19.03.2008 yildagi 28-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAYVON VA PARRANDALARNING INFEKSION KASALLIKLARINI DAVOLASh VA OLDINI OLIShDA 20% LI TIAMFENIKOL ERITMA PREPARATINI QOʻLLASh BOʻYIChA QOʻLLANMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2008-yil 2-aprel 20-15-89/11-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli bayoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Hayvon va parrandalarning infeksion kasalliklarini davolash va oldini olishda 20% li tiamfenikol eritma preparatini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2007-yil 14-avgustda tasdiqlangan “Hayvon va parrandalarning infeksion kasalliklarini davolash va oldini olishda 20% li tiamfenikol eritma preparatini koʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq v.v.b. M.YUSUPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 2008-yil 19-martdagi 28-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvon va parrandalarning infeksion kasalliklarini davolash va oldini olishda 20% li tiamfenikol eritma preparatini koʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOʻLLANMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tiamfenikol 20% li eritma (Tiamphenicol solutio 20%) — faol taʼsir etuvchi moddasi sifatida tiamfenikol antibiotikli preparat. Sinonimlari: Tiamfenikola glitsinat atsetilsisteinat, fluimutsil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tarkibi: 1 ml preparat tarkibida 0,2 g (200000 UE) tiamfenikol, 0,01 g prokain gidroxlorid (novokain) va 100,0 ml gacha toʻldiruvchilar mavjud.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tashqi koʻrinishiga koʻra och sariq rangli shaffof, achchiq taʼmli eritma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chiqarilish shakli—shisha flakonlarga yoki banka va polietilen flakonlarga 10,0; 20,0; 50,0; 100,0; 200,0; 400,0; 500,0 va 1000,0 ml dan qadoqlangan eritma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparat quruq binoda, bolalar qoʻli yetmaydigan joyda, 25°S dan yuqori boʻlmagan haroratda, B roʻyxati boʻyicha saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparatning yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilinganda tayyorlangan kunidan boshlab 3 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Farmakologik xususiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Preparat tarkibiga kiruvchi tiamfenikol amfenikollar guruhiga mansub antibiotik. U xloramfenikolga oʻxshash va keng koʻlamdagi bakteriyalarga qarshi taʼsirga ega. Grammusbat va grammanfiy mikroorganizmlar, rikketsiylar, baʼzi yirik viruslar va protozoylar, streptokokklar, stafilokokklar, pnevmokokklar, kolibakteriyalar, salmonellalar, pasterellalar, spiroxetlar, psitakkoz viruslari (ornitoz), Q — bezgagi va boshqalarning rivojlanishini kamaytiradi. Xloramfenikoldan farqli ravishda u aplastik anemiyani vujudga keltirmaydi (miya suyagi qon yetkazish funksiyasi pasayishi taʼsirida qondagi gemoglobin moddasining kamayib ketishi), jigar va buyrakka zarar yetkazmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prokain yaxshigina lokal ogʻriqsizlantiruvchi taʼsirga ega boʻlib, u dikain taʼsiridan ozgina kuchsizroq, lekin undan anchagina kam zaharli. Uning taʼsir etish muddati 30 minut atrofida, chunki u tez gidrolizlanadi va paraaminobenzoy kislotasi va dietilaminoetanolga aylanadi. Uning ogʻriq qoldiruvchi taʼsiri 1% adrenalin gidroxlorid eritmasini — 2,5 — 10 ml prokainga 1 tomchi qoʻshish yoʻli bilan uzaytiriladi va kuchaytiriladi. Prokainning sirtqi ogʻriqsizlantiruvchi taʼsiri oʻta kuchsiz (zararlanmagan teri va shilliq pardalar orasidan oʻtishi qiyin). Uni rezorbsiyalanganda va tomir orqali qoʻllanganda prokain atsetilxolin paydo boʻlishini kamaytiradi, periferik xolinoretseptorlar qoʻzgʻaluvchanligini pasaytiradi, vegetativ gangliyalarga toʻsqinlik qiladi, silliq muskullar spazmlarini boʻshashtiradi, yurak mushaklari