5‎ 4,0‎ 0,75‎
Surunkali dikrotselioz‎ 15‎ 6,0‎ 1,0‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Preparatni qoʻllashda ushbu Qoʻllanmaga koʻra qoʻshimcha va ogʻirlashtiruvchi asoratlar kuzatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Suspenziyani oʻtkir fassiolezda, urchitish davrida, qoʻylarga boʻgʻozlikning birinchi yarmida, boshqa turdagi urgʻochi hayvonlarga — dastlabki uch oyida, shuningdek infeksion kasalliklar bilan kasallangan va oriqlagan hayvonlarga qoʻllash tavsiya etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yirik shoxli mol, qoʻy va echkilarni soʻyishga degelmintizatsiyalashdan soʻng kamida 14 kun oʻtgach, otlarni kamida 7 kun oʻtgach ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sutni isteʼmol qilishga preparat qoʻllanilgach 4 kundan soʻng ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatdan avval soʻyilgan goʻsht va sutdan goʻshtxoʻr hayvonlarga yemish sifatida yoki goʻsht suyak uni ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Shaxsiy profilaktika choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Preparat bilan ishlashda shaxsiy gigiyena va xavfsizlik texnikasining umumiy qoidalariga rioya etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Noroziliklarni bayon etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.