19.03.2008 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
YaNGI TUGʻILGAN VA OʻSAYOTGAN HAYVON VA PARRANDALARNING TURLI KASALLIKLARINI DAVOLASh VA OLDINI OLIShDA GENTAMITSIN SUVDA ERUVChI PREPARAT KUKUNINI QOʻLLASh BOʻYIChA QOʻLLANMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan texnik qoidalar va normalarga tegishli deb topilgan. 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli Bayoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Yangi tugʻilgan va oʻsayotgan hayvon va parrandalarning turli kasalliklarini davolash va oldini olishda gentamitsin suvda eruvchi preparat kukunini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2007-yil 17-avgustda tasdiqlangan “Yangi tugʻilgan va oʻsayotgan hayvon va parrandalarning turli kasalliklarini davolash va oldini olishda gentamitsin suvda eruvchi preparat kukunini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq v.v.b. M.YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 32-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi tugʻilgan va oʻsayotgan hayvon va parrandalarning turli kasalliklarini davolash va oldini olishda gentamitsin suvda eruvchi preparat kukunini qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOʻLLANMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Gentamitsin suvda eruvchi kukuni (Gentamycinum pulvis hidrosolubilis) — faol taʼsir etuvchi modda sifatida gentamitsin antibiotik va vitaminlarga ega boʻlgan kompleks preparat. Sinonimlari: garamitsin, gentabiotik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tarkibi: gentamitsin sulfat 1,6 g., retinol (vitamin A) 0,100 g., tiamin bromid (vitamin B1) 0,200 g., riboflavin (vitamin V2) 0,050 g., nikotinamid (vitamin RR) 0,460 g., askorbin kislotasi (vitamin S) 0,500 g. va 0,100 gacha boʻlgan toʻldiruvchilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashqi koʻrinishiga koʻra och sariqdan to sariq ranggacha boʻlgan suvda yaxshi eruvchi kukun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chiqarilish shakli — 100,0, 200,0, 500,0 va 1000,0 g dan banka va polietilen flakonlarga yoki alyudoin folga qogʻozli va aralash materiallardan tayyorlangan paketlarga qadoqlangan kukun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparat quruq binoda, bolalar qoʻli yetmaydigan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda, “B” roʻyxati boʻyicha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparatning yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilinganda tayyorlangan kunidan boshlab 2 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Farmakologik xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Gentamitsin sulfat keng koʻlamdagi mikroblarga qarshi taʼsiri bilan xarakterlanuvchi aminoglikozidlar guruhiga mansub antibiotik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻpgina grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlarga: koʻk yiringli va ichak tayoqchalari, tifoparatifoz va dizenteriya bakteriyalariga, shu jumladan oʻta barqaror stafilokokka nisbatan faol.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gentamitsin mikrob hujayralariga bakteritsid taʼsir koʻrsatib, koʻpayuvchi hujayralardagi oqsil sintezini bostiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Gentamitsin qabul qilinganda qonda yaxshi soʻrilmaydi, shu omil tufayli uning asosan yangi tugʻilgan va oʻsayotgan hayvonlarning ovqat hazm qilish trakti kasalliklarida mikroblarga qarshi yuqori taʼsirchanligi belgilanadi. Oshqozon-ichak traktidagi mikroblarga qarshi taʼsiri 8—12 soat davomida saqlanib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vitamin A-organizmga umumiy (sistemali) taʼsir koʻrsatib, oʻsish va rivojlanishning meʼyorda boʻlishini taʼminlab turadi. Vitamin A asab, epitelial hujayralarining yashashi va suyaklar oʻsishi uchun zarur. Boʻy oʻsishi va jinsiy funksiyalarni yoʻlga quyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V kompleksidagi vitaminlar—organizmning turli funksiyalariga faol taʼsir koʻrsatadi, modda almashinuvi va nerv-reflektor regulatsiyasiga taʼsiri orqali, ular turli patologik jarayonlarda ijobiy natijalarga olib keladi, uglevodorodlar, oqsil va yogʻlar almashinuvini yaxshilaydi. Achitish-tiklanish jarayonlariga taʼsir koʻrsatadi. V kompleksidagi gipovitaminozlarning rivojlanishidan saqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nikotin kislotasi—ovqat hazm qilish traktining suyuqlik ajratib chiqarish faoliyatini oshiradi, jigar faoliyatini va bosh miyaning qon bilan taʼminlanishini yaxshilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vitamin S—organizmning turli funksiyalariga taʼsir etadi: kapillyarlarning oʻtkazuvchanligi, suyak toʻqimalarining oʻsishi va rivojlanishi, noxush taʼsirlarga qarshi immunobiologik taʼsirchanlikni kuchaytiradi, buyrak usti bezining gormonlari mahsulotini barqarorlashtiradi, toʻqimalarning yangilanishiga imkon yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Preparat organizmdan asosan axlat va siydik orqali ajraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Preparat quyidagi maqsadlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hayvon va parrandalarning kasalliklarini oldini olish va mahsuldorligini oshirishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davolash maqsadida asosan yangi tugʻilgan va oʻsayotgan hayvonlardagi gentamitsinga taʼsirchan va boshqa antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlar qoʻzgʻatgan ovqat hazm qilish trakti kasalliklari buzoqlar, choʻchqa bolalari kolibakteriozlari, salmonellezlarida, joʻjalarning pullorozlarida, joʻjalardagi pulloroz va kolibakteriozning aralash infeksiyalari va boshqa kasalliklarda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoʻllash usuli: ichimlik suvi bilan ichiriladi (parrandalarga), suv yoki sut bilan soʻrgʻich, butilka, suv xoʻrakka solib ichiriladi yoki hayvon va parranda ozuqasiga qoʻshib (yoki eritilgan holatda) beriladi. Davolash kursi 5—7 kun. Sutkalik dozasi quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hayvon turi‎

Qoʻllash usuli‎

Parranda‎ 1 l suvga 5,0 preparat (bu 8,0 mg gentamitsin sulfatni tashkil etadi), faqatgina shu suvni ichimlik sifatida isteʼmol qilinadi.‎
Yirik va mayda shoxli mol (yangi tugʻilgan va oʻsayotgan)‎ Preparatning kunlik dozasi 0,3-0,6 g/kg hayvon vazniga 2 ga boʻlib: ertalab va kechqurun qabul qilinadi (bu 5,0-10,0 mg gentamitsin sulfatni tashkil etadi).‎
Choʻchqalar (yangi tugʻilgan va oʻsayotgan)‎ Preparatning kunlik dozasi 0,375-1,0 g/kg hayvon vazniga 2 ga boʻlib: ertalab va kechkurun qabul qilinadi (bu 6,0-16,0 mg gentamitsin sulfatni tashkil etadi)‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Preparatni buyrak faoliyatining buzilishi qoʻshilgan ichak kasalliklarining ogʻir gemorragik hollarida qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Hayvonlarni soʻyishga preparat soʻnggi marta qoʻllanilgandan soʻng kamida 10 kun oʻtgach ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatdan avval soʻyilgan goʻsht va olingan tuxumdan goʻshtxoʻr hayvonlarga yemish sifatida yoki goʻsht suyak uni ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Shaxsiy profilaktika choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Preparat bilan ishlashda shaxsiy gigiyena va xavfsizlik texnikasining umumiy qoidalariga rioya etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Noroziliklarni bayon etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A. Yunusov koʻchasi, 1a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.