qoʻzgʻalishini pasaytiradi. Katta dozalarda bosh miya qobigʻining motor zonalarini qoʻzgʻatadi. Prokain qisqa analgetik, yalligʻlanishga qarshi, shokka va arit-miyaga qarshi taʼsirlarga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Preparat organizmdan asosan axlat va siydik orqali ajraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Qoʻllash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ot va toylarga, yirik va mayda shoxli molga: nafas va hazm qilish organlarining oʻtkir va surunkali kasalliklarida (qoʻzgʻatuvchilari grammanfiy organizmlar boʻlgan pnevmoniyalar, enterit, kolibakterioz, salmonellez, pasterellez, bakterial artirilar, septitsemiyalar) qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ona choʻchqalarning “metrit-mastit-agalaktiya” sindromi (MMA-sindromi), nafas olish va hazm qilish organlari infeksiyalari (shu jumladan salmonellez, dizenteriya) va boshqa infeksiyalarini davolash maqsadida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Parrandalarning mikoplazmoz, nafas va hazm qilish organlari infeksiyalarini (shu qatorda infeksion rinit, pasterellez, salmonellez, koliinfeksiya va boshqalarda) davolashda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Preparat mushak orasiga qoʻllaniladi. Davolash kursi 5—7 kun. Bir martalik kunlik dozasi quyidagicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
otlar va yirik shoxli molga: 10—20 ml (bir nechta joyga yuboriladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
choʻchqa, qoʻy, echki, toy, buzoq, qoʻzichoq, uloq, choʻchqa bolalariga: 5—10 ml;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyon va goʻshtxoʻrlarga: 1-2 ml;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parrandalarga (ichimlik suvi bilan): 1-2 ml/l suvga. Faqat shu suvni isteʼmol maqsadida ichiriladi. Davolash kursi 5—7 kun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tavsiya etilgan dozalarda qoʻshimcha asoratlar kuzatilmaydi. Doza oshirib yuborilganda tomir tortishishi, kollaps va nafas olish qiyinlashuvi paydo boʻladi. Analeptiklar va simptomatik davolash belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kavsh qaytaruvchi hayvonlarga katta dozalarda yuborilganda tiamfenikol ovqat hazm qilish traktini mikroflorasini boʻshashtiradi va mikozlar, avitaminozlar, oshqozon oldi atoniyasi va timpaniyasini qoʻzgʻatadi. Bunday hollarda Gastrovet, Rumiton preparatlarini qoʻllash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Preparatni siydik yoʻllari, nafas va ovqat hazm qilish organlarining mi-kotik kasalliklarida, hamda amfenikollarga oʻta taʼsirchanlikda qoʻllash tavsiya etilmaydi. Preparat achitqilar, sulfanilamidlar, urotropin bilan birga qoʻllanilmaydi. Tetratsiklinlar safiga mansub antibiotiklar bilan birga qoʻllanilishi mumkin. Preparatning terapevtik taʼsiri hayvonlarga vitaminlarga boy ozuqalar berilganda kuchayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Hayvonlarni soʻyishga berilgan muddat quyidagicha: ot, choʻchqa, yirik va mayda shoxli mol preparat soʻnggi marta qoʻllanilgandan keyin 31 kun, choʻchqa bolalari va buzoqlar 11 kun, parrandalarni 11 kun oʻtgach ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sutdan isteʼmol maqsadida foydalanishga preparat qoʻllanilgach 3 kundan soʻng ruxsat etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Belgilangan muddatdan avval soʻyilgan goʻsht va olingan tuxumdan goʻshtxoʻr hayvonlarga yemish sifatida yoki goʻsht suyak uni ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Shaxsiy profilaktika choralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Preparat bilan ishlashda shaxsiy gigiyena va xavfsizlik texnikasining umumiy qoidalariga rioya etish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Noroziliklarni bayon etish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@rambler.ru. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.