Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 04.04.2011 yildagi PF-4296-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 04.04.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda davlat va nazorat organlarining korxonalar moliya-xoʻjalik faoliyatiga aralashuvini tubdan qisqartirish, tekshirishlarni tashkil qilish tizimini yanada takomillashtirish va mansabdor shaxslarning ular faoliyatiga asossiz aralashuvi uchun javobgarligini kuchaytirish, shu asosda tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kuchaytirishni taʼminlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan oʻtkazilmaydi (aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish, shuningdek budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq tekshirishlar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yilning 1-aprelidan to 2014-yilning 1-apreligacha boʻlgan davrda soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida toʻlab kelayotgan, shuningdek, ishlab chiqarish surʼatlarining barqaror oʻsishi va rentabelligini taʼminlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini soliq sohasida tekshirish taqiqlanadi (yuridik shaxslarni tugatish chogʻida, qoʻzgʻatilgan jinoiy ishlar doirasida, shuningdek, budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar hamda resurslardan foydalanish bilan bogʻliq rejadan tashqari tekshirishlar bundan mustasno);
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini soliq sohasida tekshirish muddatlarini qonun hujjatlarida ularni oʻtkazish koʻzda tutilgan maksimal muddatdan, yaʼni 30 kalendar kunidan ortiq muddatga uzaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Nazorat qiluvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi (Sh. M. Mirziyoyev) nazorat qiluvchi idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish tartib-qoidalarini takomillashtirish va soddalashtirish borasidagi aniq chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularda quyidagilar nazarda tutilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini (soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etiladigan moliya va soliq hisobotini tahlil etish asosida) kameral nazorat qilish hamda dastlabki tarzda oʻtkazilgan kameral nazorat natijalari boʻyicha soliq qonunchiligi buzilishi aniqlangan hollarda tekshirishlar (taftishlar)ni tashkil qilishni keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq qonunchiligi buzilishlarining tizimli sabablarini aniqlash, keyinchalik ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish uchun tekshirishlardan keyingi tahlil mexanizmini tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan tekshirishlarni oʻtkazishda unifikatsiyalashtirilgan nazorat savolnomasini ishlab chiqish va majburiy qoʻllashni tatbiq etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tekshirishlarni boshlash va oʻtkazish, xoʻjalik subyektlarining faoliyatini, shuningdek bank hisob raqamlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib qoʻyish va boshqa xuddi shunday xatti-harakatlar toʻgʻrisidagi qarorlar buning uchun Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-sonli hamda “Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 14-iyundagi PF-3619-sonli farmonlarida belgilangan vakolatlarga ega boʻlmagan mansabdor shaxslar tomonidan qabul qilinayotganiga mutlaqo yoʻl qoʻyib boʻlmaydi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ushbu masala boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tekshirishlarni tayinlash va oʻtkazish, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida oʻrnatilgan tartibga soʻzsiz rioya etishga yoʻnaltirilgan nazorat va huquqni muhofaza qilish idoralarining faoliyati ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda quyidagilarni taʼminlasin:
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Farmon qoidalarining maqsadi, mazmuni va amaliy ahamiyatini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat idoralari tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish hollarini ochib beradigan, shuningdek aybdor mansabdor shaxslarga nisbatan koʻrilgan javobgarlik choralari toʻgʻrisida radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni, respublika hamda mahalliy matbuotda maqolalarni chop etishni muntazam ravishda tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Nazorat qiluvchi idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika kengashi (Sh. M. Mirziyoyev) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, boshqa nazorat idoralari bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu Farmonning qoidalari taalluqli boʻlgan kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishni qayta koʻrib chiqsin va 2011-yilgi tekshirishlar rejasidan chiqarib tashlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy normativ hujjatlarni mazkur Farmonga muvofiq holga keltirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2011-yil 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-4296-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi PF-4296-son Farmoniga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1998-yil 19-noyabrdagi PF-2114-sonli Farmonining 3-bandi quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“nazorat organlari tomonidan kichik biznes subyektlarini tekshirish muddati 30 kalendar kunidan oshirib yuborilishi mumkin emas;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi xatboshi tegishli ravishda toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrdagi PF-3665-sonli Farmonining 1-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikkinchi xatboshi quyidagi yangi tahrirda berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati har toʻrt yilda koʻpi bilan bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlari esa har uch yilda koʻpi bilan bir marta reja asosida soliq tekshirishlaridan oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xoʻjaliklarining moliya-xoʻjalik faoliyati ular davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki uch yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan oʻtkazilmaydi (aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish, shuningdek budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq tekshirishlar bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“aksiz soligʻiga tortiladigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil qilingan kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati, shuningdek budjet hamda markazlashtirilgan mablagʻlar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bogʻliq kichik biznes subyektlarining moliya-xoʻjalik faoliyati davlat roʻyxatiga olingan paytdan boshlab dastlabki ikki yil mobaynida rejali soliq tekshirishlaridan oʻtkazilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 14-son, 133-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)