Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 15.05.1996 yildagi PF-1464-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjat 15.05.1996 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDA MONOPOLIYADAN ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh QOʻMITASINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monopoliyaga qarshi davlat siyosatini faollashtirish, raqobatni va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida, “Monopolistik faoliyatini cheklash toʻgʻrisida” va “Isteʼmolchilar huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlarini bajarish yuzasidan:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish Bosh boshqarmasi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narx siyosatini oʻtkazish sohasidagi funksiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va mahalliy moliya organlarida saqlab qolinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi raqobatni rivojlantirish, monopolistik faoliyatini cheklash hamda isteʼmolchilar huquqlarini muhofaza qilish sohasidagi siyosatni oʻtkazish boʻyicha davlat boshqaruv organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻmitaning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari va koʻrsatmalarini bajarish vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasini lavozimiga koʻra Moliya vazirining oʻrinbosari hisoblanadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan Rais boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasining asosiy vazifalari hamda faoliyati yoʻnalish etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi qonunchilikka va isteʼmolchilar huquqlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini yaratish yagona metodologik yondashuvni, monopoliyadan chiqarish tarmoq mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
raqobatni va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan monopolistik faoliyatning, tovar va moliya bozorlarida ustunlik mavqeyining suiisteʼmol qilinishining oldini olish va bunga yoʻl qoʻymaslik, nohalol raqobatga va isteʼmolchilar manfaatlarining kamsitishga barham berish chora-tadbirlarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist birlashmalar (korxonalar)ning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat reyestrini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishda oshkoralikni taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi aholisini ommaviy axborot vositalari, shu jumladan ixtisoslashgan davriy nashrlar orqali iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini muhofaza qilish chora-tadbirlari qanday amalga oshirilayotganligidan xabardor qilib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyaga qarshi kurashning tartibga solib borish va isteʼmolchilar huquqlarini muhofaza qilish sohasida chet el tajribasini tahlil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda va tartibda jarima solish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning monopolistik faoliyat, isteʼmol huquqlarini buzish natijasida asossiz olgan daromadi (foydasi)ni narxlarni tartibga solish fondiga musodara etish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy moliya organlari bilan birgalikda qoʻmita tomonidan qabul qilingan qarorlarning nohalol raqobat, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning narxlari asossiz ravishda oshirilishi natijasida olingan daromad (foyda)ni narxlarni tartibga solish fondiga olib qoʻyishga oid qismi bajarilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narxlarni tartibga solish fondiga olib qoʻyilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida va toʻliq tushishi, fond mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalarining monopoliyaga qarshi siyosatni oʻtkazish boʻlimlari negizida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari moliya boshqarmalari huzuridagi monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalarini qayta tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman, shaharlarda — tumanlar (shaharlar) hokimliklari moliya boʻlimlari huzurida monopoliyaga qarshi qonunchilikka va isteʼmolchilar huquqlarini muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish boʻyicha inspektorlar lavozimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlari oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasiga, shuningdek tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalariga hisobot beradilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish hududiy organlari boshliqlari lavozimiga Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi Raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tavsiyanomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri tomonidan tayinlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Huquqni muhofaza qilish organlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi xodimlariga ularning oʻz xizmat burchlarini bajarishlarida koʻmaklashsinlar, mansabdor shaxslar va alohida fuqarolarning qoʻmita xodimlari zimmasidagi vazifalarni bajarishga toʻsiqlik qiluvchi xatti-harakatlarining oldini olsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi xodimlari xatti-harakatlari ustidan amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin, respublika Hukumatining normativ hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 15-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1464-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 83-modda; 2000-y., 7-8-son, 240-modda)