11.02.2011 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.07.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLASHTIRISHGA OID ISHLAR BOʻYICHA SUD AMALIYOTINING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotida masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan hamda mazkur toifadagi ishlarni koʻrib chiqishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish (bundan buyon matnda — daromadlarni legallashtirish) jamiyat hayotining turli sohalarida uyushgan jinoyatchilik tugʻilishi va faoliyat koʻrsatishi uchun zarur shart-sharoit yaratishi tufayli milliy xavfsizlikka jiddiy tahdid soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sudlarga tushuntirilsinki, daromadlarni legallashtirish tariqasidagi jinoyati tarkibi zarur elementi bu jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan mulk mavjud boʻlishidir. Bunday mulk alohida olingan bir shaxs tomonidan ham jinoiy uyushma yoki uyushgan guruh tomonidan ham, (JK 29-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlari) qasddan sodir etilgan bir yoki bir necha jinoyat natijasida qoʻlga kiritilgan boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuni nazarda tutish lozimki, daromadlarni legallashtirishning barcha hollarida jinoiy faoliyat natijasida topilgan mablagʻlar fuqarolik muomalasiga kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlar deganda, jinoyat sodir etish natijasida olingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk, shuningdek, bunday mol-mulkdan foydalanish orqali olingan har qanday foyda yoki naf, xuddi shuningdek toʻliq yoki qisman boshqa mol-mulkka aylantirilgan yoxud oʻzgartirilgan yoki qonuniy manbalar hisobidan olingan mol-mulkka qoʻshilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulk tushuniladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qaroriga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. JK 243-moddasi mazmuniga koʻra, daromadlarni legallashtirish deganda, aybdor tomonidan jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazish, almashtirish, mulkka aylantirish yoʻli bilan ularning kelib chiqishiga qonuniy tus berilishi, xuddi shuningdek bunday pul mablagʻlari yoki mol-mulkning asl xususiyatini, manbaini, turgan joyini, tasarruf etish, koʻchirish usulini, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkka boʻlgan haqiqiy egalik huquqlarini yoki uning kimga qarashliligini yashirish yoxud sir saqlash tushunilishi lozim. Mulk obyekti sifatida bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 169-moddasida nazarda tutilgan har qanday mulk, shu jumladan, virtual aktivlar (kriptovalyuta va h.k.) boʻlishi mumkin.
(3-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday mulkka qonuniy tus berish pul mablagʻlari yoki boshqa bitimlar amalga oshirishda ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy operatsiyalarga kapital mablagʻlarni harakatlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan operatsiyalar, jumladan, pul mablagʻlarini hisobga kiritish, ularni turli banklardagi jamgʻarma hisobvaragʻlariga boʻlib joylashtirish, boshqa valyutaga oʻtkazish, qonunsiz topilgan pullarga qimmatli qogʻozlar sotib olish, pul mablagʻlarini bankdagi jamgʻarma hisobvaragʻiga qaytarish maqsadida chegaradan tashqariga chiqarish va h.k.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimlar orqali sodir etiladigan legalizatsiya deganda, fuqarolik huquqidagi singari tuziladigan oldi-sotdi, qarz, hadya, garov, ijara, ayirboshlash va h.k. shartnomalar tuzilishi tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat koʻrsatilgan moliyaviy operatsiya yoki bitim amalga oshirilgan paytdan boshlab tamomlangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun mazmuniga koʻra, daromadlarni legallashtirish uchun javobgarlik jinoiy yoʻl bilan orttirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mulk bilan hatto bitta operatsiya yoki bitim amalga oshirilgan holda ham kelib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tushuntirilsinki, shaxsning qilmishida JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun har bir holda legallashtirilgan mulk jinoyat natijasida kelib chiqqanligi fakti aniqlanishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sudlar daromadlarni legallashtirishni jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish jinoyatidan farqlashlari lozim. Jumladan, jinoyat (masalan, oʻzganing mulkini talon-toroj qilish) natijasida topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish, agar bundan