Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
buyrugʻi
MUShUK BOLALARI UChUN LA-CAT KITTEN QURUQ OZUQASINI QOʻLLASh BOʻYIChA QOʻLLANMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik qoidalar va normalarga tegishli deb topilgan. 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli Bayoniga muvofiq buyuraman:
1. “Mushuk bolalari uchun La-Cat Kitten quruq ozuqasini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2007-yil 24-dekabrda tasdiqlangan “Mushuk bolalari uchun La-Cat Kitten quruq ozuqasini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Boshliq v.v.b. M. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-mart,
33-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 33-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
“TASDIQLANGAN”
Mushuk bolalari uchun La-Cat Kitten quruq ozuqasini qoʻllash boʻyicha
QOʻLLANMA
I. Umumiy maʼlumotlar
1. La-Cat Kitten — mushuk bolalari uchun meʼyorlashtirilgan quruq ozuqa, shuningdek homilador va emizikli mushuklarga ham mos ozuqa hisoblanadi.
Komponentlari: vitaminlar, mikroelementlar va minerallar bilan boyitilgan uy parrandalarining yanchilgan ozuqa submahsulotlari, yirik tortilgan donli un (bugʻdoy, makkajoʻxori, guruch gʻallasi), don yelimshagi, baliq uni, pivo achitqisi, hayvon yogʻlari (VNT antioksidantlari bilan), osh tuzi, taurin va tabiiy xushboʻy qoʻshimchalar.
Shuningdek, La-Cat Kitten tarkibida ozuqa toʻgʻri hazm qilinishi va sogʻliqni mustahkamlash uchun probiotik tolalar (F.O.S.) mavjud.
Tarkibida konservantlar yoʻq.
2. Tashqi koʻrinishiga koʻra shakli va teksturasi mushuklarning tishlari va milklarini sogʻlomlashtirish uchun moslangan jigarrang quruq granulalar.
3. La-Cat Kitten sof ogʻirligi 125 g., 400 g. va 3 kg boʻlgan folga qogʻozli paketlarga va laminatsiyalangan karton qutilarga qadoqlanadi.
4. Ozuqa yopiq oʻramlarda quruq, salqin joyda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilinganda tayyorlangan kunidan boshlab 12 oy.
Odamlar isteʼmol qilishi uchun belgilanmagan.
II. Biologik xususiyatlari
5. La-Cat Kitten — isteʼmolga tayyor boʻlgan ozuqa boʻlib, oson chaynaladi va hazm boʻladi, nozik va yoqimli mazaga ega. Tarkibida hayotining birinchi yilida sogʻlom rivojlanishi uchun mushuk bolalari organizmi talablariga mos keluvchi, miqdoriy va foiz hisobida meʼyorlashtirilgan, zarur boʻlgan barcha toʻyimli moddalar mavjud.
Ozuqa siydik chiqarish yoʻllarida tosh paydo boʻlishining, uning tarkibidagi taurin esa — shuningdek koʻrlik va yurak kasalliklarining oldini oladi.
6. Kafolatlangan analitik tarkibi: oqsil 33 %, yogʻ 18 %, namligi 9 %, tolalar 2 %, kul 7 %, kalsiy 1,1 %, fosfor 1 %, magniy 0,11 %, tuz 1,5 %, taurin 0,2 %, vitamin A 20000 HB/kg, vitamin D3 1200 HB/kg, vitamin E 200 HB/kg. Koʻrsatilgan tarkibdan yoʻl qoʻyilgan farqlar 3 % dan ortmasligi kerak.
7. Metabolik energiya 4100 kkal/kg.
Sh. Qoʻllash tartibi
8. Mushukchalarni La-Cat Kitten bilan 3-4 haftalikdan boshlab, suvda ivitilgan ozroq miqdorlarda, asta-sekin mushuk bolalari ratsionida uning miqdorini koʻpaytirgan holda boqish tavsiya etiladi. Keyinchalik La-Cat Kitten dan ozuqaning yagona turi sifatida foydalanish tavsiya qilinadi.
|
Yoshi (oylarda) |
La-Cat Kitten ning kunlik miqdori |
| 1—3 | 35—55 g |
| 3—6 | 55—75 g |
| 6—12 | 75—100 g |
9. Bir yoshdan katta boʻlgan mushuk bolalari katta yoshli mushuklar uchun La-Cat bilan boqilishi kerak. Doimiy ravishda La-Cat Kitten berilgan mushuk bolalari, katta yoshdagi mushuklar uchun La-Cat ozuqasiga asta-sekinlik bilan, mushuk bolalari uchun ozuqani katta yoshli mushuklar ozuqasiga aralashtirib, katta yoshli mushuklar ozuqasi miqdorini oshirib borgan holda oʻtkaziladi.
10. Boʻgʻoz va emizikli mushuklar uchun qoʻshimcha ozuqa talab etiladi. Ularning xoʻraklarini quruq ozuqa bilan doimiy ravishda toʻldirib borish va ularning toʻygunicha ovqatlanishiga imkoniyat yaratish tavsiya etiladi. Shu bilan birga, mushuklarning toza chuchuk suv bilan bemalol taʼminlanishlarini kuzatib borish zarur.
VI. Noroziliklarni bayon etish tartibi
11. Ozuqa ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1-a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Bir vaqtnint oʻzida laboratoriyaga ozuqaning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va ozuqaning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.