Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
buyrugʻi
5 % LI ASKORBIN KISLOTA INʼEKSION ERITMASINI VETERINARIYADA QOʻLLASh BOʻYIChA QOʻLLANMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Mazkur Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qoʻmitasining 2018-yil 17-yanvardagi 15-sonli “5 % li askorbin kislota inyeksion eritmasini veterinariyada qoʻllash boʻyicha qoʻllanmani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli Bayoniga muvofiq buyuraman:
1. “5 % li askorbin kislota inyeksion eritmasini veterinariyada qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2007-yil 17-avgustda tasdiqlangan “5 % li askorbin kislota inyeksion eritmasini veterinariyada qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Boshliq v.v.b. M. YUSUPOV
Toshkent sh.,
2008-yil 19-mart,
30-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 30-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
“TASDIQLANGAN”
5 % li askorbin kislota inyeksion eritmasini veterinariyada qoʻllash boʻyicha
QOʻLLANMA
I. Umumiy maʼlumotlar
1. 05 % li askorbin kislota eritmasi qon va qon oʻrnini bosadigan moddalarga moʻljallangan 100, 200 va 400 ml li shisha butilkalarga qadoqlangan rangsiz yoki sal sargʻishroq tiniq suyuqlikdan iborat.
2. Butilkalarda TSh 64-15368831-06:2007 ning 1.4.1 bandi talablariga muvofiq ravishda etiketka boʻlishi kerak. Preparat oʻrab joylashtirilgan gofrirlangan karton yashiklarda TSh 64-15368831-06:2007 ning 1.4.2 bandi talablariga muvofiq boʻlgan etiketka boʻlishi kerak.
3. Shikastlantan butilkalardan foydalanish ruxsat etilmaydi.
4. Dorivor preparatning yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilingan taqdirda (yorugʻlikdan himoyalangan, bolalar kirmaydigan joyda, plyus 8°S dan 15°S gacha haroratda) ishlab chiqarilgan kundan boshlab bir yarim yil.
II. Farmokologik xossalari
5. Askorbin kislotaning farmokologik faolligi asosida uning organik substratda oksidlanish-tiklanish reaksiyalariga qobilligi yotadi. Oksidlanish qaytar yoki qaytmas boʻlib oʻtishi mumkin.
Askorbin kislota nuklein kislotalarning aylanishi, tirozinning oksidlanishi kabi hayotiy muhim jarayonlarda ishtirok etadi, tomirlar endoteliyasi asosiy oraliq moddasi, shuningdek retikulyar va biriktiruvchi tuqimalar, togʻay, suyak, dentina tarkibiga kiruvchi kollagen va unga yaqin boʻlgan moddalarning hosil boʻlishiga taʼsir qiladi.
Askorbin kislotasi taʼsirida retikuloendotelial tizim faolligi sezilarli oshadi, fagotsitar faolligi bir necha karra koʻtariladi. Askorbin kislotasi yalligʻlanish jarayonining darajasi va bosqichiga bogʻliq ravishda yalligʻlanishga qarshi moʻtadil taʼsir koʻrsatadi.
Askorbin kislotasi moʻtadil ravishda, lekin uzoq muddatga hayvonlarning koʻpgina endogen va ekzogen tavsifdagi zaharlarga nisbatan turgʻunligini koʻtaradi.
III. Qoʻllash tartibi
6. Askorbin kislotasi moddalar normal almashishini saqlash, tomir va suyak tizimida kollagen hosil boʻlishini faollashtirish, markaziy asab tizimidagi revmatik jarayonlarda, organizm rezistentligini koʻtarish va yuqumli kasalliklar oldini olish, ogʻir metallar bilan zaharlanganda qoʻshimcha zaharga qarshi dori sifatida qoʻllaniladi.
Preparat dozalari (gr. larda) hayvonlarga qon tomiri orqali yuboriladi:
otlarga: 0,5—1,5
yirik shoxli mollarga: 0,5—2,0
mayda shoxli mollarga: 0,5—2,0
itlarga: 0,02—0,05
Ichki joʻnatiladigan dozalar:
mayda shoxli mollarga: 0,2—1,0
choʻchqalarga: 0,1—0,5.
7. Hayvonlar veterinar vrachning doimiy kuzatuvida boʻlishi kerak.
8. Askorbin kislotasining yemda ortiqchaligi hayvonlarga salbiy taʼsir koʻrsatmaydi. Ichga kiritilgandagi zaharli dozalari davolash dozalaridan 20—50 barobar ortiq.
9. Preparat hayvonlarga kiritilgandan soʻng, yirik shoxli mollarning goʻshti va sutini, qoʻyning goʻshtini 7 kun, choʻchqa goʻshtini 5 kun davomida isteʼmol qilishga ruxsat etilmaydi.
IV. Maxsus ehtiyotkorlik choralari
10. Preparat qoʻllanilayotgan paytda dorivor veterinariya preparatlari bilan ishlashning shaxsiy gigiyena va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak.
V. Noroziliklarni bayon etish tartibi
11. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl(S)@rambler.ru. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.