mulkka qonuniy egalik koʻrinishi berilmayotgan boʻlsa (masalan, texnik pasport yoki oʻgʻirlangan avtomobilni sotish uchun beriladigan ishonchnoma qalbakilashtirilgan), daromadlarni legallashtirish (JK 243-moddasi) tarkibini tashkil etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishning muayyan holatlaridan (jumladan, talon-toroj qilingan mulk bilan amalga oshirilgan bitim oldiga qoʻyilgan maqsaddan) kelib chiqqan xolda bunday harakatlar oʻzganing mulkini talon-toroj qilishda ishtirokchilik (yordamchi shaklida) yoki jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish (JK 171-moddasi) sifatida, bunga asoslar mavjud boʻlganda esa, hujjatlarni qalbakilashtirish sifatida ham kvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, jinoiy faoliyat natijasida orttirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulkka nisbatan mulkiy huquq va majburiyatlarni vujudga keltirish, oʻzgartirish yoki tugatishga qaratilgan harakatlarni sodir etishda ishtirok etgan shaxsning harakatlarini kvalifikatsiya qilish masalasini hal etishda, har bir holatda bu shaxs mazkur mol-mulk jinoiy faoliyat natijasida orttirilganligini aniq bilgan-bilmaganligi aniqlanishi shart. Masalan, agar shaxs jinoiy faoliyat natijasida topilgan mulkni legallashtirishni xohlab oldi-sotdi shartnomasi tuzgan boʻlsa va oluvchi sotuvchida mazkur mulkka qonuniy tus berish maqsadi borligini anglagan holda bu mulkni sotib olsa, oluvchining harakatlari daromadlarni legallashtirishga koʻmaklashish sifatida JK 28, 243-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday hukm keyinchalik mulkni oldi-sotdi shartnomasi fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida haqiqiy emas deb topilishi uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Notarius tomonidan mansab vakolatlaridan pul mablagʻlari yoki boshqa mulkni legallashtirishga qaratilgan bitimni oʻzi bila turib tasdiqlash uchun foydalanilishi daromadlarni legallashtirishga koʻmaklashish sifatida (JK 28, 243-moddalari) bilan, bunga asoslar boʻlganda esa, Jinoyat kodeksining boshqaruv tartibiga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi boshqa moddalari bilan ham bilan kvalifikatsiya qilinadi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sudlar shuni inobatga olishlari lozimki, daromadlarni legallashtirishdan olingan mulk JPK 211-moddasi 5-bandiga koʻra, JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyat predmeti hisoblanadi va Fuqarolik kodeksi 204-moddasiga asosan jismoniy yoki yuridik shaxsga jinoyat natijasida yetkazilgan moddiy zarar qoplangandan soʻng konfiskatsiya qilinishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxsni JK 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblashga doir ishni koʻrish chogʻida pul mablagʻlari yoki mulkning muayyan qismi jinoiy yoʻl bilan orttirilmaganligi aniqlansa, ular JPK 211-moddasi 4-bandiga asosan qonuniy egasiga qaytarilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Daromadlarni legallashtirish jinoyatini sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarga nisbatan jazo belgilashda, sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga qatʼiy rioya etishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, JK 243-moddasi dispozitsiyasida daromadlarni legallashtirish uchun jinoiy javobgarlik kelib chiqadigan miqdor belgilanmaganligini, mazkur moddaning sanksiyasi esa, faqat ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni nazarda tutishini inobatga olib, sudlar, insonparvarlik va odillik prinsiplariga amal qilib jazo mutanosibligini JK sakkizinchi boʻlimida berilgan miqdorlar (ancha, koʻp, juda koʻp miqdor)ga doir tushunchalarga tayangan holda belgilashlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Daromadlarni legallashtirishga koʻmaklashuvchi omillardan biri jinoyatlarning oʻz vaqtida ochilmasligi ekanligini inobatga olgan holda, aybdor jinoyat natijasida qonunga xilof tarzda mulkni qoʻlga kiritgan har bir ishni koʻrishda sudlar bunday faktlarga nisbatan xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar daromadlarni legallashtirishga oid ishlarni koʻrish boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari, bu toifadagi ishlar boʻyicha sud qarorlari qonuniyligi va asosliligini chuqur tekshirishlari, yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etishlari lozim.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 16-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 11-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-son