Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 27.04.2001 yildagi PF-2836-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ULGURJI VA BIRJA SAVDOSINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada bozor infratuzilmasini shakllantirish, ulgurji va birja savdosini rivojlantirish borasida izchil ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Davlat ehtiyojlari uchun mahsulot xarid qilishni monopoliyadan chiqarish, tovar-xomashyo birjalaridagi savdoda kontraktlar tuzish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi. O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi, doimiy ishlovchi Respublika yarmarka savdosi markazi — “O‘zko‘rgazmasavdo”, ulgurji bozorlar tarmog‘i, bozor infratuzilmasining boshqa bo‘g‘inlari tashkil qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ulgurji va birja savdosining mavjud tizimi samarasiz ishlamoqda. Tayyor mahsulotlarni va moddiy-xomashyo resurslarini birja savdolarida sotish hajmi yetarli darajada emas. Kelishuvlarni tuzish chog‘ida hamon eskicha nomaqbul ma’muriy-buyruqbozlik tamoyillari ustun bo‘lib, bunda moddiy resurslar sotuvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasida oldindan taqsimlab qo‘yilmoqda. Ko‘plab birja kelishuvlari amalda birjalar savdo sessiyalarida emas, balki ulardan tashqarida tuzilmoqda. Raqobatchilik va tanlash erkinligi yo‘q darajada. Talab va taklifning mutanosibligiga asoslangan bozor mexanizmlari hali sust ishlamoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi faoliyati bozor iqtisodiyotining hozirgi zamon talablariga mos kelmaydi. Mavjud ishlab chiqarish va omborxona imkoniyatlaridan samarasiz foydalanilmoqda. Ulgurji, birja savdosi korxonalarining sarf-xarajatlari va shunga ko‘ra, savdo ustama narxlari yuqori darajadadir. Moddiy resurslarning birja savdosi asosan markazda jamlangan. Kichik va o‘rta biznes subyektlari hamda qurilish tashkilotlarining bozor sharoitida moddiy-texnika resurslarini erkin xarid qilishlari ta’minlanmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birja va yarmarka savdolari qoniqarsiz o‘tkazilayapti. Brokyerlar malakasi, ayniqsa, viloyat tovar-xomashyo birjalarida past darajadadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqqan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasining ulgurji va birja savdosi tizimini tashkil etish borasidagi ishi qoniqarsiz deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi va tovar-xomashyo birjalarining faoliyatini tahlil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 5-yanvardagi 10-son farmoyishi bilan tuzilgan Maxsus komissiyaning, Davlat mulki qo‘mitasining va “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi muassislarining quyidagi takliflari ma’qullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasi — “O‘zulgurjibirjasavdo”ni tugatish to‘g‘risida.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 3-martdagi PF-4290-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 9-son, 85-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugatilayotgan “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi tarkibida bo‘lgan hududiy aksiyadorlik tijorat-vositachi kompaniyalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari qaramog‘iga o‘tkazib, ular zimmasiga ulgurji va mayda ulgurji savdoni tashkil etish, kichik biznes subyektlari, xususiy tadbirkorlar moddiy-texnika resurslarini yanada erkinroq xarid qilishlari uchun shart-sharoit yaratish vazifalarini yuklash to‘g‘risida.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-son Farmoni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami,2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasini tugatilayotgan “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi tarkibidan chiqarib, uning faoliyatini mustaqil bozor tuzilmasi sifatida tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasining “Birja va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga birja faoliyatini tashkil etishni yaxshilashga, birja bitimlarining amalga oshirilishi hamda birja narxlari belgilanishi uchun birjalar va birja savdosi qatnashchilarining javobgarligini oshirishga qaratilgan zarur o‘zgartish va qo‘shimchalarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zbekiston shartnomalar va savdo bo‘yicha davlat-aksionerlik uyushmasi — “O‘zshartnomasavdo”ni tugatish hamda O‘zbekiston ulgurji va birja savdosi bo‘yicha respublika aksionerlik uyushmasi — “Ulgurjibirjasavdo”ni ta’sis etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 28-fevraldagi PF-772-son Farmonining 2 va 3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘n kun muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan o‘zgarishlar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yil 27-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-2836-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 4-son, 70-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 1-2-son , 9-modda; 2011-y., 9-son, 85-modda)