07.01.2008 yildagi 06-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi davlat veterinariya bosh boshqarmasi boshligʻining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HAYVONLARDAGI ENDO VA EKTOPARAZITLARGA QARShI BRONTEL (10% LI INʼEKSION ERITMA) PREPARATINI QOʻLLASh BOʻYIChA QOʻLLANMANI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan. 2008-yil 14-fevral 20-15-23/11-son]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Veterinariya toʻgʻrisida”gi Qonuni talablarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 21-dekabrdagi 03-38-144-sonli Bayoniga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hayvon va parrandalardagi endo va ektoparazitlarga qarshi brontel (10 % li inyeksion eritma) preparatini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur Qoʻllanma tasdiqlanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan 2005-yil 31-mayda tasdiqlangan “Hayvon va parrandalardagi endo va ektoparazitlarga qarshi brontel (10 % li inyeksion eritma) preparatini qoʻllash boʻyicha Qoʻllanma” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish boshliq oʻrinbosari M. Yusupov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshliq Sh.MAMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
06-son

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya Bosh boshqarmasining 2008-yil 7-yanvardagi 06-sonli buyrugʻi bilan
“TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hayvonlardagi endo va ektoparazitlarga qarshi brontel (10% inyeksion eritma) preparatini qoʻllash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllanma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY MAʼLUMOTLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Brontel — 1 ml tarkibida taʼsir etuvchi modda sifatida maxsus erituvchi ichidagi 100 mg klozantel moddasi boʻlgan parazitlarga qarshi preparat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tashqi koʻrinishiga koʻra shaffof och sargʻish eritma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Brontel flakonlarga 10, 50, 100 yoki 200 ml dan qadoqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Preparat yorugʻlikdan himoyalangan joyda +5°S dan +25°S gacha haroratda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Preparatning yaroqlilik muddati saqlash shartlariga rioya qilinganda 2 yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Klozantel — quyidagi strukturadagi: N-(5 xloro-4[(4 xloro-fenil) tsianometil]-2-metilfenil-2-gidrooksid-3,5-diyodobenzamid) salitsilaniddan olingan sintetik preparat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Klozantelning parazitlarga qarshi oʻziga xos taʼsiri parazitlarning energetik metabolizmini oʻzgartirib, soʻngra ularni halok qiluvchi elektronlar oʻtkazish jarayonini toʻxtatish va tormozlash orqali ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Brontel terapevtik dozalarda embriotoksik va teratogen taʼsirlarga ega emas, hamda qoʻshimcha asoratlar chaqirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. QOʻLLASh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Brontel yirik shoxli mol, qoʻy, echki, itlarning turli lokalizatsiyadagi ekto va endoparazitlar vujudga keltirgan bir qator parazitar kasalliklarini davolash va oldini olish uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Preparat teri ostining bir joyiga maydalangan dozalarda yuboriladi. Mushak atrofiga faqatgina yirik shoxli molga qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoʻllash dozasi va vaqti quyidagi jadvalga asosan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kasallik nomi‎

Sutkalik dozasi (10 kg tirik vaznga. ml)‎

Necha marta qoʻllaniladi‎

Yirik shoxli mol‎‎

Oshqozon-ichak trakti nematodlari (bunostomoz, gemonxoz, ezofagostomoz, strongiloidoz, xabertioz)‎ 0,25‎ Bir marta‎
Fassiollez (voyaga yetgan va 6 haftalikdan katta lichinkalar)‎ 0,25‎ Bir marta‎
Gipodermatoz (2 va 3 bosqichdagi lichinkalar)‎ 0,5‎ Bir marta‎‎
Qichima‎ 1,0‎ 2-marta 7 kunlik oraliq bilan‎
Goʻsht pashshasi lichinkalari‎ 0,25‎ Bir marta‎

Qoʻy va echkilar

Oshqozon-ichak trakti nematodlari (bunostomoz, ezofagostomoz, trixostongillez, xabertioz)‎ 0,25‎ Bir marta‎
Fassyollez (voyaga yetgan va 6 haftalikdan katta lichinkalar)‎ 0,5‎ Bir marta‎
Estroz‎ 0,25‎ Bir marta‎
Demodekoz, qichima‎ 1,0‎ 2-marta 7 kunlik oraliq bilan‎

‎‎Itlar

Ankilostomoz‎ 0,75‎ Bir marta‎
Demodekoz‎ 0,5‎ 2-marta 7 kunlik oraliq bilan‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Preparat fosforoorganik preparatlar bilan bir vaqtda qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Emlangan joyda 2-3 kundan soʻng oʻz-oʻzidan yoʻqolib ketuvchi yoyilgan shish paydo boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hayvonlarni soʻyishga preparat qoʻllanilgach, kamida 28 kundan soʻng, sutni isteʼmol qilishga 14 kundan soʻng ruxsat etiladi. Belgilangan muddatdan avval soʻyish zaruriyati tugʻilganda, goʻshtdan mahsulot bermaydigan hayvonlarga, moʻynali hayvonlar va itlarga yemish sifatida foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. NOROZILIKLARNI BAYoN ETISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Preparat ushbu Qoʻllanma talablariga muvofiq kelmagan taqdirda, uning qoʻllanilishi toʻxtatilib, bu haqida Oʻzbekiston veterinariya preparatlari davlat ilmiy nazorat laboratoriyasiga quyidagi manzil boʻyicha murojaat qilinadi: 100178, Toshkent sh., A.Yunusov koʻchasi, 1a uy. Tel./faks: 228-76-14, 229-30-47. E-mail: uzgnkl@tkt.uz. Bir vaqtning oʻzida laboratoriyaga preparatning laboratoriya bilan kelishilgan miqdordagi ochilmagan oʻramlari va preparatning qoʻllanmaga muvofiq kelmasligining toʻliq tavsifi joʻnatiladi.